A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Qulflarni belgilanmagan tarzda ochish va buzilishining



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
5. Qulflarni belgilanmagan tarzda ochish va buzilishining 
hodisa sodir bo‘lgan joydagi dastlabki  tadqiqotlari 
 
Qulflarni belgilanmagan tarzda ochish va buzish izlarining dastlabki 
tadqiqotlari jinoyatning sodir etish usuli va sharoitlari, buzish qurolining 
turi, jinoyatning vaqtga doir xarakteristikalari bo‘yicha bevosita hodisa 
sodir bo‘lgan joyning o‘zida ma’lumot olishga imkon yaratadi.  
Ushbu dastlabki tadqiqotlar qulflarning tashqi tuzilishi, uning alohida 
detallarini, shuningdek qulfning yopish mexanizmining o‘zgarishi yoki 
buzilishiga olib kelmaydigan usullar yordamida o‘tkaziladi. 
Qulflarni jinoiy maqsadda ochish belgilari odatda qulflar korpusi 
(qutisi)ning ichki qismida aks etadi, shu boisdan, qulflarning dastlabki 
tadqiqotlarida bunday belgilarni aniqlash ehtimolligi juda kam bo‘ladi. 
Qulf korpusi (qutisi)dagi kalit uchun mo‘ljallangan teshikda va bevosita 
uning atrofida ishqalanish, shilinish va metall ko‘chishi ko‘rinishidagi 
izlarni esa dastlabki tadqiqotlar jarayonida aniqlash hamda tadqiq qilish 
mumkin bo‘ladi. 
Dastlabki tadqiqotlar jarayonida qulflarni buzish usullari qulfning 
o‘zida ham, uning detallarida va qulfni obyektlarga mahkamlovchi 
elementlarida ham aniqlanishi mumkin. 
Osma qulflarni buzish ko‘p hollarda, uning yoyini qo‘porib olish, 
kesish, arralash va qirqish usullari bilan amalga oshiriladi. Ichki (o‘yma) 
qulflar esa qo‘porib (sug‘urib) olish bilan buziladi. Ichki qulflar silindrlari 
ham qo‘porib olinadi, sindiriladi yoki parmalash bilan buziladi. 
Qulflarning buzilishi izlarini qayd etishda qulfning o‘zidagi emas, 
balki eshikdagi va qulfni osish uchun mo‘ljallangan moslamadagi 
belgilarni ham o‘rganish lozim. Undan tashqari, eshikning tuzilishiga oid  
xususiyatlari (uning tabaqalarining soni, eshik va kesakisi orasidagi 
masofa va shu kabilar)ni, eshikdagi nuqsonlarni ham qayd etish kerak.  
Hodisa sodir bo‘lgan joyda, qulfni buzishda ishlatilgan (buzish) 
qurollarining juda ko‘plab iz va belgilar aniqlangan bo‘lsa, ularni 
fotosuratga olish bilan birga, ularning o‘zaro joylashishi chizmasini ham 
tayyorlash tavsiya etiladi.  
Qulflarning hodisa sodir bo‘lgan joyda o‘tkaziladigan dastlabki 
tadqiqotlari jarayonida, har qanday turdagi ekspert tajribalarini (ekspe-
riment) o‘tkazish – qulflarni o‘zining shtatli kaliti bilan ochib ko‘rish, 
qulflarni hodisa joyida aniqlangan maxsus ochgich yoki tanlangan va 
begona kalitlar bilan ochib ko‘rish qat’iyan taqiqlanadi. 


 166 
Qulflarning hodisa sodir bo‘lgan joyda o‘tkaziladigan dastlabki 
tadqiqotlarining asosiy maqsadi – qulfni buzishda ishlatilgan (buzish) 
qurolning guruhiy taalluqliligini aniqlash hisoblanadi. 
Qulfdagi arralash (egovlash) izlari bo‘yicha ushbu izni hosil qilgan 
buyumning turi (temir kesish uchun mo‘ljallangan arra, egov, «bolgarka”), 
o‘lchamli xususiyatlari va shakli (arra tig‘ining kengligi, egovning 
o‘lchamlari – tishlari orasidagi masofa) aniqlanishi mumkin.  
Hodisa joyida aniqlangan parmalash izlarining dastlabki tadqiqotlari 
o‘zaro bog‘liq quyidagi vazifalarni hal etishga imkon beradi: parmaning 
shakli, o‘lchamli xususiyatlari va ishlatilgan asbobning turi (mexanik yoki 
elektr parma)ni aniqlash. Buning uchun parmalashda vujudga keladigan 
barcha izlarning tizimi: parmalashning ochiq va yopiq izlari, parmaning 
to‘siqdan chiqishida hosil bo‘ladigan elementlarni tekshirish lozim bo‘ladi. 
Qulf yoylarini qo‘porish, sug‘urish, sindirish yoki mexanik siqish 
(otjim)ning statik izlarining dastlabki tadqiqotlarida, qulfni buzishda 
ishlatilgan (buzish) quroli ishchi sirtining xususiyatlari: o‘lchami, shakli, 
konturi, xususiy belgilarining mavjudligi tekshiriladi. 
Dastlabki tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mutaxassis-kriminalist 
tomonidan chiqarilgan xulosalar va takliflar tezkor qidiruv vazifalari, 
tergov harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish vazifalarini hal etish 
uchun xizmat qiladi hamda daliliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish