A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Lokayata 
(Chorvoqlar) falsafiy ta’limoti. Lokayata (sanskrit. loka -
bu dunyo yoki bu dunyoda tarqalgan) faqat bu dunyoning mavjudligini 
tan oladi. Bu ta’limot asoschisi Brixaspatidir. U va uning tarafdorlari 
fikricha, faqat hissiy qabul qilinadigan dunyogina haqiqatan mavjuddir. 
Moddiy dunyoning to ‘rtta boshlang‘ich asosi: suv, havo, olov, yer barcha 
predmet va hodisalarning sababidir. Lokayata vakillari fikricha, ong ham
51 А нтология мировой ф илософ ии. В 4 -х т .т . ГЛ., 4 . 1 . -М .: М ысль, 1969. С .1 18.
44


o'zining mavjudligi bilan moddiy asoslarga borib taqaladi. Ular bilish 
masalalarida sensualizm pozitsiyasida turishadi: aql, g ‘ayritabiiy 
g'oyalarni inkor etishadi, barcha bilimlami faqat hissiy tajriba asosida 
paydo bo‘ladi deb ta’kidlashadi.
Axloq masalalarida lokayatachilar gedonistlardir. Ular hayotning 
mazmun-mohiyatini 
baxt-saodatda 
deb bilishib, 
uni lazzatlanish 
m a’nosida tushunishadi.
Astikaga mansub falsafiy ta’limotlar
Yoga va yoginlar.
“Yoga” sanskrit tilidan olingan so'/. bo‘lib, 
muvofiqlashtirish, birlashtirish, boshqarish degan ma’nolarga ega. 
Texnik termin sifatida ishlatilganda azob-uqubatdan qutulish sistemasini 
ariglatadi. Yoganing bir qancha turlari mavjud:
Birinchisi jiyana
— yoga yoki bilish egasi bo'lib, unga muvoflq ozod 
bo‘lish uchun atmanning mavjudligini, olamning illyuziya ekanligini 
tushunib yetish kifoya.
Ikkinchisi Radja -
yoga yoki “shohona yoga” o‘z ichki olamiga 
chuqur kirib borish texnikasini ishlab chiqqan.
Uchinchisi Karma
- yoga zaruriy, munosib amalni o ‘rgatadi.
Karma yoganing mohiyati dunyo ishlaridan voz kechib, butun 
e'tiborni atman-braxmanga qaratish, uni sevishdan iborat, ya’ni unda 
xudoga muhabbat targ‘ib qilinadi. Xudoni sevish — bu turmush tarzi.
Yogada bilim “ko‘nikish, halollik, birovga zarar yetkazmaslik, 
chidam, samimiylik., ustozni ulug'lash, o ‘zini tuta bilish, mustahkam 
irodalilik, hissiyot manbalaridan yuz o ‘girish, takabburlikdan xolilik 
demakdir, ayni paytda, tug'ilish kasallik, qarilik, o'lim ning kulfat 
ekanini tushunish, dunyo ne’matlaridan voz kechish, xotinga, o'g'ilga, 
uyga 
bogManib 
qolmaslik, 
fikrda 
doimo 
muvozanatda 
bo'lish 
demakdir”52.
Yoga mashqlarini bajarishdan maqsad aqldan voz kechish, ma'no- 
mazmunsiz ehtirosga sho‘ng‘ish.
Vedanta
vedalar va upanishadlar avtoritetiga tayangani holda, ulami 
rivojlantiradi, tizimlashtiradi va yakunlaydi (Vedanta so'zining ma’nosi
- “vedalar yakuni” ekanligi bunga ishora qiladi). Vedanta keng m a’noda 
Braxman va Atman haqidagi ta ’limotlar, diniy-falsafiy maktablar 
majmuasidir. Mazkur falsafiy sistema braxmanizm o'rniga kelgan va 
hozirga qadar mavjud. Induizm uchun g'oyaviy asos hisoblanadi. 
Vedanta xudoni olam yaratuvchisi deb qabul qiladi. Unda oliy haqiqat
^
А нтология м ировой философии. В 4-х т.т. Т .1 ., 4 .1 . -М .: М ы сль, 1969. С. 107.
45


deganda, xudoni kishilarning g ‘ayritabiiy ravishda anglashi, o‘zi uchun 
kashf qilishi, borliqning va inson hayotining mohiyatini tushunishi 
nazarda tutiladi. Vedantada inson ma’naviy olamida Atman-Braxman 
siymosi ustuvorligi, jonning tana o'lganidan keyin ham yashashi tan 
olinadi.
Mimansada,
Vedantadan farqli o‘laroq, xudoning olam yaratuvchisi 
ekanligi inkor qilinadi, lekin dxarma, karma, qayta tug'ilish, boshqa 
olamlar va g‘ayritabiiy narsalaming mavjudligi e’tirof etiladi hamda 
ularning sababi muqaddas va abadiy vedalarda deb tushuntiriladi. 
Vedalar muqaddas kitoblardir, ulaming inson tomonidan yaratilganligini 
isbotlab bo‘lmaydi, shuning uchun ularni mangu deb qabul qilish zarur5j.
Mimansada bilishning olti vositasi farq qilinadi: idrok, xulosalash
dalillash, analogiya, faraz va faktning (hodisaning) yo‘qligi. Idrok -
nosoz bo‘lmagan hissiy organlaming obyektlar bilan to ‘qnashishi 
natijasida hosil bo‘ladigan bilim. Xulosalash Atmanga xos bo‘lib, unda 
bilim predmet xususiyatidan aql yordamida keltirib chiqariladi. Dalillash 
mangu vedalardan hosil qilinadigan bilim. Analogiya kam o ‘rganilgan 
predmet to ‘g ‘risida uni shunga o ‘xshash, lekin yaxshi o‘rganilgan narsa 
bilan qiyoslash yordamida bilim olish usulidir. Farazda tushunib 
bo‘lmaydigan hodisa mavjudligi taxmin qilinadigan narsa yordamida 
tushuntiriladi (masalan, to ‘lishib ketayotgan odamning kunduz kuni hech 
narsa yemaganini kuzatishadi va semirishining sababini faqat kechasi 
to‘yib ovqatlansa kerak, degan faraz asosida tushuntirishadi). Agar mana 
shu beshta bilim vositasi mavjud predmetlarni bilishga ojizlik qilsa, unda 
oltinchisi — faktning yo‘qligi qayd etiladi (masalan, stol ustida turgan 
narsani odam payqamay qolganda ana shu holat ro‘y beradi)54.
Mimansa vedalardagi so‘zlaming abadiyligini mutlaqlashtiradi, 
y a’ni ulami vedalar singari mangu deb hisoblaydi hamda ular 
mavjudligini ilohiy sabab bilan bog‘lamaydi. Xudo, garchi u mavjud 
bo‘lganida ham, tanasizdir va shu sababli u yeda so‘zlarini ayta 
olmaydi55.
Nyaya
falsafiy sistemasida ham bilish masalasi ustuvordir. Unda 
inson hayotining m a’no-mazmunini bilish muhimligi ta’kidlanadi va ana 
shundan kelib chiqib, maqsad belgilanadi. U bilishning manba va 
shakllarini, ayniqsa, bilish obyektini mantiqiy isbotlash qoidalari asosida 
tadqiq etishdan iborat. Nyayada uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
53 А н тология м ировой ф илософ ии. В 4-х т.т. Т. 1., Ч. 1. —М .: М ысль. 1969

С. 156
.
54 0 ‘sha joyda: С. 151.
55 Н и ж н иков С.А. И стори я философ ии. Курс лекций. —М .: “Э кзам ен ”, 2004. С .34.


16ta kategoriya (

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish