A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Qulflarni buzish usullari va ularga xos  bo‘lgan belgilar



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
4. Qulflarni buzish usullari va ularga xos  bo‘lgan belgilar 
 
Qulflarning buzish usullari juda ko‘p va xilma-xildir. Buzishning u 
yoki bu usullarini qo‘llash qulfning turiga, uning holatiga, eshikka 
mahkamlanish usuliga bog‘liq bo‘ladi.  
Eng ko‘p buzilib ochiladigan qulflar osma qulflar hisoblanadi. Osma 
qulflarning buzilishi quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 
– qulf yoylarini yoki qulfni eshikka osish uchun mo‘ljallangan 
halqalarni sug‘urib olish usulida; 
– qulf yoylarini yoki qulfni eshikka osish uchun mo‘ljallangan 
halqalarni kesish usulida; 
– qulf korpusi (quti)sini buzish usulida; 
– qulf korpusi (quti)sining yuqori chetini kuch ishlatib siqish usulida. 
Osma qulfning yoylarini sug‘urib olish uchun jinoyatchilar richag 
sifatida turlicha qattiq buyumlar (lom, metall simlar va hokazo)dan 
foydalanadilar. Bunday ta’sir natijasida qulfning ayrim qismlari (masalan, 
qulfning yoyi, zulfin (lo‘kidon)i) shikastlanadi. Qulf yoyini sug‘urib 
olishda zulfin (lo‘kidon) boshchasida yoki qulf yoyining berkituvchi 
uchida turlicha egilishlar, qisman sinishlar, metallarning ko‘chishi, 
shilinishlar vujudga kelishi mumkin. Agar qulf korpusi (qutisi)dan, qulf 
yoyining ichkariga mahkamlanib qo‘yilgan ikkinchi uchi ham sug‘urib 
olinsa, yoyning ushbu uchi sinib ketadi. 
Osma qulflarning yoylari ularga ta’sir ko‘rsatilganda lotincha «S» 
harfiga o‘xshab egilib ketadi (deformatsiyaga uchraydi). Qulflarni 
buzishda ishlatilgan buzish qurolidan ezilish va shilinishlar shaklidagi izlar 
qolishi mumkin. Bu izlar, odatda, buzish qurolining iz hosil qiluvchi 
qismlarining relyefini aks ettirmaydi va shuning uchun ular identifikatsiya 
uchun yaroqsizdir. 
Osma qulflarning yoylarini sug‘urib olishda buzish qurolining bir uchi 
eshikka yoki devorga tayanadi. Bu holda ushbu sirtlarda hajmiy izlar 
vujudga keladi. Ushbu izlar ko‘pincha buzish qurolining ishchi sirtini 
shakli va tashqi tuzilishining xususiyatlarini aks ettirishi va binobarin ular 


 163 
identifikatsiya uchun yaroqli bo‘lishi mumkin. Osma qulf yoyini sug‘urib 
olishda qulflarni eshikka osish uchun mo‘ljallangan halqalarning 
deformatsiyalanishiga olib keladi. 
Jinoyatchilar osma qulflarni buzishda ko‘pincha qulflarni osish uchun 
mo‘ljallangan halqalarni sug‘urib oladilar. Bunday usullarni jinoyatchilar, 
ushbu halqalar qulfga qaraganda, kamroq mustahkam bo‘lganida 
qo‘llaydilar. Bunda eshiklar va qulf osilgan joyning boshqa qismlarida 
qulflar buzilganida qolgan izlarga o‘xshash izlar vujudga kelishi mumkin. 
Osma qulf yoylari temir kesuvchi ombirlar yoki qaychilar yordamida 
kesilganda, yoyning kesilish joylarida tashqaridan markazga yo‘nalgan 
ponasimon chuqurcha shaklidagi izlar vujudga keladi. Yoylarning kesilish 
sirtlarida ishlatilgan asbobning kesuvchi sirtlaridan, o‘zaro parallel 
ishqalanish chiziqlari shaklidagi izlar kuzatiladi. Bu izlar identifikatsiya 
uchun yaroqli bo‘lishi mumkin. 
Agar osma qulfning yoylari temir arra yordamida kesilgan bo‘lsa, 
yoylarning kesilgan sirtlarida yelpig‘ichsimon zinapoyalar shaklidagi izlar 
vujudga keladi. Yoyning sirtida, kesish boshlangan tomonda tilinishlar
metallning ko‘chishi, shilinishlar vujudga keladi, bu belgilar temir arra 
tishlarining yoyning kesilish sirtida ishqalanishi natijasida vujudga keladi. 
Osma qulf yoylarini egov yordamida kesishda yoylarning kesilgan 
sirtlari deyarli tekis bo‘ladi, egovning ishqalanish izlari betartib joylashgan 
shilinishlar ko‘rinishida kuzatiladi. Agar uchburchak yoki to‘rt burchak 
shakllaridagi egov ishlatilgan bo‘lsa, u holda yoyning egovlab kesilgan 
sirtlari konussimon shaklda bo‘ladi. Yuqorida aytilgan asboblar ishlatilgan 
holatlarda, qulf yoyining kesilgan qismida oxirigacha egovlanmagan soha 
kuzatiladi, chunki bu joy egovlash oxiriga yetkazilmasdan turib, sinib 
ketadi. Aynan ana shu izlarni ko‘zdan kechirib va tadqiq etib, qulfni 
buzishda ishlatilgan asbobning turi, arraning tishlari kengligini aniqlash 
mumkin. 
Osma qulfni buzishda juda ko‘p hollarda eshiklarda, qulf korpusi 
(qutisi)ning  ichida, polda, yerda va shu kabi joylarda arralash yoki 
egovlash yoxud sindirishdan vujudga keladigan temir zarralari – qirindilar 
(opilkalar) kuzatiladi. Bunday temir qirindilar gumon qilinuvchining 
qo‘llarida, kiyimlarida va tanasida ham qolishi mumkin. Bunday hollarda 
hodisa joyidan va gumon qilinuvchidan olingan qirindilar spektral tahlil 
metodi yordamida tekshirilib aniqlanishi lozim. 
Ba’zi osma qulflar yoylarining berkituvchi uchlari korpusi (quti)ning 
tirqishiga unchalik chuqur kirmaydi. Bunday tuzilishga nazorat qulflari 
ega. Bu kabi qulflar qulf korpusi (qutisi) yuqori chetini siqish usulida 


 164 
ochilishi mumkin. Buning uchun, yassi metall buyumni qulf korpusi 
(qutisi)ning yuqori cheti bilan qo‘shimcha qopqoqning orasiga kirgiziladi 
va siqiladi. Natijada korpus (quti)ning tirqishidan yoyning berkitil-
maydigan uchi chiqarilib yuboriladi va qulf ochilib ketadi. Qulflarni 
bunday buzishda qulf korpusi (qutisi)da, qo‘shimcha qopqoqning sirtlarida 
turlicha ishqalanish va ezilish izlari, sinishlar vujudga keladi. 
Silindrli osma qulflarni buzishda jinoyatchilar parmalardan foydala-
nadilar. Buning uchun qulfning korpusi (qutisi)da, qulfning shtiftlari 
olinadigan qilib teshik parmalanadi. Natijada shtiftlar bilan ushlanib 
turilmaydigan bo‘lib qolgan silindr ixtiyoriy tomonga aylanadigan bo‘lib 
qoladi va qulf ochilib ketadi. Qulflarni bunday buzish uchun parmalash 
izlari va to‘kilib qolgan metall qirindilar hamda qulfdagi turli ezilish kabi 
belgilar xosdir. 
Tashqi va ichki qulflarni buzish osma qulflarni buzishga qaraganda 
kamroq uchraydi. Buning sababi shundaki, bunday qulflarni buzish uchun 
ushbu qulflar o‘rnatilgan joyni (masalan, eshikning shu qismini) buzishga 
to‘g‘ri keladi. Agar qulfni boshqa usullar bilan ochishning imkoni 
bo‘lmagandagina bunday qulflar buzish usulida ochiladi. Qulflarni 
buzishdan boshqa usullarda ochishning quyidagi turlari mavjud: 
– zulfin (lo‘kidon)ni siqib ayirish (otjim); 
– maxsus ochgich (otmichka), tanlangan yoki soxta kalitlar, «uistiti» 
va boshqa moslamalar yordamida ochish. 
Zulfin (lo‘kidon)ni siqib ayirish (otjim) usuli. Bu usul tashqi va ichki 
qulflarni ochishda ishlatiladi. Ko‘pincha o‘zi yopiladigan silindrli 
qulflarning zulfin (lo‘kidon)i siqib ayriladi. Chunki, bunday qulflarning 
zulfin (lo‘kidon)i saqlagichda ushlab turilmagan bo‘lsa, u erkin holatda 
joylashadi. Shuning uchun eshik bilan uning kesakisi orasidagi oraliqqa 
yassi buyum (iskana, pichoq, buragich va shu kabilar) kiritiladi hamda 
uning yordamida zulfin (lo‘kidon)ga ta’sir etib, uni qulf korpusi 
(qutisi)ning ichiga kirgizib yuboriladi. Bu usulda qulflar ochilganda, 
eshikning chetlarida, kesakisida, kesakidagi zulfin (lo‘kidon) uchun 
mo‘ljallangan kovakning atrofiga qo‘yiladigan plankaning sirtida bosish 
(ezilish) va ishqalanish izlari qoladi. Zulfin (lo‘kidon)ning boshchasida 
uning bo‘ylama o‘qiga parallel joylashgan ishqalanish izlari va metallning 
o‘yilishlari vujudga keladi. Zulfin (lo‘kidon)ni ayirib ochishda qulf 
mexanizmi qismlarida deformatsiyalanish paydo bo‘ladi.  
Prujinali qulflar zulfin (lo‘kidon)ini ayirib ochishda zulfin (lo‘kidon) 
asosi deformatsiyalanadi.  
Silindri o‘zi yopiladigan qulflarda zulfinni ayirib ochish natijasida, 
zulfin tayanchining buzilishi kelib chiqadi. 


 165 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish