✅Aylagach
Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach,
Sham ravshanroq bo’lur torin parishon aylagach.
Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach?
Tiyg’ ila paykonlaring yetti ko’ngul bo’lg’och xarob,
Suv qo’yub tuxm ekting, ul kishvarni vayron aylagach.
Qon emaskim, yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishq maqtulin shahid aylarda uryon aylagach.
Oshkor aylab yuzin ko’zumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko’ngul ko’zumni hayron aylagach.
Jong’a qo’yg’ach naqdi ishqing qildi ko’nglumni halok,
O’lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.
Ey Navoiy, ishq agar ko’nglumni majruh etmadi,
Bas nedurkim, qon kelur og’zingdin afg’on aylagach?!
✍ Alisher Navoiy
@gazal_xonlik
Do'stlaringiz bilan baham: |