A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Qulflarning ishlash prinsipi va tasniflanishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126
2. Qulflarning ishlash prinsipi va tasniflanishi 
 
Qulflarning ishlash prinsipi ularning yopish mexanizmlarining 
tuzilishidan kelib chiqadi. Suvaldasiz qulflar eng sodda tuzilishga ega 
bo‘ladi. Suvaldasiz osma qulf korpus va yoydan iborat bo‘ladi, yoyning bir 
uchi mahkamlangan, ikkinchi (harakatlanadigan) uchi esa prujina bilan 
qulf korpusi ichiga kiradigan tarzda tayyorlangan. Yoyning ushbu 
(ikkinchi, harakatlanadigan) uchida teshik bo‘ladi (11-rasm). Qulfning 
qopqog‘ida kalit uchun teshik bor. 
Quflarni ochish quyidagicha amalga oshiriladi: kalit qulfdagi teshikka 
kiritilib, soat millari yo‘nalishi bo‘yicha buralganida, uning tishlari zulfinning 
asosini bosadi hamda prujinaning egiluvchanligini yengib, zulfinni o‘ngga 
siljitadi. Bunda zulfinning boshchasi qulf yoyining harakatlanadigan uchidan 
chiqadi. Qulf yoyining o‘z o‘qi atrofida aylanashi hisobiga, uning 
harakatlanadigan uchi qulf korpusidan chiqadi. Ayrim qulflarda yoylar 
mustaqil ravishda prujina yordamida korpusdan chiqadi.  
 
 
 
11-rasm. Suvaldasiz osma qulfning ishlash prinsipi: 
A – yopiq holatdagi qulf; B – ochiq holatdagi qulf: 1 – korpus; 2 – zulfin; 3 – zulfin 
boshchasi; 4 – yoyning yopiladigan uchidagi teshik yoki o‘yiq; 5 – yoyning 
yopiladigan uchi; 6 – yoy; 7 – yoy o‘qi; 8 – zulfin prujinasi; 9 – kalit uchun teshik. 
 
Yuqorida keltirilgan qulflar odatda kalitning yordamisiz berkiladi, buning 
uchun qulf yoyini yuqoridan pastga qarab bosish kerak. Yoyning 
harakatlanadigan uchi korpus ichiga kiradi va zulfin boshchasini bosadi, 
natijada zulfin chapdan o‘ngga siljiydi. Yoyning harakatlanadigan uchidagi 
teshik yoki o‘yiq ariqcha zulfin boshchasi bilan bir sathga kelishi natijasida 
zulfin prujina ta’sirida o‘z joyiga qaytadi va yoyni mahkam ushlab qoladi. 
Ikkita zulfinli suvaldasiz qulflar kalitni ikki marta burash orqali 
ochiladi. Kalitning tishlari har ikki zulfinlarning xvostoviklarini siljitadi, 
zulfinlarning boshchalari esa yoyning harakatlanadigan uchidagi teshigi 
yoki o‘yiqlaridan chiqadi (12-rasm).  


 147 
 
 
12-rasm. Ikki zulfinli suvaldasiz osma qulfning ishlash prinsipi: 
A – yopiq holatdagi qulf; B – ochiq holatdagi qulf: 1 – zulfinlar; 2 – kalit uchun 
teshik; 3 – zulfin o‘qi; 4 – zulfin boshchasi; 5, 6 – yoyning yopiladigan uchlari; 
 7 – zulfin prujinalari. 
 
Suvaldasiz nazorat qulflari ham ko‘p ishlatiladi. Ularning tuzilishidagi 
o‘ziga xos xususiyat – qo‘shimcha qopqoqning mavjudligi hisoblanadi. 
Ushbu qo‘shimcha qopqoq bilan asosiy qopqoq orasiga nazorat qog‘ozcha 
(mas’ul shaxsning imzosi yoki muhr aksi tushirilgan, kerakli o‘lchamdagi 
qog‘oz parchasi) qo‘yiladi va bu vkladish kalit uchun teshikni berkitadi 
hamda qo‘shimcha qopqoqdagi teshikdangina ko‘rinib turadi. Qo‘shimcha 
qopqoq qulf yopiq holatda bo‘lganida, yoyning harakatlanadigan uchi  
bilan mahkamlanadi (13-rasm). 
 
 
 
13-rasm. Suvaldasiz osma nazorat qulfning tuzilishi: 
A – qulf; 5 – korpus qopqog‘i; V – zulfin; G – qo‘shimcha qopqoqdagi nazorat 
teshikchasi; D – kalit: 1 – zulfin asosi; 2 – zulfin va prujina o‘qi; 3 – korpus asosi;  
4 – zulfin prujinasi; 5 – yonbosh devor; 6 – yoyning erkin uchi; 7 – yoyning 
harakatlanadigan uchi; 8 – yoyning erkin uchi uchun teshik; 9 – nazorat oynasi;  
10 – qo‘shimcha (nazorat) qopqoq; 11 – yoy prujinasi; 12 – chegaralagich; 13 – kalit 
ustunchasi; 14 – korpus qopqog‘ini mahkamlash uchun ustuncha; 15 – korpus 
qopqog‘ini mahkamlash uchun teshik; 16 – nazorat teshikchasi; 17 – kopus qopqog‘i; 
18 – o‘q uchun teshik; 19 – prujina uchun tayanch bo‘rtiqcha; 20 – zulfin boshchasi: 
21 – kalit uchun bo‘rtiqcha; 22 – kalit bo‘rtiqchasini kuchaytiruvchi ustuncha. 


 148 
Reyka zulfinli qulfning tuzilishi o‘ziga xos bo‘ladi. Bunday qulfda 
zulfin asosining quyi chetida, o‘zaro turli burchak va masofada joylashgan 
va turli o‘lchamdagi bo‘rtiq hamda kesiklar bo‘ladi. Kalitning sterjenida, 
o‘lchamlari va joylashish burchaklari zulfin asosiga qat’iy mos keladigan 
og‘ma bo‘rtiq va kesiklar bo‘ladi. Kalit qulf teshigiga kiritilganda, kalit 
sterjenidagi bo‘rtiq va kesiklar zulfindagi kesik hamda bo‘rtiqlarga ketma-
ketlikda tushadi, natijada zulfin siljiydi. Kalitni qulfdan chiqarishda
qulfning zulfini prujina ta’sirida o‘z joyiga qaytadi va qulf berkilib qoladi. 
Qulfning ochiq holatida, zulfinni ushlab turish uchun stoporli vint xizmat 
qiladi (14-rasm). 
 
 
 
14-rasm. Reyka zulfinli tashqi qulfning tuzilishi: 
A – qulf; B – zulfin; V – kalit: 1 – kalit uchun teshik; 2 – zulfin prujinasi; 3 – qulf 
korpusidagi, qulfni mahkamlash uchun teshik; 4 – zulfin prujinasining yo‘naltiruvchi 
sterjeni; 5 – zulfin asosidagi chuqurcha; 6 – korpusdagi tirqish; 7 – zulfinni mahkam 
ushlab turish uchun vint; 8 – zulfin boshchasi; 9 – yuza planka; 10 – qulfni 
mahkamlash uchun teshik; 11 – zulfin asosi; 12 – zulfin asosidagi bo‘rtiq va kesiklar. 
 
Reykali qulflarning ko‘plab turidagi zulfinlarda ikki yoki ko‘proq 
boshchalari bo‘ladi, ular qulfni yopishda yuza plankadan tashqariga chiqib 
turadi. Suvaldasiz va reykali qulflarning sodda tuzilishga egaligidan 
jinoyatchilar ustalik bilan foydalanadilar, oddiy otmichkalar yoki oddiy 
begona buyumlar (mix, bigiz, sim bo‘lagi) bilan ularni ochishga urinadilar. 
Suvaldali qulflarning boshqa qulflardan farqi, ularning yopish 
mexanizmidagi suvaldalarni ushlab turish mexanizmi vazifasini 
bajarishidir. 
Suvaldali qulflar tuzilishi jihatdan juda xilma-xil ishlab chiqariladi
ammo ularda turli detal va tugunlar kamroq bo‘ladi. Bunday qulflarning 
ayrim turlari 15-rasmda ko‘rsatilgan. 


 149 
 
 
15-rasm. Suvaldali osma qulf va suvaldali o‘yma (ichki) qulfning tuzilishi: 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish