A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm


O‘zbekistonda turistik mintaqalar



Download 3,14 Mb.
bet34/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
11.3. O‘zbekistonda turistik mintaqalar

Mamlakatimizda xalqaro turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida, eng avvalo ko‘hna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi markazlar ustida to‘xtab o‘tish zarur. Bu shaharlarda jahon ahlini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi tarix yodgorliklari mavjud. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchilar bu shaharlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish orzusida yashaydilar. Ko‘p mamlakatlarda O‘zbekiston ana shu shaharlari ila mashhurdir. U shaharlarda qad ko‘targan qurilish san’ati xorijdan kelgan turistlarni hayratga soladi. O‘zbekistonning ana shunday tarixiy shaharlarini bemalol Sharqning javohirlari deb atash mumkin. Shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar bu shaharlarning ajoyib chiroyi, ularda yashagan hunarmandlar, arxitektorlarning ishlariga qoyil qolganlar.


Samarqand jahonning eng ko‘hna shaharlaridan biri. U Bobil, Rim, Afina shaharlariga tengdosh. Samarqand haqidagi eng dastlabki axborotlar eramizdan oldingi IV asrga taaluuqlidir. O‘sha paytlarda Marokand nomi bilan mashhur bo‘lgan bu shahar uzunligi 10 kilometrdan ortiqroq bo‘lgan qudratli mudofaza devorlariga ega edi.


Murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan Samarqand o‘z tarixida bir necha marta gullab yashnadi va xarobalikka ham uchradi. U jahonning xar bir shahri kabi jamiyat tarixiy taraqqiyotining obyektiv qonunlari asosida shahar sifatida qad ko‘tardi va rivojlandi.


74
Samarqand hali madaniyatining bebaho xazinasi hisoblanadi. Ko‘p shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, sayyohlar uni haqli ravishda “Jahonning qimmatbaho gavhari”, “Sharq Rimi”, “Qadimgi Shark Jannati” kabi so‘zlar bilan atashgan.


11.4. Turistik mintaqalarda xizmatlar bozorining raqobatbardoshligi

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.


Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.


Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. 1993 yildan buyon bizning davlatimiz “Xalqaro turizm tashkiloti” (UNWTO)ning a’zosi hisoblanadi. 2004 yildan boshlab Samarqandda – buyuk Ipak yo‘lining “yuragi”da UNWTO ning transkontinental magistralda turizmni koordinatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi ofisi faoliyat yuritib kelmoqda. Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport va mehmonxona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga


75
oshirilmoqda.Turizm mahsulotlarini horijda tanitish maqsadida “Mega-info-tur” – tanishuv safarlari marketing loyihasi horijiy turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kabi safarlar turistik mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi turistlarning oqimlari muddatini optimallashtirish, hamda O‘zbekistonda har bir fasl turistlar uchun o‘ziga hos bo‘lishini ko‘rsatib berishda muhim ro‘l o‘ynaydi.


Bundan tashqari O‘zbekistonning turistik salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda UNWTOning rahnamoligida o‘tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo‘lidagi turizm” yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm sohasidagi o‘zbek hamda horij mutahassislarini birlashtirish, ular o‘rtasida professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri sifatida nom qozongan. Afsonaviy o‘tmishi, Ipak Yo‘lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o‘tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, xalqning mehmondo‘stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O‘zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o‘ziga jalb etadi.


Amalga oshirilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalarining samarasi o‘laroq, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan ustuvor yo‘nalish va vazifalarning mazmun-mohiyatini hududlarda targ‘ib etish, shuningdek, joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini o‘rganish maqsadida Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda tashabbuskorlik asosida 2017 yilning yozgi ta’til davrida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar uchun amaliy loyiha ishlab chiqildi. Unda har bir hudud bo‘yicha professor-o‘qituvchi va ko‘ngilli iqtidorli talabalardan iborat ijodiy ishchi guruhlar shakllantirildi.


Mazkur loyiha ta’lim va amaliy jarayonni bevosita uyg‘unlikda olib borish, respublikamiz hududlarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarkibiy qismlarining tahliliy davomi hisoblanadi. Bunda professor-o‘qituvchilar o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot faoliyatlari uchun zarur bo‘ladigan tahliliy materiallarni to‘playdilar,


76
talabalar esa nazariy bilimlarini amaliyotda yuz berayotgan voqea-hodisa va jarayonlar bilan mustahkamlashga muvaffaq bo‘ladilar.

Respublika hududlari kesimida Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bandida belgilangan chora-tadbirlarni hududlarda bajarilishini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish lozim.





Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish