A k a d e m I ya trasologik ekspertiza



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
2. Batafsil tadqiq etish   taqsimlangan tadqiqot, ekspert sinov-
tajribasi va qiyosiy tadqiqotga bo‘linadi. 
Taqsimlangan tadqiqot. Mazkur bosqichda ekspert tajriba mahsulotlar 
shakli, hajmi va tuzilishining o‘ziga xosligi, ish bo‘yicha daliliy 
ashyolarning borligi, mexanizmlar ishchi qismlarining izlarini o‘zida aks 
ettirgan namuna mahsulotlar va sinov mahsulotlarni aniqlaydi. 
Mahsulotlardagi mexanizmlar izlarini o‘rganar ekan ekspert ishchi qismlar 
identifikatsion belgilarini aniqlaydi va ularning shakli, hajmi, turi, vaziyati 
va bir-biriga nisbatan joylashishini belgilaydi. Shuningdek ekspert 
tomonidan identifikatsiya qilinayotan mexanizmlar tomonidan qoldirilgan 
izlarni aynan berilgan mahsulotga xos belgilardan ajrata bilish zarur. 
Mexanizm izlarini tadqiq etar ekan, ekspert sanoat ixtisosligi hamda 
turli ishlab chiqarish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi alohida korxo-
nalarni hisobga olishi kerak. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda 
ba’zida bir qancha ixtisoslashgan korxonalar ishtirok etishi mumkin, shu 
bois tayyor mahsulotda bir vaqtning o‘zida bir nechta korxona 
mexanizmlarining izlari qolishi mumkin. Uzluksiz ish usuli (konveyer) 
yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarda mazkur konveyerlarni tashkil 
qiluvchi mexanizmlar ishchi qismlarining izlari qolishi mumkin. Ikkala  
holatda izlarning buzilishi imkoni bo‘ladi, chunki keyingi ishlov berish 
izlari ilk ishlov berish izlarining ustida joylashishi mumkin. Ushbu 
bosqichda shuningdek, mexanizmlarning yakka tartibda iz qoldirish 
xususiyatlari o‘rganiladi. Bunda ekspert ishchi qismlarning shakli va 
hajmini o‘rganadi. Ishlab chiqarilayotgan va ishlov berilayotgan 
mahsulotlar yuzasi bilan bevosita o‘zaro ta’sirga kiruvchi ish qismlar 
sirtida relyef o‘zgarishlar kabi tashqi tuzilishining belgilari topiladi. 


 226 
Bunday belgilar: rasmlar, geometrik shakllar, siniq chiziqlar, 
chuqurliklar, kemtik, bo‘rtib chiqqan yoki tirnalgan joylar, g‘udur, qisman 
shikastlanish yoki rasm alohida elementlarining yo‘qligi va hokazolar 
bo‘lishi mumkin. Keltirilgan alomatlarni o‘rganar ekan, ekspert ularning 
shakli, hajmi, mexanizm ishchi qismlarida joylashishini aniqlaydi. 
Mazkur eksperiza bosqichida ishlab chiqarilgan joyi oldindan ma’lum 
bo‘lgan namunalarni o‘rganish maqsadga muvofiqligi kabi omil hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Ekspert sinov-tajribasi. Ishlab chiqarish mexanizmlarini identifi-
katsion ekspertiza qilishda sinov-tajribalarini o‘tkazish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Ular qiyosiy material olish va izlarning yuzaga kelish yo‘llari, 
mahsulotdagi izlarning identifikatsion izlar bilan aynanligini bevosita 
o‘rganish uchun o‘tkaziladi. 
Ekspert sinov-tajribasi mahsulotlarni tayyorlash vaqtida ular yuzasida 
aks etgan belgilar turg‘unligi darajasini aniqlash imkonini beradi. Sinov – 
tajriba aynanligi aniqlanayotgan mexanizmlar miqdori ko‘p bo‘lgan 
hollarda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda sinov-tajriba tekshirilayot-
gan mahsulot ishlab chiqilgan muayyan mexanizmni aniq belgilash 
imkonini beradi. Sinov-tajriba o‘tkazish tekshirilayotgan mahsulot ishlab 
chiqilgan vaqt, izlar hosil bo‘lishiga ta’sir qiluvchi mahsulot tayyorlangan 
uskuna alohida qismlari yoki qurilmalarining qachon o‘zgartirilgani 
to‘g‘risida ma’lumot olishga imkon beradi. 
Sinov-tajriba o‘tkazish taqiqlangan hunar bilan shug‘ullanish, 
shuningdek mahsulotlarni xonaki ishlab chiqarish bilan bog‘liq ishlarni 
tergov qilishda ko‘mak berishi mumkin. 
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, sinov-tajriba ishlab chiqarish 
mexanizmlarini identifikatsiya qilishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Basharti qulfni buzib kirish qurollarini identifikatsiya qilish jarayonida 
sinov izlarini olish uchun birmuncha yumshoq material (plastilin, 
qo‘rg‘oshin) ishlatilsa, ishlab chiqarish mexanizmlarini tadqiq qilishda 
qiyosiy material olish uchun tekshirilayotgan mahsulot yasalgan xomashyo 
olinishi kerak, ya’ni xomashyoning fizikaviy xossalari o‘xshash bo‘lishi 
kerak. 
Birmuncha yumshoq yoki qattiqroq xomashyoni olish izlar tuzilishiga 
o‘zgarish kiritishi mumkin, bu esa o‘z navbatida kelgusida ularni tadqiq 
qilishni qiyinlashtirishi yoki noto‘g‘ri xulosa chiqarishga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Qiyosiy tadqiqot. Avvalgi tadqiqotlar natijalari asosida ekspertiza 
qilish uchun taqdim etilgan obyektlar va namunalar alohida tadqiq etish 


 227 
bosqichida aniqlangan belgilar bo‘yicha qiyoslanadi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, ekspertiza o‘tkazishda ishlab chiqarishning aynan bir omilini 
hisobga olish noto‘g‘ri hisoblanadi. 
Mazkur alomatlar o‘rtasidagi farqlar salbiy xulosa chiqarish uchun 
yetarli hisoblanmaydi. Basharti guruhiy ahamiyatga ega bo‘yicha 
o‘xshashlik aniqlansa, ekspert individual ahamiyatga ega belgilarni 
taqqoslashga kirishadi. 
U yoki bu sabablarga ko‘ra to‘liq qiyosiy tadqiqot o‘tkazish ilojisi 
bo‘lmasa, ekspert o‘xshashlik yoki farq to‘g‘risida qat’iy qarorga kela 
olmaydi. Mazkur hollarda ekspert qiyoslanayotgan obyektlar o‘rtasida 
o‘xshashlik va farq alomatlarini qayd etar ekan, o‘z xulosasida masalani 
hal qilish imkoni yo‘qligi sababini tushuntiradi. O‘xshashlik bo‘lgan, biroq 
mavjud farqlarni tushuntirishni imkoni bo‘lmaganida ekspert o‘z 
xulosasida buning sababini tushuntirishdan bosh tortish huquqiga ega. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish