Ishlab chiqaruvchi (qayta ishlov beruvchi) mexanizmlar (asboblar)
ishchi qismlari tashqi qurilishini aks etuvchi izlar – mahsulotlardagi
izlarning asosiy guruhini tashkil qiladi.
Iz hosil qilish mexanizmi va shart-sharoitiga ko‘ra, mazkur izlar statik
(botiq, yuzaki), dinamik (kesish, sirg‘alish (ishqalanish), bo‘lish, tebratish
va boshqalar), statik-dinamik izlarga bo‘linadi.
Statik izlar metall quyish
1
, press-qolip va press-avtomat uskunalarda
presslash
2
, shakl yasovchi shtamplar yordamida shtampalash (qoliplash)
3
.
1
Металл қуйиш – қуйма шаклга эритилган хомашёни қуйиш орқали
маҳсулотни олиш
2
Пресслаш – яхлит ёки ғовак профилларни олиш, шунингдек кукундан
пресс-шаклида ёки қобиқли маҳсулот учун босим остида хомашёни контейнер
бўшлиғидан матрица каналидан сиқиб чиқариш.
3
Штампалаш – хомашёга босим остида бериш усули, бунда маҳсулотга
шакл бериш қолип бўшлиғида ташқи куч таъсирида маҳсулот қисмларининг
пластик деформацияланиши натижасида амалга оширилади.
217
Dinamik izlar cho‘zish
1
, ekstruziya, kesish
2
natijasida yuzaga keladi.
Andoza yordamida mahsulotga shakl berishda mahsulotning tashqi sirtida
statik izlar, ichkarisida esa dinamik izlar qoladi.
Statik-dinamik izlar prokat
3
va kalandrlash
4
jarayonida yuzaga keladi.
Statik izlar mexanizm (uskuna)ning ishchi qismining iz qoldiruvchi
sirtining tuzilishini aniq ifodalaydi. Iz qoldiruvchi sirtdagi qabariqlarga
1
Чўзиш – загатовка (чивиқ, ўрама сим ва бошқа хомашё)ни ускунанинг
торайтирилган ёриғидан тортиш (чўзиб чиқариш).
2
Кесиш – кесувчи асбоб ёрдамида загатовка сиртидаги қатламни қиринди
кўринишида кесиб тушириш жараёни. Асбобдан фойдаланиш хусусиятига ва
ишлов берилаётган загатовкага кўра хомашёни кесиш орқали қайта ишлашнинг
қуйидаги асосий турларини ажратиш мумкин: чархлаш, фрезерлаш, рандалаш,
пармалаш, силлиқлаш.
Чархлашда икки турдаги иш-ҳаракат амалга оширилади: загатовканинг
айланма ҳаракати (кесишнинг асосий ҳаракати) ва кесувчи асбобнинг олға
интилувчи ҳаракати (кескич, узатиш ҳаракати). Узатиш ҳаракати загатовка
айланма ўқига параллел равишда (узунасига узатиш), загатовка айланма ўқига
перпендикуляр равишда (кўндаланг узатиш), загатовка айланма ўқига бурчак
остида (қия узатиш) ҳисобига амалга оширилади
Фрезерлаш – загатовка сиртига кўп устарали кесувчи асбоб (фреза) билан
ишлов бериш, кесувчи асбобнинг айланиши ва станок столида қотирилган
загатовканинг унга нисбатан олға интилувчи ҳаракати ҳисобига амалга
оширилади. Фрезерлаш станокларида горизонтал, вертикал ва қия юзали,
шаклдор, ўйиқ деталлар, турли профилдаги пазларга ишлов берилади.
Фрезерлашда детал фрезанинг ҳар бир тиши билан алоҳида кесилиши ва
жараённинг узуқ-улуқлиги билан ажралиб туради.
Рандалаш детал сиртини силлиқлаш, ариқча ва чуқурча ўйиш учун
ишлатилади. Узунасига ва кўндалангига рандалаш ажратилади. Кўндаланг
рандалашда детал ҳаракатсиз қотирилиб, ускуна унда интилувчи-қайтувчи
ҳаракатланади, рандалаш деталнинг бутун сирти бўйича ҳаракатланиши ҳисобига
амалга оширилади. Кўндаланг рандалашда эса детал станокда ҳаракатсиз
қотирилиб, загатовка интилувчи-қайтувчи ҳаракатни амалга оширади.
Пармалаш – яхлит материалда тешик қилишнинг энг тарқалган усули.
Бундай йўл билан икка ёқлама ва бир ёқлама берк тешик қилинади.
Тешикларнинг ҳажмини кенгайтириш, каттароқ очиш ва тешик сиртининг
ғадир-будирлигини йўқотиш учун қўлланилади.
Силлиқлаш – абразив материаллардан иборат асбоблар (доиралар)
ёрдамида загатовкага юқори даражада пардоз бериш (тозалаш).
3
Прокат – прокат станокларининг айланиб турувчи ғўласи ўртасидан
загатовкани ўтказиш. Материал айланиб турувчи ғўла (валик) ўртасидан ўта
туриб, катта босим остида ўз шакли ва ҳажмини ўзгартиради.
4
Каландрлаш – қарама-қарши айланиб турувчи бир-бирига паралил
ғўла(валик)лар ўртасидаги тирқиш орқали термопластик материални доимий
сиқиб чиқариш орқали тунука ёки тасма ҳосил қилиш.
218
mahsulot sirtidagi o‘yiqlar to‘g‘ri keladi va teskarisi. Mahsulotlar iz
qoldiruvchi sirtning javobi, ya’ni uning qayta akslanishi hisoblanadi.
Mahsulotning tashqi sirti matritsaning tashqi tuzilishini aks etirsa, ichki
tuzilishini puanson hosil qiladi. Bunda aynan nuqtali akslanish hosil
bo‘ladi. Shtampalash jarayonida qoliplanayotgan xomashyo faqat plastik
deformatsiyaga uchraydi, o‘tda toblangan ishchi qismlar esa qayishqoq
deformatsiyaga uchraydi. Shtampalash katta bosim ostida puanson
yordamida to‘g‘ri-to‘g‘ridan mexanik ta’sir orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotning tashqi tuzilishi turli iz qoldiruvchi mexanizm (uskuna)
qismlari tomonidan iz qoldirish miqdori, ketma-ketligi va o‘ziga xos
xususiyatini aks ettiradi. Press-shakllarda izlar matritsa, puanson va itarib
chiqaruvchi asbob yordamida hosil bo‘ladi. Itarib chiqaruvchi asbob
orqali matritsa izlari ko‘zga tashlanmaydigan joylar (plastmassa
likopchalar, chashkalar tagi)da iz qoldiradi. Quyma press shakllarda
eritilgan mahsulot (metall, plastmassa) press-shaklga quyiladi. Bunday
press-shakllarda tayyorlangan mahsulotda litnik (kanalda qotib qolgan
erigan metall (plastmassa) qoldig‘i) bo‘lib, u odatda pichoq yoki qaychida
kesib tashlanadi. Litnik kesmasining izi mahsulot sirtida qoladi.
Bunday usulda tayyorlangan mahsulot press-shaklning o‘zaro bog‘liq
qismlarini boshqarish va qayta yoqish, ishlov berilayotgan sirtlardagi
nuqsonlar, ularning eskirishi va kirlanish xususiyatlarini aks ettiradi.
Quyma metall mahsulotlarda obloy (qurib qolgan xomashyo (metall,
plastmassa) press-shaklning murakkab almashinuvchi qismi (vkladish)
kesimi shakli (konfiguratsiyasi)ni va vkladish bilan ulangan joyida yeyilish
(g‘ijimlanish)ga sabab bo‘ladi.
Tayyor quyilib tayyorlangan mahsulotlar sirtining haddan tashqari
g‘adir-budirlining sababi pardozlovchi qismlarning yeyilganligi bo‘lsa,
ularga notekislikning sababi relyef sirtiga yopishib qolgan yot jismlar yoki
o‘yiq borligidan dalolat beradi.
Tamg‘alash, belgi qo‘yish (razmetka) va chekanka shtampalarida
bo‘rtib turgan qismlar (kern)larning jadal yeylanishi yuzaga keladi. Izlar
aks etgan mahsulotlarda belgilar yetarlicha chuqur bo‘lmaydi, relyefi
noaniq bo‘lib, belgi elementining turli nuqsonlari yuzaga keladi.
Bosim ostida metall(plastmassa) quyish, presslash, shakl shtampalash
yo‘li bilan tayyorlangan metall va plastmassa mahsulotlar sirtida agar
press-shakl yaxshi tozalanmagan bo‘lsa yot jismlar qoldiqlarining kirib
qolishi bilan bog‘liq nuqsonlar: grat (qotib qolgan eritilgan modda)
eritilgan mahsulotni quyishda basharti u eskirgan bo‘lsa bo‘laklarga
bo‘linadigan qismlarning ulangan joylarida yuzaga keladi; tirnalgan,
219
ko‘chgan, o‘pirilgan shakllar sirtida mexanik shikast borligini bildirsa,
hajmdan chetlashish – shakl beruvchi sirtning yeyilganligini bildiradi.
Presslangan shisha idishlarda puanson hamda chegaralovchi xalqa
o‘rtasida katta yoriqning borligi natijasida yuzaga kelgan ulangan va
qavariq joylar bo‘ladi. Shuningdek, qatlamlar – materialning markazdan
siljib tushishi, chala presslash – shaklda chegaralangan xalqaning zich
quyilmaganligi, qatlamlarning turli tumanligi, qoramtirligi va nihoyat
matritsaning ifloslanganligi yoki eskirganligi bois tirnalgan joylar yuzaga
kelishi mumkin.
Chiqim xomashyoda dinamik izlar eritilgan mahsulot (rezina,
plastmassa, shisha) qo‘chqaroq uskuna profil boshqasining shakl beruvchi
tirqishidan siqib chiqarish orqali; sim yasash asbobida bosim ostida
mahsulotni cho‘zib tortish natijasida zagatovka metalining plastik
deformatsiyasi yuzaga keladi.
Rezina va plastmassa mahsulotlarda bir-biriga qarama-qarshi
joylashgan bir tomonlama yo‘nalgan botiq izlar hamda mahsulot uzunasi
bo‘ylab turli o‘yiqlar hosil bo‘ladi.
Cho‘zish orqali ishlov berilgan metall mahsulotlarda mazkur izlar
sirg‘alish-ishqalanish va ba’zida kesishish kabi izlarda ifodalanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan izlar mahsulotning o‘qi bo‘ylab bir-biriga
parallel joylashgan izlar (alohida nuqtali izlar) iz qoldiruvchi sirtning
relyefini makro va mikronotekisligining shakli va hajmini aks ettiradi. Bu
kabi mahsulotning ko‘ndalang kesishuvining shakli va hajmi cho‘zish
kanalining tirqishi va ekstruder boshchasining umumiy shakli va hajmini
ifodalaydi. Agar tirqish dumaloq shaklda bo‘lsa, sim, tayoqcha,
halqasimon ko‘rinishda bo‘lsa truba, kabel, va nihoyat teshik yoriq
shaklida bo‘lsa, tasma, tunuka kabilarni yasash mumkin. Odatda bunday
mahsulotlarning boshi va oxirining kesilishi bois ular qalin va
deformatsiyalangan bo‘ladi. Kesish jarayonida yuzaga keladigan dinamik
izlar muayyan ketma-ketlikda keluvchi turli shakl, kenglik va
chuqurlikdagi chiziqlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, cho‘zish va ekstruziya
izlari mahsulot o‘qiga nisbatan parallel joylashadi, chunki mahsulot tashqi
bosim ta’siri ostida uskunaning harakatsiz mahkamlangan detallari
orasidan siqib chiqariladi.
Kesuvchi uskuna bilan ishlov berilgan mahsulot sirtidagi izlar uning
ko‘ndalang o‘qiga nisbatan parallel ravishda xalqa shaklidagi bir-biri bilan
kesishuvchi ziziqlar ko‘rinishida joylashadi.
Frezerlashda (frezer stanogi bilan ishlov berishda) izlar umumiy
markazga ega bo‘lgan xalqa, spiral chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi.
220
Charxlash va silliqlashda ko‘ndalang kesishgan burama chiziq kabi
izlar hosil bo‘ladi (mahsulot o‘z o‘qi atrofida aylantirilib, uskuna unga
nisbatan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanadi).
Silliqlash izlari alohida trassa riska (ko‘chib tushgan bo‘laklar)dan
iborat bo‘ladi. Riskalar shakli va hajmi abraziv donalarining kesuvchi
qirrasining shakli va hajmini aks ettiradi, alohida riskalar orasidagi masofa
abrazivdagi donalarning joylashishi bilan belgilanadi.
Umuman olganda, dinamik iz hosil bo‘dishiga quyidagi omillar ta’sir
qiladi:
a) zagatovka xomashyoneing xususiyati, uning tarkibi, tuzilishi,
qattiqligi, egiluvchanligi va boshqa fizikaviy xossalari;
b) iz hosil qiluvchi obyektlarning ishchi qismlarining xususiyatlari:
mustahxkamlik, pishiqlik, relyefining tuzilishi, abraziv uskunaning
donadorligi (ularning shakli, hajmi va joylashishi);
v) iz hhosil qiluvchi obyektlarning yo‘nalishi, tezligi, ta’sir kuchi;
g) «uskuna-detal-asbob» ishlab chiqarish tizimining qat’iyligi va
turg‘unligi.
Statik-dinamik izlar prokat va kalandrlash jarayonida yuzaga keladi.
O‘zining yuzaga kelish mexanizmiga ko‘ra tebranish izlariga yaqinlashadi.
G‘o‘lalar bochkalari orasidagi tirqish kattaligi ishlab chiqarilayotgan
mahsulot qalinligiga to‘g‘ri keladi, oxirgisining cheklovchi o‘qlarni
tartibga solish (to‘g‘rilash) orqali belgilanadi. Makrorelyef statistik
ravishda bo‘chkalar aylanmasiga to‘liq aks etadi.
Shunday qilib, tayyorlanayotgan mahsulot sirtida ko‘pgina ishlab
chiqarish texnologik xususiyatlari alomatlar o‘zida aks etadi. Izlar ko‘zdan
kechirish yoki kriminalistik masalalarni yechish uchun mikroskop
yordamida aniqlanishi mumkin.
Mahsulotlarning identifikatsion ahamiyatini hisobga olgan holda
o‘ziga xos tasnifiy ishlab chiqarish texnologik alomatlarini misol qilamiz.
Mahsulotlarning umumiy (guruhiy) alomatlari:
a) mahsulot qurilishi: oddiy, murakkab tarkibli – qanday qismlardan
iborat;
b) mahsulot (qismlari)ning shakli;
v) mahsulot xomashyosi, rangi
d) markirovka belgilarning bor-yo‘qligi, ularning mazmuni;
ye) mahsulot sirtining makro xususiyati – silliq, relyef, relyefi o‘yma
rasm kompozitsiyasi (shakl, hajm, rasm detallarining o‘zaro joylashishi),
mexanik va boshqa ishlov berish izlari, litnik, itarib chiqaruvchi (tolkatel)
izlarining mavjudligi.
221
Mexanizmlar iz hosil qiluvchi sirti relyefining tashqi qurilishining
xususiyatlarini aks ettiruvchi mahsulotlarning umumiy alomatlari:
a) iz hosil qiluvchi sirtning makro va mikrorelyef qurilishining o‘ziga
xos xususiyatlarini aks etuvchi qo‘lda ishlangan (gravirovka, yo‘nish,
razmetka) yoki stanokda keskir yordamida qayta ishlov berish. Mahsulot
chetlari va bir-biriga nisbatan markirovka belgilarining shakli, hajmi va
joylashishi; relyef detallarining turlicha chuqurligi; relyef alohida
elementlari qurilishining xususiyatlari va hokazo.
b) mahsulot «silliq»sirtlarining mikrorelyefi qurilishining o‘ziga xos
xususiyatlarini aks etuvchi qo‘lda ishlangan (gravirovka, yo‘nish,
razmetka) yoki stanokda keskir yordamida qayta ishlov berish.
v) mahsulot qirralari va bir-biriga nisbatan markirovka belgilarining
shakli, hajmi va joylashishi; relyef detallarining turlicha chuqurligi; relyef
alohida elementlari qurilishining xususiyatlari va hokazo.
g) mahsulot «silliq» sirtlarining mikrorelyefining xususiyatlari:
– statistik yuzaga kelgan sirtlarda qabariq va chuqurliklarning o‘zaro
joylashishi, miqdori, shakli, hajmi.
– dinamik yuzaga kelgan sirtlarda muayyan yo‘nalishdagi alohida
trassalarning miqdori profilining shakli va kengligi, ularning balandligi va
chuqurligi;
– mahsulot mexanizmlarining iz hosil qiluvchi sirtidagi nuqsonlarga
asoslangan makrorelyef va mikrorelyef tarkibi (eskirish, turg‘un ravishda
kirlanish, korroziya): yuqori darajada g‘adir-budirlik, relyefning yetarlicha
chuqur emasligi, yoriqlar, tirnalish, mikroqavariq yoki mikrochuqurlar,
chiqim xomashyoning alohida (muayyan uzunlikdagi) qismlaridagi alohida
trassalar kengligining kuchayishi choklar, yarimshakllar oralig‘idagi
o‘smalar (tutamlar) va boshqalar.
Mahsulotning o‘zini alohidalashtiruvchi xususiy alomatlar (odatda
brak hisoblanmaydigan va muayyan chegaralarda har bir nav uchun
standart mos keladigan nuqsonlar alomatlar)
a) operator (ishchi) harakatlariga asoslangan alomatlar:
–asbob-uskuna ishchi qismining muayyan sozlanganligi natijasi
sifatida mahsulot shakli va hajmining o‘zgarishi;
– mahsulot deformatsiyasi yoki kesish izlarining «stanok-detal-
uskuna» tizimining tartibga solinmaganligi sababli hajmining o‘zgarishi,
kalandrlangan (cho‘zib ishlangan);
«uskuna-detal-asbob» tizimining mustahkam emasligi sababli kesish
izlarining o‘zgarishi va mahsulot deformatsiyasi;
222
cheklovchi o‘q va g‘o‘la bo‘chkalarining tartibga solishini sababli
kalandrlangan chiqim mahsulotlar kengligi va qalinligining o‘zgarishi;
qolipga taxminan loy solinganligi sababli shakl berilayotgan sopol
hajmi va og‘irligining o‘zgarishi (oxirgigacha shakl berilmaganligi,
hajmining standartga mos kelmasligi);
shablon gips shaklining markazida joylashtirilmaganligi sababli sopol
mahsulot devorlarining turlicha qalinligi;
shablon sirti tomonidan alohida loy parchalari va mahsulotning
deformatsiyasi («lizun» deb atalgan nuqson) agar oxirgisi stanokka
mahkamlanmagan bo‘lsa;
vulkanizatsiya jarayonida zagatovkaning siljishi sababli ramkadagi
shtrixlar va markirovka belgilarining ikkilanishi;
mahsulotning press-shakldan olishda rezina bo‘laklarining shilinib
chiqishi va boshqalar;
b) qo‘lda ishlangan mahsulotlarning belgi-nuqsonlari:
– gravirovka vaqtida qirralarning qo‘milishi;
oformitellarni bo‘yashda butun rasmning va qismlarining buzilishi,
noaniqligi, oxirigacha chizilmay qolishi yoki haddan tashqari ko‘p chizib
yuborilganligi, rasm detallarining bir-biriga mos emasligi.
v) quyidagilar xomashyoda mahsulot tayyorlashda kelib chiqadigan
kamchiliklar:
– metall mahsulotlar – chig‘anoqlilik, g‘ovaklilik, bo‘shliq joylar,
yoriqlar, begona jismlarning borligi, yoyilib ketgan pufaklar, sochilib
ketgan ranglarning borligi;
plastmassa mahsulotlar – ranglar tonlarining turli tumanligi, xiralik,
uzuq-yuluq dog‘lar, kumush rangga kirganlik, begona jismlarning borligi,
pufaklar va boshqalar;
rezina mahsulotlarda – chig‘anoqlilik, begona jismlarning borligi,
pufaklar, shishlar;
shisha mahsulotlar – bolg‘alanish, tilimlanish, begona jismlar,
pufaklar, shishlar;
sopol mahsulotlar – maydalanish (sirlanmay qolgan nuqta nuqta
joylar, sirning quruqligi, sirning to‘planib qolishi, slipish (sirlanmay
qolgan joy), kirlanish (mahsulot sirtiga yopishib qolgan begona jismlar);
sek (sirning taram-taram yorilishi).
Ekspert keltirilgan tasnifda ikkinchi guruhdagi alomatlar ishlab
chiqarish uchun guruhiy ahamiyatga ega bo‘lganmi yoki ular ishlab
chiqarilgan mexanizmlarning xususiy (individual) belgisini ekanligini
aniqlashi zarur.
223
Kriminalistik vazifani hal qilishda u yoki bu alomatlarning aynanlik
(identifikatsion) ma’noga ega ekanligi bilan bog‘liq bilimlar kerak.
Aynanlikni to‘g‘ri baholash uchun nuqson kelib chiqishining sabablari
bilish zarur, ya’ni u bexosdan yuzaga kelganmi yoki uning kelib chiqishi
oldindan belgilanganmi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq belgilarga baho berishdan
avval ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xususiyatlarni inobatga
olish zarur.
Tasodifiy alomatlarga:
operatorning harakatlarini aks ettiruvchi mashinaning ishlashi;
xomashyo (zagatovka) nuqsonlari va qo‘lda ishlash izlari (bezash)
izlari
zagatovka tarkibiy tuzilishi va qoliplangan metallar va cho‘zish bilan
bajarilgan mahsulotlardagi izlarning o‘ziga xos birligi;
iz hosil qilish jarayonida yuzaga kelgan mahsulot tashqi sirtining
nuqsonlari (masalan, keskir yordamida mexanik ishlov berilgan
yuzalardagi nuqsonlar – tasodifiy to‘siqlar sababli izlar xususiyati, shakli,
hajmi, yo‘nalganligi, trassalar o‘rtasidagi masofaning o‘zgarishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |