A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm


Markaziy Osiyo mamlakatlarida turizmning rivojlanishi



Download 3,14 Mb.
bet33/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
11.2. Markaziy Osiyo mamlakatlarida turizmning rivojlanishi

Ushbu mintaqaning ko‘rsatkichlari jahondagi o‘rtacha o‘sishga nisbatan ancha tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Jumladan, turistlar oqimi 5,3 %ga, tushum 6,4 %ga o‘sgan. Hududdagi mamlakatlardan Livan (18%), Iordaniya (12 %), Baxreyn (4 %) oqimning ko‘payish erishdi. Boshqa mamlakatlarga nisbatan rivojlangan Misr turistlarga servis xizmati ko‘rsatishni yaxshilash natijasida sayyohlar oqimi 3 %ga o‘sishiga erishdi. Hozir butun dunyodan turistlar Misrning qadimiy ehromlarini


70
ko‘rish uchun va afsonaviy Nil daryosi qirg‘oklarida tashkil etilgan qadimgi yodgorliklarni ziyorat qilishga oshiqmoqdalar.


Turizm (sayohat) ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan nazariy va amaliy fan sifatida o‘qitiladi. U o‘zining ijtimoiy tizimlar (formatsiya) bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z tarixi hamda rivojlanish jarayonlariga ega. Turizm umumiy ma’noda sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni ifoda etadi. Shu sababdan ular ijtimoiy-turmush va mehnat jarayonlaridan tarkib topadi. Turizm haqida ilmiy-ommabop risolalar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar juda ko‘p.


Ularning mazmunida turli yoshdagi kishilar va aholining talablariga qarab sayr-sayohatlarni tashkil qilish yo‘llari bayon etilgan.


Turizmning vujudga kelish omillari va davrlari ijtimoiy turmush, madaniy hayot va mehnat jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir. Eng qadimgi insonlar yashash uchun ov va mehnat qurollarini yaratishga harakat qilganlar. Shu tarzda tog‘lar, daryo va ko‘llarning sohillarida yashab, yovvoyi hayvonlarni ov qilganlar, ularni qo‘lga o‘rgatib o‘z mehnatlarida foydalanganlar. Ov manzillari va dam olishga qulay bo‘lgan joylarda ma’lum bir belgilarni (tur) qo‘yishgan va zarur bo‘lgan paytlarda ana shu joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o‘yinlar tashkil qilib musobaqalashishgan. Ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining takomillashuvi, ov


va jang qurollarini yaratishining yangi usullari odamlarning uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishi, shu asosda eng qulay va yaxshi joylarni tanlab dam olish, hatto o‘troqlashib qolishlariga olib kelgan. Shu tariqa daryolar, ko‘llar, dengizlarda ov qilish, sayr o‘tkazish, izlanish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika qit’asiga borib qolishi (kashfiyot), turli sayohatchilarning Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit’alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma’lum.


XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator rus sayyohlari, mutaxassis olimlari (asosan harbiylar) Markaziy Osiyoning iqlimi, tabiiy boyliklari, aholining madaniyati va boshqa jihatlarini o‘rganish uchun tashrif buyurishgan. Ular orasida P.P.Semyonov, Tyanshanskiy, Prejevalskiy kabilar tog‘ sharoitlarini chuqur o‘rganib, maxsus xaritalar tayyorlaganlar. O‘zbekistonda turizmning dastlabki


71
rivojlanish davri asosan o‘tgan asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. 1925–1930-yillarda Markaziy Kasaba uyushmalari kengashi qoshida maxsus turistik jamiyat, ya’ni ishchi-dehqonlar turizm tashkilotini ta’sis etgan.


Bu jamiyat asosan mehnatkashlarning turli shaharlarga sayohatini (ekskursiya) uyushtirish, o‘quvchi-yoshlarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish, o‘lkani o‘rganish kabi tadbirlar bilan shug‘ullangan.

Shuningdek, dam olish kunlari ommaviy ravishda shahar atroflariga piyoda chiqish, chang‘ida yurish, velosiрedda sayr qilish kabi amaliy faoliyatlarni tashkil qilgan. Ularning asosiy maqsadi jismonan chiniqish, mehnat faoliyatini oshirish va mudofaa ishlariga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi. Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941–1945-yillar) harbiy tayyorgarlik jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar va mehnatkashlarning topografik bilimlarini oshirishga alohida e’tibor berildi. Atroflarni chamalab (ориентирование) topish, xaritani o‘qish, mo‘ljalga tez yetib borish (jismoniy harakat) kabi turistik faoliyatlar keng rivojlandi. Bu jarayonlar o‘sha davrlarda va hatto keyinchalik ham "Mehnat va mudofaga tayyor” majmuyidan o‘rin oldi.


Urushdan keyingi yillarda (1950–1960-yillar) Markaziy Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan barcha viloyatlarda va ularning quyi tarmoqlarida turistik klublar tashkil etildi. Klublar turizm bo‘yicha (piyoda yurish, tog‘ turizmi, velosiрed turizm va hokazolarni uyushtirish) seksiyalar, to‘garaklar, jamoalar tashkil etib, musobaqalar tashkil etishga kirishdi. Keyingi 30–40 yil davomida (1955–1990-yillar) Respublikalar, hududlar (Markaziy osiyo, Kavkaz, Boltiq bo‘yi, O‘rol, Sibir va hokazo) miqyosida slyotlar (musobaqalar) tashkil etildi. Ularning dastur mazmunida kategoriyali (darajali) piyoda yurish, tog‘ so‘qmoqlari va dovonlaridan oshish, daryolardan kechib o‘tish, arqonlarga osilib daryo, jarlarning us- tidan o‘tish hamda belgilangan joylarni kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni tez (vaqtga) o‘rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jamoaning ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni namoyish etish, qo‘shiq-raqs bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish kabi ko‘p qirrali ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar o‘rin egallagan edi. Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang‘ich jamoalarda (ta’lim muassasalari,


72
ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o‘tkazilishi odatga aylandi. Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi yo‘lga qo‘yildi.


Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil qilingan seksiyalardagi terma jamoalar tog‘ turizmi, velosiрed turizmi kabilar bilan shug‘ullanib, ularda chamalab topish (ориентирование) bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Shu asosda yuqorida zikr etilgan turlar maxsus sportga aylandi. Ularning qoidalari (ni- zomlar) ishlab chiqilib, sport razryadlari (I-II-II darajalar, sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi va hokazo unvonlar) tasdiqlandi. Belorussiya, Boltiqbo‘yi, O‘rol, Sibir o‘lkasida o‘z hududlariga mos, asosan turizmning tog‘ turizmi, chamalab topish,suv turizmi kabi turlari amalga oshirildi. Kavkaz, Qirg‘iziston va shu kabi boshqa tog‘li hududlarda esa tog‘ turizmi (g‘orlarni topish, qoyalarni zabt etish) ko‘proq rivojlanadi. Boshqa hududlarda ommaviy piyoda yurish turizmi keng rivojlandi. Jamiyatdagi qayta qurish (1980–1990-yillar) tadbirlari boshqa sohalar kabi turizm ishlariga, ayniqsa, jamoalarda ommaviy sog‘lomlashtirish sayohatlarini tashkil qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ya’ni: – shug‘ullanuvchilarning erk va istaklarini chegaralash, moddiy-texnik ta’minotni bekor qilish, faollarning sa’y-harakatlarini to‘xtatish kabi tadbirlar rasmiy ravishda amalga oshirildi. Buning oqibatlari hozirgacha turizmning rivojlanish jarayonida seziladi.

Butunjaon Turizm Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bo‘yicha keyingi o‘n yillikda turistik oqimning o‘rtacha yillik o‘sishi Yevropa mintaqasida 3,1 %, Yakin Sharqda 6,9 %, Janubiy Osiyoda 6,4 %, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 7,7 %ni tashkil etdi. Bizning respublikamizda ushbu ko‘rsatkich yiliga 15% darajasida belgilangan, bu esa BTTning Osiyo mintaqasiga oid taxminlaridan ikki marotaba yuqoridir. Lekin, respublikamiz turmahsulotini jahon talabi darajasiga keltirish va marketing sohasidagi ba’zi bir kamchiliklarni bartaraf etish uchun ko‘proq mablag‘ ajratish taqozo qilinadi. Jahon mamlakatlarida turizmga sarflanayotgan xarajatlarni ko‘rib o‘tganimizda, bu xarajatlar tez orada o‘zini qoplashining guvohi bo‘lamiz.


73
Shuni alohida ta’kidlash joizki, u yoki bu mamlakat iqtisodiyotiga qat’iy valyuta tushumi, ular uchun katta iqtisodiy samara keltiradi. Ayniqsa iqtisodiyoti endi oyoqqa turayotgan mamlakatlar uchun bu jarayon juda katta ahamiyat kasb etadi. Turizmdan olinadigan daromadning samaradorligi mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi, ammo masalaning ikkinchi tomoni ham borki, turizmni rivojlantirish uchun davlat oldin xarajat qilishi kerak bo‘ladi. Turizmga davlat tomonidan sarflangan xarajat vaqti kelib bir qancha muvaffaqiyatlarni olib keladi. Buning misolida Avstriya, Germaniya va Fransiyalarni ko‘rishimiz mumkin.





Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish