A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Ishlab chiqarish mexanizmlarining identifikatsion



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
2. Ishlab chiqarish mexanizmlarining identifikatsion 
alomatlari 
 
Turli zamon va turli makonda buyumlarda quyidagicha ishlab 
chiqarish, kelib chiqishga ega izlar yuzaga keladi: 
a) tayyorlovchi (qayta ishlovchi) mexanizmlar ishchi va boshqa 
qismlarining tashqi tuzilishini o‘zida aks ettirgan izlar; 
b)  tayyorlovchi va qayta ishlovchi mexanizmlar (asboblar)ning funk-
sional (amaliy) belgilari aks etuvchi izlar; 
v) muayyan harakat aks etuvchi izlar, masalan, operator ko‘nikmasi 
(ishchi qismlarni sozlash, qo‘l bilan ishlov berish); 
g) texnologik jarayon xususiyatlarini aks etuvchi izlar (tayyor 
mahsulotni ishlab chiqarish tartibidagi og‘ish, mahsulotni bevosita ishlab 
chiqarish va tayyor mahsulotga keyinchalik ishlov berish); 
d) to‘plamda bo‘lgan buyum qismlarini yig‘ish izlari; 
ye) operatsion ko‘chish izlari; 
yo) mahsulotni butlash, tashish va omborxonada saqlash izlari. 
Ishlab chiqarishda kelib chiqishiga ko‘ra ko‘p sonli ta’sir ko‘rsatish 
omillarini aks ettirish izlari asosan quyidagilardan iborat:  zagotovkaga 
uskunaning ishlovchi qismlarining miqdori va ketma-ketligi; izlarning 
yuzaga kelish sharoitlari;  mahsulot tayyorlovchi, unga qayta ishlov 
beruvchi uskunaning tashqi ko‘rinishi; ishlov berish tartibining o‘zgarishi, 
buyum tayyorlanayotgan (ishlov berilayotgan) operator harakatlari, 
mahsulot tayyorlash (qayta ishlov berish) tartibidagi og‘ishlar. 
Misol tariqasida simdan yasalgan mixlarni tayyorlash jarayonini ko‘rib 
chiqamiz. Simdan yasalgan mixlar gorizontal zich avtomatlarda po‘lat 
simga sovuq ishlov berishda qalpoqcha o‘tkazish va uchini qayrash orqali 
ishlab chiqariladi (1-rasm). 
 


 215 
 
 
1-rasm. Press-avtomat uskunasida simdan yasalgan mixlarni ishlab chiqarish. 
sxemasi: 1- sim; 2-matritsa; 3-puanson; 4-keskir 
 
Sim avtomatik tarzda o‘yma planka yordamida ochiq matritsa (o‘yma 
qolip)ga mix qalpoqchasini yasash uchun kerakli uzunlikka chiqariladi 
(bunda sirg‘alib o‘tishning oldi olinadi). So‘ngra o‘yma qolip (matritsa) 
yopilib, bo‘rtma chiziqli sirti bilan simni qisib qoladi («a» vaziyati), 
puanson sirg‘aluvchi qismning harakatlanishida mix qalpoqchasini oldinga 
itarib chiqaradi («b» vaziyati). Puanson ortga ketganda o‘yma qolip 
(matritsa) ochiladi va  qalpoqchali sim mix uzunligida oldinga siljiydi va 
yana o‘yma qolip bilan qisiladi («v» vaziyati), shundan so‘ng maxsus 
keskirlar uni 30-400 burchak ostida qirqib mix uchini yasaydilar. Hosil 
bo‘lgan mix simdan bolg‘a (otboynik) yordamida ajratib olinadi. Shunday 
qilib, mixga uni yasash jarayonida ketma-ket ravishda uzatib beruvchi 
iskana (zubilo), o‘yma qolip (matritsa), puanson, keskir (pichoq) ta’sir 
qilib, uning sirtida izlar qoldiradi. 
Ishlab chiqarish jarayonining texnologik me’yorlaridan turlicha og‘ish 
natijasida qoldirilgan akslanish izlari mahsulot nuqsoni yoki qusuri 
deyiladi. Ularning ko‘pchiligi har xil mahsulotlarda texnik standartga 
moslik (GOST, TU) ko‘rsatkichi bilan belgilanib, quyidagilarga bo‘linadi: 
a) mahsulot ishlab chiqarish yoki bevosita ishlab chiqarish jarayo-
nidagi kamchilik; 
b) xomashyodagi nuqson (shisha massa, rezina qorishmasi, termoplast, 
metall, loy); 
v) qayta ishlashdagi nuqsonlar (bezatish). 
Ishlab chiqarish nuqsonlari deb, umuman olganda, mahsulot shakli va 
hajmidagi kamchiliklar, mahsulot sirtidagi g‘udda bo‘lgan yoki aksincha 
qat-qat ko‘chgan, yulib olingan, begona jismlar, relyefdagi notekisliklar, 
g‘adir-budir, maydalangan, singan, tirnalgan, yorilgan, qatlangan 
joylarning mavjudligiga aytiladi. Bu kabi nuqsonlar ko‘pincha ishchi 
qismlar holatidagi og‘ishlar (eskirish, kirlanish),  ularni boshqarish yoki 


 216 
sozlashdagi kamchiliklar, operator (ishchi) harakatlarining mashina 
tomonidan noto‘g‘ri qabul qilinishi natijasida yuzaga keladi. 
Xomashyodagi nuqsonlar – metall qorishmalarini tayyorlashda 
texnologik  jarayonlar (harorat rejimi, kukun tarkibi, unda bo‘yoqning 
taqsimlanishi)ning nomukammalligi sababli yuzaga keladi: bo‘yoqlar turli-
tumanligi, xiralik, uzuq-yuluq dog‘lar, ranglarning tarqalganligi (harorat 
ostida metall rangining o‘zgarishi), pufakchalar, aralashmalar, chig‘a-
noqsimon qotgan, shishgan, kumush rangga kirgan joylarning borligi. 
Qayta ishlov berishdagi nuqsonlar: mahsulotlarni bo‘yashda – tasvir 
detallarining notekisligi, haddan tashqari bo‘yab yuborish yoki bo‘yalmay  
qolgan joylarning borligi, tasvirning umumiy yoki qisman buzilganligi; 
o‘yma naqsh qilishda chetlarining notekisligi; sopol buyumlarda sirlash va 
kuydirishda nuqsonlar bo‘lishi mumkin. Bular  siniqlar (sirlanib 
to‘ldirilmay qolgan nuqta-nuqta cho‘ngak joylar), sirlanishning quruqligi 
(sopolning sir shlikerini muddatdan oldin shimib olishi natijasida yuzaga 
keladi), sirning g‘uddalanishi (sir shlikerining haddan tashqari quyuqligida 
yuzaga keladi), yopishma (mahsulotning sirlanmay qolgan joyi), u 
sopolning yaxshi tozalanmagan joyida yuzaga keladi, bulg‘anish (mahsulot 
sirtiga yopishib qolgan begona bo‘lakchalar), sex (sirdagi ingichka tolali 
yoriqlar) – sir tarkibini kengayish koeffitsiyenti sopolga nisbatan aniq 
tanlanmagan hollarda yuzaga keladi. 
Nuqson-izlarning ko‘pchiligi tasodifiy xususiyatga ega bo‘lib, mazkur izlar 
tayyorlangan mahsulotning xususiy belgilari sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish