Atmosfera havosida zaxarli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorini hisoblash
Sanoat korxonalaridan tashlanayotgan zaxarli moddalarning yer yuzasi sathidagi zaxarlilik darajasi, ularning hisoblab topilgan maksimal qiymati Cmax , mg/m3 bilan aniqlanadi.
Cmax, metereologik noqulay sharoitda chiqindi tashlanayotgan joydan bir qancha masofa oralig’ida belginadi.
Cmax, ning qiymati har bir modda uchun chegaraviy mumkin bo’lgan miqdoridan (ChMM, mg/m3 ) oshmasligi kerak Cmax ≤ ChMM
Atmosferada bir vaqtda birgalikda ta’sir ko’rsatuvchi, bir nechta zaxarli moddalar bor bo’lsa, ularni o’lchovsiz kontsetratsiyalarining yig’indisi 1 dan oshmasligi va quyidagi shart bajarilishi kerak:
bu erda, C1, C2, ....Cn - hududning bir nuqtasidagi atmosfera havosiga tushayotgan zaxarli moddalarning kontsetratsiyasi, mg/m3.
ChMM1, ChMM2,..., ChMMn - zaxarli moddalarning tegishli mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori.
Cmax, ning qiymati -yakka, og’zi dumaloq manbadan issiq holatda tashlanayotgan gaz-havo aralashmalari uchun quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(1)
Cmax, ning qiymati -yakka, og’zi dumaloq manbadan sovuq holatda
tashlanayotgan gaz-havo aralashmalari uchun quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
(2)
A - atmosferaning temperatura stratifikatsiyasiga bog’liq bo’lgan va ifloslantiruvchi moddalarning vertikal, va gorizontal yo’nalishda tarqalish sharoitlarini hisobga oluvchi koeffitsient. O’rta Osiyoning subtropik zonasi uchun -240, O’rta Osiyoning qolgan rayonlari va Qozog’iston uchun 200;
M - ifloslantiruvchi moddaning miqdori, g/s.
F - zaharli moddalarning atmosfera havosida cho’kish tezligini
hisobga oluvchi o’lchovsiz koeffitsient. Gazsimon moddalar uchun F = l;
changlar uchun F = 2 - 3.
m va n - gaz-havo aralashmasini manbaning og’zidan chiqish sharoitlarini hisobga oluvchi o’lchovsiz koeffitsientlar.
m koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi:
(3)
f parametri quyidagi formula orqali hisoblanadi :
(4)
f ≥100 bo’lganda, chiqindilar sovuq, f ≤100 bo’lganda esa issiq hisoblanadi va (1) va (2) formulalari ham tegishli ravishda qo’llaniladi
D - chiqindilar manbasining diametri, m.
Truba og’zi dumaloq yoki kvadrat bo’lgan xolatlarda truba og’zi diametrini ushbu formula orqali aniqlanadi:
(5)
bu yerda
L – truba og’zi uzunligi, m
B - truba og’zi kengligi, m
W - gaz-havo aralashmasi manbadan chiqishining o’rtacha tezligi, m/s
H - manbaning yer sathidan balandligi, m
∆T- gaz-xavo aralashmasi temperaturasi Tg bilan atrof muhitdagi
xavo temperaturasi Tx lar farqi.
V1 - gaz-xavo aralashmasining xajmi, m3/s, quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi
(6)
n - koeffitsient Vm parametriga bog’liq bo’lib, quyidagi formulalardan aniqlanadi:
Vm≤0,3 bo’lganda n=3 (7)
0,3≤ Vm ≤2 bo’lganda, (8)
Vm≥2 bo’lganda n=1 (9)
Issiq chiqindilar uchun Vm quyidagi formulaga binoan topiladi:
(10)
Sovuq chiqindilar uchun
(11)
N ta manba uchun Cm quyidagicha hisoblanadi:
Issiq chiqindilar uchun:
(12)
sovuq chiqindilar uchun:
(13)
M - barcha manbadan atmosferaga kelib tushayotgan gaz-chang aralashmasining umumiy xajmi, m3/s.
V –gaz-havo aralashmalari tashlanadigan barcha manbalarning summar xajmi, m3/s
(14)
Yakka manbadan tashlanayotgan zaxarli moddaning miqdorini ChMM dan oshib ketmasligini ta’minlaydigan chegaraviy mumkin bo’lgan chiqindilar miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:
issiq chiqindilar uchun:
(15)
sovuq chiqindilar uchun
(16)
bu yerda Cf - zaxarli moddaning fon miqdori, mg/m3.
Zaxarli moddalarning miqdori ularning ChMM sidan va maksimal yer yuzasidagi kontsentrastiyasidan oshmaydigan miqdoridagi chiqindini tashlayotgan bitta manba trubasining uzunli (H, m) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
issiq xolatdagi chiqindilar uchun:
(17)
sovuq xolatdagi chiqindilar uchun:
(18)
Do'stlaringiz bilan baham: |