A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Terrorizm  lotincha so‘z bo‘lib, «dahshat» degan ma’noni anglatadi. 
Terrorizm O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  155-moddasida 
nazarda tutilgan va portlatishlar, o‘t qo‘yishlar yoki odamlarning halok 
bo‘lishi, katta mulkiy zarar keltirish yoxud ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib 
kelish xavfini tug‘diruvchi boshqa harakatlar sodir etishdan iborat bo‘lgan 
va jamoatchilik xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat. Mazkur 
harakatlarning jamoat xavfsizligini buzish, aholini qo‘rqitish yoxud 
hokimiyat organlarining qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida 
amalga oshirilganligiga, shuningdek, ana shu maqsadlarda amalga 
oshirilish xavfi mavjudligi ushbu jinoyatning muhim jihatlarini tashkil 
etadi
2

Terrorizm va xalqaro terrorizm uyushgan jinoiy guruh sifatida 
hududiy va millatlararo muammolarni yuzaga keltiradi. Bugungi kunga 
kelib siyosiy ekstremistlar, kriminal ishga qo‘l urgan biznesmenlar va 
jinoiy jazoni o‘tab qaytgan ba’zi bir shaxslar jamiyatga, aniqrog‘i 
odamlar taqdiriga katta xavf tug‘dirmoqdalar. 
Hozirgi vaqtda terrorchi shaxs va terrorchilik xatti-harakatlarini 
yuzaga keltiruvchi psixologik mexanizmlar to‘liq o‘rganilmagan, shuning 
                                         

Qarang:  Баймуханов  З.  Дин – бузғунчиликка  қарши  // Қалқон.  –2006.       
–№5. – 28–29-б.
 
2
 Qarang: Юридик энциклопедия / проф. У. Таджиханов таҳрири остида – 
Т., 2001. – 434-б.
 


 179 
uchun terrorizmga qarshi kurashish va uning oldini olishda psixologik 
bilimlar muhim o‘rin egallaydi. 
Zamonaviy terrorizmning psixologik o‘ziga xos belgilari: 
1) terror – psixologik ta’sir etish vositasi; 
2) terrorchilik aktlar oldindan puxta rejalashtiriladi va vahshiyona 
amalga oshiriladi; 
3) terror umuminsoniy qonuniyatlarni inkor etadi; 
4) o‘z qarashlarini ochiq-oydin oshkora etadi; 
5) terrorchilik zamonaviy ommaviy axborot vositalari bilan qurollan-
gan. 
Terror psixologik ta’sir etish vositalaridan biridir. Uning o‘ziga xos 
jihatlaridan biri insonlar ongida qo‘rquv hissini paydo qilish, jamiyatda 
murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirishdan iborat. Odamlar ongida 
qo‘rquv hissini paydo qilish uning asosiy mohiyati sanaladi. Ularning 
asosiy obyekti kim terror qurboni bo‘lgani emas, balki kimning tirik 
qolganidir. Terrorchilikning asosiy maqsadi odam o‘ldirish emas, tirik 
qolgan shaxslarni ruhan sindirishdir. Shu nuqtai nazardan terrorchilik 
faqat moddiy va siyosiy zarar yetkazadi. 
Terrorchilik aktini sodir etish bu oddiy ish bo‘lmay, u yashirincha, 
puxta va mukammal ravishda amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga 
oshirish uchun oylab, yillab tayyorgarlik ko‘riladi.  
Terror umuminsoniy qonuniyatlarni inkor etadi, insonlarning huquq 
va erkinliklarini tan olmaydi. Terrorchilar o‘z xatti-harakatlarini ochiq 
oydin oshkor qiladilar. Terrorchilik jamiyatga nooshkora e’lon qilingan 
udum, uning asosida qadrsizlangan inson hayoti mavjuddir. 
Hozirgi kunga kelib terrorchilik zamonaviy ommaviy axborot 
vositalari bilan to‘liq qurollangan. Ba’zi holatlarda ommaviy axborot 
vositalari orqali ular insonlar ongiga kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatadilar. 
Terrorchilik faoliyatida katta auditoriyalarga, keng ommaga ta’sir 
o‘tkazish muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, zamonaviy terror-
chilikda ijtimoiy xavfli bo‘lgan quyidagi sifatlar aniq namoyon bo‘ladi: 
– insonlarning ommaviy qurbon bo‘lishi, moddiy zarar keltirishi, 
uning oshkorona va hamda vahshiyona tus olishi
– terrorchilik tizimining moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash-
ning yuqori darajasi; 
– xalqaro terrorchilik tizimlarining foydali qazilmalar hamda 
energiya manbalariga egalik qilish uchun intilishi; 
– xalqaro va millat darajasidagi terrorchilik tizimlari o‘rtasida qat’iy 
aloqa, shu bilan birga, odam savdosi, qurol-yarog‘, psixotrop moddalar va 
narkotik vositalar bilan, noqonuniy jinoiy uyushmalar bilan aloqadorligi; 


 180 
– yollanma shaxslardan faol foydalanishi; 
– yadro quroli, ximik, biologik va boshqa ommaviy qirg‘in qurol-
lariga ega bo‘lishga intilish, Terrorchilarning ushbu qurollardan jinoiy 
faoliyatlarida foydalanish xavfi; 
– yangi terrorchilik ko‘rinishlarining paydo bo‘lishi (muhim sanalgan 
davlat va jamiyatdagi kompyuter boshqaruv tizimini blakirovka qilish);  
– ijtimoiy tashkilotlar qaramog‘i ostida harakat qilishi, ya’ni jangga-
rilarni tayyorlash uchun o‘quv markazlari va lagerlar, qurol-yarog‘ va 
oziq-ovqat uchun omborxonalar tashkil etish, terrorchilik aktlarini sodir 
etish uchun firma, bank va fond tashkilotlari xizmatidan foydalanish va 
boshqalar
1
.  
Bundan ko‘rinib turibdiki, terrorchilik faoliyati va u amalga oshirishi 
mumkin bo‘lgan qilmishlar jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.  
Xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda samarali usullarni ishlab 
chiqish va uni tatbiq etish uchun uning kelib chiqishi va namoyon bo‘lishi 
haqida tasavvurga ega bo‘lish kerak: 
– terrorchilik aktlari sodir etiladigan joylarini oldindan ko‘ra bilish 
juda qiyin, ba’zan umuman aniqlab bo‘lmaydi, biroq jinoyatchilar yuqori 
darajada natijaga erishish uchun obyekt tanlaydilar; 
– terrorchi shaxsining sifatlarini odatda aniqlab bo‘lmaydi (o‘z joniga 
qasd qiladi, u voqea joyidan qochib ketganida ham noma’lum bo‘lib 
qoladi); 
– xalqaro terrorizm jahon bo‘ylab rivojlanmoqda, shuning uchun 
Terrorchilarning hujum qilish obyekti aholi, ma’muriy binolar va quril-
malar bo‘lib, ular nafaqat terrorchilik aktlari olib borilayotgan davlat 
hududida, balki boshqa davlatlarda ham o‘z aksini topadi. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shunday xulosaga kelish 
mumkinki, terrorizmga qarshi kurash kompleks tarzda amalga oshirilishi 
(terrorchi guruhlar va a’zolarining yo‘nalganlik darajasini aniqlash, 
Terrorchilarning xalqaro aloqalarini buzish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan 
terrorchilik aktlariga tayyorgarlik haqidagi ma’lumotga o‘z vaqtida ega 
bo‘lish, aybdorlarni ushlash va ularni huquqni muhofaza qilish organlari 
ixtiyoriga topshirish) lozim. Terrorchilik aktlarini sodir etuvchining 
shaxsi, sodir etilishi vaqti va joyining noma’lumligida asosiy diqqat-
e’tiborni akt sodir etilishi mumkin bo‘lgan obyektlarga va ular tomonidan 
foydalanish mumkin bo‘lgan vositalarga qaratish kerak.  
                                         
1
Qarang: Основы противодействия терроризму / Под ред. Я. Д. Вишнякова.         
– М., 2006. – С. 27–28. 
 


 181 
 Turli ko‘rinishdagi jinoyatlarga qarshi kompleks tarzda olib borila-
digan kurashda asosiy e’tiborni jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi shart-
sharoit va sabablarga qaratish lozim. Zamonaviy xalqaro va milliy 
terrorizmda bunday ta’sir etish ba’zi bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 
  Terrorchi shaxsining zamonaviy sifatlari o‘ziga xos xususiyatga ega. 
Bu odatda diniy fanatlar, zamonaviy sivilizatsiya va madaniyatga bo‘lgan 
munosabat, boshqa e’tiqodlarga va boshqacha fikrlovchilarga g‘arazlik 
bilan qarashda namoyon bo‘ladi. Terrorchilik aktini sodir etishga 
chog‘langan shaxs ma’lumki o‘zini o‘zi qurbon qilishga tayyor bo‘ladi. 
Bunday insonlarning shaxsiga ta’sir etish juda ham qiyindir. Ularni qayta 
tarbiyalashning umuman iloji yo‘q. Terrorchi shaxsni individual tarbiya-
lash mumkin, buni esa insoniy, barcha madaniy qadriyatlar o‘z aksini 
topgan demokratik davlatda amalga oshirish mumkin. 
 Terrorizm ma’lum sabab va vaziyatlarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Bu 
sabablar shaxsiy (fanatik tarbiya bazasi asosida) motivlar bo‘yicha, ya’ni 
yaqin qarindoshlaridan (turmush o‘rtog‘i, otasi, akasi) birining o‘limi 
yoki qamalishi, urush davrida uyining buzilishi yoki moddiy boyligini 
yo‘qotishi, mahalliy rahbarning qattiqqo‘lligi natijasida (agar ular boshqa 
millat va boshqa e’tiqodda bo‘lsa) namoyon bo‘ladi.  
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish