5- mavzu. Idrokning murakkab turlari reja



Download 151,5 Kb.
Sana17.05.2023
Hajmi151,5 Kb.
#939795
Bog'liq
5-маъруза (1)


5- Mavzu. IDROKNING MURAKKAB TURLARI
Reja:



  1. Idrok turlari va xususiyatlari.

  2. Idrok fenomenlari

  3. Illyuziya, gallyusinatsiya

  4. Ob’ektiv va sub’ektiv illyuziya

Tayanch so‘z va iboralar
Idrok turlari, xususiyatlari, illyuziya, ob’ektiv illyuziya, sub’ektiv illyuziya
Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o‘ziga xos xususiyati idrok qilishda ba’zan yuz beradigan illyuziya xodisasidir. Illyuziya – bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:
a) ob’ektiv illyuziya;
b) sub’ektiv illyuziya.
Ob’ektiv illyuziya – hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo‘lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob’ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o‘zaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo‘lgan ikkita gorizontal to‘g‘ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko‘plab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo‘lgan uchta ketma-ket turgan to‘g‘ri burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta’sirida illyuziya hosil bo‘ladi.
Sub’ektiv illyuziyalar odamning ayni chog‘dagi hissiy holati bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro‘y beradigan o‘zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilganidek, odam kechasi yolg‘iz ko‘chada qo‘rqib ketayotgan bo‘lsa, har bir sharpa uning qo‘rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro‘parasidan chiqib qolgan butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o‘xshab ko‘rinadi.
Hayotda keng tarqalgan har xil ins-u jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins narsalar haqidagi ko‘plab gaplar kuchli qo‘rqinch hissi ta’sirida noto‘g‘ri idrok qilish, ya’ni sub’ektiv illyuziya tufayli vujudga kelgandir. Ba’zan odam qattiq qo‘rqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining po‘stidagi muhim markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi mumkin. Buni akademik I.I.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog‘liq bo‘lgan organizmning biror qismida keskin o‘zgarish paydo bo‘ladi. Chunonchi odamning og‘zi yoki ko‘zi qiyshayib qolishi mumkin yoki qo‘li, oyog‘i falaj bo‘lib qolishi mumkin.
Sub’ektiv illyuziya hodisasi, ya’ni qattiq qo‘rqinch hissi ta’sirida noto‘g‘ri idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu yuqoridagi mulohazalarni, ya’ni yanglish idrok natijasida paydo bo‘ladigan qo‘rqinchli obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo‘rqitish kerak emas.
Psixologiyada ko‘rish illyuziyalarining o‘rganilishi muayyan o‘zining tadqiqot tarixiga ega. Ba’zi hollarda narsalarni noto‘g‘ri, yanglish idrok qilinishiga illyuziya deyiladi. Masalan, agarda biz ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarimizni chalishtirib, no‘xot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmog‘imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no‘xot bordek his qilamiz.
Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo‘lib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi.


Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda yarqirab turgan sho‘rhok yerni ko‘l deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani sahrodan farq qila olishi joiz) yoki o‘rmondagi to‘nka qo‘rqoq insonning ko‘ziga bironta yirtqich hayvonga o‘xshab ko‘rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.


O‘q chiziqlari illyuziyasi uzunligi baravar bo‘lgan ikki o‘q chiziqning chetlariga ikki xil (kesishmaydigan va kesishadigan) chiziqlar chizilsa, illyuziya paydo bo‘ladi. Ya’ni, kesishadigan chiziqlar o‘q chiziqga nisbatan kesishmaydigan chiziqlar chizilgan, o‘q chizig‘idan uzunroq bo‘lib ko‘rinadi. Bu illyuziya kesishadigan va kesishmaydigan chiziqlar tamoyillariga asoslangan.

Parallel qilib chizilgan bir necha chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga kesilgan chiziqlardek tuyuladi.


“ Temir yo‘l “ illyuziyasi kesishadigan to‘g‘ri chiziqlarning torroq joyiga joylashgan chiziq uzunroq bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa har ikkala parallel chiziqning uzunligi tengdir.
Ikkita barovar doira shaklini chizib, ulardan birini o‘sha doiradan kattaroq, ikkinchisini esa kichikroq doiralar ichiga olinsa, ikkinchi doira kattaroq ko‘rinadigan bo‘lib qoladi. Ya’ni kichik doiralar o‘rtasida berilgani katta doiralar orasida berilganiga qaraganda kattaroq bo‘lib ko‘rinadi.
Birinchi odamga qaraganda ikkinchisi uzunroq, uchinchisi esa undan ham uzunroq bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa ular balandligi jihatidan bir – biriga teng.


Tik chiziqlarni ortiqcha baholash illyuziyasi silindrning balandligi, hoshiyasining kengligidan kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Aslida silindirning balandligi va hoshiyasining kengligiga bab-barovar. “Yelpig‘ich” ilyuziyasi-parallel chiziqlar orasidagi chiziqlarning ta’siri bilan ba’zida egilgandek, ba’zida esa burilib ketgandek bo‘lib ko‘rinadi.


Daryoda suzib ketayotgan katta va kichik ikki kema palubasi uzunligi jihatidan bir-biriga barovar to‘g‘ri chiziq kesmalari bilan tasvirlangan bo‘lsada, katta kema palubasi uzunroq bo‘lib ko‘rinadi.
“ Jonli doiralar “ illyuziyasi. Katta va kichik doiralar chizilgan rasmlar aylanmaydi, albatta. Lekin kitobni qo‘lga olib, uni o‘ngdan chapga yoki chapdan o‘ngga bir necha sekund aylantirsak, doiralar go‘yo aylanayotgandek tuyuladi.
haUucinatio – xom xayol, bema’ni, xato) — yo‘q narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yo‘q obrazlar tashki tasvirga ega bo‘lib, ular borliqda real narsalar kabi o‘rin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishonadi, aslida yo‘q narsalarni ko‘rayotgan, eshitayotgandek bo‘ladi. Ruhiy va infeksion zararlanishlar, bosh miya shikastlari, alkogolizm bilan bog‘liq psixozlarda, giyohvandlikning ba’zi xili, ruhiy iztirob va h. k. oqibatida yuzaga keladi. Gallyusinatsiyani birinchi bo‘lib fransuz psixiatri J. Eskirol ta’riflab bergan (1817). Gallyusinatsiyalar bosh miya barcha faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, u faqat idrok etish va tasavvur qilishning buzilishigina bo‘lmay, balki bemorning atrof muhitga bo‘lgan munosabati, uning hissiyoti va tafakkurlarining ham o‘zgarishidir. Gallyusinatsiyaning oddiy va murakkabligi, qaysi analizatorga taalluqliligi, gallyusinator obrazlarning tasviri hamda paydo bo‘lish sharoitiga qarab bir necha xilga ajratiladi. Gallyusinatsiyaning oddiy xili, ya’ni elementar G. ga fotopsiyalar (ko‘z oldida uchqun, tutun yoki tuman ko‘rinishi) hamda akazmlar (quloqqa shovqin, qarsillagan tovush eshitilishi) kirib, ular har doim predmetsiz yuzaga keladi. Gallyusinatsiyaning murakkab xili doim predmetli va tasviriy tabiatga (bemorning ko‘z o‘ngida unga tashlanayotgan hayvon yoki qon ko‘rinishi mumkin) ega bo‘ladi.
Tabiatiga ko‘ra (sezgi a’zolari yoki analizatorlar bo‘yicha) ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, taktil va umumiy sezgi, shuningdek vestibulyator va motor Gallyusinatsiyalar farq qilinadi. Bemorda bir vaqtning o‘zida bir nechta Gallyusinatsiya kuzatiladi. Mas, bemor (aslida yo‘q) tanish yoki notanish kishilarni ko‘ri-shi, gaplarini eshitishi; gullarni ko‘rib ularni ushlashi yoki hidlab ko‘rishi mumkii. Gallyusinatsiyadan imperativ mazmundagi eshitish G. i xavfli, bunda g‘oyibdan kelgan tovush bemorga biror ish (o‘zini o‘ldirish, ovqat yemaslik, uyni yoqish, atrofidagilarga tajovuz qilish) buyuradi. Asli yo‘q tovushga bemor itoat qilib ba’zan jinoyatga qo‘l urishi, o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalar joniga qasd qilishi mumkin. Gallyusinatsiya paydo bo‘lish vaqti va sharoitiga ko‘ra gipnogagik (uyqu oldi) va gipnopampik (uyg‘onish vaqtida), klinik kechishiga qarab esa chin va soxta xillarga ajratiladi. Gallyusinatsiyani imyuzshshan farqlamoq kerak. Gallyusinatsiya ko‘pgina ruhiy kasalliklarning o‘ziga xos belgilaridan hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar.
1.Fazoni idrok qilish. Monokulyar va binokulyar ko‘rish haqida.
2. Fazoni eshitish orqali idrok qilish haqida.
3. Musiqani va nutqni idrok qilish tushunchasi.
4.Rangni Vaqtni idrok qilish
Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish