137
izlari kabi asosiy izlar va qo‘shimcha izlar — atsetilen hidi, karbid
bo‘laklari va uning parchalanish mahsulotlari (gidrat kalsiy oksidi),
yongan gururt cho‘plar, atsetilen generator yoki kislorodli balonni
joylashtirish izlari qolishi mumkin.
Kerosinli kesish moslamasi
ishlatilganda kerosin dog‘lari aniqlanishi mumkin. Kerosin kesish
moslamasi yoqilganda, butunlay yonib tamom bo‘lmasdan yaqin turgan
narsalarga sachrashi mumkin. Elektr yoyli kesish apparatini ishlatishda
hodisa joyida kuygan elektrodlar va elektr simlar qoldiqlari uchrashi
mumkin.
Shu bilan, birga ekspert tomonidan ashyoviy dalillar to‘liq hajmda
keltirilganligi aniqlanishi zarur. Ekspert qo‘l ostida kesish izlari bo‘lgan
buyumlar bilan birgalikda metall kesuvchi apparatlarni ishlatish izlari
bo‘lgan buyumlar ham bo‘lishi kerak. Buzish izlari bo‘lgan buyumlar
butunligicha taqdim etiladi. Agar iloji bo‘lsa, ularni qismlarga ajratish yoki
ularning izlari bo‘lgan alohida elementlarini kesib olish, bunda tepa, chap
tomon, ichki va tashqi sirt kabi muvofiq belgilar qo‘yilishi zarur.
Metall kesuvchi apparat turini aniqlash uning kesish va boshqa izlarda
ifodalanishi alomatlarini batafsil o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Gaz
yordamida kesish minimal miqdorda alohida qotib qolgan tomchi
ko‘rinishida metall uchqunlari va kesish joyida qurum bo‘lmasligi bilan
tavsiflanadi. Bunda tomchilar qalinroq metallni kesishda ko‘payadi. Ikkala
kesish 30 mm bo‘lgan kenglikda yorug‘lik toji (oreol)lar hosil bo‘lib, ular
sariq, ko‘k va jigarrang tasmalardan iborat bo‘ladi. Kesish yo‘nalishiga
qarama-qarshi joylashgan qirralari bo‘ylab erigan metallning
kumush
rangdagi yoki och zangori rangdagi oksidlanishi va to‘planishi (g‘udda
bo‘lishi) kuzatiladi. Kesish bo‘shlig‘ining kengligi kesilayotgan metallning
qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Kesish qirralarining chekka yuzalari o‘ziga xos yarim oval shakldagi
chuqurchalar va do‘ngchalardan iborat bo‘lib, ular erigan metallning
kislorod oqimi bilan purkash natijasida yuzaga keladi. Ularning o‘lchami
kesuvchi qirraning tashqi va ichki uchi (mundshtuk), kislorod bosimi,
kesuvchi uchning og‘ish burchagining kattaligi, kesish tezligi, kesuvchi
tig‘ uchining harakatlanish maromiga bog‘liq bo‘ladi. Gazda kesishning
o‘ziga xos xususiyati shundaki, kesishda boshlang‘ich
nuqta mavjud
bo‘lib, u kesuvchi tig‘ning aniq yo‘nalgan ta’siri va kislorod oqimi ostida
kuydirishdan iborat bo‘ladi. U kesish qirralarida bir-biriga qarama-qarshi
joylashgan ikki yarim kraterlar ko‘rinishida ifodalanadi. Kraterlar
chekkalari silliqlashgan (tekis) bo‘lib, uning sirti va devorlarida metall
yig‘ilib, g‘udda bo‘lib qolgan bo‘ladi. Sanab o‘tilgan iz belgilari kerosin
138
va atsetilen generator apparatlari yordamida kesish orqali hosil bo‘lgani
bois, ularni amalda bir-birdan ajratib bo‘lmaydi. Kerosinda kesish
qo‘llangani to‘g‘risida qo‘shimcha hosil bo‘lgan izlar (kerosin hidi va
dog‘laridan) bilsa bo‘ladi. Shunday qilib, kesish izlarida va izlardagi
qo‘shimcha alomatlar orqali gazli kesish apparati qo‘llangani to‘g‘risida
xulosa mumkin bo‘ladi.
Elektrli kesishni qo‘llashda kesish izlarida boshqa belgilarning yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi. Kesilayotgan metallning ikkala tomonida ko‘p
miqdorda metallning qotib qolgan tomchilari joylashadi.
Bunda ularning
uchish masofasi 150 mmni tashkil etib, u tok kuchi va metallni kesish
jarayonida elektrod uchining joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Kesish
qirralarida nurli toj (oreol)lar bo‘lib, ular qurum bilan qoplangan bo‘lgani
bois ko‘rinmaydi. Kesishning chekka yuzalarida metallning to‘planishi va
toshqol (shlak) qatlam ko‘rinishida relyef hosil bo‘ladi. Toshqol elektrod
va asosiy metallning kuyib ketishida hosil bo‘lgan g‘ovak
tarkibli va qora,
to‘q jigarrang, sariq, zangori va kulrang bo‘ladi. Kesish kengligi tok kuchi,
kesilayotgan to‘siq qalinligi, elektrod diametri, shuningdek buzishni
amalga oshirgan shaxsning kasbiy ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘ladi. Shuni
yana alohida ta’kidlash lozimki, elektr payvandlash
apparatida qirqishda
metallning bir xilda qalinligida gazda kesishga qaraganda, kesilgan joy
kengroq bo‘ladi.
Kesuvchi apparatning turini tavsiflovchi aniq ifodalangan belgilar
bo‘lmaganida, kesilgan joyning chekkalarida metall tarkib o‘zgarishining
metallografik tekshiruvi o‘tkaziladi.
To‘siqni kesish uchun zarur bo‘lgan vaqtni aniqlashda qulf
buzuvchilar tomonidan ishlatilgan moslamalarga o‘xshash payvandlash
moslamalari yordamida tegishli sharoitlarni yaratish orqali eksperimental
tajriba o‘tkaziladi.
Kesishni amalga oshirgan shaxsda kasbiy ko‘nikmalarning mavjud
bo‘lishiga quyidagilar dalolat beradi: kesish chizig‘ining yetarlicha
to‘g‘riligi, metall sirtiga nisbatan kesish sirtining ko‘ndalang joylashishi,
kesishning bir xildagi kengligi. Bundan tashqari, malakali payvand-
lovchilar soat o‘qiga qarama-qarshi yo‘nalishda kesishni amalga
oshiradilar, kesish burchaklari nisbatan aniq, kesilgan sirtlardagi relyef bir
xil bo‘ladi.
Basharti, kesish elektrda payvandlash apparatida amalga oshirilgan
bo‘lsa, payvandlovchining malakasi to‘g‘risida, qirralarning tekisligi,
metall tomchilari
miqdorining kamligi, nur tojlari maydonining kamligi va
elektr yoyini ko‘p marotaba yoqish izlarining yo‘qligi dalolat beradi.
139
Ekspert xulosasini o‘qishda izlar bo‘lgan obyektlar, izlarning o‘zlarini
va ulardagi alomatlariga batafsil izoh berilishi zarur. Bunda zarurat
tug‘ilganda, ish materiallarida mavjud ma’lumotlarga va hodisa sodir
bo‘lgan joydan topilgan va ekspertizaga taqdim etilmagan bo‘lsa-da, biroq
qo‘llangan payvandlash moslamalarini tavsiflovchi izlarga havola qilinadi.
Kesish izlarining kattalashtirilgan fotosuratlarida ekspert oldiga
qo‘yilgan masalalarni hal qilishga yordam beruvchi eng aniq ifodalangan
belgilar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: