182
berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)dan keng foydalanilmoqda.
Bunday moslamalar amaldagi «yuklarni temir yo‘l transportida tashish,
yuk tashishni nazorat qilish va vagonlar va konteynerlarning yopiladigan
moslamalari (eshiklar, lyuklar va shu kabi)ni tashilayotgan yuklarni ruxsat
etilmagan tarzda ochishga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash qoidalari» asosida
plomba qilinadigan barcha turdagi temir yo‘l yuk vagonlari va
konteynerlarni yopish va plombalash uchun ishlatiladi.
Tuzilishidagi xususiyatlariga ko‘ra berkituvchi-plombalovchi
moslamalar (BPM)ning ikkita asosiy guruhi mavjud:
– egiluvchan berkituvchi (blok) element (tros)li moslamalar —
«Sprut», «Sprut-universal», «Izilok» va boshqalar;
– qattiq berkituvchi (blok) element (sterjen)li — «Kleщ», «Yersh»,
«LaVR» va h.q..
Berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning boshqa plomba-
lardan farqi, quyidagi afzalliklari bor:
– keyinchalik berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ni ruxsat
etilmagan tarzda ochish yoki qayta osish uchun sharoit
yaratish maqsadida,
ushbu moslamalarni osishdan oldin sezilmaydigan, bartaraf etish oson
bo‘lgan yoki niqoblash mumkin bo‘lgan g‘arazli maqsaddagi o‘zga-
rishlardan ishonchli himoya qiladi;
– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning tuzilishi va plom-
balashda bosib tushiriladigan nazorat belgilari mavjudligi natijasida,
keyinchalik ushbu moslamalarni ruxsat etilmagan tarzda
ochish yoki qayta
osish uchun sharoit yaratish maqsadida, vagon yoki konteynerning o‘zida
ushbu moslamalarning dublikati yoki istalgan qismini tayyorlash imkonini
yo‘qqa chiqaradi;
– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning tarkibiy
elementlarini buzmasdan ochishga chidamligi va
uni qayta osish
imkoniyatlari uchun kamida 60 daqiqa talab etiladi;
– berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning va uning tarkibiy
elementlarini buzish uchun 2000 kgs (vagonlar uchun mo‘ljallanganlari)
va 1200 kgs (konteyner uchun mo‘ljallanganlari) kuch birligini talab
qiladi;
– yuqorida ta’kidlangan kuch birliklari bilan yopilgan holatdagi
egiluvchan berkituvchi (blok) element (tros)li moslamalar («Sprut»,
«Sprut–universal», «Izilok» va boshqalar) ta’sir qilinganida yumshoq
element halqasining uzayishi 20 mm dan ortmaydi (demak, mustahkamlik
darajasi juda yuqori). Yumshoq element halqasining uzayishi deganda,
berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning kerak darajada tortilgan
183
berkituvchi halqasi o‘lchamlarini deformatsiya,
siljitish va yumshoq
elementining cho‘zilishi natijasida ta’sir qilayotgan kuch yo‘nalishi
bo‘ylab kattalashishi tushuniladi.
«Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM) –
plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarining diametri 10 mm dan kam
bo‘lmagan ko‘chma (harakatlanuvchi) yoki ko‘chmas (harakatlan-
maydigan) obyektlarni bir vaqtda ham berkitish (yopish), ham plombalash
uchun mo‘ljallangan texnik-qo‘riqlash moslamasi hisoblanadi. Ushbu
turdagi berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)da yumshoq element
(tros)ning mavjudligi turlicha (nostandart, o‘zaro joylashuvi o‘zgarib
qolgan yoki nuqsonli) plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarga osish
imkonini beradi.
«Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)
diametri 6 mm va uzunligi 350 yoki 500 mm po‘lat tros hamda diametri 22
mm bo‘lgan olti qirra korpus (vtulka)dan iborat metall tuzilishga ega
bo‘lib, olti qirra korpus ichida ushlagich element (fiksator) joylashtirilgan
bo‘ladi. Korpusning qirralarida nazorat markirovkalar (masalan, 7 ta
raqamdan iborat nazorat belgilari va temir yo‘lining qisqartirilgan nomi),
shuningdek ushbu moslamani ishlab chiqargan korxonaning tovar belgisi
va ishlab chiqarilgan yilining oxirgi raqami o‘yib tushiriladi (9-rasm).
9-rasm. «Sprut» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslama.
Ushbu moslamani berkitish (yopish) tros uchlarini korpus ichiga
kiritish va ushlagich elementi (fiksator) bilan
mahkamlash orqali amalga
oshiriladi.
«Sprut» berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning mahkam-
lash usuli moslama trosi uchligining halqasimon ariqchasiga o‘raladigan
sim yordamida amalga oshiriladigan tuzilishga ega bo‘lgan turlari ham
mavjud.
«Sprut» berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning trosini
tutashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: troslarning uchlari (poynagi)
o‘zaro moslashtirilgan (tenglashtirilgan, bir xil sathda joylashtirilgan)
plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalar (proushina – adabiyotlarda
«zo‘g‘ota» ham deyiladi)dan o‘tkaziladi (agar plomba osish uchun
184
mo‘ljallangan halqalar imkon bersa, tros bir necha marta o‘tkaziladi),
trosning uchligi (poynagi)ga aylanma harakat yordamida
olti qirrali korpus
(vtulka)ga kiydiriladi. Berkituvchi-plombalovchi moslamaning troslarini
tutashtirishni to‘g‘riligini tros uchligi (poynagi)ni olti qirrali korpus
(vtulka) ichida aylanishi yoki ushbu olti qirrali korpus (vtulka)ni tros
uchligi (poynagi)dan tortib ko‘rish yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi.
«Keyblsil» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalarning
tuzilishi ham «Sprut» rusumli moslamadan farq qilmaydi, ammo uning
mustahkamlik darajsi yuqoriroq.
«Sprut-universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar yuk
transporti vositalari (plomba osish uchun mo‘ljallangan halqalarining
diametri 6 mm dan kam bo‘lmagan
yopiq vagonlar, don tashishga
mo‘ljallangan transport vositalari – xopperlar, avtomobil tashuvchi yuk
mashinalari, sisternalar, konteynerlar, avtofurgonlar, omboxonalar va shu
kabilar) eshiklarini yopish uchun mo‘ljallangan eng ishonchli bir martalik
qo‘riqlash moslamasi hisoblanadi. Bu moslama shu kabi xorijiy
moslamalardan qolishmaydi (10-rasm).
10-rasm. «Sprut–universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi
Do'stlaringiz bilan baham: