161
Qulflarni maxsus ochgichlar bilan ochishda, bu ochgichlardan qulf
korpusi (quti)sining ichki devorlarida va qulf mexanizmlari (masalan,
zulfin va suvaldalar)da ishqalanish izlari qoladi. Qulf korpusi (quti)sining
ichki devorlaridagi ishqalanish izlari yoysimon shaklda bo‘ladi. Bu
izlar
kalit tirqishining atrofida joylashadi va kalit tishlarining izlari bilan mos
tushmaydi. Zulfin, lo‘kidon va suvaldalardagi
ishqalanish izlari ingicha
ariqchalar shaklida bo‘ladi.
Silindrli qulflar maxsus ochgich bilan ochilganda, ishqalanish
izlari
kalit tirqishida va bevosita shtiftlarning boshchalarida vujudga keladi.
Juda ko‘p hollarda jinoyatchilar qulflarni tanlangan kalitlar yordamida
ochadilar. Bu holda qulfning ochilish ehtimolligi tanlangan kalitning asl
kalitga qay darajada o‘xshashligiga bog‘liq bo‘ladi.
Prujinali qulflar, suvaldali (agar suvaldalar miqdori kam bo‘lsa)
qulflarni kalit tanlash usuli bilan ochish osonroq bo‘ladi.
Qulflarni kalit tanlash usulida ochishda, ishlatilayotgan kalitga turlicha
ta’sir ko‘rsatiladi, uni turlicha holatga o‘tkaziladi, ba’zida bunday ta’sir
natijasida zulfin (lo‘kidon) surilishi yoki silindr aylanib ketishi mumkin.
Ayniqsa, hozirgi kunda keng tarqalgan Xitoyda ishlab chiqarilgan
qulflarda bu usul juda qo‘l keladi. Kalitlarni soxtalashtirish asl
kalitdan
birorta usulda nusxa olish, uning chizmasini chizish orqali amalga
oshiriladi.
Qulflarni tanlangan yoki asl nusxasiga qarab
yasalgan begona kalitlar
bilan ochishda quyidagi izlar va belgilar vujudga kelishi mumkin:
– suvaldali va prujinali qulflarning korpusi (quti)larining ichki
devorlarida, ishlatilgan kalitning tishlaridan aylana shaklidagi izlar qoladi,
bu izlar asl kalitning izlariga va izlarning diametrlariga mos tushmaydi,
metallning shilinishi kuzatiladi;
– zulfin (lo‘kidon) va suvaldalarning asl kalit bilan ta’sirlashmaydigan
joylarida, begona kalit tishlaridan qolgan izlar vujudga keladi;
– qulf mexanizmlarining oraliq holatlarga o‘tib qolishi.
Bundan tashqari, qulflarni tanlangan
yoki begona kalitlar bilan
ochishda qulfga katta jismoniy kuch bilan ta’sir ko‘rsatiladi. Bu esa ayrim
hollarda qulf qismlarining deformatsiyalanishiga, kalitlarning sinishiga
(ba’zan kalitlarning sinib qolgan qoldiqlari qulf tirqishida qolib ketadi)
sabab bo‘ladi. Agar qulfda singan kalit qoldig‘i,
gumon qilinuvchida ham
bunday qoldiq aniqlansa, bo‘laklarga qarab butunni aniqlash bo‘yicha
trasologik ekspertiza tayinlanishi lozim.
Juda ko‘p hollarda qulflar maxsus moslama «uistiti» yordamida ham
ochilishi mumkin. Bu asbob
asosan eshik berkitilib, qulfda (eshikning
162
ichkari tomonidan) kalit qoldirilganda ishlatiladi. Buning uchun uistiti
tashqaridan eshikdagi qulfga o‘rnatiladi. Uning tishlari
bilan ichkari
tomondan qulfda turgan kalitning sterjenining uchlari qisib ushlanadi va
uistitining tishlari asta aylantiriladi, natijada qulf ochilib ketadi.
Bu holda
kalit sterjenining uchida uistitiing tishlaridan ezilgan yoki ishqalanish
izlari qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: