190
vaqtni oluvchi «og‘ir ishda» qatnasha turib vaziyatni esdan chiqarishga
urinishi mumkin. O‘zini garovga oluvchi bilan bir xil deb o‘ylashi
natijasida qutqaruvchilar va ularning intiluvchanligini haqiqatan ham
bo‘lib o‘tayotgan voqeada qoralashi mumkin.
Muzokara olib borish nuqtai nazaridan bu sindrom bir vaqtning
o‘zida ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Ijobiy tomoni shundan
iboratki, «Stokgolm» sindromi qanchalik kuchli bo‘lsa, garovga oluvchi
garovdagilarni o‘ldirishi ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi. Boshqa
tomondan garovga olinganlardan kelayotgan xabar ishonchli bo‘lmasligi
mumkin.
Odamlar garovga olinganda ularning hayotini saqlab qolish, garovga
oluvchilarni ushlash va mulkni qaytarish yoki muhofaza qilish asosiy
vazifa hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari muzokara predmeti bo‘lishi mumkin.
Faqat
so‘rashayotgan narsanigina berish kerak. Agar buterbrod so‘rashsa,
faqat
buterbrod berish, unga ichimlikni yoki boshqa narsani qo‘shish kerak
emas.
Ichimliklar ham muzokara predmeti bo‘lishi mumkin. Qoida
tariqasida, bu alkogolli ichimliklarga tegishli emas. Bordi-yu, ishonchli
manba orqali alkogol garovga oluvchini bo‘shashtirishi va yumshatishi
ma’lum bo‘lsa, uni berishga tavakkal qilib ko‘rish mumkin. Agar
aksincha, alkogol uni asabiy va janggari qilib qo‘yishi ma’lum bo‘lsa,
hech qanday holatda unga ichimlik berish kerak emas.
Garovdagilarni ozod qilish hamisha muzokara predmetidir. Garovga
oluvchilarga ozodlik berish ham shunday predmet bo‘lishi mumkin.
Ularni ozod qilishga faqat garovdagilar qo‘yib
yuborilgandan keyingina
va’da bergan ma’qul.
Sotib olish eng ko‘p tarqalgan talablardan biridir. Bu tajriba
ko‘pincha garovga oluvchi shaxs o‘rab olinganda qo‘llaniladi.
Garovdagilarni boshqa shaxslarga almashish ko‘p sabablarga ko‘ra
qoniqarsiz taktikadir. Garovdagi odamni huquqni muhofaza qilish
idoralari xodimiga almashtirish keskinlikni kuchaytiradi, chunki u
garovga oluvchi uchun katta xavf tug‘diradi. Bundan tashqari, garovga
oluvchi uchun oddiy fuqarodan ko‘ra huquq-tartibot xodimini o‘ldirish
ko‘proq obro‘ keltiradi.
Garovdagilarni garovga oluvchining oila a’zolariga ham almash-
tirmaslik kerak. U «o‘z-o‘zini o‘ldirish uchun odam to‘plash» maqsadida
qarindoshlari va do‘stlarini talab qilayotgan bo‘lishi mumkin.
191
Almashuvni amalga oshirish ancha
qiyin jarayon, chunki siz garovga
oluvchiga yana bir kishini garovga berib, evaziga hech nima olmaslik
tavakkali xavfi ostida qolasiz. Bundan tashqari, har bir almashilgan
garovga olinuvchi bilan siz «Stokgolm sindromi» bilan bog‘liq bo‘lgan
ustunlikni yo‘qotasiz.
Qanday qilib bo‘lsa ham muzokaralarni cho‘zish kerak.
Vaqt
garovdagilar sog‘-salomat va ziyon yetmay ozod qilinishiga xizmat qiladi.
Buning quyidagi sabablari bor:
1) oziq-ovqat, ichimlik suvi, uyqu va shu kabilarga bo‘lgan
ehtiyoj
ortib boradi;
2) xatar kamayib boradi;
3) odamlarning ko‘pchiligi hissiyotlarini jilovlay boshlaydi;
4) «Stokgolm sindromi» shakllana boshlaydi;
5) garovdagilarda qochib ketishga ko‘proq imkoniyat paydo bo‘ladi;
6) olingan ma’lumotlar ishni yaxshiroq bilib qaror qabul qilishga
imkon beradi;
7) muzokara olib boruvchi va garovga oluvchi o‘rtasida yaxshi
munosabat va ishonchlar muhit o‘rnatilishi mumkin;
8) garovga oluvchining talablari kamayishi mumkin;
9) nizo o‘z-o‘zidan barham topishi mumkin. Ba’zan garovga
oluvchilar evaziga hech nima talab qilmay, o‘z asirlarini shunchaki qo‘yib
yuborganlar.
Garchi vaqt shubhasiz muzokaralarga qulaylik tug‘dirsa-da, shuning-
dek, salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Muzokara olib boruvchi
va qutqaruvchilar charchoq ta’siriga tushib qolishlari natijasida xatolar
qilishlari, nizoni tugatish istagida huquq-tartibot kuchlari voqealarni
tezlashtirishni xohlab qolishlari, masalan, ular tegishli ehtiyot choralarini
ko‘rmay, garovga oluvchilarga yaqinlashishi yoki o‘zlari yashiringan
joyda hushyorlikni yo‘qotishlari mumkin.
Muloqot o‘rnatish uchun vaqtni aniq belgilab olish,
garovga oluv-
chiga tinchlanishi uchun vaqt berish lozim. Vaqtidan
oldin qilingan aloqa
undagi stressni yuqori darajaga yetkazishi hamda uni o‘ylab ko‘rilmagan
va tajovuzkor talablarga undashi mumkin. Agar unda tinchlanish va
vaziyatni real baholash uchun vaqt bo‘lsa, uning talablari mulohazaliroq
bo‘ladi.
Aloqaga kirishishda megafonlar va ovoz kuchaytirgichlar ishonch
muhiti hamda yaxshi munosabat o‘rnatishga zarar qilishi mumkin.
Yuzma-yuz muloqot garovga oluvchining ruhiy holati haqida yaxshiroq
mulohaza yuritishga imkon beradi. Muzokara olib boruvchini ko‘rish
192
imkoni ham munosabatlarni yaxshilashi mumkin.
Yuzma-yuz muloqot-
ning asosiy kamchiligi muzokara olib boruvchi duch keladigan xavfning
o‘sib borishidir. Faqat boshqa aloqa vositalari orqali aloqa o‘rnatilgandan
keyingina yuzma-yuz muzokara olib borishga kirishish mumkin, ya’ni
muzokara himoya to‘siqlari mavjud bo‘lganda olib borilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: