Plombani osish qoidalarini buzish belgilari quyidagilar bo‘lishi
mumkin:
— osgich tugunlarining armirovka halqasidan pastda joylashishi;
— osgich tugunlari miqdorining kamligi (tugunlar ikkitadan kam).
Plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda ochish belgilari esa
quyidagilar bo‘lishi mumkin:
— osgichning aks-izlaridagi ajralishlar (ariqchalarning ikkitaligi);
— osgich va uning aks-izlarining joylashishi (topografiyasi)ning
o‘zaro mos kelmasligi;
— osgich tuguni aks-izlaridagi ajralishlar (ariqchalarning ikkitaligi);
— osgich tuguni va uning aks-izlarining joylashishi (topogra-
fiyasi)ning o‘zaro mos kelmasligi;
— plomba osgichining tugunlari mavjud sohalarida ushbu tugunlarga
xos bo‘lmagan belgilarning borligi: osgichning keskin bukilishi yoki
uzilishi (sinishi), osgich tolalarining o‘zaro zich emasligi va hokazo;
— osgich yaxlitligining buzilganligi;
203
— plomba korpusining osgich va uning tugunlari bilan
ta’sirlashadigan sohalarida dinamik izlar va metall ko‘chishlari
(siljishlari)ning mavjudligi;
— plomba kanalarining kirish va chiqish tuynuklari sohasida begona
buyumlar bilan ta’sir qilish izlarining mavjudligi, ushbu tuynuklarini
kengaytirish izlari (belgilari).
Polietilen plombalarni tadqiqot qilishda plombalarning armirovka
halqalarining barcha sohalari, jinoiy maqsadda ochish belgilarini aniqlash
uchun batafsil va diqqat bilan tekshiriladi. Ushbu plombalarni tekshirishda
jinoiy maqsadda ochish yoki shunday ochishga bo‘lgan harakat izlari
aniqlansa, plombalarning ushbu izlar aniqlangan sohalariga qarama-qarshi
qismlari ichki sirtlari yanada batafsilroq tekshirilishi lozim. Bu tekshirish
ekspert-trasologlarga ushbu izlar va belgilarning xarakteri va hosil bo‘lish
mexanizmiga ko‘ra o‘zaro taqqoslashga, ushbu xususiyatlarning o‘zaro
mosligini baholashga va pirovard natijada plombaga ko‘rsatilgan ta’sirning
mexanizmi haqida fikr yuritishga imkon yaratadi.
Plombalarning trasologik tadqiqotlarining oxirgi bosqichi o‘tkazilgan
tadqiqotlar natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni shakllantirishdan iborat
bo‘ladi. Bu jarayonda ekspert-trasolog tadqiqot jarayonida aniqlangan
barcha belgi va xususiyatlarni ularning o‘zaro joylashishi va holati, hosil
bo‘lish mexanizmi, ifodalanganlik darajasi va sababiy bog‘liqligi bo‘yicha
mos kelishi nuqtai nazaridan solishtirishi va baholashi lozim. Tadqiqot
natijalari bo‘yicha qat’iy yakuniy xulosa chiqarish uchun tadqiqot
jarayonida aniqlangan barcha qarama-qarshiliklar (fikrlar) bartaraf etilishi,
negativ holatlarga esa asosli izohlar berilishi shart.
Tadqiqotga taqdim etilgan plombaga, uni ruxsat etilmagan tarzda
(jinoiy maqsadda) ochish uchun ta’sir ko‘rsatilganligi bo‘yicha qat’iy
xulosa chiqarish — ekspert-trasologda ushbu plombaga haqiqatan ham
belgilanmagan tartibda ta’sir ko‘rsatilganligi, ushbu ta’sir natijasida
plomba o‘zining nazorat funksiyalarini bajara olmay qolganligi hamda
tegishli berkitilgan obyektni belgilanmagan tartibda ochish imkoniyati
keltirib chiqarganligi bo‘yicha to‘liq, asoslangan va xolisona tadqiqot
jarayonida vujudga kelgan ishonch hosil bo‘lganida mumkin. Bu kabi
yakuniy xulosada plombani buzish usuli aniq ifodalanishi shart.
Aks holda esa, plombaga ta’sir ko‘rsatilganligi belgilari (ushbu
belgilar qanchalik ko‘p bo‘lmasin) yagona mumkin bo‘lgan xulosa –
plombaning yaxlitligi buzilmagani haqida emas, balki plombaga jinoiy
maqsadda ta’sir ko‘rsatilganligi haqida bo‘ladi. Bu holda ekspert-trasolog
ta’sirning usuli va mexanizmini, plombaga ta’sir ko‘rsatishda ishlatilgan
204
va izlari tadqiq etilayotgan plombaning korpusida aniqlangan begona
buyumning tegishlilik guruhini (aynan qanday turdagi buyum) aniqlashi
hamda ushbu iz va belgilarni identifikatsion tadqiqotlar uchun yaroqliligi
haqidagi savolga javob berishi lozim.
Ichki ishlar idoralari ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy
faoliyatidan ma’lumki, ekspert-trasologlar o‘zlarining ekspertiza
xulosalarida yuqoridagi kabi vaziyatlarni (plombaga ta’sir ko‘rsatilganligi
belgilari plombaga jinoiy maqsadda ta’sir ko‘rsatilganligi haqida xulosa
chiqarishga imkon berganda) plombaning yaxlitligini buzishga harakat
qilish, deb baholaydilar. Ammo, bunday yakuniy xulosalar ekspert-
trasologning vakolatiga tegishli emas, chunki bu holda ekspert jinoyatchi
shaxsning g‘arazli maqsadi (jinoyat tarkibining subyektiv tomoni) haqida
fikr yuritmoqda, ya’ni bu masala ekspert hal etishga huquqi bo‘lmagan
huquqiy masala hisoblanadi.
Plombalarning identifikatsion tadqiqotlari identifikatsion trasologik
tadqiqotlarning umumiy metodikasiga asosan o‘tkaziladi. Ammo, shu
bilan birga plombalarning identifikatsion trasologik tadqiqotlari o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ular tekshirilayotgan obyektlarning hamda
plombalovchi tisklar belgilarining turli xossalari bilan bog‘liqdir.
Plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi sirtlari)ning umumiy
identifikatsion belgilari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
— matritsa (ishchi sirt)ning shakli va o‘lchamlari;
— harfli va raqamli belgilarning mazmuni;
— matritsa (ishchi sirt) maydonidagi yozuv va belgilarning o‘lchami
va umumiy xususiyatlari;
— matritsa (ishchi sirt)ning ishlov berilganlik darajasi;
— matritsa maydonini o‘rab turuvchi relyefli halqa devorining
qalinligi;
— plombalovchi tisk dastalarini to‘liq qisilgan (biriktirilgan) holatida,
matritsalar orasidagi minimal masofa.
Plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi sirtlari)ning xususiy
identifikatsion belgilari matritsaning plomba ishchi (ta’sirlashuvchi)
sirtlarida relyefli aks etadigan, chuqurlikka ega bo‘lgan nazorat
belgilarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zaro joylashishi hisoblanadi.
Ushbu nazorat belgilari plombalovchi tisk matritsasi (ishchi sirti)ga qo‘lda
yoziladi (gravirovka), shu boisdan, individual xususiyatga ega bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan identifikatsion belgilardan tashqari, xususiy
identifikatsion belgilar va xususiyatlar sifatida plombalovchi tisklar
matritsalari (ishchi sirtlari)da mavjud bo‘ladigan turli nuqsonlar (tiskni
205
ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan) va matritsalarning ishlatish jarayonida
hosil bo‘ladigan o‘ziga xosliklar maydonga chiqadi.
Plombalarning identifikatsion tadqiqotlari jarayonida eksperimental
namunalar (namuna-plombalar) sifatida identifikatsion tadqiqotlarga
obyekt sifatida taqdim etilgan plombalovchi tisklar bilan belgilangan
tartibda qisilgan plombalar olinadi. Bu jarayonda, tekshirilayotgan xususiy
identifikatsion belgilarga xos xususiyatlarga bog‘liq ravishda namuna-
plombalarni tekshirilayotgan tisklar bilan qisish plombalarni ichiga osgich
kiritib va kiritmasdan amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, identifikatsion turdagi savollar tadqiqotga tisklar
taqdim etilmagan holda ham hal etilishi mumkin. Bunday hollarda
eksperimental-plombalar sifatida turli omborxonalar, vagonlar va
konteynerlardan yechib olingan plombalarni olish mumkin hamda bunda
ushbu namuna-plombalarni berkitishda ishlatilgan plombalovchi tisklarni
identifikatsiya qilish haqida savollarga javoblar beriladi.
Plombalarning trasologik ekspertizasidagi identifikatsion taqqoslash
tadqiqotlari taqqoslovchi mikroskop («MSK-1»)lar yordamida, plomba-
lovchi tisklar matritsa (ishchi sirt)larining tadqiqotiga taqdim etilgan
hamda eksperimental (namunaviy) aks-tasvirlarni optik yonma-yon
tushirish usuli orqali amalga oshiriladi.
Plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda ochishda ishlatilgan begona
buyum (predmet, buzish quroli)larning aynanligini aniqlash maqsadidagi
identifikatsion tadqiqotlar buzish qurollarining mikroizlar bo‘yicha
identifikatsiya qilish (aynanligini aniqlash) tadqiqotlari metodikasi asosida
o‘tkaziladi.
Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ekspert-trasolog yozma xulosa
tayyorlaydi (tuzadi). Ekspertiza tadqiqotlari jarayonining to‘liqligi va
sifati, yakuniy xulosalarning asoslanganligi va ishonchliligi ushbu yozma
xulosaning daliliy ahamiyatini ifodalaydi.
Plombalarning trasologik ekspertizasiga oid ekspertiza xulosasi uch
qismdan iborat bo‘ladi. Ekspertiza xulosasining birinchi – kirish qismida
ekspert oldiga hal qilish uchun qo‘yilgan savollar, tadqiqotlar obyektlari va
taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar (tergov harakatlarining bayon-
nomalari, tijorat hujjatlari va boshqalar) bayon qilinadi.
Ekspertiza xulosasining ikkinchi – tadqiqot qismi taqdim etilgan
obyektlar o‘ramining ta’riflab yozishdan va obyektlarni ekspertiza
muassasasiga qay tartibda olib kelinganligini qayd etishdan boshlanadi. Bu
qismda obyekt o‘ramining, obyektlarning belgilangan tartibda saqlanishi
va ularni almashtirib qo‘yish imkoniyatini bermaslik maqsadida qo‘yilgan
talablarga mos kelishi baholanadi.
206
Undan so‘ng, ekspert-trasolog o‘zining barcha harakatlarining ketma-
ketligini hamda obyektlar alohida tadqiqotlarining natijalarini bayon
qiladi. Bu jarayonda taqdim etilgan plombaga turli ta’sirlarning belgilari
va izlarini, plombalovchi tisklar va begona buyum (predmet, buzish
quroli)larning identifikatsion belgilarini (idnetifikatsion savollarga javob
berishda) hamda tadqiqotlarning usullari va texnik ta’minotini to‘liq va
batafsil ta’riflashga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Ekspert-trasolog tomonidan tadqiqotlar jarayonida eksperimental
tajribalar o‘tkazilgan bo‘lsa, ekspert ushbu harakatlarni o‘tkazish
zarurligini, ushbu tajribalarning maqsadini, bu tajribalarni o‘tkazish
metodikasini hamda tajribalardan olingan natijalarni asoslab berishi kerak.
Plombalovchi tisklar va begona buyum (predmet, buzish quroli)lar-
ning aynanligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan taqqoslash tadqiqotlari
jarayonini bayon qilishda ekspert-trasolog tomonidan taqqoslash usullari
va ishlatilgan texnik-kriminalistik vositalar batafsil yoritilishi lozim. Bu
jarayonda tekshirilayotgan izlar va belgilarning aynanlik uchun yaroqliligi
hamda o‘zaro mos kelgan (o‘xshash bo‘lgan) belgilar yig‘indisining
takrorlanmasligi (zarurligi va yetarliligi)ni asoslashga alohida e’tibor
qaratish lozim.
Ekspertiza xulosasining uchinchi – xulosa qismida ekspert-trasolog
oldiga qo‘yilgan savollarga tegishli javoblarni shakllantiradi. Ushbu
javoblar belgilangan va to‘liq tahrirda bayon etilishi hamda tadqiq etilgan
obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari aniq ifodalangan
bo‘lishi lozim.
Ekspertiza xulosasiga ilova qilinadigan fotojadvalda quyidagi foto-
suratlar bo‘lishi mumkin:
— taqdim etilgan obyektlarning (plombalar, plombalovchi tisklar,
taqqoslash tadqiqotlari uchun namunalar, jinoiy (kriminal) ta’sir etishda
ishlatilgan buyum (predmet, buzish qurollari) va boshqalar) umumiy
ko‘rinishining fotosurati;
— tekshirilayotgan plombaning har ikki ta’sirlashuvchi sirtlari va
kirish hamda chiqish tuynuklari sohasidagi yonbosh sirtlarining 4–4 marta
kattalashtirilgan fotosuratlari;
— plomba osgichi, uning o‘zgarishga uchragan xususiyatlarining
belgilari mavjud bo‘lgan qismlarining fotosurati;
— osgich tugunlarining plomba korpusidagi joylashishining foto-
surati;
— armirovka halqalarining holati va joylashishi (polietilen plomba-
larda)ning fotosurati;
207
— osgichning plombaning kanallari va armirovka halqalarida mavjud
bo‘lgan aks-izlar joylashishi (topografiyasi)ning fotosurati;
— plombaga ta’sir qilishda ishlatilgan begona buyum (predmet,
buzish qurollari)ning belgilari va izlari (shilinishlar, ko‘chishlar, osgich va
tugunlarning buzilishlari)ning fotosurati;
— eksperimental namunalar (plombalovchi tisklar matritsalari (ishchi
sirtlari))ning aks-izlarining fotosuratlari.
Fotojadvalga kiritilgan fotosuratlarning miqdori va turi tadqiqotga
taqdim etilgan obyektlar hamda ekspert oldiga qo‘yilgan savollarning
miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Ammo har qanday holatda ham,
fotojadval to‘liq hajmda bo‘lishi va olingan natijalarni sifatli ifodalashi
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |