A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Izning identifikatsion ahamiyatining ehtimoliy



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
Izning identifikatsion ahamiyatining ehtimoliy  
ishonchliligini aniqlash 
 
Iz alomatlarining identifikatsion 
ma’lumotlari va chegaraviy sanalari 
orasidagi ayirmasi 
Ehtimoliy 
xatolik 
Ekspert xulo-
sasining statistik 
ishonchliligi 
1 0,05 
0,95 
2 0,01 
0,99 
3 0,003 
0,998 
4 0,0006 
0,9994 
5 0,00014 
0,99985 
6 0,00004 
0,99996 
7 0,00001 
0,99999 
8 0,000005 
0,999995 
9 0,000001 
0,999999 
10 0,0000001 
0,9999995 
 
Dinamik izlarni ekspertiza qilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
uning obyektlari qoidaga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslanmaydi (chunki 
bunday izlarda belgilar o‘zgargan  holda ifodalanadi). Shu bois, namuna 
izlarni eksperimental tarzda hosil qilish tadqiqotning zaruriy 
elementlaridan biri hisoblanadi. Agar buzish qurolining iz hosil qiluvchi 
maydoni va uning iz hosil qilish makonida joylashishi aniqlansa, 
tekshiruvlarni amalga oshirish birmuncha yengillashadi 


 127 
Aks  holda  birmuncha yumshoq materialda buzish asbobining turli 
tomonlari bilan qarshi va frontal burchakni o‘zgartirgan holda hosil 
qilinadi. Bunda tajriba sifatida olingan izlar dastlab hodisa sodir bo‘lgan 
joydan olingan izlar bilan taqqoslanadi
1

Eksperimental izlar orasidan o‘zining xususiyati, ifodalanish darajasi 
va undagi trassalar miqdori, kengligi va shakli, o‘zaro joylashuviga ko‘ra 
tekshirilayotgan izga mos bo‘lgan iz tanlab olinadi. 
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan iz hamda eksperimental tarzda 
olingan iz ulardagi optik tasvir va fosuratlarni taqqoslash orqali amalga 
oshiriladi. 
O‘lchami uncha katta bo‘lmagan mayda tarkibli relyef 
(mikrotrassalar)ga ega izlar «MSK» rusumidagi mikroskoplar yordamida 
tekshiriladi. Pichoq bilan kesish, bo‘lish izlari va boshqalar — fotosuratlar 
yordamida amalga oshiriladi. Izlarni mikroskop orqali tekshirishda va 
fotosuratga tushirishda ularning bir xilda yoritilishi (yorug‘lik yo‘nalishi, 
nur tushish burchagi, yorqinlik darajasi)ga e’tibor qaratilishi zarur. 
Bundan tashqari, alohida fotosuratga olishda bir xil masshtabga rioya 
qilinadi, fotosuratlarni chiqarishda esa ularning bir xilda 
kattalashtirilishiga e’tibor beriladi. 
Mikroskop  yordamida amalga oshiriladigan taqqoslash izlarning 
o‘zaro o‘rnini almashtirish yordamida shunday vaziyatni tanlashga imkon 
beradi. Bunday trassalar va ular orasidagi oraliqlar o‘zaro bir-biriga mos 
kelib, bu o‘z navbatda, ularning qurolning ta’sir qilish  sirtining bir xil 
mikrorelyefi yordamida  hosil qilinganligi to‘g‘risida dalolat beradi. 
Mazkur moslik fotoplyonkaga tushiriladi. 
Fotosuratlar bo‘yicha trassalarni taqqoslash quyidagicha amalga 
oshiriladi: eksperimental iz fotosurati trassalarga ko‘ndalang chiziq 
bo‘yicha qirqiladi va hodisa sodir bo‘lgan joydagi iz tushirilgan fotosurat 
ustiga yopiladi. Shundan so‘ng, qirqish chizig‘i bo‘ylab hosil bo‘lgan qirra 
(chekkasi) ko‘ndalang va uzunasiga pastdagi surat ustida undagi trassalar 
to‘liq mos kelmaguniga qadar yurgiziladi. Mazkur vaziyat fotosuratlarni 
bir-biriga yopishtirish orqali amalga oshiriladi. Izlar bir-biriga mos 
kelganligini yaqqol ko‘rish maqsadida eksperimental izning fototasviri, 
                                         
1
 Экспериментал изларни ҳосил қилиш учун материал қуйидаги талабларга 
жавоб  бериши  зарур:  текширилаётган  из  қолган  материалга  мос  келиши, 
башарти охиргиси юқори даражада қаттиқликка эга бўлса ва бузиш қуролининг 
таъсир  қилиш  сиртини  ўзгартирмаса;  агар  из  қаттиқ  материалда  ҳосил  бўлган 
бўлса,  масалан,  пўлат  буюмда;  эксперимент  учун  юмшоқроқ  металл  (мис  ёки 
алюминий) ишлатилади. 


 128 
siniq chiziqlar bo‘ylab kesilishi yoki bir nechta bo‘laklarga bo‘linishi 
mumkin. So‘ngra ular pastki fotosuratda tasvirlangan izning turli 
zonalariga qo‘yib chiqiladi. Biroq optik tasvir  va fotosuratlar trassalar 
kengligi, ulardagi oraliqlar hamda o‘zaro joylashishidagi moslikni aks 
ettiradi. Shu bois, izda ifodalangan trassalar va ular orasidagi oraliqning 
umumiy identifikatsion ahamiyati past bo‘lgan taqdirda, trassalar 
chuqurligi va ular kesimi (profili)ning xususiyatlari  to‘g‘risida qo‘shim-
cha ma’lumot olish zaruratini taqozo etadi. Bu maqsadda solishtirilayotgan 
izlarni profillashtirish usuli qo‘llaniladi. Amaliyotda paypaslab 
profillashtirish va replika (bo‘lak)larni ko‘ndalang kesish usullari keng 
tarqalgan. 
Paypaslab profillash profilograf-profilometr deb atalgan maxsus 
asbobda amalga oshiriladi. Mazkur moslama detallar sirtining tekisligini 
tekshirish maqsadida metallni qayta ishlash sanoatida foydalaniladi. 
Profilografning turli (modifikatsiya) tuzilishi mavjud bo‘lib, ular tekis, 
dumaloq, silindrli yuzalar uchun mo‘ljallangan. Ularning  ish prinsipi 
quyidagilardan iborat: obyektning sirti bo‘ylab juda ingichka olmos igna 
yuritilib, u mayda notekisliklarni paypaslab chiqadi. Ignaning vertikal 
tebranishi paypaslanayotgan relyefning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, ular 
elektr signal ko‘rinishida o‘zi yozuvchi qalam (samopises)ga uzatiladi. Bu 
qalam o‘z navbatida profilogrammani chizadi. 
Qiyoslanayotgan dinamik izlar profilogrammasi ularni bir nechta 
ko‘ndalang kesimlarni profillashtirish orqali olinadi. Profilogramma aniq 
ifodalangan o‘sish va tushish nuqtalaridan iborat bo‘lib, ular bir-biridan 
o‘zining kengligi va balandligi (chuqurligi) bilan ajralib turadi. Siniq 
chiziqning elementlari vertikal bo‘yicha 400 piksel va gorizontal bo‘yicha 
20 pikselga tengligi iz relyefining kattalashtirilganiga teng bo‘ladi. 
Tekshirilayotgan va eksperimental izlarning profilogrammalari bir xil 
sharoitda olinib, eng ko‘zga ko‘rinarli va barqaror ravishda takrorlanib 
turuvchi elementlari orqali taqqoslanadi. Ularni ko‘z bilan ko‘rib 
taqqoslash, o‘zaro mosligini tekshirish yoki o‘lchash orqali miqdoriy 
xususiyatlarini taqqoslash mumkin. 
Izlarni profilli tasvirini tushirishning barcha uchun qulay usuli ham 
mavjud. U ham bo‘lsa, qiyoslanayotgan izlarga polimer qoliplash 
moddasini quyish hisoblanadi, bunda ularga qora rang berish maqsadida 
avvaldan qora kukun solinadi. Polimerizatsiyadan so‘ng qoliplar (nusxa) 
replikalardan izlar olinadi va trassalarga ko‘ndalang ravishda o‘tkir 
ingichka ustara (lezviya) bilan qirqiladi. Bunda kesilgan joylar suratga 
tushiriladi. So‘ngra parallel bo‘lingan qirralar bo‘ylab 0,5 m qalinlikda 


 129 
kertik (kesma) qilinadi. Har bir kesmaning har qaysi qirrasi iz profilini 
ko‘zgusimon akslantiradi. Kesma (kertiklar) suratga olinadi va ularning bir 
xilda kattalashtirilgan fotosuratlari yasalib, izlar profili taqqoslanadi. 
Iz hosil qiluvchi obyektning eng mas’uliyatli identifikatsion bosqichi 
qiyosiy tadqiqotni baholash hisoblanadi. Uning birinchi qismi oddiy 
ko‘zdan kechirish orqali izdagi belgilarning bir-biri bilan mos kelishiga 
ishonch hosil qilishdan iborat. Zero, hodisa sodir qilingan joydan olingan 
va eksperimental izlar orasida to‘liq o‘xshashlikka (bir-biri bilan mos 
kelgan trassa va bo‘shliqlar) erishish mushkul bo‘lganligi bois, mos kelgan 
belgilarning miqdoriy tahlilini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
Basharti bir-biriga mos kelgan belgilar miqdori va o‘xshashligi yetarlicha 
to‘liq identifikatsion ma’lumotga ega (19 chegaraviy songa teng yoki 
undan katta) bo‘lsa, birxillik to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ya’ni iz aynan 
berilgan buzish quroli tomonidan qoldirilganligi to‘g‘risida yetarlicha 
ishonch hosil qilish imkonini beradi. 
Eksperimental izlarda uning to‘liq ravishda mos kelishiga erishib 
bo‘lmasligi bois, bir-biriga mos keladigan belgilarning sonini hisoblab 
chiqish zarur. Biri-biriga mos keladigan identifikatsion belgilar yetarli 
bo‘lmasa, qo‘shimcha ravishda uning profili va trassalarining chuqurligi 
to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi (profilogramma).  Bunda 
izlarning o‘zaro o‘xshashligi haqidagi masalani hal qilish ekspertdan 
yetarlicha tajribalilikni talab qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, trassalar 
orasida farq bo‘lganligi bois, o‘xshashlik yo‘qligi to‘g‘risida xulosa 
chiqarish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Zero, bunda buzish 
qurolining iz hosil qiluvchi mikrorelyefi tekshirish vaqti kelgunigacha 
o‘zgargan bo‘lishi, ya’ni identifikatsion davr o‘tib bo‘lgan bo‘lishi 
mumkin. 
Ekspert xulosasiga berilgan buzish qurolining izlari va uning iz hosil 
qilish sirtining fotosuratlari biriktirilib, ularda izlarda aks etgan relyef 
elementlari yaqqol ko‘rinib turishi zarur. Shu bilan birga jadvalga bir-biri 
bilan kesishgan trassalarning yetarli darajada kattalashtirilgan tasvirlari 
ham kiritilib, bir-biriga mos kelish jihatlari odatda belgilanmasligi 
mumkin. 
Erkin tarzda kesish va bo‘lish izlarining tadqiqoti. Pichoq, bolta, 
iskana yordamida iz hosil qilish mexanizmida umumiy jihat kesuvchi 
qismining noaniq vaziyati hisoblanadi. Sirg‘alish izlaridan farqli ravishda 
ular ikkita yuzada ifodalanadi, bunda bo‘lingan (kesilgan) obyektning 
o‘zida yoki payrahada mazkur izlarni topish mumkin. Mazkur jihat 
tadqiqot o‘tkazish jarayonida hisobga olinishi zarur. Avvalo, qismlarning 


 130 
bo‘lingan obyektga va izlarning bo‘linish sirtiga tegishliligi aniqlanadi. Bu 
qismlarning tashqi qurilishi va bo‘linish sirtlarining bo‘lishdan avval 
joylashish xususiyatiga qarab aniqlanadi. 
Tadqiqot natijasida qurolning kesuvchi qirrasining iz hosil bo‘luvchi 
buyumlarga nisbatan joylashishi hisobga olinadi. Bunda hodisa sodir 
bo‘lish joyidan buyumning alohida bo‘lingan qismlarini topishda buzish 
qurolining ularga ta’sir qilish yo‘nalishi va mazkur buyumlarda izlarning 
holati to‘g‘risida aniq fikr-mulohaza qilish imkoniyatini istisno etadi. 
Masalan, gumon qilinuvchi shaxs (o‘naqay yoki chapaqay bo‘lganmi, 
zarba chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga berilganmi) to‘g‘risidagi 
dalillar mavjud bo‘lib, ular darhol ekspertizaga taqdim etilishi zarur. Ular 
o‘rganilgandan so‘ng, ekspert izlar tekshiruvini amalga oshiradi: uning 
shakli va o‘lchamini, o‘zaro joylashishi, obyekt kesimining yuzasi va 
boshqalarni tekshirib ko‘radi. 
Xususan, kesish tolalarning o‘sishi bo‘ylab  yoki ko‘ndalangiga 
amalga oshirilganligi, izlarning hosil bo‘lish yo‘nalishi, yuzaki kesish 
(yo‘nish)da qarama-qarshi va frontal burchaklar hamda chuqur kesish 
(asbob qirrasi (tig‘i) obyekt materialining ichkarisiga botirilgan) hollarida 
qarama-qarshi burchakning kattaligi aniqlanadi. Burchaklarni o‘lchash 
sirg‘alish izlarida topilgan belgilarni aniqlash kabi amalga oshiriladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qarama-qarshi burchak ham trassalarga 
nisbatan kesish va chopish izlarining o‘zaro joylashishi orqali aniqlanishi 
mumkin. 
So‘ngra izlar mikroskop ostida tekshirilib, unda aniq ko‘rinadigan 
trassalar va ular orasidagi oraliqlar sanab chiqiladi, so‘ngra ularning 
kengligi o‘lchanib, barcha belgilarning identifikatsion ahamiyati 
aniqlanadi hamda izlar orqali buzish qurolini identifikatsiya qilish 
to‘g‘risidagi masala hal qilinadi. 
Kesish orqali hosil bo‘lgan bir nechta izlar o‘zaro taqqoslanadi va ular 
aynan bitta qurol bilan hosil qilingan bo‘lishi mumkinligi  to‘g‘risidagi 
dalil-isbot topiladi. Agar hodisa sodir bo‘lgan joydan payraha keltiri-
ladigan bo‘lsa, ularning sirtida identifikatsiya qilinayotgan qurol kesuvchi 
qirrasining izlarini topish maqsadida tekshiriladi. Kesuvchi asbob ishchi 
qismining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganidan so‘ng, kesish va 
chopishning ekperimental izlari olinishi mumkin. Kriminalistikaga doir 
adabiyotlarda eksperimental izlarni olishda texnik moslamalarni qo‘llash 
bo‘yicha ko‘plab takliflar berilgan. Xususan, kesuvchi asbob ostiga 
turlicha burchak ostida joylashtirish va mumli plastinalarni kesish 
imkonini beruvchi sirpanchiq mikrotomni qo‘llash tavsiya etiladi. 


 131 
Shuningdek, maxsus yasalgan mexanik trasograf mavjud bo‘lib, uning 
yordamida mum va mis platinalarda ekperimental izlarni qoldirish 
imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan turlicha optik trasograflar qo‘llanilib, 
ular kesuvchi qirraning soyali proyeksiyasini yorug‘likka ta’sirchan 
material bo‘ylab yuritish orqali qora-oq parallel tasmalar ko‘rinishidagi 
tasvirlar hosil qilishga imkon beradi. Biroq amaliyotda bu moslamalar 
keng tarqalmagan, zero, ko‘pgina hollarda eksperimental tarzda 
tekshirilayotgan dinamik izlarda belgilarning ifodalanish birxilligiga 
erishishga yo‘l qo‘ymaydi. Hozirgi kunda hamon eksperimental izlarni 
qo‘lda bajarish eng ishonarli usullardan biri bo‘lib, bunda buzish 
qurolining qirrasini turlicha qarama-qarshi burchak ostida aylantirish 
orqali kertik va kesmalar qilinadi hamda navbatma-navbat hodisa sodir 
bo‘lgan joydan olingan izlar bilan solishtiriladi. Basharti izlar yirik bo‘lsa, 
qoidaga ko‘ra, ular yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usulga ko‘ra masshtabli 
fotosuratga olish orqali tekshiriladi. 
Kesish va qirqish izlarining tadqiqoti. Kesish va qirqish amalga 
oshirilgan asbob turini aniqlash uchun bo‘lish amalga oshirilgan 
obyektlarning yon tomonlari qurilishining belgilarini tekshirish zarur. 
Mazkur belgilarning mavjudligi asboblar qurilishi va ularning yasash 
texnologiyasi, shuningdek undagi kesuvchi qismlarning obyekt materiali 
bilan o‘zaro ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘rtasi birga qo‘shilgan 
ombir qaychi yordamida kesishda to‘g‘ri burchak ostida bir-biri bilan 
birlashadigan ikkita   maydon hosil bo‘lib, ularning birida to‘g‘ri burchakli 
qirra bo‘lsa, ikkinchisida tepa qismi nayzasimon shakldagi uncha katta 
bo‘lmagan do‘ng (g‘o‘la) yuzaga keladi. 
Kesish va qirqish izlarini o‘rganishda ularning obyektda joylashishi, 
hosil bo‘lish yo‘nalishi, obyekt chekkalarida yuzaga kelgan yuzalarning 
kesishish burchaklari, ularning o‘lchami, ifodalanish darajasi va trassaning 
yo‘nalishi, bundan tashqari, ularning sifati, kengligi va o‘zaro joylashishi 
aniqlanadi. Bularning hammasi obyektda aks etgan  belgilarining 
identifikatsion ahamiyatini baholash va izlarning identifikatsiya qilish 
uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish imkonini beradi. 
Kesish va qirqishning eksperimental izlarini  yasash uchun frontal va 
qarama-qarshi burchaklarning ta’sirini tekshirishning hojati yo‘q, chunki  
asboblarning kesuvchi qismlari (ombir, qaychi va hokazo) bir-biriga va iz 
hosil bo‘luvchi yuzaga nisbatan mahkamlangan bo‘ladi. Bunda alohida 
e’tiborni iz qabul qiluvchi obyektni tanlashga va izlar qoldirilishi mumkin 
bo‘lgan kesuvchi qirralar  yuzasini aniqlashga qaratilishi zarur. 


 132 
Qiyosiy tadqiqot asosan taqqoslash mikroskopida optik moslashtirish 
uslubi asosida o‘tkaziladi. Bunda  kesilgan va qirqilgan obyektlarning qirra 
yuzalaridagi tegishli maydonlarida joylashgan trassalar qiyoslanadi. 
Teshish izlarining tadqiqoti. Tadqiqotning dastlabki bosqichida 
asbobning umumiy belgilari va harakatlanish yo‘nalishi aniqladi. 
Chunonchi, teshikning diametriga ko‘ra, qo‘llangan parmaning diametri 
aniqlanadi. Shuni alohida nazarda tutish lozimki, teshik diametri doim (0,7 
mm gacha) parma diametridan kattaroq bo‘ladi, chunki teshikning qisman 
yorilishi yuzaga keladi. Agar ikkala tomoni ochiq teshikning bir tarafida 
qirilgan va ko‘chgan joylar soat o‘qi bo‘ylab, boshqa tarafida soat o‘qiga 
qarshi tomonga og‘gan bo‘lsa, bunda parmalash (teshish) vaqtida parmani 
uzatish qirilgan va ko‘chgan joylar soat o‘qi bo‘ylab ko‘chgan tarafda 
amalga oshirilgan, degan xulosaga kelish mumkin. 
Qator hollarda qo‘l dreli yoki elektr drelda teshik qilinganini 
aniqlashga muvaffaq bo‘linadi. Qo‘l drelidan foydalanilganini quyidagi 
alomatlardan bilsa bo‘ladi: ikkala tomoni ochiq teshikning boshlanish 
qismida tirnalgan, kesilgan joylar ko‘p bo‘ladi. Ularda konussimon 
shaklda to‘liq yoki qisman saqlanib qolgan teshik tubining qismlari 
to‘plangan bo‘ladi. Ba’zida konus shaklidagi teshik tubi saqlanib qoladi; 
teshik devorlari sirtida g‘adir-budurlar bo‘ladi; «ko‘r» (ochiq bo‘lmagan) 
teshikda uning tubi aniq ifodalangan markazga intiluvchi to‘lqinsimon 
chiziqlar, radial tarzda joylashgan do‘ngchalar, ya’ni  kesuvchi 
qirralarning to‘xtash izlari bo‘ladi. Bunda teshik tubining umumiy shakli 
uch qirrali prizmaning izini eslatadi. Odatda payraha (qipiq) fragmentar, 
konussimon, chegaralari notekis uzuq-yuluq bo‘ladi. 
Elektr drel bilan parmalash (teshish) uchun parma chiqadigan joylarda 
tekis qirqilmagan joylarning yo‘qligi xosdir. Teshik devorlari birmuncha 
tekis bo‘ladi. Bir tomoni ochiq bo‘lmagan teshiklarning tubi aniq 
markazga intiluvchi trassalardan iborat bo‘ladi. Payraha uchun yaxlit, 
spiral kabi o‘ralgan, metallning qizib ketish izlari qoramtir va uzun-uzun 
dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi. 
Yog‘ochli to‘siqlardagi ochiq bo‘lmagan teshiklarda kesuvchi 
asboblar (parma, dastparma)ning belgilari ifodalanadi. Masalan, markaz va 
tag keskich (podrezatel)ga ega spiralsimon parma yordamida qilingan 
teshikning sirtida parma markazining izi va teshik devorlarida 
keskichlardan qoldirilgan o‘yiq izlar hosil bo‘lishi mumkin. Spiralli 
dastparmani ishlatishda teshik sirti tekis, markazida vintli yo‘nilgan 
(narezka) uchining yo‘naltirilgan harakati sababli hosil bo‘lgan chuqurlik 
bo‘ladi. 


 133 
Ikkala uchi ochiq bo‘lmagan teshiklarning sirtidagi izlar bo‘yicha 
ishlatilgan parmani identifikatsiya qilish mumkin. Bu izlar yuqorida qayd 
etilganidek, bir-biriga nisbatan doirasimon joylashgan bo‘lib, parmaning 
kesuvchi qirralarining relyefini aks ettiradi. Agar teshik chuqur va  undagi 
trassalarni suratga tushirishning imkoni bo‘lmasa, qoliplash materiallari 
yordamida nusxa olinadi. Aynan shunday nusxalar eksperimental izlardan 
olinib, so‘ngra ular bir-biri bilan taqqoslanadi. Tekshirilayotgan va 
eksperimental izlardagi parma tashqi tuzilishi belgilari tekshirish 
mikrofotomoslamalar va qiya tushuvchi yorug‘lik nuri yordamida bir xil 
sharoitda amalga oshiriladi. Shuningdek, fotosuratlar yordamida ham 
taqqoslash amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bunda ularning biri diametri 
yoki xordasi bo‘ylab kesiladi va doirasimon trassalarni taqqoslash 
imkonini beradi. 
Parmani identifikatsiya qilish parmalash natijasida hosil bo‘lgan 
payrahada kesuvchi qirralar relyefining akslanishi orqali ham amalga   
oshirilishi mumkin. Bunda yoki uzun qirqma qirindi (payraxa) yoki 3-4 
mmli fragmentar qirindini olish mumkin. Qirindi (payraha) tek-
shirilayotganda uning zichlashib qolishi, parma yoki teshik devorlari bilan 
ta’sirga kirishishda buzilish imkoniyati ham hisobga olinishi zarur. 
Qirindini tekshirish yuqorida ko‘rsatilgan usullar orqali amalga oshiriladi. 
Arralash izlarining tadqiqoti. Arralash izlarining tadqiqotida arralab 
kesish qaysi tomondan amalga oshirilgani, arralab bo‘lingan qismlar bir 
butunni tashkil etganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, to‘liq arralanmagan 
va arra sal tekkan joylardagi izlardan arralash asbobining qaysi guruhga 
mansubligini aniqlash imkonini beradi. 
Arralash yo‘nalishini aniqlashda g‘udurlar (metallda) yoki tilingan 
mayda tarasha odatda arralangan joyga nisbatan qarama-qarshi joylashgan 
bo‘ladi va arra harakatlangan tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Arra 
harakatining yo‘nalishi to‘g‘risida arralangan joyning chekkalaridagi o‘yiq 
joylar dalolat berib, ular doim arralash boshlangan tomonga qaragan 
bo‘ladi. 
Arralaydigan asbobning ko‘rinishi to‘liq arralanmagan joydagi izning 
qurilishi, shakli va o‘lchami orqali aniqlanishi mumkin.  Metall qirqadigan 
dastarra (nojovka)dan qoldirilgan iz ingichka (kengligi 1,2 mm) bo‘lgan 
chuqurcha bo‘lib, uning sirti arra tishlarining joylashishiga mos 
to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Aksincha, egovdan qoldirilgan iz egov 
kesmasining shakliga mos keladi. Egovlar yassi, to‘rtburchak, uch qirrali, 
yarim doira shaklda, romb shaklida bo‘lishi mumkin. 


 134 
Arralangan joy sirtida qoldirilgan izlar bo‘yicha dastarra yoki egovni 
identifikatsiya qilib bo‘lmaydi, chunki bu izlar navbatma-navbat arra 
izlarining buyumga ta’sir qilishidan qoldirilgan trassalardan iborat bo‘ladi. 
Arralangan buyum devorlarida o‘yiq statik izlar, arra tishlarining 
to‘xtagan (kirib qolgan) joylarini  ko‘rish mumkin. Ba’zi hollarda izlar 
arra tishlarida bo‘lgan nuqsonlarni o‘zida aks ettirishi mumkin. Aynan 
shunday hollarda arralangan buyumdan arrani identifikatsiya qilish 
mumkin. 
Metallni kesuvchi tasma orqali kesishda undagi tishlarning biri trassa 
ko‘rinishida hosil bo‘lgani sababli uni tashqi qurilishi orqali identifikatsiya 
qilish imkonini beradi. 
Arralash vaqtida hosil bo‘ladigan qirindi bilan ishlash ko‘p mehnat 
talab qiladi. Hodisa sodir etilgan joydan to‘plangan qirindi (payraha)da 
begona jismlar, masalan kesish tasmasining sinib tushgan tishlari bo‘ladi, 
ulardan o‘z navbatida mikroskop ostida ko‘rish orqali xalos bo‘lish 
mumkin. 
Shundan so‘ng, sirtida arralash izlari bo‘lgan payrahalar tanlab 
olinadi. Ular tibbiy leykoplastirda shunday joylashtiriladiki, bunda izlar 
kuzatuvchi tomonga qaratilgan, undagi trassalar esa bir yo‘nalishga 
qaratilgan bo‘lsin. 
Kesish tasma sinchiklab tekshirilgandan so‘ng, uning yordamida 
zararlangan to‘siqqa mos mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan metall kesib 
ko‘riladi. Arralashda chiqqan qirindi leykoplastirda o‘xshash tarzda 
joylashtiriladi. Qiyosiy tekshirish «MSK-1» mikroskopi yoki rastrli 
elektron mikroskop (kattalashtirish imkoniyati 70–80x) yordamida amalga 
oshirilib, bunda jinoyat sodir bo‘lgan joydan olingan payraha (qirindi)da 
hosil bo‘lgan trassalar eksperimetal tarzda olingan payrahalardagi izlar 
bilan solishtiriladi. Mazkur izlar va trassalar ikkita yoki uchta payrahada 
mos kelsa, arralash ekspertizaga uchun berilgan kesish tasmasi yordamida 
amalga oshirilgan, deb xulosa chiqarishga imkon beradi. 
Kesuvchi disklar bilan ta’sir qilish izlarining tadqiqoti. Kesuvchi 
disklarining ixchamligi, mustahkamligi va yeyilishiga nisbatan 
chidamliligi va nihoyat, kesish tezligining yuqoriligi ularni samarali buzish 
quroliga aylantiradi.  Sanoat usulida «M» va «D» turdagi disklar ishlab 
chiqariladi. «D» turdagi disklar – bakalalitli va vulkanitli bog‘lam, «M» 
turdagi disklar (olmos doiralar) –  metall bog‘lamga ega. Mazkur disklar 
ishlab chiqarishda po‘lat, volfram, chinni, shisha, kvars, olovda 
yonmaydiga g‘isht, marmar, granit, quvur, quyma kesish,  chuqurchalar 
o‘yish kabi operatsiyalarni bajaradi. Bunda ular ishlab chiqarish 


 135 
samaradorligi past egovlar va metall doirali arralarning o‘rnini bosadi. 
Kesuvchi disklarning o‘lchamlari, diametrining turli-tumanligi, qalinligi 
ular bilan ta’sir qilish oqibatida qoldirilgan izlarni tekshirish orqali guruhiy 
tegishliligi, buzish holatlari va mexanizmini o‘rganishga imkon beradi. 
Kesuvchi disklar kesish asbobi sifatida qo‘llanilgani to‘g‘risida 
quyidagi belgilar dalolat beradi: 
kesish sirti nisbatan tekis bo‘lib, unda yoysimon chuqurchalar va 
do‘ngchalar mavjud; 
kesish qirralari odatda to‘g‘ri chiziqli; 
metallni kesish sohasida kuyib qolgan (metall «qochgan» kabi) izlar 
bo‘lib, ular to‘siq metalli va kesuvchi disk ta’sir qilganda hosil bo‘lgan 
yuqori haroratdan dalolat beradi; 
to‘siqning ichki tomonida g‘udurlar hosil bo‘ladi. Disklarning ta’sir 
qilish yo‘nalishi (kesish amalga oshirilgan tomon) undagi g‘udurlarning 
joylashishiga va yoysimon joylashgan chuqurlik hamda o‘yiqlardan bilsa 
bo‘ladi, bunda ularning markazi kesishning boshlanishini ko‘rsatadi. 
Disklar o‘lchami yuzaki kesish va qisman kesish orqali aniqlanadi. 
Chunonchi, mazkur izlarning kengligiga qarab,  uning taxminiy kengligi, 
kesish maydonidagi trassalar egrilik radiusiga qarab, uning tashqi diametri 
aniqlanadi. Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda diskning maydalangan va 
sinib tushgan bo‘laklari bo‘lsa, ekspert bo‘laklar orqali butunni aniqlash 
usulida ularning diskka tegishliligi masalasini hal qilishi mumkin. Yuzasi 
kesilgan joylar sirti va qisman kesilgan joylar sirtidagi dinamik izlarga 
ko‘ra, diskni identifikatsiya qilib bo‘lmaydi, zero, ular diskning aylanishi 
natijasida hosil bo‘lgan izlarning o‘zaro bir-biriga yotqizilishidan hosil 
bo‘lgan trassalarni tashkil etadi. 
Shishakeskich yordamida hosil bo‘lgan izlarning tadqiqoti. Shisha-
keskichni qo‘llash izlari butun yuzalardagi turli shakldagi chiziqlar 
ko‘rinishidagi izlar va shisha ikkiga bo‘linish qirrasidagi izlarni tashkil 
qiladi. 
Ekspert tadqiqotining asosiy maqsadi asosan buzish vaqtida shisha-
keskichdan foydalanilganmi, degan masalasini hal qilish hisoblanadi. Agar 
javob ijobiy bo‘lsa, qaysi turdagi (olmosli yoki rolikli) shishakeskich 
ishlatilgani aniqlanadi. Ayrim hollarda asbobdan nuqsonlar (kesish 
elementining buzilishi, deformatsiyasi) bo‘lsa va ular barqaror ravishda 
izlarda akslansa, identifikatsiya o‘tkazilishi mumkin. Biroq odatda 
shishaning mo‘rtligi sababli shishakeskich ta’sirining xususiy belgilari 
izlarda ifodalanmaydi. 


 136 
Shu bois, qaysi turdagi shishakeskich qo‘llangani masalasini hal qilish 
maqsadida turli yoritish sharoitida «MBS» turidagi mikroskoplar 
qo‘llaniladi. Shuningdek, rastrli elektron mikroskopdan foydalanilganda, 
tadqiqotni samaraliroq tarzda amalga oshirish mumkin. Chunonchi, uning 
yuqori darajada kattalashtirish xususiyati va ravshanlik kuchi (aniqligi) 
eng mayda belgilarni ko‘rish imkonini beradi. 
Izlarda topilgan differensiyalovchi alomatlar quyidagilardan iborat: 
– shishakeskich yordamida hosil bo‘lgan izlar dinamik xususiyatga 
ega bo‘lib, uning alohida yuzalari iz bo‘ylab ketgan parallel ariqchalardan 
iborat bo‘ladi. Izlar ikkala tomonidan tutashgan darz ketgan joylar segment 
(bo‘g‘im) ko‘rinishiga ega; 
– rolikli shishakeskich izlari, o‘zining hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra 
statik izlarga yaqin bo‘lib, mikro yoriq va siniqlarni hosil qiladi. Ular 
o‘zaro parallel va iz chizig‘i bo‘ylab ko‘ndalang joylashadi.  Izlarga 
tutashgan yirik yoriqlar uning o‘qiga nisbatan perpendikular yo‘nalishda 
cho‘zilgan bo‘ladi. 
Shishakeskich turi tadqiqot uchun berilgan shishakeskichga mos kelsa, 
uni identifikatsiya qilishdan bosh tortmaslik kerak. Bu maqsadda hodisa 
sodir bo‘lgan joydan olingan shishaga o‘xshash nusxasi bir nechta marta 
kesib ko‘riladi. Olingan izlar umumiy va xususiy belgilariga qarab 
mikroskop ostida ko‘rilib, taqqoslanadi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish