Mehnat munosabatlari - ish beruvchi bilan ish oluvchi oʻrtasida ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol va boshqa jarayonlarda amalga oshadigan iqtisodiy aloqalar.
Mehnat predmetlari - bevosita mehnat qurollari ta’sirida mahsulotlar tayyorlanadigan narsalar (yer, suv, xom ashyo, materiallar va boshqalar).
Milliy valyuta - ma’lum bir mamlakatning rasmiy pul birligi. Masalan: Oʻzbekistonda-sum, Rossiyada-rubl, Hindistonda-rupiya va h.k..
Milliy valyuta tizimi - bir mamlakatda valyutaning amal qilishi bilan bog’liq boʻlgan iqtisodiy va qonuniy munosabatlar yig’indisi.
Milliy daromad - 1. Mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini belgilab beruvchi umumlashgan muhim koʻrsatkich. Yalpi ichki mahsulotning bir qismidan iborat. Yalpi ichki mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish xarajatlarining chegirib tashlangan qismi. Mamlakatda yil davomida vujudga kelgan barcha daromadlar yig’indisidir. 2. Milliy ishlab chiqarishdan keladigan daromad. Iqtisoddagi va barcha turdagi daromadlar jamg’armasi. U ish haqini, renta daromadini, korporasiya daromadlarini qiymatidan keladigan sof foiz va boshqa daromadlarni oʻz ichiga oladi. Yana yalpi milliy mahsulot bilan asosiy kapitalni iste’mol xarajatlari va qoʻshimcha soliqlar tafovuti sifatida aniqlandi.
Milliy iqtisodiyot - 1.Bu barcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari va sohalarini, funksional iqtisodiyotni, koʻplab infratuzilmalarni oʻz ichiga qamrab olgan yaxlit iqtisodiyotdir. 2. Muayyan siyosiy makondagi moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan barcha ishlab chiqarish subyeklari faoliyatlarining oʻzaro aloqada va dialektik birlikdagi ifodasi.
Milliy hisoblar tizimi - yalpi milliy mahsulot, ichki milliy mahsulot va milliy daromadni ishlab chiqarish, taqsimlash, foydalanishni qiymat shaklida ifodalaydigan oʻzaro bog’liq hisoblash tizimidir.
Minibank - bank filiali binosidan tashqarida, lekin oʻzi joylashgan viloyat-shahar hududida joylashgan va tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy tuzilmasi.
Misqol - og’irlik oʻlchovi. Sharq mamlakatlarida qimmatbaho buyumlarning og’irligi misqol bilan oʻlchangan. Bir misqol Afg’onistonda - 4,6 g., Jazoirda -4,27 g., Misr va Sudanda -4,08 g., Turkiyada - 4,81 g., Xorazmda -4,55 g., Buxoroda - 4,8-5 gramga teng boʻlgan. Amir Temur davrida bir misqol 4,8 g., vaznda oltin tangaga teng boʻlgan. Bu og’irlik oʻlchovi Yaqin Sharqda hozir ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |