suvaldali qulfning suvaldasi:
1 – suvalda tuynugi; 2 – suvalda tuynugining yuqori o‘yiqlari; 3 – suvalda prujinasi;
4 – suvalda o‘qining teshigi; 5 – kalit tishlari uchun o‘yiqlar;
6 – suvalda tuynugining quyi o‘yiqlari.
143
Suvaldalar va ular elementlarining shakli, tuzilish xususiyatlari
turlicha bo‘ladi (5-rasm). Har bir suvaldada prujina mavjud bo‘ladi va
o‘qida yoki yo‘naltiruvchi ustunchaga harakatlanadigan tarzda
mahkamlanadi. Ayrim qulflarda barcha suvaldalar uchun yagona prujina
ishlatiladi. Suvaldalarning soni, ularning joylashishi, qalinligi va
o‘lchamlari hamda tuynuklarining o‘lchamlarining yig‘indisi suvaldali
qulflarning siri yoki sirlilik mexanizmi hisoblanadi.
5-rasm. Turli tuzilishli suvaldalarning ko‘rinishi.
Qulflarning siri yoki sirlilik mexanizmi – bu mexanik qulflardagi,
shtatli kalit bilan birgalikda harakat qiladigan va kalitni zulfin bilan o‘zaro
ta’sirini yoki zulfinning boshqa qismi (dasta, shturval) ta’sirida
harakatlanishini ta’minlaydigan moslamadir. Qulflarning sirlilik mexa-
nizmi tizimiga qulfni begona buyumlar bilan ochishni qiyinlashtiradigan
detallar ham kiradi va bunday detallar saqlagichlar deb ataladi.
Saqlagichlar metalldan muayyan shakl va o‘lchamda tayyorlanadi hamda
korpus asosiga nisbatan ko‘ndalang yoki bo‘ylama holatda mahkamlanadi
(6-rasm). Qulfdagi kalit uchun teshiklarning tuzilishi va konfiguratsiyasi
ham o‘ziga xos saqlagich vazifasini bajaradi.
6-rasm. Suvaldali qulflarning saqlagichlari:
A – bo‘ylama saqlagich; B – bo‘ylama saqlagich: 1 – bo‘ylama saqlagichning
plastinasi; 2 – ko‘ndalang saqlagichning bo‘rtiqlari.
144
Kalit – qulfning yopish mexanizmi detallari yoki silindrli mexanizm
shtiftlarini harakatga keltirish hamda zulfinning kerakli tarzda chiqishini
ta’minlaydigan mahsulotdir. Qulfning yopish mexanizmi tizimiga bog‘liq
ravishda kalitlar turli tuzilishlarga ega bo‘ladi.
Suvaldasiz qulflarning boshcha, sterjen va bir yoki ikkita tishli kalitlari
eng sodda tuzilishga ega bo‘ladi. Suvaldali qulflarning kaliti turli miqdordagi
bo‘rtiq va o‘yiqlardan iborat bir yoki ikkita tishli bo‘ladi (7-rasm).
7-rasm. Yopish mexanizmi turlicha bo‘lgan qulflarning kalitlari:
A – suvaldasiz qulflarning kalitlari; B – suvaldali qulflarning kalitlari; V – silindrli
qulflarning kalitlari; G – «Abloy» turidagi silindrli qulflarning kalitlari;
D – «Syurpriz» rusumli magnitli qulf kaliti; YE – vintli qulf kaliti.
Silindrli qulflar kalitining tuzilishi yopish mexanizmidagi shtiftlarning
soniga bog‘liq bo‘ladi. Bir qator shtiftli silindrli mexanizmga ega bo‘lgan
qulfning kaliti yassi va sterjenining bir tomonida joylashgan turli bo‘rtiqlar
va o‘yiqlardan iborat bo‘ladi. O‘zaro qarama-qarshi joylashgan ikki qator
shtiftli mexanizmga ega qulfning kaliti esa yassi hamda sterjenining ikki
tomonida joylashgan bo‘rtiq va o‘yiqlardan iborat bo‘ladi.
8-rasm. Silindrli mexanizmga ega bo‘lgan qulfning kaliti:
A – bir qator shtiftli qulf kaliti: 1 – kalit boshchasining teshikchasi; 2 – saqlagich
uchun ariqcha; 3 – sterjendagi chuqurchalar; 4 – sterjendagi o‘yiqlar; 5 – sterjendagi
bo‘rtiqlar; 6 – sterjen; 7 – kalit boshchasi.
B – uch qator shtiftli qulf kaliti: 1 – bo‘rtiq va o‘yiqlar qatorlari; 2 – kalit sterjeni.
145
Agar qulf uch yoki undan ko‘proq shtiftlar qatoriga ega bo‘lsa, uning
kaliti silindrsimon sterjenga ega bo‘ladi (8-rasm).
«Abloy» turidagi qulfning ko‘ndalang kesimi yarim aylana shaklda
bo‘lgan kalitining sterjenida, kengligi va chuqurligi turlicha bo‘lgan
o‘yiqchalar joylashadi (9-rasm).
9-rasm. «Abloy» turidagi qulfning kaliti:
1 – kalit boshchasining teshigi; 2 – kalit boshchasi;
3 – sterjen; 4 – bo‘rtiqlar.
10-rasm. Vintli qulflarning kalitlari.
Kalit elementlarini qulfning yopish mexanizmi detallariga mexanik
ta’siridan tashqari, bir qator qulflarda yopish mexanizmlari detallarining
harakatlanishi magnit yoki elektromagnit maydonlar yordamida ham
amalga oshiriladi. Kalit o‘rnida, EHM yordamida tanib olinadigan
muayyan obraz (surat, naqsh) ishlatiladigan (masalan, barmoqning
papillyar naqshlari) qulflar ham bor. Ayrim qulflar uchun ularning yopish
mexanizmi detallarining ayrimlari bilan ta’sirlashadigan bir necha turdagi
kalitlar ishlatilishi mumkin. Bunda qulfni ochish uchun bir necha kalit
navbati bilan ishlatiladi, bunday qulflar avtomatik tarzda yopiladi.
146
Do'stlaringiz bilan baham: |