182
4) o‘zining omadsizliklariga jamiyatni aybdor deb bilish, ijtimoiy
adolatsizlikni boshdan
kechirish;
5) ijtimoiy yakkalanish va begonalashuv, hayotga va kelajakka
qiziqishning so‘nishi;
Yuqorida keltirilgan tavsiflar terrorchi shaxsining qandaydir umum-
lashgan psixologik xususiyatlar hisoblanadi. Shu o‘rinda shaxsning
guruhga kirishida bir qator siyosiy-mafkuraviy motivlar ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Lekin ular ko‘proq chuqur shaxsiy motivlarni
takomillashtirish shakli hisoblanadi.
Terrorchi guruhlardagi individlar psixologik jihatdan to‘liqsiz yoki
izdan chiqqan psixoijtimoiy moslik natijasi ekanligini ko‘rishimiz
mumkin. Bular uning uchun barqarorlashtiruvchi psixologik asos hisobla-
nadi, o‘zini yaxlit shaxs sifatida his qiladi.
Terrorchi shaxs uchun dunyoni salbiy jihatdan tushunish bir qator
omillar ta’siri ostida vujudga kelishi xarakterlidir. Birinchidan, o‘z-o‘zini
boshqarish imkoniyatlari va real dunyoni ideal obrazi orasidagi tafovut
tegishlidir. Bu ideal subyektning shaxsiy va ijtimoiy jihatdan bilishining
qarama-qarshiligidir, natijada terrorchi shaxsda «Men yaxshi, dunyo
yomon» degan qarash shakllanadi. Bu qarash turli xil despruktiv
harakatlarni oqlash va o‘z-o‘zini ruhiy himoyalash vositasi bo‘lib qoladi.
Terrorchilik faoliyatini ta’minlashga jalb etilgan
ijtimoiy-psixologik
omillar.
Terrorchi tashkilot, boshqa har qanday jinoiy tashkilot singari,
murakkab iyerarxik tuzilishga ega va uning turli pog‘onalarida turli xil
odamlar joylashadilar hamda ularga individual xususiyatlar xosdir. Lekin
terrorchilik faoliyati, boshqa har qanday faoliyat singari, ana shu faoliyat
bilan shug‘ullanuvchi insonlarda ma’lum bir tipik xulq-atvor va
shaxsning o‘ziga xosliklari ishlab chiqilishiga olib keladi. Binobarin,
terrorchi tashkilotga qo‘shilishning o‘zi ham shaxsdan
muayyan u yoki bu
iyerarxik pog‘onaga mansub bo‘lgan xususiyatlarning mavjud bo‘lishni
oldindan taqozo qiladi.
Terrorizm muammosining turli xil psixologik tadqiqotlarini umum-
lashtirgan holda, Terrorchilar shaxsiyatining quyidagi tasnifini keltirish
mumkin:
1. Tashkilotchilar:
mafkuraviy fanatlar;
bevosita tashkilotchilar
;
namoyishkorona tip.
2. Ta’minlovchilar
: yollovchilar;
teraktlarni tayyorlovchilar;
peda-
gog-murabbiylar; texnologlar.
3. Bajaruvchilar:
tajovuzkor tip
; fanatik tip
; zombilashtirilgan tip
;
qasoskor tip; avantyurist tip.
183
Birinchi kategoriyaga a’zo bo‘lganlarni genetik Terrorchilar yoki
insonlar deyish mumkin, ular yoshlik davridan terrorchilik
faoliyati bilan
shug‘ullanishga moyil bo‘lgan shaxslardir. Hozirgi zamon tibbiyoti nuqtai
nazaridan olib qarasak, genetik Terrorchilar miya tuzilishining mavjud
tug‘ma yoki erta yoshligidagi og‘ishlari natijasida hokimiyatni qo‘lga
olish, boshqarish kabi illatlarga mubtalo bo‘ladilar. Ularda siyosiy yoki
ijtimoiy ko‘rinishdagi hokimiyatga pog‘onama-pog‘ona erishish emas,
balki umuminsoniy qadriyatlarga zid bo‘lgan vahshiyona xatti-
harakatlarni amalga oshirish orqali erishish ustun turadi.
Mafkuraviy fanatlar Terrorchilarning
juda xavfli tipi hisoblanadi,
shaxsiy e’tiqodlari (diniy, mafkuraviy, siyosiy) va xatti-harakatlariga,
shuningdek o‘z dunyoqarashlari, o‘zining gunohsizligi hamda insonlar-
ning taqdirini boshqarish mumkinligiga ishonadilar. Ushbu toifadagilar
notiqligi, yetarli darajada yuqori aqliy darajasi va boshqa odamlarga
samarali psixologik ta’sir eta olish qobiliyati mavjudligi bilan ajralib
turadilar.
Bevosita tashkilotchilar – ma’lum ma’noda barqaror
va sovuqqon
tip. Aniq teraktlar, oldindan o‘ylangan va rejalashtirilgan terrorchilik
aktlari g‘oyaviy ta’minlanganlik va emotsional qat’iyatlilik bilan amalga
oshiriladi. Lider ushbu faoliyatdan tashqarida bo‘lishni ma’qul ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: