(5.3-jadval).
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, AQShda ko‗proq haq to‗lanadigan kasblar
u yoki bu holda inson salohiyatini shakllantirishga bog‗liq. Head Hunter
agentligi ma‘lumotlariga ko‗ra, xalqaro mehnat bozorida so‗nggi o‗n yilda
muhandislar, kompyuter ta‘minoti ishlab chiquvchilar, axborot
texnologiyalari, nanotexnologiyalar, elektronika va biotexnologiyalar,
xizmatlar, logistika, ekologiya, tibbiyot, kimyo sohasiga bog‗liq
mutaxassislar yuqori daromadga talabgor bo‗ladilar. Demak, yangi kasb
sohiblari ilmtalab sohalar keng rivojlanishi natijasida daromad darajasi
150
yuqori bo‗lishiga erishadilar. Buning uchun esa ta‘lim sohasini tubdan
qayta tashkillashtirish, yoshlar kasb-hunarli bo‗lishlari uchun institutsional
shart-sharoitlarni kengaytirish talab qilinadi.
5.3-jadval. AQShda eng nufuzli va eng ko‗p haq to‗lanadigan
kasblarning qiyosiy tahlili
39
Eng nufuzli kasblar
1. O‗t o‗chiruvchilar (57 foiz)
7. Fermerlar (41 foiz)
2. Olimlar (56 foiz)
8. Ruhoniylar (40 foiz)
3. Shifokorlar (53 foiz)
9. Injenerlar (40 foiz)
4. Tibbiyot hamshiralari va
o‗qituvchilar (52 foiz)
10. Kongressmenlar (28 foiz)
5. Harbiylar va politsiyachilar 46 %
11. Jurnalistlar (18 foiz)
6. Bankirlar (47 foiz)
12. Aktyorlar (15 foiz) Kamroq
obro‗ga
ega
kasblarga
rielterlik,
broker va boshqalar kiradi (6 foiz)
Eng ko‗p haq to‗lanadigan kasblar
1. Vrach-anesteziologlar (yiliga
193 ming dollar)
5. Bola tug‗ilishi bilan bog‗liq
vrachlar (yiliga 195,3 ming dollar)
2. Xirurglar (yiliga 191,4 ming
dollar)
6. Top-menejer (yiliga 151,4
ming dollar)
3. Ortodontologlar (yiliga 185,3
ming dollar)
7. Pilot (yiliga 148,6ming dollar)
4. Stomatologlar (yiliga 189,3
ming dollar)
Yigirmatalik
sanoatdagi
injener-
menejerlar va advokatlar bilan tugaydi.
25-o‗rinda yiliga 106,2 ming dollar
haq oluvchi moliyaviy menejerlar
turadi
Manba:
Head Hunter ma‘lumotlari asosida
N.Zokirova tomonidan tuzilgan.
.
Ishlab chiqarish tarkibini tubdan modernizatsiyalash orqali ish bilan
band bo‗lganlar uchun ta‘lim tizimini rivojlantirishning eng muhim ustuvor
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat bo‗lishi zarur:
1. Bilim berishning ilg‗or chet el tajribasidan foydalanishni
rag‗batlantirish asosida ta‘lim sohasiga kiritilgan zamonaviy uslub va
shakllarni qo‗llab-quvvatlash, bunda davlat – universitetlar – ishlab
chiqarish tuzilmalari hamkorligini kuchaytirish lozim.
39
Head Hunter ma‘lumotlari asosida
N.Zokirova tomonidan tuzilgan.
Milliy iqtisodiyotda mehnat resurslari
mobilligi. biznes-daily.uz . 30.11.2018 | Nomer: №11(131)-2018
151
2. Kadrlarni o‗qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga
oshiruvchi nodavlat o‗quv muassasalariga tanlov asosida davlat grantlari
ajratish.
3. Iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini
keng joriy etish, kadrlarni mustaqil o‗qitish imkoniyatlarini kengaytirish.
4. Akademik va ta‘lim muassasalariga yuqori sifatli uslubiy
materiallardan foydalanishda, o‗qitishning yangi usullari va amaliyotlarini
joriy etishda ko‗maklashish.
Aholining ish bilan bandligining sifat jihatidan samaradorligini
oshirish qator muammolarni hal etishni taqozo qiladi. Bizningcha, ular
quyidagilardan iborat:
Malakali kadrlar taqchilligi.
Tarkibiy ishsizlik.
3.
Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur malakali kadrlar tarkibi hamda
kasbga tayyorlash va yo‗naltirish bo‗yicha o‗quv yurtlari o‗rtasidagi
nomuvofiqlik.
4. Ishsizlikning davomiyligi yuqori ekanligi. Bu ko‗rsatkich ishsizlik
muddatini o‗rtacha 6-7 oygacha cho‗zmoqda.
5. Kadrlar qo‗nimsizligi yuqori darajada ekanligi.
6. Ish izlovchi fuqarolar uchun bo‗sh ish o‗rinlariga tanlovlar o‗tkazish
haqida axborotlar olish qiyinligi, ish beruvchilarning bo‗sh ish o‗rinlari
haqidagi axborotlarni sir tutishlari.
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash hamda
rivojlantirish doirasidagi muammolar.
Aytilgan muammolarni hal etish uchun quyidagi choralarni qo‗llash
ayni muddao bo‗ladi:
– qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish
infratuzilmasini ustuvor darajada rivojlantirish. Bunda asosiy e‘tibor
melioratsiya, gidrotexnika, elektr energiyasi inshootlari va tarmoqlarini
rivojlantirishga, yerlarni sug‗orishga, eroziyaga qarshi tadbirlarni amalga
oshirishga, ko‗p yillik ko‗chatlar ekishga, qayta ishlovchi sanoat
korxonalarini qurish va texnik qayta jihozlashga qaratilishi kerak.
Muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari, vodoprovod,
kanalizatsiya tizimi va inshootlari, gaz va elektr ta‘minoti tarmoqlari,
yo‗llar, telekommunikatsiya tizimlari diqqat markazida bo‗lishi shart;
– qishloqda bozor infratuzilmasini tashkil qilish va jadal yaratish
jarayonlarini boshqarish, uni jahon iqtisodiyoti talablariga moslashtirish
152
maqsadida
viloyatning
barcha
shahar-tumanlarida
bozor
qayta
o‗zgartirishlarini davlat yo‗li bilan qo‗llab-quvvatlashni ta‘minlashga, uni
rivojlantirishning
samarali
tizimini
shakllantirishga
mo‗ljallangan
tadbirkorlik departamentlari faoliyati takomillashtirilishi kerak.
– davlat migratsiya jarayonlarini qishloq foydasiga o‗zgartirishi uchun
demografik siyosat o‗tkazilishi, oilalarni har tomonlama qo‗llab-
quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini
ish bilan ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish darkor. Bu
boradagi ezgu sa‘y-harakatlar qishloq xo‗jaligidagi ish bilan bandlik
hajmiga ijobiy ta‘sir o‗tkazadi. Aholining qishloqda o‗rnashib qolishini
rag‗batlantirish, uni kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikka jalb qilish
maqsadida ushbu hududlarda shaharga nisbatan (aholi jon boshi hisobiga)
turarjoylarni, ta‘lim, madaniyat va sport, sog‗liqni saqlash muassasalarini,
gaz, suv va elektr ta‘minoti, telefonlashtirish, aloqa, kommunal obyektlarni
qurishda,
radio-televidenie
xizmatlaridan
foydalanishda
afzalliklar
yaratishni nazarda tutish zarur.
Ilmiy-texnik va ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash, standartlar va
mahsulotlar sifati sohasidagi tartibga solishlar yo‗li bilan kichik biznes
subyektlari
va
xususiy
korxonalar
ishlab chiqaradigan
tovarlar
raqobatbardoshliligini oshiruvchi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish
lozim. Shuningdek, ularni texnik jihatdan jadal qayta jihozlashni
rag‗batlantirish, texnologik inkubatorlar, qayta ishlovchi va mahsulotning
yangi turlarini tayyorlovchi korxonalarning namunaviy loyihalarini
yaratish, amaliyotga keng joriy qilish va yangi texnologiyalar sharoitlarida
yo‗nalish bo‗yicha o‗qitishni yo‗lga qo‗yish, keyinchalik kichik biznes
sohiblari va xususiy tadbirkorlarga sotish uchun tamoman yangi mahsulot
ishlab chiqarish texnologiyasi litsenziyalarini sotib olishni amalga oshirish
joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |