2.2 Yangi konstruksiyadagi arrali jin valini matematik modelini
Taklif etilgan shlitsali arrali silindr vali mavjud arrali silindr vali bilan qiyosiy tajriba sinov natijalarini o’tkazish bilan ilmiy asoslangan.Tavsiya qilingan valning massasi mumkin qadar kamaytirilgan.
Nazariy izlanishlarda arrali jin ikki massali mashina agregat sifatida qaraldi (2-rasm). Mashina agregati dinamikasi masalasini yechishda, arrali silindr, elektr yuritgich rotori xarakati o’rganildi.
2. 2-rasm. Ikki massali mashina agregatining hisob sxemasi
2.2-rasmda keltirilgan hisob sxemasi bo’yicha ma’lumki, elektr yuritgich rotori va arrali silindr aylanma xarakat qiladi, shu sababli 2 ta umumlashgan kordinatani belgilash mumkin.
O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida mashina agregatining xarakatini ifodalovchi differensial tenglamalar sistemasini quyidagicha xosil qilindi
;
(2,1)
bunda Jg, Jц, φg, -dvigatel va arrali silindr inersiya momentlari xamda burchak siljishlari; b, s-muftaning bikrlik va dissipativ koeffitsientlari; A0,B- dvigatelning parametrlari; U12-uzatish funksiyasi.
O’tkazilgan nazariy tadqiqotlar natijasida olingan (1) differensial tenglamalarni sonli yechimini olish uchun MathCAD dasturidan foydalanildi. Olingan (1) differensial tenglamalarni sonli yechimi asosida dvigatel va engillashtirilgan arrali silindrning burchak tezliklarini uzgarish qonuniyatlari olindi
а
б
а-ish unumi 3,5 t/s, b-ish unumi 4,5 t/s
2.3-rasm. Dvigatel va yengillashtirilgan arrali silindrning burchak
tezliklarini o’zgarish qonuniyatlari.
Tadqiqotlarda arrali silindrning xarakatlari taxlil etildi. Taxlillar shuni ko’rsatdiki, ish unumini ortishi bilan, arrali silindr burchak tezligining tebranish amplitudasi xam ortar ekan. Bu esa burchak tezlanishni hosil qiladi. Ma’lumki, burchak tezlanishni hosil bulishi bilan qo’shimcha impulsiv kuchlar paydo bulishiga olib keladi. Shu sababli, impulsiv kuchlar hosil bo’lishi hissobiga arra tishlarining chigitdan tolani ajratish imkoniyati ortadi. Lekin tezlanish juda katta bo’lsa, tolaning shikastlanishi ham mumkin.
2.4-rasm.Arrali silindrning burchak tezligini o’zgarish qamrovi va burchak tezligining notekisliklik koifisientlarini ish inumiga bog’liqlik grafiklari.
2.5-rasm. Arrali silindrning burchak tezligining notekislik koefisientini o’zgarishini inertsiya momentiga bog’liqlik grafiklari.
Tadqiqotlarda arrali silindrning ish jarayonlari bir maromda bo’lishiga erishishni ta’minlash usullari ham o’rganildi (4 va 5-rasmlar). Nazariy izlanishlarda arrali silindrning ish ko’rsatkichlariga chigitli paxtadan tola ajratish jarayonida hosil bo’ladigan qarshilik kuchlari qarshilik momentlar ko’rinishida inobatga olindi.
2.4-rasmdagi grafiklardan ko’rinib turibdiki, ish unumini, ya’ni yuklanishni ortishi bilan burchak tezlik tebranishi xam ortadi, lekin inersiya momentini ortishi bilan arrali silindr burchak tezligining notekislik koeffitsienti kamayar ekan (2.5-rasm).
A.D.Juraev, S.Z.Yunusovlar tomonidan o’tkazgan tajriba natijalariga asosan jinlash samaradorligini ta’minlash uchun burchak tezlikning notekislik koeffitsienti δ=(0,06-0,08) oralig’ida bo’lishi tavsiya etilgan. SHu sababli, notekislik koeffitsienti δ ning tavsiya etilgan qiymatlarini ta’minlash uchun, grafiklar tahliliga asosan, yengillashtirilgan ariqchalari bo’lgan valli arrali silindr ishlatilganda quyidagi parametrlar tavsiya etiladi, ya’ni: parametrlar: kgm2. Shundagina tola chiqishi, ish unumi yuqori va undagi chiqindilar yig’indisi kam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |