A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Buddizm 
- qadimgi hind dunyoqarashida kshatriylar aksibraxman- 
chilik harakatining (bxagavatizm va jaynizmdan keyin) uchinchi shakli.
Budda (563-483-yy.) haqida. Gang vodiysining shimoliy chekkasida 
qadimdan oriylaming shak qabilasi yashagan. Unda shoh urug‘i 
Gautama
ajralib turgan. Bir vaqt shaklar urug‘ida Sidxarta (o‘g ‘il) 
tug‘iladi, tug‘ilayotganda onasi vafot etadi. Chaqaloqning, agar u 
kasalni, qari odamni yoki o ‘likni ko‘rsa — monax, tarkidunyochi (asket) 
bo‘lishi avvaldan belgilab qo‘yilgan bo'ladi. Otasi chaqaloqni maxsus 
sharoitda tarbiyalagan, unga dunyoning soya tomonini ko‘rishga yo‘l 
qo‘ymagan. Uning yaxshi rafiqasi va o ‘g ‘li bo'lgan. Bir kuni u kasalni, 
keyin cholni, undan keyin o‘likni, oxirida tarkidunyochini (asketni) -
monaxni ko‘radi. Uning ko‘z oldida namoyon boMgan dunyo azob- 
uqubatlari ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Kunlardan birida Gautama 
xizmatkori bilan kiyim almashib, xalq orasiga kirib ketadi, darveshona 
hayot kechira boshlaydi. Vedalarni o ‘rganadi. Ko’p urinadi, lekin 
haqiqatni topa olmaydi. Nihoyat, bir daraxtning tagida o ‘tirib oladi va 
haqiqatni anglamaguncha o‘rnidan qo‘zg‘almaslikka harakat qiladi.
42


To‘rtinchi kunda “nurlanish” sodir bo‘ladi. Siddxarta “budda”ga, ya’ni 
“nurlangan odam”ga aylanadi. Asta-sekin Budda atrofida shogirdlari 
to ‘plana boradi, budda jamoasi shakllanadi. Budda ta’limoti ilk budda 
matnlarida - tipitaka (uch savat) to‘plamida bayon 
qilingan. 
Buddizmning braxmanizmdan farqi shundaki, braxmanizmda azob- 
uqubat gunohkorlikning natijasi deb hisoblansa, buddizmda har qanday 
hayot azob-uqubatdan iborat deb sanaladi.
Hayolning bosh qonuni
— ezgulik va yovuzlik mutlaq qarqma-qarshi 
narsalar. Yovuzlik faqat yovuzlikni tug‘diradi: “...hech qachon bu 
dunyoda nafratni nafrat bilan to‘xtatib bo'imaydi. Nafratning yo‘qotilishi
- nafratning tugashi”48. Budda to‘rtta “ezgu haqiqaf’ni ta’kidlaydi:
Hayot azob-uqubatdan iborat:
“tug‘ilish - azob-uqubat. qarilik -
azob-uqubat, kasallik — azob-uqubat, o‘lim — azob-uqubat, yaxshi 
narsadan judo bo‘lish - azob chekish, nimagadir yetisholmaslik -
azoblanish”49. Bundan m a’lum bo‘ladiki, buddizm faqat hayotning 
qorong‘i tomonini ko‘radi.
Azob-uqubatning kelib chiqish sababi bor.
Asosiy sabab — 
yashashga bo'lgan ishtiyoq, lazzatlanishga bo‘lgan ishtiyoq: “ishtiyoq 
natijasida odamlar qo‘rqqan quyon kabi chopib yurishadi. Turli yo‘llar 
bilan 
bogMangan 
odamlar 
takror 
va 
takror 
azob-uqubatlarga 
qaytaveradilar”.
Azoblanishga chek qo'yish mumkin, agarki uning
sababi m a’lum 
bo‘lsa: “ishtiyoqni izsiz yo‘qotish, undan qutulish mumkin” (qo‘shtimoq 
ichiga olingan mulohazalar “samyutta-nikaya”da yozilganiga ishora 
qilinadi50).
Azob-uqubatdan qutulish y o 'li bor.
Bu y o‘l sakkiztalik to ‘g‘ri yo‘lni 
tanlash:
1) to ‘rt haqiqatni tushunish;
2) qat’iyatlilik, iroda kuchini ishga solish (to‘rt haqiqatni anglab, 
shunga rioya qilgan holda yashash);
3) to ‘g‘riso‘zlik (yolg‘on gapirmaslik, tuxmat qilmaslik, qo‘pol 
muomala qilmaslik);
4) to ‘g‘ri amallami bajarish-tirik zotga zarar keltirmaslik, o ‘g ‘rilik 
qilmaslik;
5) to ‘g‘ri turmush tarzi - halol mehnat bilan kun ko‘rish;
48 А н тология м ировой ф илософ ии. В 4-х т т. Т .1 .. Ч. 1. —М .: М ы сль, 1969. С. 129.
49 CVsha asav: С. 118.
50 0 ‘sha asar: С.129.
43


6) kuch-quvvatni to ‘g‘ri yo'naltirish - jozibador narsadan va yomon 
o ‘y-flkrdan xoli bo‘lish;
7) fikmi to ‘g ‘ri yo‘naltirish - barcha narsalaming o‘tkinchiligini 
anglash;
8) e’tiborni to‘g ‘ri jam lash51.
Mana shu yo‘llar insonni nirvanaga (“nirva” — o ‘chirish, jilovlash, 
xususan, turli xil hislarni jilovlash) eltadi. Nirvana - insonning hayoti 
davomida o‘zini xavf-xatardan qutqarishi, azob-uqubatdan uzil-kesil 
ozod bo‘lishi, sof ong shaklida yashashi.
Buddizmning originalligi shundaki, u borliqning substansialligini 
inkor qiladi, y a’ni xudo va jon (Braxman va atman) tushunchalarida 
ifodalangan substansiyalami tan olmaydi. Borliqning ko‘p turliligi 
buddizmda ma’naviy asosga emas (ya’ni xudo va jonga emas), balki 
umumiy aloqadorlikka bog‘liq holda paydo bo‘lish qonuniga tayanadi va 
shu negizda birlikka ega boiadi. Substansiya bo‘lmagani uchun 
mavjudlikning barcha shakllari nisbiy xarakterga ega, ontologik 
mazmuni yo‘q, ya’ni hech nima, bo‘shliq (shunya)dan iborat.
“Nurlanish” doktrinasi subyekt psixikasini qayta qurish va ong 
maydonini tozalashdan iborat. Ruhiyat - substansiya emas, u elementar 
holatlar oqimidan tashkil topuvchi sof jarayon. 
Dxarma —
hayot 
energiyasining yaraqlashi (upanishadlarda dxarma - qonun, tartib, 
burch).
Budda avtoritetlarga sig‘inishga ham qarshi chiqadi: “Men braxman 
deb jismi, so‘zi, o ‘y-fikri bilan yovuzlik qilmaganni tushunaman”.
Budda falsafiy masalalarni sistemali tarzda ishlab chiqmagan.
Budda nurlangandan keyin yana 30 yil yashagan va shaharma- 
shahar, qishloqma-qishloq kezib, o ‘z ta’limotini yoygan. Bu ta’limot 
eramizga qadar 80-yilda shakllangan. Buddizm hozirda Hindistondan 
tashqari, Tibetda, Xitoyda, Yaponiyada, Birmada, Seylonda va boshqa 
joylarda tarqalgan. Hindistonda u braxmanizm ta ’limotiga singdirib 
yuborilgan.
Buddizm - jahon dinlaridan biri hamdir.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish