A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


 Terrorizmga qarshi kurashishining psixologik muammolari



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

9.3. Terrorizmga qarshi kurashishining psixologik muammolari
 
 
 Shuni ta’kidlash lozimki, terrorizm xavfini bartaraf etish mumkin, 
ushbu muammoni hal etib bo‘lmaydi, deb hisoblash noto‘g‘ri. Terrorizm 


 187 
ustidan g‘alaba qozonish jamiyatning barcha qatlamlari va guruhlarining 
harakatlarini birlashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari profilaktik chora-tadbirlarni olib 
borayotganda zamonaviy terrorizmning asosiy g‘oyalari va mafkurasini, 
mavqeini obro‘sizlantirishga qaratilgan harakatlarni tashkil etishlari 
kerak. Profilaktik faoliyat davomida shaxsning birdaniga terrorchi bo‘lib 
qolmasligi holatini hisobga olish lozim Terrorchilik faoliyatga shaxslarni 
jalb qilish uzoq muddatli jarayondir. Odatda bu hol o‘ziga xos psixologik 
tuzilishga ega bo‘lib, alohida guruhlar faoliyati bilan amalga oshiriladi. 
Shuning uchun ham ushbu guruhlarni aniqlash va faoliyatining oldini 
olish juda muhimdir. 
Profilaktika faoliyati terrorchi guruh va tashkilotlarning shakllanishi 
va amal qilishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini hisobga olishni 
taqozo etadi. Bu guruhlarning psixologik tarkibi, bajarayotgan vazifalari-
ning taqsimlanishi, guruhlararo o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini 
bilish juda muhimdir. Bunday uyushgan jinoiy guruhlarni bo‘lib tashlash 
(ajratish) uchun ishlab chiqilgan taktik psixologik metodlarni qo‘llash 
muhimdir: 
– guruh liderlarini ajratish metodi; 
– guruh liderlarini obro‘sizlantirish metodi; 
– guruhni ichidan «buzish» metodi (portlash); 
– guruhning ichki munosabatlarida ziddiyatlarni keltirib chiqarish 
metodi; 
«zaif bo‘g‘indan» foydalanish metodi va boshqalar 
Terrorchilar narsa va shaxslarni garovga olgan vaziyatlarda aniq 
kontrterror operatsiyalarni amalga oshirish psixologik jihatdan juda 
qiyindir. Bunday vaziyatlarda xodimlarning muvaffaqiyatli harakati 
garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni to‘g‘ri olib 
borishiga bog‘liq. 
Garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha olib boriladigan muzoka-
ralarda psixologik nuqtai nazardan nimani hisobga olish zarur? 
1. Jinoyatchi shaxsini chuqur o‘rganish. Bu jinoyatchi bitta yoki ko‘p 
bo‘lishidan qat’i nazar muvaffaqiyatli muzokara olib borishning birlamchi 
asosidir. Bu masalaning murakkabligini hisobga olgan holda jinoiy 
guruhning har bir qatnashchisi o‘rnini aniqlash, uning imkoniyatlari, 
boshqa qatnashchilarga ta’sirini o‘rganish muhimdir. 
2. Jinoyatchilar bilan muzokara olib borish majburiy xarakterga ega. 
Bu fuqarolar erkinligi, sog‘lig‘i, hayotini himoya qilish zarurati hamda 
boshqa huquqiy himoya qadriyatlari bilan bog‘liq. 


 188 
3. Jinoyatchilar bilan muzokaralar olib borishning yana bir muhim 
xususiyati bor: ular ko‘pincha kim bilan muzokara olib bormoqchi bo‘lsa, 
o‘sha odamni tanlaydilar. O‘rganilgan holatlar qolib, muzokaralar jinoyat-
chilar bilan aloqasi yo‘q vositachilar yordamida olib boriladi. 
4. Barcha tugallangan muvaffaqiyatli muzokaralardan olingan asosiy 
xulosa shuki, jinoyatchi garovga olinganlarning sog‘lig‘i va hayotini 
kafolatlasa muzokara o‘tkazishdan ma’no bordir. Muzokara davomida 
garovga olinganlarga nisbatan zo‘rlik ishlatilmasligi uchun jinoyatchilar-
ning talabi albatta qondirilishiga ishontirish kerak. 
Garovga olinganlarni qutqarish uchun muzokara olib borishda quyi-
dagi psixologik omillar hisobga olish kerak: 
1) garovga olgan jinoyatchining shaxsi; 
2) garovga olishning odatiy motivlari; 
3) garovga oluvchilarning o‘zini tutishini oldindan ko‘rish; 
4) muzokaralar o‘tkazish jarayoni; 
5) muzokara olib boruvchi va psixolog maslahatchini ta’minlash; 
6) muzokara olib boruvchi, rahbar va qutqaruv guruhi o‘rtasidagi 
o‘zaro harakat. 
Muzokara olib boruvchining muhim  kasbiy  sifatlari: 
1) hissiy barqarorlik va chidamlilik; 
2) eshitish qobiliyati va muloqotga kirishimlilik
3) o‘zgalarni asoslarga tayangan holda ishontirish va mantiqiy hukm 
chiqarishni bilish; 
4) suhbatdoshining ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar oson 
psixologik aloqa o‘rnata olishi; 
5) sog‘lom tafakkur va nozik didga egaligi; 
6) noaniq holatlarda harakat qila olishi va mas’uliyatni o‘z zimma-
siga ola bilishi; 
7) muzokaraga jiddiy yondashishi; 
8) agar muzokaralar ijobiy natija bermasa va garovdagilarning hayoti 
xavf ostida bo‘lsa, kuch ishlatib bo‘lsa-da, ozod etishga yordam bera 
olishi. 
Nima uchun odamlar garovga olinadi? Odamlarni garovga olishning 
motivlari turlicha bo‘lib, ularning hammasi ham ayon bo‘lavermaydi. 
Siyosiy terrorizmda xususan jamoatchilikka hokimiyat aholini himoya 
qilishga qodir emasligini singdirish haqida gap boradi. Shu bilan birga, 
odamlarni garovga olish ommaviy axborot vositalarining e’tiborini jalb 
qiladi. Terrorchilar shunday nizolar sonining ortishi oxir-oqibat aholining 
qo‘zg‘alishi va hukumatni ag‘darib tashlashiga olib keladi, deb umid 
qiladilar. 


 189 
Lekin garovga olishning birlamchi motivi qanday bo‘lishidan qat’i 
nazar, ularni keyinchalik ushlab turish motivi o‘zgarishi mumkin. 
Masalan, bankni talash paytida fosh qilingan jinoyatchi avvaliga katta 
miqdorda pul talab qilishi, keyinchalik esa o‘zining jismoniy xavfsizligi 
yoki sudning muruvvati kafolatlanishi bilan qoniqishi mumkin. 
Terrorchilar dastlab zudlik bilan siyosiy o‘zgarishlar yoki boshqa shart-
larni talab qilish, lekin oxir-oqibatda ushbu shartlar yuzasidan muzoka-
ralarga rozilik berishi mumkin. Odamlarni garovga olishning dastlabki 
motivi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘pincha ma’lum vaqt o‘tganidan 
keyin garovga oluvchi o‘z da’volarini kamaytirishga rozi bo‘ladi.  
Garovdagilarning o‘zi muzokaralarda muhim rol o‘ynaydi. Garchi 
ularning har biri o‘zini turlicha tutsa-da, ba’zan xatti-harakatlardagi 
«Stokgolm sindromi» degan nom bilan ma’lum bo‘lgan umumiy qirralar 
aniqlanadi. Bu sindromning o‘ziga xos belgilar to‘plami quyidagicha: 
– asirlar o‘zlarini qo‘lga oluvchilarga qiyoslay boshlaydilar; 
– qurbon ko‘pincha qutqaruvchilar ko‘rayotgan choralar unga zarar 
yetkazishi ehtimoli borligini tushunadi; 
– asirda uzoq vaqt bo‘lish qurbonning jinoyatchini odam sifatida bilib 
olishiga olib keladi; 
– asir hissiy tomondan vaziyatdan uzoqlashadi, bu narsa u bilan sodir 
bo‘lmasligi kerak, buning hammasi tush, deb o‘ylaydi.  

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish