A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Silindrli mexanizmning tuzilishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
18-rasm. Silindrli mexanizmning tuzilishi: 
A – yopiq holatdagi mexanizm; B – ochiq holatdagi mexanizm;  
1–korpus; 2 – silindr; 3 – kalit uchun teshik; 4 – silindr shtifti; 5 – silindr 
chuqurchasi; 6 – korpus shtifti; 7 – korpus prujinasi; 8 – korpus qopqog‘i; 
 9 – korpus chuqurchasi; 10 – kalit. 
 
Silindrli qulflar osma, o‘yma (ichki) yoki tashqi variantlarda 
tayyorlanishi mumkin. Silindr mexanizmli osma qulflarning eng ko‘p 
tarqalgan turi quyilgan (quyma) korpusli qulf hisoblanadi (19-rasm). 
 
 
 
19-rasm. Quyma korpusli silindrli osma qulfning tuzilishi: 
A – qulf; B – silindrning ostidan ko‘rinishi; V – ochiq holatdagi qulf; 1 – yoyning 
prujinasi; 2 – yoyning chegaralagich shtifti; 3 – korpus; 4 – yoyning erkin uchi;  
5 – yoyning harakatchan uchi; 6 – zulfin boshchasi; 7 – zulfin asosi; 8 – tayanch 
shtifti uchun tirqish; 9 – silindrning tayanch shtifti; 10 – tiqin; 11 – korpus prujinasi; 
12 – korpus shtifti; 13 – silindr; 14 – kalit uchun teshik; 15 – silindr shtifti. 


 152 
Shtiftlar vazifasini silindr chiga joylashtirilgan plastinkalar bajara-
digan silindrli qulf o‘ziga xos tuzilishga ega (20-rasm). Ushbu plastinkalar 
silindrning ochiq teshiklarida joylashadi va spiralsimon prujinalarga 
tayanadi. Plastinkalarning markazida to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi 
oynalar ochilgan bo‘lib, har bir plastinkaning bunday oynalari bo‘ylama 
o‘q bo‘yicha individual tartibda joylashadi. Qulfning yopish mexanizmi 
korpusining ichki sirtida, plastinkalarning yuqori va quyi chetlari ostida, 
o‘zaro qarama-qarshi joylashgan yoysimon chuqurchalar mavjud. 
Qulf mexanizmi yopiq bo‘lganida, plastinkalar prujina ta’sirida 
korpusdagi maxsus chuqurchaga kirib qoladi va bu bilan silindrning 
harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan mahkam ushlab turadi. Qulfga kalit 
solinganida, uning tishlari (bo‘rtiq yoki o‘yiqlari) plastinkadagi oynalar 
orqali o‘tadi va plastinkani korpusdagi maxsus chuqurchadan chiqaradi. 
Plastinkalardan qutulgan silindr harakatchan bo‘lib qoladi (korpusda 
aylanadi) va zulfinni qulf korpusi ichiga siljitadi, natijada qulf ochiladi. 
 
 
 
20-rasm. Qarama-qarshi joylashgan plastinkali silindrli mexanizmning tuzilishi: 
A, B – yopiq holatdagi silindrli mexanizm; V, G – ochiq holatdagi silindrli 
mexanizm; 1 – korpus; 2 – korpusning quyi tirqishi; 3 – silindr; 4 – kalit uchun 
teshik; 5 – zanjir yoki tizgin; 6 – korpusning yuqori tirqishi; 7 – plastinka;  
8 – plastinkadagi oyna; 9 – ulagich yoki kashak; 10 – kalit tayanchi; 11 – prujina. 
 
«Abloy» rusumli silindrli qulflar ham keng tarqalgan. Mo‘ljallangan 
maqsadi va obyektga mahkamlanish usulidan qat’i nazar, bunday qulflar 
bir turdagi yopish mexanizmidan iborat bo‘lib, qulf mexanizmining siri bir 
necha disk (shayba)lardan iborat silindrda bo‘ladi (21-rasm).  
Silindrning disk (shayba)lari ikki turga bo‘linadi: 
– asosiy – harakatchan
– qo‘shimcha – harakatsiz. 
Qulfning turiga qarab, ushbu disklarning soni turlicha bo‘lishi 
mumkin. Asosiy disklar aylana shakldagi metall plastinadan iborat bo‘lib, 


 153 
girdida turli bo‘rtiq va o‘yiqlari hamda markazida kalit uchun teshiklari 
bo‘ladi. Har bir pastinadagi bo‘rtiq va o‘yiqlarning o‘zaro joylashishi 
hamda kalit uchun teshiklarining diametr bo‘yicha tekisliklari turlicha 
(o‘ziga xos) bo‘ladi. 
Qo‘shimcha disk (shayba)lar yupqa bronza tasmadan tayyorlanadi. 
Ularning egiluvchanlik xususiyati ta’sirida asosiy disklar, qulfdan kalit 
chiqarilganida qanday holatda bo‘lgan bo‘lsa, shu holatda mahkamlanib 
qoladi. Qo‘shimcha disklar bir xil bo‘ladi va asosiy disklar bilan ketma-
ketlikda qulf korpusida mahkamlangan bo‘ladi. Qo‘shimcha disklarda, 
asosiy disklarning bo‘rtiqlari qarshisida o‘yiqlar, markazida esa kalit 
uchun teshik bo‘ladi. 
Stakan shaklidagi korpusning yon sirtida, o‘zaro qarama-qarshi 
joylashgan keng va tor o‘yiqlar bo‘ladi. Korpus tubining tashqi tomonida 
zanjir yoki tizgin (povodok) mahkamlangan. Keng o‘yiqlar qo‘shimcha 
disklarni mahkamlash va asosiy disklar kalit bilan buralganida, ularning 
bo‘rtiqlarini o‘zida joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Tor o‘yiqda esa 
stoporli shtift joylashadi, bu shtift to‘g‘ri sterjen yoki G simon shaklda 
po‘lat yoki jez simdan tayyorlanadi. 
Disklar va stoporli shtiftdan yig‘ilgan yopish mexanizmining korpusi 
qulf korpusida joylashtiriladi hamda chegaralovchi vtulka bilan qotiriladi, 
ushbu vtulkaning markazida kalit uchun teshik bor. Qulf korpusida stoporli 
shtift uchun mo‘ljallangan bo‘ylama chuqurcha mavjud. 
 
 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish