A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Plombalar va berkituvchi – plombalashtiruvchi vositalarni



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126
3. Plombalar va berkituvchi – plombalashtiruvchi vositalarni 
buzishga qaratilgan kriminal ta’sir usullari 
 
Plombaning yaxlitligini buzish deganda, unga o‘zining asl nazorat 
funksiyasini butunlay yo‘qotadigan tarzdagi jinoiy ta’sir qilish tushuniladi. 
Bunda ushbu jinoiy ta’sir plombaning korpusiga ham, uning osgichiga 
ham bo‘lishi mumkin. 
Plombani buzish yoki uni butunlay olib tashlash hech qanday texnik 
qiyinchilik tug‘dirmaydi, unchalik kuch talab qilmaydi hamda plombaga 
turli ta’sir o‘tkazish maqsadida turli texnik vositalardan foydalanish ham 
ko‘p vaqt talab qilmaydi. 
Ammo, amalda bu kabi holatlar unchalik ko‘p uchrayvermaydi. Juda 
ko‘p hollarda, plombaning yaxlitligi (butunligi)ni buzish holatlari 
jinoyatchilar tomonidan niqoblanadi yoki niqoblashga harakat qilinadi. Bu 
narsa plombaning jinoiy maqsadda ochilganligi holatini yashirish yoki 
ochilish holatining aniqlanishini qiyinlashtirish yoki imkoni boricha 
kechiktirish maqsadida qilinadi. 


 191 
Polietilen yoki qo‘rg‘oshin plombalarni niqoblangan tarzda buzish 
(ochish) usullari turlicha bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin: 
1. Plombani almashtirib qo‘yish. Bu usulda buzilgan plombaning 
o‘rniga boshqa plomba osiladi hamda boshqa plombalovchi moslamalar 
bilan qisib qo‘yiladi (odatda, ushbu moslamalarning nazorat belgilarini 
o‘qib bo‘lmaydi) yoki haqiqiy plombaga o‘xshash nazorat belgilari mavjud 
bo‘lgan plombalovchi moslamalardan ham foydalaniladi. 
2. Plomba osgichini buzish. Bunday buzish bir necha usulda bajarilishi 
mumkin. Agar plombaning osgichi kanop ipdan iborat bo‘lsa, u holda uni 
o‘rimi yochiladi va uzib yuboriladi. Keyin kesilish joyi, osgichni 
yelimlovchi modda bilan ishlov berib, qayta o‘rish bilan niqoblanadi. 
Agar plombaning osgichi simdan tayyorlangan bo‘lsa, u holda sim 
plombaning kirish tuynugiga yaqin joydan qirqiladi. So‘ng, plombani 
qayta osishda, osgichning qirqilgan uchini plombaning korpusiga qayta 
kiritib, plombaning korpusi qo‘l ostidagi ixtiyoriy buyum (ombir, bolg‘a 
va shu kabilar) bilan iz qolmaslikka harakat qilingan holda qisib qo‘yiladi. 
Juda ko‘p hollarda, plombaning korpusini qayta qisishda iz qoldirmaslik 
hamda plomba nazorat belgilarining deformatsiyaga uchramasligi uchun 
qisishda ishlatilayotgan buyum va plomba korpusi orasiga mato, karton 
yoki ko‘p qatlamdan iborat oddiy qog‘oz qo‘yiladi. Osgichni plombaning 
korpusida mahkam o‘rnashib qolishi uchun esa, osgich uchining 1 mm 
uzunlikdagi qismi egib qo‘yiladi. 
Rossiya Federatsiyasi IIV Volgograd akademiyasida plombaning simli 
osgichi qirqish va qirqilgan joyni statsionar yoki ko‘chma elektr manbali 
payvandlash uskunasi yordamida niqoblash imkoniyati mavjudligi isbot 
qilingan. Qirqilgan osgichning payvandlangan qismi sayqallash orqali 
tekislanadi va natijada uni ko‘z bilan ko‘rish juda qiyin bo‘ladi. 
Qo‘rg‘oshin plombaning bir simni o‘rish yo‘li bilan tayyorlangan 
osgichiga jinoiy maqsadda ta’sir qilinganda, ushbu osgichni tashkil qilgan 
simlarning o‘rimini buzish va ixtiyoriy qismini kesish mumkin, so‘ng, 
plombani qayta osish va osgichni tashkil qilgan simlarni qayta o‘rib 
qo‘yish mumkin bo‘ladi. 
3. Osgich tugunini plombaning korpusidan tortib chiqarish. Bunda 
plombaning chiqish tuynugining chetlari kengaytiriladi (buning natijasida 
plombani osishda hosil qilingan qattiq qisish ta’siri kamayib qoladi), so‘ng 
plomba osgich bo‘ylab yuqoriga siljitiladi va osgichning tuguni 
plombaning korpusidan tashqariga chiqib qoladi. Keyin osgichning tuguni 
yechiladi, so‘ng esa jinoiy maqsad (masalan, o‘g‘irlik) amalga oshirilgach, 


 192 
plomba asl holatiga qaytariladi yoki asl holati kabi ko‘rinish beriladi. 
Plombaning ruxsat etilmagan (jinoiy maqsadda) tarzda ochilganligini 
niqoblash uchun uning korpusi maxsus moslama (tisk)lar yordamida qisib 
qo‘yilishi mumkin, bu maxsus moslama (tisk)lar ishchi sirtlarining aylana 
shakldagi chetida  halqasimon bo‘rtiqlar bo‘lganli uchun, ular plombaning 
nazorat belgilariga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. 
Plastinasimon plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda buzish uchun 
plombalarning kirish va chiqish tuynuklarining chetlari oldindan 
kengaytiriladi, so‘ng osgich plombadan tashqariga tortib chiqariladi va 
osgichning tuguni yechiladi. Plombani qayta osishda esa, plomba elastik 
yumshoq prokladkalar orqali qisib qo‘yiladi. 
Ta’kidlash joizki, plombalarning jinoiy (kriminal) maqsadda ochilish 
holatlari, ushbu ochishni har qanday usulda niqoblanganida yoki 
yashirilganida ham aniqlash mumkin bo‘ladi, chunki, plombaga har 
qanday ta’sir natijasida u yoki bu turdagi (ko‘rinishdagi, shakldagi) izlar 
yoki belgilar albatta qoladi. 
Ushbu belgilarni muayayn miqdorda, shartli ravishda bu belgilarni 
aniqlash joyiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
– plomba korpusining tashqi sirtida; 
– plomba kamerasi yoki kanallari sirtlarida. 
1) birinchi guruhdagi belgilar orasida ko‘p hollarda uchraydigan 
quyidagi iz yoki belgilarni kiritish mumkin: 
– plomba korpusida qayta qisish uchun ishlatilgan buyumning, qisish 
ta’sirida vujudga keladigan belgilarining aks etishi; ta’sirlashuvchi 
sirtlarning parallel emasligi; 
– plomba hamda unga ta’sir etayotgan buyumlarning ta’sirlashuvchi 
sirtlari chelaridagi halqasimon chuqurliklar; 
– birlamchi (plombani birinchi marta osishdagi) relyefli matnlar yoki 
raqamlarning tekislanib qolishi yoki deformatsiyasi; 
– ta’sirlashuvchi sirtlarning shishib qolishi; 
– relyefli matnlar yoki raqamli belgilar shtrixlarining ajralib qolishi 
yoki qisman aks etishi; 
– plombaning kirish yoki chiqish tuynuklari chetlarining kengayib 
qolishi; 
– osgichga issiqlik ta’siri (payvandlash, eritish va shu kabilar) 
ko‘rsatilganida, plomba korpusining chiqish yoki kirish tuynuklari 
sohasida erib qolishi (erishga uchrashi); 
2) kanopdan tayyorlangan osgichlarda jinoiy maqsadda ta’sir 
qilishning quyidagi belgilarini aniqlash mumkin: 


 193 
– osgichning ayrim qismlarida osgich materiali (kanop)ning 
ingichkalashib qolishi, zichligining o‘zgarishi, kanop to‘qilishi shaklining 
o‘zgarishi; 
– osgichda qo‘shimcha tugunlarning mavjud bo‘lishi; 
3) simdan tayyorlangan osgichlarda esa quyidagi ochilish belgilarini 
aniqlash mumkin: 
– osgichga turli ta’sir ko‘rsatilgan joyda simning sirtidagi turli 
o‘zgarishlar: erish izlari, rangining o‘zgarishi, turli mikrozarrachalarning 
mavjud bo‘lib qolishi, simni qumqog‘oz bilan tozalash belgilari, kimyoviy 
ta’sir belgilari; 
– sim diametrining o‘zgarishi (ingichkalashib qolishi); 
– osgich materiali (sim)ni tayyorlashda mavjud bo‘ladigan ishqalanish 
izlarining yo‘qligi; 
4) dinoiy (kriminal) maqsadda ochilgan plombalar korpusi, kamerasi 
va kanallarining ichki sirtida quyidagi belgilarni aniqlash mumkin bo‘ladi: 
– plombaning kirish va (yoki) chiqish tuynuklarini kengaytirishda 
ishlatilgan uskunalar belgilarining aks etishi; 
– ishqalanish va shilinish izlari, metallarning siljishi (shilinish 
natijasida); 
– plomba korpusi materialining ishqalanish natijasida siljib qolishi 
(ko‘chishi), bu belgi plomba osgichini siljitish (qimirlatish) natijasida 
yuzaga keladi; 
– plomba osgichini qayta bog‘lash izlari, osgichni birlamchi bog‘lash 
yoki o‘rishda yuzaga keladigan izlarning o‘zaro mos kelmasligi; 
– plomba kamerasi yoki kanallaridagi osgichning birlamchi (plombani 
birinchi marta osishda yuzaga kelgan) izlarining o‘zaro mos kelmasligi, 
shu kabi yangi izlarning mavjudligi; 
– osgich tugunining izlari joyining o‘zgarib qolganligi, plomba ichki 
sirtidagi yangi izlar, rangining o‘zgarishi; 
– osgich tugunining plombaning ichki devoridagi izlarining ikkilamchi 
(plombani qayta osish natijasida yuzaga kelgan) akslari; 
– plomba osgichi butunligining buzilishi yoki o‘zgarishi. 
Ta’kidlash joizki, qo‘rg‘oshinli–tasma plombani ruxsat etilgan tarzda 
ochish qoidalarida plomba tasmasini hech qanday teshiklar, tuynuklar 
bo‘lmagan qismini qirqish ko‘zda tutilganligi uchun, ushbu qoidalardan 
har qanday darajadagi chetlashish ushbu plombaga jinoiy (kriminal) 
maqsadda ta’sir qilish deb qabul qilinishi mumkin. Bu kabi jiniy maqsadda 
ta’sir qilishlar, plomba tasmasining qirqilgan qismlarining o‘zaro mos 
kelmasligi, tasma qismlari uzunligining o‘zgarishi yoki o‘zaro mos 


 194 
kelmasligi, ushbu tasmani qirqish emas, balki boshqa usulda (masalan, 
uzish) izlarining mavjudligi. 
Ushbu turdagi plombalarni jinoiy maqsadda ochish usullaridan biri bu 
– plombaning osishda deformatsiyaga uchragan korpusini, uning qopqog‘i 
tomonidan aylana bo‘lab kesish va boshqa teshik ochish hisoblanadi. 
So‘ng, ushbu plombani qayta osishda plomba korpusining chetlari qayirib 
qo‘yiladi. Ushbu turdagi plombani bu kabi jinoiy ochishda quyidagi 
belgilarni aniqlash mumkin: 
– plomba korpusida, plombaning tuynugi va korpus aylanasi bo‘ylab 
joylashgan, kesuvchi uskunaning izlari; 
– plomba korpusi materialining aylana bo‘ylab siljib qolishi 
(ko‘chishi); 
– plombaning qopqog‘i tomonida, plombani qisishda ishlatilgan 
moslamaning ishchi sirti izlarining yo‘qligi yoki qisman yo‘qolib 
ketganligi; 
– plomba qopog‘ining turli joylardagi deformatsiyasi. 
Plomba-trubkalarning yaxlitligini jinoiy maqsadda buzish uchun u 
yonbosh tomonlaridan ingichka va o‘tkir predmet (bigiz, pichoq va shu 
kabilar) yordamida kengaytiriladi yoki ovali (trubkaning ko‘ndalang 
kesimi oval shaklida bo‘ladi)ning katta o‘qi bo‘yicha siqiladi, natijada 
trubkaning ko‘ndalang kesimi aylana shaklga o‘xshab qoladi, natijada 
unda plomba osgichini qisish kamayadi. Undan so‘ng, plomba–trubkani 
qayta qisib qo‘yiladi. 
Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning jinoiy (kriminal) maqsadda 
ochish usulari. Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni jinoiy maqsadda 
ochish uchun buzish usullaridan foydalaniladi, chunki bu qurilmalarni 
ochish qoidalarida, ularni ochish uchun ushbu qurilmalarni albatta buzish 
belgilab qo‘yilgan (boshqa usulda ularni ochish mumkin emas). 
Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni jinoiy maqsadda ochish 
usullari: 
– uruvchi ta’sirli predmet (buyum, qurol)lardan foydalanish. Ushbu 
usulning samarasi kam, chunki berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning 
tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hamda ular yetarlicha 
mustahkamlikka ega. Buzish usuliga egiluvchan bloklovchi elementga ega 
bo‘lgan yoki tarkibiy elementlari rangli metall yoki plastmassadan 
tayyorlangan berkituvchi-plombalovchi qurilmalar unchalik chidamli 
emas; 
– richag ta’sirli predmet (buyum, qurol)lardan foydalanish. Ushbu 
usulda berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning sterjeni arralanadi hamda 


 195 
mustahkam richag yordamida egiladi. Juda ko‘plab turdagi berkituvchi-
plombalovchi qurilmalar hech qanday deformatsiyasiz 200 kgm gacha 
kuch ta’siriga dosh berishi mumkin; 
– kesuvchi ta’sirli predmet (buyum, qurol)lardan foydalanish. Odatda, 
ushbu usuldan «Sprut», «Sprut-universal» rusumli va shu kabi egiluvchan 
elementli berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni jinoiy maqsadda ochish 
uchun ishlatiladi; 
– arralovchi ta’sirli predmet (buyum, qurol)lardan foydalanish. 
Bunday qurollar sirasiga kesuvchi diskli («bolgarka”) elektr arra kiradi. 
Ushbu usulda  «LaVR» va «Yersh» rusumli plombalardan tashqari barcha 
plombalarni ochish mumkin; 
– olmosli parmadan foydalanish. Bunda berkituvchi-plombalovchi 
qurilma («LaVR», «Kleщ», «Kleщ-M»)larning sterjeni yoki stoprli 
elementi parmalanadi; 
– plomba sterjenini urib chiqarish («LaVR»). Bu usuldan 
foydalanishda plombaning shaybasi va prujinasi oldindan chiqarib olinadi, 
so‘ng plombaning sterjeni uning korpusidan chiqarib olinadi; 
– berkituvchi-plombalovchi qurilmalarning bloklovchi elementi (tros 
yoki sterjen)ni qirqish. Odatda, bu usul yordamida «LaVR» (konteyner 
uchun), «Kleщ», «Sprut» rusumli plombalar ochiladi. Ushbu usulda 
plombalarni ochish uchun sapyorlar qaychisi yoki ishchi sirtlari gidravlika 
yordamida ishlaydigan ombirlardan foydalaniladi; 
– kimyoviy ta’sirlardan foydalanish. Berkituvchi-plombalovchi 
qurilmalarning ichiga kislota (azot, fosfor) quyiladi. Albatta, ushbu 
jarayon juda uzoq davom etadi (ikki-uch hafta). Bu usulga «Sprut» rusumli 
va unga o‘xshash boshqa plombalar chidamsiz; 
– issiqlik ta’sirli predmet (buyum, qurol) va uskunalardan foydalanish 
(elektr–gaz kesgichlar). Amaliyotda ushbu usuldan foydalanish uchun 
plombaga dastavval suyuq azot bilan ta’sir ko‘rsatiladi, natijada 
plombaning elementlari mo‘rtlashib qoladi. So‘ng, plombaga yengil ta’sir 
ko‘rsatilganida ham oson buziladi; 
– portlatish qurilmalaridan foydalanish. Bu usulda nafaqat berki-
tuvchi-plombalovchi qurilma, balki eshiklar xam buzilib ketadi. 
Juda ko‘p hollarda berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni jinoiy 
(kriminal) usulda buzish uchun yuqoridagi usullarning bir nechasidan bir 
vaqtda foydalaniladi. Buzishning u yoki bu usulini tanlash plombalarning 
turi va o‘ziga xos xususiyatlari, vaqt, jinoyatlarning «mahorati va 
tajribasi» hamda boshqa shart–sharoitlar (soqchilarning mavjudligi, 
ochilishi kerak bo‘lgan obyektning joylashgan joyi va hokazo)dan kelib 
chiqadi. 


 196 
Berkituvchi-plombalovchi qurilmalarga qo‘yiladigan texnik talablar, 
ushbu qurilmalarni jinoiy maqsadda buzishni turlicha niqoblash 
imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi. Turli asbob-uskunalardan foydalanib 
plombalarni buzishda, buzish qurollarining izlari albatta mavjud bo‘ladi. 
Ammo, ta’kidlash joizki, amaliyotda berkituvchi-plombalovchi 
qurilmalarni ochish va ularning ochilishini niqoblash holatlari kam bo‘lsa 
ham, uchrab turadi. Masalan, «Kleщ» rusumli berkituvchi-plombalovchi 
qurilmalarni birlamchi (belgilangan tartibda) osishda, yukni jo‘natuvchilar 
jinoyatchilar bilan til birikitirib, plombaning mustahkam osgichi o‘rniga, 
boshqa yumshoq material (alyumin)dan tayyorlangan osgichdan 
foydalanadilar. So‘ng, oldindan kelishilgan joyda jinoyatchilar tomonidan 
ushbu plomba ochiladi, uni qayta osishda esa belgilangan tartibdagi osgich 
yordamida qayta berkitiladi. Bunday usulda plombani ochishning belgilari 
bo‘lib, plombaning ichki qismidagi yumshoq materill (aluminiy yoki 
mis)dan tayyorlangan osgichdan qoladigan metallanish izlari hisoblanadi. 
«Kleщ-M» rusumli berkituvchi-plombalovchi qurilmada uning 
stoporli simi plombaning korpusi ichida joylashgan bo‘ladi, shu boisdan, 
yuqoridagi usul bilan bu rusumdagi plombalarni ochishning imkoni yo‘q.. 
«LaVR» rusumli plombani ruxsat etilgan tartibda ochishda maxsus 
izlar – sterjen boshchasining olinishi (kesilishi, sindirilishi) natijasida, 
g‘adir-budur izlar qoladi. Ushbu rusumdagi plombani jinoiy maqsadda 
ochishda esa, sterjen boshchasini olishda, u bilan birga plastmassa halqa 
ham joyidan ko‘chib ketadi. Ammo shunga qaramay, ushbu plombani 
jinoiy maqsadda ochish va uni niqoblash usullari mavjud. Buning uchun 
ushbu plombaning sterjenini uning korpusi ichiga kiritishdan oldin, yupqa 
temir plastina (folga), juda yupqa  devorli trubka o‘rnatib qo‘yiladi. 
Bunda, sterjenni plombada mahkam ushlab qolishning imkoni yo‘qqa 
chiqadi va natijada uni korpusdan osongina chiqarib olish mumkin bo‘lib 
qoladi. Jinoiy maqsadga erishib bo‘lganidan so‘ng, plombani belgilangan 
qoidalar asosida qayta osish mumkin bo‘ladi. 
«Yersh» rusumli berkituvchi-plombalovchi qurilmalarni ruxsat etilgan 
tartibda ochishda, plombaning qalpoqchasi, pichog‘i va prujinasi maxsus 
uskuna yordamida buzilishi belgilangan. Bu usulda ushbu plombani 
ochishda xech qanday maxsus izlar qolmaydi. Bunday plombalarni jinoiy 
maqsadda belgilanmagan tartibda ochishda, begona buyumlarning izlari 
qoladi, ammo, ushbu plombaning buzilishiga olib kelmaydi. Agar bunday 
plombalarni elektr yoki gaz payvandlash uskunalari yordamida ochilsa, 
ushbu uskunalarning izlari qoladi. 


 197 
«Sprut» va «Sprut-universal» rusumdagi plombalarni faqatgina 
«Straj» rusumli maxsus ombirlar yordamida ochish belgilab qo‘yilgan. Bu 
holda, plombaning trosi uzunligi o‘zgarmaydi va ushbu maxsus ombir 
uchun xos bo‘lgan izlar hosil bo‘ladi. Ushbu turdagi plombalarni jinoiy 
maqsadda ochishda esa, qanday uskunalardan foydalanilgan bo‘lsa, ushbu 
uskunalarga xos bo‘lgan izlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish