A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Polietilen plombalarning rentgen nurlari ta’siri ostidagi ko‘rinishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
18-rasm. Polietilen plombalarning rentgen nurlari ta’siri ostidagi ko‘rinishi. 


 201 
Plombalarni tadqiq etish jarayonida aniqlangan belgilar va xusu-
siyatlarni baholashning aniqligi va obyektivligi ekspert-trasolog ihtiyorida, 
tadqiqotga taqdim etilgan moslama (tisk)lar yordamida qisilgan plomba-
larning namunalari (namuna-plombalar, eksperimental-plomalar)mavjud 
bo‘lganida, ancha ortadi. Agar namuna-plombalar mavjud bo‘lsa, 
plombalardagi barcha turdagi nazorat belgilari (harfli va raqamli belgilar, 
tovar belgilari)ni bevosita taqqoslash, plombalovchi moslama (tisk)larning 
o‘ziga xos xususiyatlari va belgilarini o‘zaro farqlash hamda plomba jinoiy 
(kriminal) maqsadda ochilganligining belgilarini farqlash imkoniyati 
vujudga keladi. 
Tadqiqotga taqdim etilgan plombalarning umumiy ko‘rinishi, uning 
ishchi (ta’sirlashuvchi) va yonbosh sirtlari, plombani osish qoidalarining 
buzilishi yoki bu qoidalardan chetlashishlar, plombaga va uning osgichiga 
begona buyumlar bilan qilingan ta’sirning belgilari fotosuratga olinishi 
kerak. Fotosuratga olishda makro va mikro fotosuratga olish qoidalaridan 
to‘liq foydalanish lozim. 
Plombaning ishchi sirtlarida mavjud bo‘lgan relyefli matnlarni 
fotosuratga olishda opakli (oq noshaffof elementdan o‘tuvchi nurlar) 
yoritishdan, plombaga ko‘rsatilgan jinoiy ta’sirlarning belgi va 
xususiyatlarini fotosuratga olishda esa o‘tmas burchak ostida tushuvchi 
yoritishdan foydalangan ma’qulroq. Fotosuratlarning masshtabi aniqlangan 
barcha belgi va xususiyatlarni aniq ko‘rinadigan (yaxshi o‘qiladigan) 
darajadagi o‘lchamda bo‘lishi kerak. Odatda, obyektlar (buyum yoki 
ularda mavjud belgilar) 4–8 marta katalashtirib suratga olinadi. 
Tekshirilayotgan plombaga yoki uning osgichiga qilingan jinoiy 
ta’sirning belgilari va xususiyatlari, nafaqat ushbu ta’sirning usulini 
aniqlash maqsadida, balki ushbu jinoiy ta’sirlarning hosil bo‘lish 
mexanizmi – begona buyumlarning ta’sirlashuvchi sirtlarining aksini 
aniqlash hamda ushbu iz va belgilarning identifikatsion tadqiqotlari uchun 
yaroqli ekanligini haqidagi savollarga ilmiy asoslangan javoblar berish 
maqsadida ham baholanadi. 
Ekspertiza tadqiqotlarining keyingi bosqichi ushbu plombalarning 
ichki sirti: kanali, kamerasi va armirovka halqalarini tadqiqot etishdan 
iborat. Buning uchun taqdim etilgan plomba yonboshidan ikkita teng 
qismlarga ajratiladi, ushbu ajratishda kesish chizig‘i, plombaning 
ta’sirlashuvchi sirtlariga parallel tarzda bo‘lishi lozim. 
Plombani ikkita elastik (ko‘p qavatli mato, rezina) qatlamlar orasiga 
olib, ehtiyotlik bilan qisiladi va ketma-ket ikkita kesik (kesilgan joy) hosil 
qilinadi, ushbu kesiklar plombaning kirish va chiqish tuynuklari orasidagi 


 202 
yonbosh sirtlaridan boshlanadi. Ushbu jarayonda plombani kesishda 
(ikkiga ajratishda) ishlatilayotgan asbob (skalpel, pichoq, lezviye) 
plombaning mustahkamlovchi (armirovka) halqasi, kanallar va kamera 
sirtlariga shikast yetkazmasligi hamda osgichning yaxlitligini buzmasligi 
lozim. 
Agar, tadqiqotga juda ko‘p miqdorda plombalar taqdim etilgan bo‘lsa, 
plombani ikkiga ajratish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish 
maqsadida, maxsus plomba keskich tayyorlab olgan ma’qul. Buning uchun 
metal kesishga mo‘ljallangan qaychi yoki qirqishga mo‘ljallangan ombir 
(passatije)ning ishchi sirtlari (lablari) ingichka qilib o‘tkirlanadi (tig‘ 
muhrasi (obuxi)ning qalinligi 1,5 mm dan ortmasligi kerak). Bu kabi 
maxsus keskich plombalarni xavfsiz va samarali kesish (ikkiga ajratish) 
imkonini beradi. 
Plombalar ikkiga ajratilgandan so‘ng, plomba osgichi va uning 
tugunlarining plomba korpusida joylashish holati albatta fotosuratga 
olinishi zarur. Plombaning ichki sirtining keyingi tadqiqotlari, plombada, 
uni jinoiy maqsadlarda ochish yoki plomba osish qoidalarini buzish va 
ushbu qoidalardan chetlashish belgilarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Buning uchun plomba osgichini plomba korpusi ichki sirtiga bosilishi 
natijasida hosil bo‘ladigan ezilgan izlar (ariqchalar) va ularning osgich 
konfiguratsiyasiga mosligi, osgich tugunlarining shu kabi ezilgan 
izlarining miqdori aniqlanadi. Undan tashqari, osgichning plomba  ichida  
joylashgan qismlarining butunligi aniqlanishi lozim. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish