A k a d e m I ya trasologik ekspertiza



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126
TADQIQOTLARI 
 
1. «Plombalar» tushunchasi va tasniflanishi 
 
Plomba deganda, turli binolar, vagonlar, omborxonalarning kirish 
eshiklariga osiladigan va ushbu joylarga uni buzmasdan kirish imkonini 
bermaydigan oddiy tuzilishga ega bo‘lgan moslamalar tushuniladi. 
Plombalarning funksional maqsadi nazorat qilishdan iborat, plombani 
buzish unchalik qiyin emas. 
Plombalarning juda ko‘plab turlari mavjud, ammo harakatlanuvchi 
obyektlar (vagon, konteynar, transpot vositasi)da joylashgan yuklarni 
plombalash uchun quyidagi ikki turdagi plombalardan foydalaniladi: 
– polietilen plombalar; 
– qo‘rg‘oshin (babbitli) plombalar. 
Ushbu plombalar asosan ikki elementdan iborat: plombaning korpusi 
(qutisi) va plomba osiladigan osgich. Osgich sifatida odatda sim 
ishlatiladi. Ekspertiza amaliyotida polietilen plombalar ham uchrab turadi. 
Bunday plombalar diametri 17 mm atrofida va qalinligi 8–9 mm bo‘lgan 
silindrdan iborat bo‘ladi. Plombalarning korpusi (kutisi)da ikki kirish va 
bitta chiqish tuynugi (teshigi) va kamerani tashkil qiladigan ikkita kanal 
(ariqcha) bo‘ladi. Plombaning korpusiga yumshoq metall (masalan, 
aluminiy)dan tayyorlanadigan armirovka (mustahkamlash) uchun halqa 
zichlash usulida o‘rnatilgan bo‘ladi (1-rasm).  
 
 
 
1-rasmPolietilen plombaning tuzilishi: 
A – plombaning kesimi; B – kirish tuynugi tomonidan ko‘rinishi; V – chiqish tuynugi 
tomondan ko‘rinishi; 1 – armirovka (mustahkamlash) halqasi; 2 – plombaning 
korpusi; 3 – kirish tuynugi; 4 – ajratuvchi bo‘rtiq; 5 – kanal; 6 – kamera; 7 – chiqish tuynugi. 


 177 
Polietilen plombani osish uchun diametri 0,6–0,7 mm bo‘lgan 
yumshoq bir simli (odnojilnaya) kabel ishlatiladi. 
Konteyner, vagon va shu kabilarning eshiklarini plombalashda, 
plombaning simdan yasalgan osgichi eshiklarning yopish moslamalaridan 
o‘tkaziladi, simning ikki uchi plombaning kirish tuynugi orqali korpusiga 
kiritiladi, so‘ng chiqish tuynugidan chiqariladi va bog‘lanadi (o‘zaro 
o‘raladi). Undan keyin plombaning korpusi plombalovchi moslama 
(tisk)lar yordamida mahkam qisiladi (2–rasm). 
 
 
 
2–rasm. Polietilen plombani osish tartibi. 
 
Nitrokalsiyli babbitdan tayyorlanadigan qo‘rg‘oshin plombalarning 
ikki turi mavjud: 
– ikkita kirish tuynukli va bitta chiqish tuynukli; 
– ikkita o‘zaro parallel va alohida kanalli (3-rasm). 
 
 
 
3-rasm. Qo‘rg‘oshinli plombaning tuzilishi: 
A – kamerali plomba; B – kanalli plomba; 1 – kamera; 2 – plombaning korpusi;  
3 – kanallar; 4 – kirish tuynugi; 5 – ajratgich bo‘rtiq; 6 – chiqish tuynugi. 
 
Qo‘rg‘oshinli plombalar diametri 0,6–0,7 mm bo‘lgan ikkita o‘zaro 
o‘ralgan simga osiladi, simni o‘rash quyidagicha bo‘ladi: osgichning 1 
santimetriga to‘rtta o‘rim to‘g‘ri kelishi lozim. 


 178 
Ikkita kanalli qo‘rg‘oshin plombalar quyidagi usullarda osiladi: 
– osgichni plombadan oddiy o‘tkazish; 
– osgichni plombadan «ilon» shaklida o‘tkazish; 
– osgichni ikkitali qilib o‘tkazish. 
Osgichni plombadan «ilon»  shaklida o‘tkazish usuli yordamida 
plombani osishda osgich sim plombaning har ikki kanali orqali qarama-
qarshi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi (4-rasm). 
 
 
 
4-rasm. Osgichni plombadan «ilon» shaklida o‘tkazish usulida plombani osish. 
 
Osgichni ikkitali qilib o‘tkazish usulida esa, osgich simning har bir 
uchi o‘zining kanali orqali ikki marta o‘tkaziladi (5-rasm). 
 
 
 
 
5-rasm. Osgichni ikkitali qilib o‘tkazish usulida plombani osish. 
 
Kamerali qo‘rg‘oshinli plombalar polietilen plombalar kabi osiladi (6-rasm). 
 
 
 
 
 
6-rasm. Kamerali qo‘rg‘oshinli plombani osish. 


 179 
Qo‘rg‘oshinli plombalarni osish uchun ham, polietilen plombalarni 
osish uchun ham uzunligi 380 mm kam bo‘lmagan simdan foydalaniladi. 
Vagonlar eshigining plomba osish uchun mo‘ljallangan moslamasi bilan 
plomba orasidagi masofa 45 mm dan hamda osgichning erkin (plombadan 
tashqari chiqib turadigan) uchlari 15–22 mm dan ortib ketmasligi kerak. 
Sisternalar qopqoqlarini plombalashda esa plomba osish uchun 
mo‘ljallangan moslama bilan plomba orasidagi masofa 22 mm dan hamda 
osgichning erkin uchlari 10–15 mm dan ortib ketmasligi kerak. 
Plombalar (qo‘rg‘oshin va polietilen) osilganidan so‘ng, maxsus 
plombalovchi moslama (tisk)lar bilan ikki tomonidan qisib qo‘yiladi. 
Ushbu plombalovchi moslama (tisk)larning ish sirti (plomba bilan bevosita 
ta’sirlashadigan qismi)da relyefli matn, raqamli belgilar hamda aylanishi 
natijasida nazorat belgilarining mazmuni o‘zgarib turadigan baraban 
bo‘ladi. 
Yuklarni jo‘natuvchi tashkilotning plombalovchi moslamasi (tisk)ida 
quyidagilar aks etgan bo‘ladi: 
– moslama (tisk)ning bir ishchi sirtida – yuk jo‘natgan tashkilotning 
nomi, temir yo‘lining qisqartirilgan nomi; 
– moslama (tisk)ning boshqa ishchi sirtida – stansiyaning nomi, 
moslama (tisk)larning raqami. 
Yuqoridagilardan tashqari, moslama (tisk)larning ishchi sirtida nazorat 
belgilari ham bo‘lishi mumkin, masalan, tashkilotning sodda tuzilishga ega 
bo‘lgan emblemasi va hokazo. 
Temir yo‘llarining plombalovchi moslama (tisk)larida esa quyidagilar 
aks etgan bo‘ladi: 
– moslama (tisk)ning bir ishchi sirtida – bekatning nomi, moslama 
(tisk)larning raqami; 
– moslama (tisk)ning boshqa ishchi sirtida – temir yo‘lining 
qisqartirilgan nomi, harflar va raqamlar birlashmasidan iborat nazorat 
belgilari. 
Murakkab (yuk jo‘natuvchi tashkilot va yo‘llar) moslama (tisk)larida: 
– moslama (tisk)ning bir ishchi sirtida – yuk jo‘natuvchi tashkilotning 
belgilari (nomi va nazorat belgilari); 
– moslama (tisk)ning boshqa ishchi sirtida – temir yo‘lining belgilari, 
bekatning nomi va moslama (tisk)larning raqami. 
Temir yo‘llari transportida yuk tashish qoidalariga binoan, bir obyekt 
(vagon, konteyner, sisterna va hokazo)ga osiladigan plombalarga bir xilda 
nazorat belgilari bosilishi kerak. Undan tashqari, turli obyektlarni bir 
xildagi nazorat belgilari bilan plombalash mumkin emas. 


 180 
Oxirgi vaqtlarda qo‘rg‘oshin va polietilen plombalar bilan birga 
qo‘rg‘oshinli-tasmali plombalar ko‘plab ishlatilmoqda. Ushbu turdagi 
plombalar alohida tarzda ham ishlatiladi yoki bo‘lmasa, «Yersh» 
rusumidagi berkituvchi-plombalovchi moslamalar bilan birgalikda ham 
ishlatiladi. 
Qo‘rg‘oshinli-tasmali plombalar ikkita asosiy elementdan iborat: 
zanglamaydigan qatlamli metall lenta hamda «tutashuv tuguni». Ushbu 
«tutashuv tuguni» esa diametri 13 mm va balandligi 5 mm bo‘lgan yaxlit 
(monolit) silindr shaklidagi qo‘rg‘oshin detal (vkladыsh)dan iborat bo‘lib, 
plombaning asosiga zichlash usulida o‘rnatilgan bo‘ladi (7-rasm). 
 
 
 
7-rasm. Qo‘rg‘oshinli-tasmali plomba. 
1 – asos; 2 – qo‘rg‘oshin detal (vkladish); 3 – plomba qopqog‘idagi tuynuk;  
4 – plombaning qopqog‘i; 5 – tasma; 6 – bo‘ylama tirqish;  
7 – birlashtiruvchi plastina. 
 
Plombaning asosi va sirtida diametri 13 mm tuynuk bo‘lgan plomba 
qopqog‘i birlashtiruvchi plastina yordamida bir butun kabi o‘zaro 
tutashtiriladi. Tasmada, uning erkin uchidan 4,45 va 145 mm masofada 
uchta bo‘ylama tirqishlar mavjud. 
Bu turdagi plombalarni osishda, uning tirqishlaridan biriga 
plombaning qopqog‘i kiritiladi, qo‘rg‘oshin detal (vkladish)ga tuynugi 
bilan kiygiziladi va bu detal plombalovchi moslama (tisk)lar bilan qisiladi. 
Ushbu plombani belgilangan (ruxsat etilgan) tarzda ochishda, uning 
tasmasi, tirqishlari yo‘q sohalaridan kesilib (qirqilib) amalga oshiriladi. 
Qishloq xo‘jaligi, avtotraktor va avtomobil texnikalarini plombalashda 
alyumindan yasalgan plastina shaklli plombalar va plomba-trubkalar 
ishlatiladi. Plastina shaklli plombalar doirasimon plastinadan iborat bo‘lib, 
uning chetlari zavalsovka qilinishi natijasida halqasimon valik hosil qiladi, 
ushbu halqasimon valiqda ikkita kirish tuynugi va bitta chiqish tuynugi 
mavjud bo‘ladi (8-rasm). 


 181 
 
 
8-rasm. Plastina shaklli plomba: 
A – simdan yasalgan osgichli plomba; B – plombaning ko‘ndalang kesimi;  
1 – plombaning korpusi; 2 – kirish tuynuklari; 3 – halqasimon valik; 4 – osgich;  
5 – chiqish tuynugi. 
 
Plastina shaklli plombani osishda osgichning uchlari kirish tuynuk-
lariga kiritiladi, so‘ng chiqish tuynugidan chiqariladi va tugash qismlari 
o‘rib qo‘yiladi. Osgichning o‘rilgan uchlari plombaning ichiga tortib 
kiritib, ishchi sirtida tegishli shartli belgilari bo‘lgan maxsus qisqichlar 
bilan qisiladi. Ushbu harakatlar natijasida plombaning osgichi halqasimon 
valik bilan mustahkam qisib qolinadi va bu bilan osgichning ishonchli 
qayd etilishini ta’minlaydi. 
Plomba-trubkalar uzunligi 9–12 mm, diametri 8–11 mm va devor-
larining qalinligi 2,3–3,5 mm bo‘lgan aluminiy quvurdan iborat 
(ko‘ndalang kesimi aylanasimon) bo‘ladi. Bunday plobmalarda osgich 
sifatida diametri 0,6 mm bo‘lgan sim yoki kanop shpagat (ip) ishlatiladi. 
Osgich plombaning yonboshida mavjud bo‘lgan tuynuklar orqali o‘tka-
ziladi, so‘ng plombalovchi moslama yordamida qisiladi. Plombalovchi 
moslamaning ishchi sirtlarida ishlab chiqaruvchi tashkilotning maxsus 
belgilari, texnik nazorat bo‘limi (TNB)ning raqami va shu kabilar aks 
etgan bo‘ladi. Plomba-trubkalar qisib qo‘yilganidan keyin, uning 
ko‘ndalang kesimi oval shakliga ega bo‘lib qoladi va osgichni ishonchli 
tarzda qayd etadi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish