134
Demak, o‗n besh yoshga to‗lib ishlayotgan o‗smirlar mehnatga
layoqatli yoshdan kichik yoshdagi mehnat bilan band bo‗lgan shaxslar
toifasiga kiradi.
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‗ra mehnatga layoqatli
yoshdan katta yoshdagi aholiga 55 yosh va undan yuqori yoshdagi xotin-
qizlar, 60 yosh va undan yuqori yoshdagi erkaklar kiradi.
Yoshga
doir pensiyani rasmiylashtirib, mehnat faoliyatini davom
ettirayotganlar ham mehnat resurslari tarkibida o‗tiradi.
Endi mehnat resurslarining shakllanish manbalarini misol bilan
tushunib olsak.
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda mehnatga layoqatli yoshdagi
mehnatga layoqatli aholi soni 752,8 ming kishi, mehnatga layoqatli
yoshdan kichik va katta yoshdagi mehnat bilan band bo‗lgan shaxslar soni
3,5 ming kishini tashkil etgan.
Demak, Jizzax viloyatida 2017 yilda mehnat resurslari soni 756,3 ming
kishiga teng bo‗lgan (756,3 =752,8 + 3,5).
O‗zbekiston Respublikasida har yili mehnat
resurslari balansi ishlab
chiqiladi.
Xo‗sh, savol tug‗iladi. «Balans» degan tushunchaning lug‗aviy
ma‘nosi nima?
«Balans»
atamasi lotincha
bis
–
»ikki marta»,
lanx
– «tarozi pallasi»
so‗zlaridan tarkib topgan bo‗lib, tom ma‘noda «ikki palla» degan ma‘noni
anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida qo‗llaniladi.
Demak, balans tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida qo‗llanilsa,
mehnat resurslari balansida tenglik, muvozanat nimada aks etadi.
Mehnat resurslari balansi - bu mehnat resurslari mavjudligini va
ularning taqsimlanishini tavsiflovchi ko‗rsatkichlar tizimidir.
Mehnat
resurslari
balansida
tarozining
bir
pallasi
«shakllanish», ikkinchi pallasi «taqsimlanish» qismi bo‗ladi.
Biz yuqorida mehnat resurslarining mehnatga layoqatli yoshdagi
mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga
layoqatli yoshdan kichik va
katta yoshdagi mehnat bilan band bo‗lgan shaxslardan shakllanishini turli
misollar bilan tushuntirib o‗tdik.
Endi mehnat resurslarining taqsimlanish qismiga, ya‘ni tarozining
ikkinchi pallasiga to‗xtalib o‗tamiz.
Mamlakatning mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol
aholiga taqsimlanadi.
135
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda yil iqtisodiy faol aholi 492,6
ming kishini va iqtisodiy nofaol aholi 263,7 ming kishini tashkil etdi.
Demak, Jizzax viloyatida mehnat resurslari soni 756,3
ming kishiga
teng (756,3 = 492,6 + 263,7).
Shu joyda, balans nimada aks etishini ko‗rsak:
shakllanishi - 752,8 + 3,5 = 756,3;
taqsimlashi - 492,6 + 263,7 = 756,3.
Iqtisodiy faol aholi soni - bu ish bilan band aholi va ishsizlar soni
yig‗indisidan iboratdir.
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda yil ish bilan band aholi soni
468,2 ming kishini va ishsiz aholi soni 24,4 ming kishini tashkil etgan.
Demak, Jizzax viloyatida iqtisodiy faol aholi soni 492,6 ming kishiga
teng (492,6 = 468,2 +24,4).
Ish bilan ta‘minlanish - fuqarolarning qonun hujjatlariga zid
kelmaydigan, o‗z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‗liq
bo‗lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Iqtisodiyotda ish bilan band aholi soni iqtisodiy faoliyat turlarining
turli sohalarida ish bilan bandlar yig‗indisidan tashkil topadi.
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017
yilda qishloq, o‗rmon va baliq
xo‗jaligida ish bilan bandlar soni – 195,7 ming kishi, sanoatda – 46,3 ming
kishi, qurilishda – 31,2 ming kishi va boshqa sohalarda - 195,0 ming
kishini tashkil etgan.
Demak, Jizzax viloyatida 2017 yilda ish bilan band aholi soni 468,2
ming kishini tashkil etgan (468,2 +195,7 + 46,3 +31,2 + 195,0).
Ishsizlar - qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‗yxatdan
o‗tkazilgan shaxslar, shuningdek, haq to‗lanadigan ishga yoki daromad
keltiruvchi mashg‗ulotga ega bo‗lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va
bunday
ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‗lgan mehnatga
layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo‗lmagan shaxslardir.
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda iqtisodiy faol soni – 492,6
ming kishi, ishsizlar soni - 24,4 ming kishini tashkil etgan.
Demak, Jizzax viloyatida 2017 yilda ishsizlik darajasi 5,0 %ni tashkil
etdi (5,0 % q (24,4 / 492,6) x 100 %).
Iqtisodiy nofaol aholi – bu mehnat bilan band va ishsizlar deb
hisoblanmaydigan shaxslardir. Ularga ishlab chiqarishdan ajralgan holda
ta‘lim olayotgan o‗quvchilar
va talabalar; bolalarni parvarish qilayotgan
ishlamaydigan ayollar; uy bekalari va ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band
136
bo‗lmagan shaxslar, shuningdek ko‗char va ko‗chmas mulkdan daromad
oladigan ishlamaydigan shaxslar kiradi.
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda ishlab chiqarishdan ajralgan
holda ta‘lim olayotgan o‗quvchilar va talabalar soni 72,7 ming kishini,
bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar soni 73,5 ming
kishini, shuningdek uy bekalari va ixtiyoriy
ravishda mehnat bilan band
bo‗lmagan shaxslar, ko‗char va ko‗chmas mulkdan daromad oladigan
ishlamaydigan shaxslar soni 117,5 ming kishini tashkil etgan.
Demak, Jizzax viloyatida iqtisodiy nofaol aholi soni 263,7 ming
kishiga teng bo‗lgan (263,7 = 72,7 + 73,5 +117,5).
Xo‗sh, respublikada mehnat resurslari soni aniq bo‗lsa, endi undan
samarali foydalanish kerak.
Mehnat resurslaridan foydalanishga quyidagi omillar ta‘sir etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: