A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

 Namoyishkorona tip – ochiqchasiga jangovar boshqaruvchi, maqtan-
choq va o‘zini yaxshi ko‘ruvchi «dovyurak-jangchi». Barcha narsalar va 
hammaga nafrat ko‘zi bilan qarab lazzatlanadi. O‘z-o‘zini buyukligiga 
ishontirish ularga xos xislat. 
Ikkinchi kategoriyaga turli ko‘rinishdagi noqonuniy yoki jinoiy 
yo‘llar yordamida oddiy mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar 
kiradi.  
 Yollovchi – boshqalarni terrorchi tashkilotlarga jalb qiluvchi shaxs. 
Yuqori va tez psixologik aloqa o‘rnatishga moyil, psixotexnologik 
ko‘nikmalarga ega, ishontirib (gipnoz) ta’sir qilishi bilan ajralib turadi. 
Ushbu toifadagilar terrorchi tashkilotlarda eng kuchsiz bo‘g‘in hisoblanib, 
ularning vazifasi ta’sirga tez beriluvchi odamlarni aniqlash va topib, 
psixologik ta’sir o‘tkazishdan iborat. 
Teraktlarni tayyorlovchilar asosan sobiq maxsus xizmat xodimlari 
bo‘lib, ikki yoki undan ortiq davlatlarda maxsus xizmatlarda tayyor-
garlikdan o‘tganlar. Ularda uzoq yillar davomida qo‘poruvchilik, ba’zan 
esa antiterrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish natijasida terrorchi 
shaxslarga xos bo‘lgan psixologik sifatlar shakllangan. Biroq, yosh 
jihatidan yoki biror-bir sabab tufayli davlat xizmatining ijtimoiy 


 184 
yo‘nalganligini o‘zgartiradi. Masalan, ular odatiy davlat xizmatida, biroq 
«dushman tarafi»da bo‘lib faoliyat olib boradilar. Bunday maxsus xizmat 
xodimlarining ma’naviy-axloqiy, insoniy qadriyatlari qo‘poruvchilik 
faoliyati bilan uzoq yillar davomida shug‘ullanishi natijasida yo‘q bo‘lib 
ketgan. Ijtimoiy yo‘nalganlikning o‘zgarishida asosiy rolni «moddiy 
manfaat» o‘ynaydi. Terrorizmda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar 
uchun davlat xizmatiga qaraganda bir necha barobar ko‘p haq to‘lanadi. 
Pedagog-murabbiylar  teraktlarni tayyorlovchilar bilan bir jabhada 
faoliyat ko‘rsatadilar. Bu shaxslar terrorchilik faoliyatining barcha 
mutaxassisligi bo‘yicha yo‘riqchi (instruktor)lik faoliyati bilan shug‘ul-
lanadilar. Odatda ular boylik girdobiga tushgan sobiq maxsus xizmat 
xodimlaridir. Pedagog-murabbiy Terrorchilarning professional faoliyati 
o‘zgarmaydi. Ular ilgari terrorizmga qarshi kurashishni o‘rgatgan 
bo‘lsalar, endilikda esa, o‘tmishdagi tajribalariga suyangan holda, Terror-
chilarni o‘zlarining sobiq shogirdlariga qarshi kurashishga o‘rgatadilar. 
Texnologlar  ham terrorchi tashkilotlarning a’zolar bo‘lib, ularning 
asosiy vazifasi teraktlarning sodir etilishini texnik jihatdan ta’minlab 
berish hisoblanadi. Aniq terrorchilik xatti-harakatlarini sodir etish uchun 
shart-sharoitlarni tayyorlash va portlovchi moslamalarni yaratish sohasida 
texnik, hamda boshqa malakalarga ega bo‘ladilar. Kimdir Terrorchilar 
uchun soxta hujjatlar, kimdir transport vositasi va samolyot uchun chipta, 
yana kimdir portlovchi moslamalar uchun omborxonalar tayyorlaydi. 
Uchinchi kategoriyadagi shaxslar terrorchi tashkilotning eng quyi 
pog‘onalarida turadilar va ularning asosiy vazifasi bevosita teraktlarni 
amalga oshirish hisoblanadi. Bular portlovchi moslamani hodisa joyiga 
olib boruvchi, masofada turib portlovchi moslamani harakatga kelti-
ruvchi, o‘limdan qaytmaydigan yo‘l ko‘rsatuvchilar, o‘zini «qurbon» yoki 
«shahid» qiluvchi ayol va erkaklardir. 
Tajovuzkor tip toifasidagi odamlar zo‘rlashga, o‘ldirishga, hamma 
narsani buzishga va hammani qo‘rqitishga xos tajovuzkor ehtirosga ega. 
Terror – emotsional qoniqishning asosiy usuli. Ushbu toifadagilar «qotib 
qolgan» (otmarozka), umuman ma’naviyatsiz, vahshiy, rag‘batlantirish 
uchun ishlovchi, kimni so‘yish va kimni otish ularga baribir. 
Fanatik tip Terrorchilarning eng xavfli tiplaridan biridir, ular 
teraktlarni sodir etishga borishda o‘z o‘limiga oldindan va ongli 
tayyorlanadilar. 
Zombilashtirilgan toifadagilar o‘z joniga qasd qilish vazifalarini ideal 
tarzda bajaruvchilardir. Dasturlashtirilgan avtomat sifatida va ta’sirga 


 185 
berilish oqibatida harakat qiladi. Vazifani bajarishda tez fikrlaydi va 
qo‘rquvni his qilmaydi. 
Qasoskor tipning asosiy motivi o‘zi uchun, yaqinlari yoki do‘stlari 
hamda yagona e’tiqoddoshlari uchun qasos olish hisoblanadi. Ushbu 
toifadagilar ichida ko‘proq o‘spirinlar va ayollar uchraydi. 
Avantyurist tip – qattiq siyosiy e’tiqod va barqaror siyosiy yo‘na-
lishga ega bo‘lmagan odam. Ushbu toifadagi odamning boshqalardan 
farqi – yakka holda harakat qiladi. 
Uchinchi kategoriyaga kiruvchi «bajaruvchilarni» o‘z joniga qasd 
qiluvchi-Terrorchilar toifasiga kiritish mumkin. Ushbu toifadagi odamlar-
da o‘lish va o‘ldirishga xohish yuqori bo‘ladi, o‘zini juda kuchsiz his 
qiladi. Ushbu e’tiqodning ichki motivlaridan biri o‘z kuchi bilan zaiflik-
dan qutilishdir. Bunday odamlarda tobelik ekstremal kechinma 
hisoblanadi. 
O‘z joniga qasd qiluvchi Terrorchilarning maqsadlari – odamlar ko‘p 
joylarda, shaharning markaziy tumanlarida o‘zlariga katta e’tibor qara-
tishni nazarda tutadi. Agar aholidan to‘sib qo‘yilsa, u ko‘proq huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini yo‘q qilishga harakat qiladi. Ular 
muzokara olib borishda bir maqsadni ko‘zlaydi – yon-atrofiga imkoni 
boricha ko‘proq odamlarni yig‘ish, ya’ni o‘z jonini qimmatroqqa sotishga 
harakat qiladi. 
Terrorizm keyingi paytlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. 
Agar ilgari muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida uning odamlarni 
garovga olish, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otish, u yoki bu davlat 
obyektlarini portlatish, davlat arbobiga suiqasd qilish va hokazo 
ko‘rinishlari kuzatilgan bo‘lsa, bugun o‘z g‘arazli maqsadi yo‘lida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson resurslaridan foydalanish hollari ham ommalashib 
bormoqda. Terrorizmning bu ko‘rinishi «qurbonlik» yoki «shahidlik» 
terrorizmi deb ataladi. 
«Qurbonlik» yoki «shahidlik» terrorizmi xalqaro terrorizmning bir 
ko‘rinishi sifatida turli ijtimoiy-siyosiy tartiblarda muayyan sabablar va 
omillar ta’sirida namoyon bo‘ladi. Uning bunday ko‘rinishi O‘zbekistonni 
ham chetlab o‘tmadi. 2004 yil 29-30 mart kunlari «shahidlik» 
terrorizmining dastlabki ko‘rinishi kuzatildi
1

Odatda «shahidlik»ni qaror qilgan shaxslar o‘z jonini qurbon qilishni 
taklif qilmaydilar. Ularni «ma’naviy murabbiyi» yoki sardori tanlab oladi. 
                                         
1
 Qarang: Қодиров А., Исмоилов М. «Қурбонлик» ёки «шаҳидлик» кўрини-
шидаги терроризм // Ҳуқуқ–Право–Law. –2004. – №2. –16–17-б.
 


 186 
Shundan so‘ng esa uzoq muddatga rejalashtirilgan psixologik tayyorgarlik 
jarayonlari boshlanadi. «Qurbonlik» yoki «shahidlik» maqomidagi 
Terrorchilarni odatda Yaqin Sharq, Kavkazorti, Afg‘oniston va Pokis-
tonda tayyorlaydilar.  
«Qurbonlik» yoki «shahidlik»ka mubtalo bo‘lgan Terrorchilarni 
zararsizlantirish juda mushkul, chunki u o‘limga tayyor. Bunday nobakor 
ishlarga qarshi maxsus xizmat xodimlarining samarali mehnatlari orqali 
natijaga erishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, terrorchi har 
soniyada hayot bilan vidolashishga tayyor emas. U doimiy ravishda 
barmog‘ini harakatga keltiruvchi tugmada tutib turishi mumkin emas. 
Terrorchi o‘z joniga qasd etishi uchun kamida yarim daqiqa vaqt kerak 
bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Mana shu yarim daqiqa hal qiluvchi vazifani 
bajaradi.  
Terrorchi shaxsning sifatlari: 
1) tajovuzkor va shafqatsiz (qattiq qo‘l) xulq-atvorga egalik; 
2) o‘zini oqlash. Siyosiy mafkuraviy motivlar odatda shaxsni yashirin 
ehtiyojlarini qondirish sifatida namoyon bo‘ladi; 
3) agressivlik xususiyati, ya’ni voqelikka  to‘g‘ri baho bera olmaslik, 
aybni tashqi omillardan qidirish va o‘zining muvaffaqiyatsizligini 
vaziyatga yuklashga moyillik; 
4) terrorchi tashkilotlarga, uning vazifa va ideallariga ko‘r-ko‘rona 
sodiqlik; 
5) yetarli darajada aqliy rivojlanmaganlik, bilim darajasining pastligi; 
6) odatda nosog‘lom oilalardan chiqqanligi, ijtimoiy patologik rivoj-
lanishga ega bo‘lmaganligi. Jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmagan odamlar, 
ish o‘rnini yo‘qotgan yoki unga ega bo‘lmaganlar, yaqin kishilarini 
yo‘qotganlar, jismoniy imkoniyati chegaralangan shaxslar, og‘ir psixot-
ravmalarni boshidan kechirganlar, terrorchilik yoki diniy an’analarga 
rioya qiladiganlarning qarindoshlari, farzandlari yoki nevaralari bo‘lishi 
mumkin; 
7) doimo o‘z «men»ligini himoya qilish, o‘z fikrini tasdiqlashga 
intilish, boshqa insonlarning istak va hissiyotlariga e’tibor bermaslik va 
fanatizm;  
8) shoshqaloqlik, o‘zgaruvchanlik, ikkilanishlar  va hokazo.  
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish