2.4. Yangi konstruksiyadagi arrali jin valini tajriba sinovlari va ularning natijalari
Tajribalarda olingan ma’lumotlarga «regression taxlillar» dasturi buyicha ishlov berildi. Bunda dispersiyaning bir xilligini baxolashda Koxren kriteriyasidan, regressiya koeffitsientlari qiymatini baxolashda Styudent kriteriyasidan, regression modellarning adekvatligini baxolashda Fisher kriteriyasidan foydalanildi. Chiquvchi omillar sifatida toladagi iflosliklar yigindisi
(Y1) va tola chikishi olindi (Y2).
Kiruvchi omillarni chiquvchi omillarga ta’siri takroriy o’tkazilgan tajribalar asosida o’rganildi. Buning uchun rejalashtirish matritsasi tuzib olinadi. Xar bir sharoitda tajribalar 3 martadan takroran o’tkaziladi. Kiruvchi omillar soni 3 ta bo’lsa jami tajribalar soni
n=8 ta, takrorlanishlar soni
m3 ta, umumiy tajribalar soni 24 tani tashkil etdi.
Chiquvchi omilning tajribaviy natijalari va dispersiyalari jadval tarzida yozib olindi.
Tadqiqotlar natijasida olingan regressiya tenglamalari
; (2.8)
. (2.9)
(2.8) va (2,9) regressiya tenglamalarini sonli yechimlari asosida bog’liqlik grafiklari olindi (2,16 va 2,17-rasmlar).
1-paxta namligi 8,5%; --paxta namligi 9,5%; 3-paxta namligi 10,5%
2.16-rasm. Chiqindilar yig’indisini arrali
silindr ariqchalari soni (a)va ish unumiga
(b) bog’liqlik grafiklari
1-paxta namligi 8,5%; 2-paxta namligi 9,5%; 3-paxta namligi 10,5%
2.7-rasm. Tola chiqishini arrali silindr ariqchalari soni (
a) va ish unumiga (
b) bog’liqlik grafiklari
2.17-rasmdan ko’rinadiki, toladagi chiqindilar yigindisi ish unumi ortishi bilan ko’payib
borar ekan, lekin valdagi ariqchalar soni ortishi bilan chiqindilar ulushi kamayib boradi. 2.17-rasmga ko’ra esa, ish unumi ortishi bilan tola chiqishi dastlab ortgan, 4,3 t/s keyin kamayganini ko’rish mumkin. Lekin, valdagi ariqchalar sonini ortishi bilan tola chiqishi ortib borar ekan.
Taxlillar asosida kiruvchi omillarning quyidagi qiymatlarini tavsiya etiladi: ish unumi - 4,3 t/s; valdagi ariqchalar soni - 7 ta, paxta namligi - 8,5%.
Yengillashtirilgan arrali silindri bo’lgan jin konstruksiyasini ishlab chiqarish sinovi natijalariga ko’ra arrali silindr egilishini va shovqinni kamaytirish xisobiga tola chiqishi 0,25-0,30%
gacha ortishi, toladagi iflosliklar miqdori mavjud konstruksiyaga nisbatan 0,45% gacha, quvvat sarfi 15-18% gacha kamayishi, resursni 1,5 martaga ortishi aniqlandi. Tavsiya qilingan arrali silindr konstruksiyasini “To’raqurg’on paxta tozalash” AJ zavodida qullash natijasida yillik iqtisodiy samaradorlik 1 203 300 ming sumni tashkil etdi.
XULOSA
Texnologik mashinalarni uzun, og’ir va tez aylanuvchan organlari vallarini egilishlarini kamaytirish uchun yengillashtirilgan vallarni bo’ylama ariqchali konstruksiyasini, jumladan arrali jin silindri uchun ishlab chiqilgan, shu asosida arrali silindr bilan tolani ajratish brusi orasidagi texnologik tirqish yetarlicha saqlanishi xissobiga tola chiqishi ortdi, ifloslanish va quvvat sarfi kamaydi.
Arrali silindr yuritish mexanizmining mashina agregati dinamika masalasi, muftaning qayishqoqlik - dissipativ parametrlari, inertsion va paxtaning qarshiligini, elektr yuritgich mexanik xarakteristikasini inobatga olib yechimi olindi. Dvigatel rotori va yengillashtirilgan arrali silindr burchak tezliklarining o’zgarish qonuniyatlari olindi. Arrali silindr burchak tezligini notekislik koeffitsientini, burchak tezlanish qamrov qiymati o’zgarishi ish unumi va arrali silindr inertsiya momentiga bog’liqlik grafiklari ko’rildi. Taxlillarga asosan arrali silindr ariqchalari bo’lgan vali qo’llanilganda tavsiya parametrlari aniqlandi:
kgm
2
Arrali silindr egilishidagi tebranishi analitik usulda Gamelton va Lagrajning II-tur tenglamalaridan foydalanib sonli yechim olingan. Unga asosan tavsiya qilingan yengillashtirilgan, ariqchali vali bo’lgan silindr kostruksiyasida egilish (0,15-0,25)∙10-3 m bo’lsa, mavjud konstruksiyasidagi arrali silindr egilishi (0,45-0,81)∙10-3m bulishi aniqlandi. Ya’ni egilish 4 marotabagacha kamayishini ko’rsatdi.
Ariqchali yengillashtirilgan vallarning egilishini val massasini, kesim inertsiya momentini va tashqi yuklanishni inobatga olgan xolda xisoblashning analitik usuli ishlab chiqildi. Masalani sonli yechimiga asosan ariqchalari 7 ta bo’lgan arrali silindr valini egilishi 0,234 mm bo’lishi aniqlandi.
Jinning arrali silindrini barqaror xarakatga chiqishidagi quvvat sarfini xisoblash ifodasi tavsiya etildi. Quvvat sarfini val ariqchalar soniga bog’liqlik grafiklari ko’rildi. Valdagi ariqchalar soni 7 ta bo’lganda quvvat sarfi mavjud konstruksiyaga nisbatan 15-18 % gacha kamayishi, ya’ni 62 kvt bo’lishi aniqlandi.
Elektrotenzometrik usulda elektron o’lchagichlarni qullab, yengillashtirilgan arrali silindrning ariqchali vali aylanish chastotasi, burovchi momenti, egilishi va shovqinni uzgarish qonuniyatlari olindi. Tavsiya qilingan arrali silindr egilishidagi tebranish amplitudasi mavjudga nisbatan 1,5-2,0 marta kamayishi aniqlandi. Valdagi ariqchalar soni ortishi egilishdagi tebranish amplitudasini kamaytirishi aniqlandi. Bunda valdagi ariqchalar soni 7 ta bulganda tebranish kamrovi (0,35-O,4)-1O-3 m gacha kamayadi.
Arrali silindr vali egilishidagi tebranish amplitudasini jin ish unumiga bog’liqlik grafiklari ariqchalar sonini inobatga olib ko’rildi. Ish unumi ortishi bilan egilishdagi tebranish amplitudasi nochiziqli qonuniyatida ortib boradi. Bunda ariqchalar sonini ortishi egilishni kamaytiradi, ya’ni tolani arra tishlaridan tulik ajratib olish imkoni yaratiladi. Tavsiya qiymatlari ωц=(72,5-76,0) с-1, A=(0,018-0,022)∙10-2 m, K=7.
Tavsiya qiymati yengillashtirilgan va mavjud arrali silindrlar ish jarayonidagi shovqin qiymatlarini uzgarish qonuniyatlari olindi. Ushbu qiymatlarni taxliliga kura valdagi ariqchalar soni 7 ta bulganda shoqvin darajasi mavjud vaziyatga nisbatan 15-20 % ga kamayishi aniklandi.
Ishlab chiqilgan ariqchali vali bo’lgan arrali silindrni ko’p omilli tajribalariga asosan parametrlarning eng maqbul qiymatlari tavsiya etildi: ish unumi-4,3 t/s; valdagi ariqchalar soni 7 ta; paxta namligi - 8.5%. Ushbu qiymatlarda toladagi iflosliklar yigindisi 2,0-2,2 % gacha kamayishi va tola chiqishi ortishi ta’minlanadi.
Yengillashtirilgan arrali silindri bulgan jin konstruksiyasini
ishlab chiqarish sinovi natijalariga ko’ra arrali silindr egilishini va shovkinni kamaytirish xisobiga tola chikishi 0,25-0,30% gacha ortishi, toladagi iflosliklar mikdori mavjud konstruksiyaga nisbatan 0,45% gacha, quvvat sarfi 15-18 % gacha kamayishi, resursni 1,5 martaga ortishi aniqlandi. Tavsiya etilgan arrali silindr konstruksiyasini “Turaqo’rg’on paxta tozalash” AJ korxonasida qo’llash natijasida yillik iqtisodiy samaradorlik 1203300 ming sumni tashkil etdi.