5. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning
ekspertiza tadqiqotlari
Berkituvchi-plombalovchi moslamalar (BPM)ning ekspertiza tadqi-
qotlari buzish qurollarining trasologik tadqiqotlarining umumiy metodikasi
hamda ushbu metodikaga tegishli usullar va yo‘llar asosida o‘tkaziladi.
Ushbu tadqiqotlarning obyektlari bo‘lib turli omborxonalar, vagonlar va
konteynerlardan yechib olingan berkituvchi-plombalovchi moslamalar,
ularning tarkibiy qismlari va elementlari, shuningdek yangi berkituvchi-
plombalovchi moslamalarning eksperimental namunalari hamda juda kam
hollarda taxmin qilingan buzish qurollari hisoblanadi.
Hozirgi kunda ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliyotida,
ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarining tadqiqot obyektlari – «Sprut» va
«Sprut-universal» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalar tekshiril-
moqda. Buning sababi shundaki, ushbu turdagi berkituvchi-plombalovchi
moslamalarning ishonchliligi va mustahkamligi juda yuqori bo‘ladi, shu
boisdan, turli yuklarni tashishda foydalaniladigan transport vositalari (yuk
avtomobillari, temir yo‘l transporti, vagonlar va konteynerlar) aynan shu
rusumdagi plombalar bilan berkitilmoqda.
Ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun
quyidagi qo‘shimcha shart-sharoitlar talab qilinadi:
— tadqiqotlarga berkituvchi-plombalovchi moslamalarning barcha
tarkibiy elementlarining taqdim etilishini;
— ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda jo‘natilayotgan yukning
komission tartibda turishida berkituvchi-plombalovchi moslamalarning
qay tartibda va usulda yechib olinganligi (maxsus moslama, «Straj»
208
maxsus ombiri, plomba osgichini uzish yoki qirqish va shu kabilar)
ko‘rsatilishini;
— agar ekspertga, berkituvchi-plombalovchi moslamalarning
almashtirilganini aniqlash yoki plombalardagi nazorat belgilarining
o‘zgartirilganligi haqida savollar qo‘yilgan bo‘lsa, u holda ekspertda
yukka tegishli hujjatlarda yuqoridagi masalalar bo‘yicha tegishli
ma’lumotlar borligi shartligi.
Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning trasologik ekspertizasida
odatda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:
1. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning ruxsat etilmagan
tartibda ochilish holatini aniqlash. Ushbu vazifani ijobiy hal qilishda
berkituvchi-plombalovchi moslamalarni yechish (ochish, buzish) usullari
va ishlatilgan buyum (predmet, buzish quroli)ni aniqlash.
2. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarni osish qoidalariga rioya
etilganlik (ushbu qoidalarni buzish) holatlarini aniqlash.
3. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarni boshqa, qo‘riqlash
xossalari kuchsiz berkituvchi-plombalovchi moslamalar bilan almashtirib
qo‘yilganlik holatini aniqlash.
4. Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning tarkibiy qismlari va
elementlarini, bir butun berkituvchi-plombalovchi moslamaga tegishli
ekanligini aniqlash.
5. Identifikatsion (aynanlikni aniqlash bo‘yicha) vazifalarni hal qilish.
Ushbu turdagi ekspertizalarning dastlabki tadqiqotlar bosqichida
ekspertiza tayinlash haqidagi qaror hamda boshqa tegishli manbalardan
berkituvchi-plombalovchi moslamalarni osish va yechishga oid bo‘lgan bir
qator quyidagi sharoitlarni aniqlash zarur: berkituvchi-plombalovchi
moslamalarni osish obyekti, vaqti, joyi va osish usuli; nazorat belgilari;
eng asosiysi yukni komission tartibda tushirishda berkituvchi-
plombalovchi moslamalarni yechish usuli va vositalari.
Ekspertizaning keyingi bosqichlarida berkituvchi-plombalovchi
moslamaning turi, uning turli tarkibiy qismlaridagi nazorat belgilarining
o‘zaro mosligini aniqlash zarur, so‘ng, berkituvchi-plombalovchi
moslamaning barcha tarkibiy qismlarining tuzilishi, materiali, rangi,
o‘lchamlari va shuningdek belgilangan standart talablarga (plomba trosigi
va sterjeni tarkibiy qismlarining umumiy yoki yig‘indi uzunligi) javob
berishiga ko‘ra o‘zaro mosligini aniqlash kerak bo‘ladi.
«Kleщ» rusumli berkituvchi-plombalovchi moslamalarni osish
qoidalariga rioya etilganligi holatini aniqlashda ushbu berkituvchi-
plombalovchi moslamalarni stopor simining materiali, plomba korpusining
209
ichidagi begona qismlar va zarralar, shuningdek begona buyumlardan
qolgan izlarning mavjudligi tekshiriladi. Undan tashqari, berkituvchi-
plombalovchi moslamaning har ikki qismidagi qismlarga ajratish (ikiga
bo‘lish) usullari (qirqish, arralash, issiqlik ta’siri va shu kabilar)
belgilarining o‘zaro mosligi, har bir qism sirtining xususiyatlari –
donadorligi, sayqallanganligi va boshqalar aniqlanadi. Berkituvchi-
plombalovchi moslamalarning yechilish usuli hamda ushbu usulni
ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda qayd etilishiga mos kelishi haqidagi
fikrlar shakllanadi.
Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning jinoiy (kriminal) maqsadda
yechilganligi (buzilganligi, olib tashlanganligi) holati va usullarini
aniqlash unchalik qiyin emas, chunki deyarli barcha berkituvchi-
plombalovchi moslamalarning konstruktiv tuzilishi ularni buzilishlarsiz
yechish yoki olib tashlashga imkon bermaydi. Berkituvchi-plombalovchi
moslamalarni jinoiy (kriminal) maqsadda yechish usullari va bu jarayonda
ishlatilgan buyumlar (buzish qurollari, asbob-uskunalar)ni aniqlash
mavjud iz va belgilarni, shuningdek berkituvchi-plombalovchi mosla-
malarni yechishda hosil bo‘lgan turli o‘zgarishlar va deformatsiyalarning
ko‘rinishi, xususiyatlari va xossalarini tahlil qilish natijalariga ko‘ra
aniqlanadi.
Berkituvchi-plombalovchi moslamalarning trasologik ekspertizasi
jarayonida o‘tkaziladigan identifikatsion (aynanlikni aniqlovchi) tadqi-
qotlarda identifikatsion savollarga javob berish maqsadida ekspert tajribasi
(eksperiment) o‘tkaziladi, uning maqsadi tadqiqotga taqdim etilgan
berkituvchi-plombalovchi moslamalarni yechishda ishlatilgan buyumlar
(buzish qurollari, asbob-uskunalar)ning izlari – taqqoslash uchun namu-
nalar olishdan iborat bo‘ladi.
Ekspertiza xulosasining matnida quyidagi ma’lumotlar (axborotlar)
qayd etilishi lozim:
— berkituvchi-plombalovchi moslama, uning tarkibiy qismlari, ular-
ning belgilari (materiali, rangi, o‘lchamlari, sirtlarining xususiyatlari)ning
ta’riflari;
— berkituvchi-plombalovchi moslamaning barcha tarkibiy qismlari
bitta (yagona) berkituvchi-plombalovchi moslamaga tegishli ekanligi (yoki
tegishli emasligi);
— berkituvchi-plombalovchi moslamaning tarkibiy qismlarining
nomlanishi mavjud standartlarga mos kelishi lozimligi;
— berkituvchi-plombalovchi moslamaning maxsus adabiyotlar yoki
ma’lumotli manbalardan aniqlangan turi, chunki ekspertiza tayinlash
210
haqidagi qarorda bunday ma’lumotlar umuman bo‘lmaydi yoki xato
ko‘rsatiladi;
— berkituvchi-plombalovchi moslama tarkibiy qismlari (element-
lari)ning miqdori;
— berkituvchi-plombalovchi moslama tarkibiy qismlari (troschasi,
sterjen va shu kabilar)ning umumiy (yig‘indi) uzunligi;
— berkituvchi-plombalovchi moslamaning yechish (ochish) usuli va
ajratish (bo‘lish, sindirish) mexanizmini ifodalovchi belgilarning
joylashishi, ifodalanganlik darajasi, ajralish sirtlarining xususiyatlari va
shu kabilarning ta’riflari.
Ekspertiza xulosasi taqdim etilgan berkituvchi-plombalovchi mosla-
malarni tadqiqot etishda aniqlangan barcha belgilar va ushbu plombaga
qilingan ta’sirlar izlarining tahlil qilish natijalari hamda ularni o‘zaro
solishtirishga asoslangan bo‘lishi lozim.
Berkituvchi-plombalovchi moslamalarni ruxsat etilmagan tartibda
(jinoiy maqsadda) yechish (ochish, buzish) haqidagi yakuniy xulosa –
ushbu plombani ekspert tomonidan to‘liq aniqlangan ochish (yechish)
usuli, uni ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan hamda
ruxsat etilgan tartibda ochish (yechish) usuliga mos kelmasa (o‘xshamasa)
va ushbu usulning belgilari va yo‘llari tadqiqotga taqdim etilgan plombada
aniqlanganda chiqarilishi mumkin. Bu kabi ma’lumot (axborot) bo‘lmasa,
ekspert-trasolog faqatgina berkituvchi-plombalovchi moslamaning yechish
(ochish) usuli haqida yakuniy xulosa chiqarishi lozim. Aks holda,
ekspertning taqdim etgan berkituvchi-plombalovchi moslamaning ochilish
(yechish) usuli, vaqti va boshqa shart-sharoitlari haqidagi yakuniy
xulosalari xato hisoblanishi lozim.
Ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatida quyidagicha
yakuniy xulosalar ham uchrab turadi: ekspertiza tayinlash qarorida
plombani ochish (yechish) usuli ko‘rsatilmagan hollarda ham, «taqdim
etilgan plomba yuklarni komission (ruxsat etilgan) tartibda tushirishda,
uning sterjenini sindirish usuli bilan ochilgan». Ushbu xulosa to‘g‘ri emas,
chunki plombani ochish usullarining belgilarini o‘zaro solishtirishning
imkoni yo‘q.
Ayrim hollarda, trasologik ekspertizalarga oddiy tuzilishga ega
bo‘lgan berkituvchi moslama – buragich (zakrutka) taqdim etiladi.
Buragich uzunligi 250–260 mm va diametri 4–6 mm bo‘lgan metall
simdan iborat bo‘lib, ushbu simning uchlari vagon eshiklarining osgich
halqalariga o‘tkaziladi, uchlari o‘zaro tenglashtiriladi va o‘zaro o‘rib
qo‘yiladi. Ushbu buragich bilan bir vaqtda vagon eshigiga plomba ham
211
osiladi. Hozirgi kunda ushbu turdagi buragichlar unchalik qimmatga ega
bo‘lmagan yuklar (pichan, turli chiqindilar)ni tashishda foydalaniladigan
vagonlarga yoki bo‘sh vagonlarga osiladi. Hozirgi kunda buragichlarni
jinoiy maqsadda yechish (ochish) usullari aniqlanmagan (buning imkoni
yo‘q), chunki buragichlar sodda tuzilishga ega bo‘lganligi bois, ularni
ruxsat etilgan tartibda ham, ruxsat etilmagan tartibda ham ochish (yechish)
usullari o‘zaro farq qilmaydi. Buragichlarning trasologik tadqiqotlari
buzish qurollarining trasologik tadqiqotlarining umumiy metodikasi
asosida o‘tkaziladi.
Ekspertiza xulosasiga ilova qilinadigan fotojadvalga tadqiqot obyekt-
larining umumiy ko‘rinishi, berkituvchi-plombalovchi moslamalarning sirtla-
rining ajralish va plombani ochish (yechish) usullarini bildiruvchi belgilari
aniq ajratib ko‘rsatilgan tasviri hamda agar taqqoslash tadqiqotlari o‘tkazilgan
bo‘lsa, ushbu tadqiqotlarning ko‘rgazmali tasvirlari kiritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |