A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


«Abloy» rusumli qulfning silindrli mexanizmi tuzilishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
21-rasm. «Abloy» rusumli qulfning silindrli mexanizmi tuzilishi: 
1 – asosiy disk (shayba); 2 – korpusdagi keng tirqish; 3 – asosiy diskdagi bo‘rtiq;  
4 – qo‘shimcha disk (shayba); 5 – korpus; 6 – zanjir yoki tizgin (povodok);  
7 – stoporli shtift; 8 – asosiy diskdagi chuqurcha; 9 – qo‘shimcha diskdagi 
chuqurcha; 10 – korpusdagi tor chuqur; 11 – qulfni qismlarga ajratishdagi arralash 
tekisligi; 12 – chegaralovchi vtulka; 13 – kalit; 14 – qulfning silindrli mexanizmi 
blokining korpusi. 


 154 
Mexanizm yopiq holatda bo‘lganida, asosiy disklar shunday holatda 
joylashadiki, ularning markazidagi kalit uchun teshiklar o‘zaro mos 
tushadi va silindrning butun uzunligi bo‘ylab yarim aylana shakldagi 
kanalni hosil qiladi (22-rasm). Bunda asosiy disklardagi o‘yiqlar bir 
chiziqda joylashmaydi, stoporli shtift esa qulf korpusidagi bo‘ylama 
chuqurchada harakat qilib, yopish mexanizmining korpusini mahkam ushlab 
qoladi. Qulfga kalit solinib 900S ga buralganida, kalitning tishlari o‘ziga mos 
keladigan asosiy diskni ma’lum burchak ostida buraydi. Natijada barcha 
asosiy disklardagi o‘yiqlar korpusdagi tor o‘yiqlar va qo‘shimcha disklardagi 
o‘yiqlar bilan ustma-ust tushadi hamda ularning o‘yiqlari birgalikda bo‘ylama 
chuqur hosil qiladi. Buning natijasida esa yopish mexanizmining korpusi qulf 
korpusida harakat qila oladi, ya’ni qulf ochiladi. 
Agar shtift prujina ta’sirida bo‘lsa, kalitning keyingi harakati ta’sirida 
bu shtift bo‘ylama chuqurga kiradi. Agar kalit 900S ga buralsa, asosiy 
disklarning ayrim bo‘rtiqlari korpusdagi keng o‘yiqqa tiralib qoladi
kalitning keyingi harakati ta’sirida esa yopish mexanizmi korpusini 
aylantiradi. Yopish mexanizmi korpusida joylashgan zanjir yoki tizgin 
(povodok) aylanadi va zulfinni siljitadi, natijada qulf ochiladi. Qulfni 
yopish xam xuddi shunday teskari tartibda amalga oshiriladi. 
 
 
 
22-rasm. «Abloy» turidagi yopish mexanizmining ishlash prinsipi: 
A – yopiq holatdagi silindrli mexanizm; B – yopish mexanizmi detallarining kalit 
900S ga buralgandagi holati; V – ochiq holatdagi silindrli mexanizm; 1 – asosiy 
diskdagi bo‘rtiqlar; 2 – asosiy diskdagi o‘yiqlar; 3 – stoporli shtift; 4 – qulf 
korpusidagi chuqurcha; 5 – qulf korpusidagi keng o‘yiq; 6 – qulf korpusi;  
7 – silindr korpusi; 8 – korpusdagi tor o‘yiq. 
 
Kodli (raqamli) yopish mexanizmli qulflar ikki xil variantda ishlab 
chiqariladi: kalitsiz va disklarni aylantirish uchun kalitli. Har qanday 


 155 
holatda ham bunday qulflarni ochish uchun muayyan kodlar (raqam-
lar)ning variantlaridan foydalaniladi. 
Kodli yopish mexanizmiga ega bo‘lgan qulfning tuzilishi 23-rasmda 
keltirilgan. Qulf korpus, ikki uchi harakatlanadigan (berkitadigan) uchli 
yoydan iborat bo‘ladi, ushbu yoyning uchlarida segmentsimon teshiklar 
(yoki chuqurchalar) mavjud bo‘ladi. Qulf korpusidagi ko‘ndalang teshikda 
segmentsimon chuqurchali to‘rtta silindrsimon vtulka qotirilgan. Ushbu 
vtulkalarning qulf korpusiga kiritilgan yon sirtida o‘yiqchalar, korpusining 
sirtida, vtulkalar girdida esa muayyan raqamli yoki harfli belgilar bo‘ladi. 
Qulf yopiq holatda bo‘lganida, vtulkalar qulf yoyining chuqurchalarida 
joylashadi va uni qulf korpusida mahkam ushlab turadi. 
 
 
 
23-rasm. Kodli (raqamli) yopish mexanizmli qulfning tuzilishi: 
A – vtulkalar yopiq holatda; B – vtulkalar ochiq holatda: 1 – yoy; 2 – korpus; 
 3 – vtulka (zulfin)lar. 
 
 
 
24-rasm. Vintli qulfning tuzilishi: 
1 – korpus; 2 – zulfin uchun teshik; 3 – kalit uchun teshik; 4 – zulfin asosi; 5 – vintli 
zulfin; 6 – yoyning berkitadigan uchi uchun teshik; 7 – zulfin boshchasi; 
 8 – yoyning berkitadigan uchi; 9 – yoy. 


 156 
Vintli qulflar tuzilishiga ko‘ra nisbatan soddaroq bo‘ladi va asosan 
osma shaklda ishlab chiqariladi. Ushbu qulf korpus, erkin va berkitadigan 
uchli yoy hamda zulfindan iborat bo‘ladi (24-rasm). Qulfning korpusida 
uchta teshik – yoy uchlari uchun mo‘ljallangan ikkita vertikal va zulfin 
uchun mo‘ljallangan ko‘ndalang teshiklar bo‘ladi. Zulfin uchun 
mo‘ljallangan teshikning girdida rezba o‘yilgan. Yoyning berkitadigan 
uchida zulfin boshchasi uchun chuqurcha mavjud. Zulfinning 
ingichkalashgan qismida ham rezba bo‘ladi va ushbu qism xvostovik bilan 
tugaydi. Bu xvostovikning shakli va o‘lchamlari kalitning ishchi sirtidagi 
chuqurchalarning shakli va o‘lchamlariga mos keladigan qilib 
tayyorlanadi. 
Vintli zulfinga turli begona ta’sirlarni kamaytirish uchun qulfning 
korpusida turli diametrli va o‘zaro perpendikular joylashgan teshiklar 
bo‘ladi. Ushbu qulfda yoy vazifasini metall sterjen bajaradi. Bu sterjen 
eshiklarning qulf osish uchun mo‘ljallangan xalqalariga kiritiladi (25-
rasm).  
 
 
 
25-rasm. Vintli qulfning tuzilishi: 
1 – sterjen uchun teshik; 2 – zulfin boshchasi; 3 – zulfin boshchasi uchun chuqurcha
4 – sterjen; 5 – sterjen boshchasi; 6 – vintli zulfin uchun rezbali teshik;  
7 – korpus; 8 – kalit; 9 – kalit uchun ingichka teshik, 10 – kalit uchun teshiklar 
orasidagi tirqish; 11 – kalit uchun keng teshik; 12 – zulfin asosi: 13 – zulfinning 
rezbali qismi. 
 
Bu turdagi qulfni yopish uchun kalit korpusdagi keng teshikka 
solinadi. Kalit o‘zining tishlari (bo‘rtiq va o‘yiqlari) bilan zulfin asosini 
bosadi va uni korpusdagi rezbali chuqurcha bo‘ylab ichkariga bosadi. 
Bunda zulfinning boshchasi sterjendagi chuqurchaga kiradi va uni 


 157 
korpusda mahkam ushlab qoladi. Qulfni ochish uchun zulfinni oxirigacha 
ichkariga bosish kerak, bunda zulfin boshchasi sterjenni korpusdan 
bo‘shatadi va qulf ochiladi. 
Qulflarning kriminalistik tasniflanishi quyidagi asoslarga ko‘ra 
amalga oshiriladi: 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish