moslamaning osilish tartibi.
Bir qator berkituvchi-plombalovchi moslamalar («Skat», «Izilok»,
«Alyumalok») «Sprut-universal» kabi yopish tuguniga ega, faqat o‘lcham-
lari bilangina farq qiladi.
Bu kabi berkituvchi-plombalovchi moslamalarni ochish nazorat
shaybasining silindrsimon shakldagi qismini qirqish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
«Kleщ» rusumli zulfin-plombalovchi moslamaning tuzilishi po‘lat
sterjen va stopor (muayyan holatda to‘xtatish, qimirlamaydigan qilib
o‘rnatish uchun mo‘ljallangan moslama)li korpusdan iborat bo‘ladi (12-
rasm).
Zulfin-plombaning sterjeni uzunligi 60 mm va diametri 8–20 mm
bo‘lgan rezbasiz boltdan iborat. Ushbu boltning ikkinchi uchida kengligi
186
1,4 mm va chuqurligi 10 mm bo‘lgan bo‘ylama ariqcha (paz) o‘yilgan.
Ushbu bo‘ylama ariqchaning asosida, sterjen aylanasi bo‘ylab, halqasimon
ariqcha o‘yilgan.
12-rasm. «Kleщ» rusumli qulf-plombaning tuzilishi:
A – korpus; B – sterjen; V – korpusning kesimi: 1 – stoporli sim; 2 – sterjen
boshchasi; 3 – sterjen; 4 – halqasimon ariqcha; 5 – bo‘ylama ariqcha; 6 – sterjen
tugash qismining chuqurchasi; 7 – stopor sim uchun tuynuk; 8 – korpusdagi
halqasimon ariqcha.
Zulfin-plombaning korpusi balandligi 27–30 mm olti qirra shaklda
tayyorlangan. Korpusni sterjenga o‘rtanish uchun, korpusda diametri 8 mm
bo‘lgan chuqurcha hamda diametri 1,2 mm bo‘lgan stoporli simni
joylashtirish uchun diametri 1,4 mm bo‘lgan ko‘ndalang tuynuk mavjud.
Har bir zulfin-plombaning sterjen boshchasida va korpusining
qirralarida raqamli va harfli markirovka belgilari o‘yib yozilgan.
«Kleщ» rusumli zulfin-plombani osishda uning sterjeni berkitilayot-
gan obyekt eshigining plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalar
(proushina – adabiyotlarda «zo‘g‘ota» ham deyiladi)dan o‘tkaziladi,
korpusning ko‘ndalang tuynugiga stoporli sim kiritiladi, so‘ng korpusni
sterjenga shunday kiydiriladiki, stoporli sim sterjenning bo‘ylama
ariqchasiga kirib qolishi lozim. Undan so‘ng, korpus bilan sterjen bir-
biriga nisbatan 180 gradusga buraladi va natijada sim korpus ichiga kirib
halqasimon ariqchada joylshib qoladi va sterjenni korpusda mahkam
ushlab qoladi.
«Kleщ» rusumli zulfin-plombani ochishda ombir, metal kesishga
mo‘ljallangan arra yoki gaz-elektr payvandlash uskunalari yordamda
sterjenni ko‘ndalang yo‘nalishda kesish orqali amalga oshiriladi.
«Kleщ-M» rusumli zulfin-plomba eshigining plomba osish uchun
mo‘ljallangan halqalarining diametri 6 mm dan katta bo‘lgan uch yoki
besh tonnali transport konteynerlari eshiklarini berkitish (yopish) uchun
187
mo‘ljallangan bir martalik plomba hisoblanadi. Ushbu zulfin-plomba osma
qulf shaklida tayyorlangan bo‘lib, korpus, osgich yoy (dujka) va
korpusning quyi sirtiga mahkamlangan stoporli qurilmadan iborat (13-
rasm).
13-rasm. «Kleщ–M» rusumli zulfin-plomba:
A – osilgan holatda; B – plombaning osgich yoyi (dujka) va korpusi
(yuqoridan ko‘rinish).
Ushbu zulfin-plombaning korpusi diametri 22 mm va uzunligi 38–48
mm bo‘lgan po‘lat simdan tayyorlangan. Korpusning quyi qismida stopor
qurilmasining boshchasi joylashadi. Korpusning yuqori qismida osgich
yoyning erkin uchi kiritiladigan 6–8 mm li teshik hamda osgich yoyning
yopish uchun mo‘ljallangan uchi kiradigan 8 mm li teshik (ushbu teshikka
stopor qurilmasi ham joylashadi) mavjud. Stopor qurilmasiga ko‘ndalang
(perpendikular) ravishda mahkamlovchi po‘lat sim uchun mo‘ljallangan
diametri 2 mm bo‘lgan teshik mavjud.
Zulfin-plombaning osgich yoyi diametri 6–8 mm bo‘lgan po‘latdan
tayyorlangan, uning bir uchida aylanma halqali bo‘ylama ariqcha o‘yilgan.
Zulfin-plombaning stoporli qurilmasi aylanadigan vtulka shaklida
tayyorlangan. Uning bir uchi bolt shaklida yasalgan, ikkinchi tomonida esa
teshik mavjud. Kopus va stoporli qurilmaning ichida diametri 1,2 mm
bo‘lgan po‘lat sim joylashtirilgan bo‘lib, uning yordamida zulfin-
plombaning korpusi osgich yoyda mahkamlanib, yopilib qoladi.
«Kleщ-M» rusumli zulfin-plombani osish va ochish xuddi «Kleщ»
rusumli plomba kabi amalga oshiriladi.
Konteyner, avtofurgon va ko‘chmas omborxonalarning eshiklarini
berkitish uchun hozirgi kunda «Kleщ» rusumli zulfin-plombadan unchalik
farq qilmaydigan Rossiya Federatsiyasida («Kleщ–60 SS», «Rodlok–3»,
«Intermodal») hamda boshqa xorijiy davlatlarda («Oneseal 79», «PNV»)
ishlab chiqarilgan berkituvchi-plombalovchi moslamalar ishlatilmoqda.
188
«LaVR» rusumli zulfin-plomba vagonlar va konteynerlar eshiklarini
yopish (berkitish) uchun mo‘ljallangan. Ushbu plomba tuzilishiga ko‘ra
g‘altakni eslatadi va korpus, qalpoqcha va plomba-sterjendan iborat bo‘lib,
umumiy uzunligi 62 mm ni tashkil etadi (14-rasm).
14-rasm. «LaVR» rusumli plombaning ochiq holatdagi ko‘rinishi:
1 – korpus; 2 – qalpoqcha; 3 – plomba-sterjen; 4 – plomba-sterjenning nazorat
belgilari mavjud boshchasi.
Ushbu plombaning korpusi po‘latdan va ko‘p marta ishlatishga
mo‘ljallangan bo‘lib, uzunligi 45 mm va qalinligi 14–19 mm bo‘lgan bolt
shaklida yasalgan. Boltda diametri 9 mm bo‘lgan teshik mavjud bo‘lib, u
plomba-sterjenni kiritish uchun mo‘ljallangan. Korpusning boshchasida
plomba-sterjenning prujinali fiksatori o‘rnatilgan, ushbu fiksator kesilgan
konus shaklida tayyorlangan.
Plombaning qalpoqchasi ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan va
po‘latdan uzunligi 33 mm bo‘lgan bolt shaklida tayyorlangan, ushbu
boltda diametri 9 mm bo‘lgan teshik mavjud.
Plombaning plomba-sterjeni bir marta ishlatishga mo‘ljallangan va
uzunligi 70 mm va diametri 9 mm bo‘lgan po‘lat shurupdan iborat. Uning
boshchasida plombani tayyorlagan korxona, yuk jo‘natuvchi tashkilot va
tartib raqamidan iborat nazorat belgilari yozilgan plastmassa qobiq
o‘rnatilgan.
«LaVR» rusumli plombani osishda, uning korpusi berkitilayotgan
eshikning yopish ilmoqlariga kiritiladi, so‘ng unga qalpoqcha kiygiziladi
va bo‘ylama teshikka plomba-sterjen kiritiladi (15-rasm).
15-rasm. «LaVR» rusumli plombaning yopilgan holatdagi ko‘rinishi:
1 – vagonlar uchun plomba; 2 – konteynerlar uchun plomba.
189
«LaVR» rusumli plombani ruxsat etilgan tarzda ochish maxsus
ochgich orqali amalga oshiriladi. Buning uchun, ochgichning ushlagichlari
plombaning qalpoqchasiga kiydiriladi va uni soat millari yo‘nalishi
bo‘ylab oxirigacha aylantiriladi. So‘ng, plombaning korpusi ushlab turilib,
ochgich soat millari yo‘nalishiga teskari tomonga, plomba ochilgunicha
buraladi.
«Yersh» rusumli berkitiuvchi-plombalovchi moslama korpus (sterjen),
qalpoqcha, prujinali «pichoq» va prujinadan iborat metall tuzilishga ega.
Ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan sterjen bolt shaklida tayyorlangan
bo‘lib, unda diametri 5 mm bo‘lgan bo‘ylama ochiq tuynuk mavjud.
Ushbu tuynukning oxirida kengligi 7 mm va chuqurligi 3 mm bo‘lgan
hamda prujinali «pichoq» o‘rnatilishi uchun mo‘ljallangan ariqcha bor (16-
rasm).
Bir martalik po‘lat qalpoqcha diametri 30 mm va balandligi 17 mm
bo‘lgan porshendan iborat bo‘lib, uning tubida 5 mm li tuynuk hamda
ichida «pichoq»ni mahkam ushlab turish uchun figurali ariqcha o‘yilgan.
Plombaning «pichog‘i» qalinligi 6 mm va tashqi diametri 18–20 mm
bo‘lgan konussimon halqa shaklida tayyorlangan. «Pichoq»ning sirtida
diametri 14,5 mm bo‘lgan po‘lat prujinani o‘rnatish uchun mo‘ljallangan
aylanma ariqcha o‘yilgan bo‘lib, bu prujina «pichoq»ni sterjenning
ariqchasida mahkam ushlab turish uchun xizmat qiladi.
16-rasm. «Yersh» berkituvchi-plombalovchi moslamaning
Do'stlaringiz bilan baham: |