A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Mintaqa iqtisodiyotida mehnat resurslari mobilligi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

 
5.5. Mintaqa iqtisodiyotida mehnat resurslari mobilligi 
2017–2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan 
vazifalarni izchil amalga oshirish asnosi mehnat bozorida ham katta 
o‗zgarishlar ro‗y bermoqda. Ular turli sohalarni jadal rivojlantirishdan 
tashqari, yangi ish o‗rinlari ochib, aholi bandligini ta‘minlashda, xalqimiz 
turmushini yanada farovonlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Ammo barchamizga ayon bitta jiddiy muammoni ham ro‗y-rost tan 
olishimiz kerak: iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi o‗zgarishi bir qancha 
tarmoqlarda xodimlar ishsiz qolishi bilan birga kechmoqda. O‗z navbatida, 


145
mehnatga layoqatli aholi sonining tabiiy o‗sishi ham yuqori darajaga 
ko‗tarilmoqda. Oqibatda aholining ishga joylashish ehtiyoji bilan 
iqtisodiyotning 
mehnat 
resurslariga 
bo‗lgan 
talabi, 
shuningdek, 
xodimlarning professional tarkibi bilan taklif etilayotgan ishning xususiyati 
o‗rtasida nomuvofiqliklar yuzaga kelmoqda. 
Institutsional nuqtai nazardan yondashganda, mehnat bozoridagi talab 
va taklifning nomutanosibligi muammosini ijtimoiy nazorat tizimini 
o‗rnatish orqali hal etish mumkin. Davlat esa mehnat bozoridagi rejali 
siyosatini shu bozorda amal qiladigan institutlar yordamida amalga 
oshirishi zarur. Tadqiqotlardan ma‘lum bo‗lishicha, eng muhim ijtimoiy 
muammolar bevosita mehnat bozorida yyechim topadi. Inchunin, davlat 
mazkur jarayonda ishtirok etishi shart. Aks holda, ko‗plab odamlar ishdan 
va tirikchilik uchun zarur ne‘matlardan mahrum bo‗lishadi. Davlat esa ish 
bilan bandlik darajasi yuqori bo‗lishidan manfaatdor. Chunki u byudjetning 
daromad qismi va mamlakat boyligi ko‗payishini ta‘minlaydi. 
Shaxs erkin bo‗ladigan va kasb malakasini oshirish imkoniyatini qo‗lga 
kiritadigan izchil tartib o‗rnatish uchun ijtimoiy-iqtisodiy siyosat quyidagi 
maqsadlarga yo‗naltirilishi zarur: 
• kasbni o‗zgartirish, qobiliyatga yarasha kasb tanlash, buning uchun 
tegishli o‗quvlar mavjudligi imkoniyatini yaratish; 
• faol mehnat jarayonini tashkillashtirish, qayta tayyorlash va malaka 
oshirish, xizmat vazifasida ko‗tarilish uchun teng shart-sharotlar muhayyo 
etish; 
• mehnatni rag‗batlantirishning turli shakl va vositalarini keng joriy 
etish, ishlab topilgan daromad o‗z egasi va uning oilasidagilar munosib 
hayot kechirishini ta‘minlaydigan miqdorda bo‗lishiga erishish; 
• xodimlar va ish beruvchilar o‗rtasidagi mehnat munosabatlarini, 
ayniqsa, xususiy sektordagi ish sharoitlarini huquqiy jihatdan tartibga 
solish, bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish. 
Milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha sohalar 
innovatsion tendentsiyalar ta‘siri ostida barqaror rivojlanayotgani bilan 
ajralib turibdi. Bu jarayon istiqbolda mamlakat mehnat resurslarini ichki va 
tashqi omillarning o‗zgaruvchan shartlariga binoan prognoz qilish hamda 
ularning bugungi innovatsion holatiga moslashuvini ta‘minlashga, yangi 
raqobatbardosh ustunliklarni joriy etish va takomillashtirishga yordam 
beradi. 


146
Albatta, iqtisodiyotdagi innovatsion tendentsiyalar jahonda ham, ichki 
mehnat bozorida ham mavjud mehnat resurslarining raqobatbardoshlik 
jihatidan afzalliklarining asosiy manbai bo‗lib qolmoqda. 
Hozirgi strategik rivojlanish davrida mehnat resurslarining mobilligi 
mehnat 
bozorida 
alohida 
o‗rin 
tutmoqda. Mehnat 
resurslari 
mobilligi
 
deganda, mehnat resurslarining bir mintaqa yoki hududdan 
boshqasiga o‗tishi, bir mehnat faoliyati turini boshqasiga almashtirishga 
tayyorligi darajasini tushunamiz. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
mehnat resurslarining mobilligi turlari hududlar, kasb-malaka hamda 
davomiyligi bo‗yicha tasniflanadi 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish