5.4. Xalqaro mehnat resurslarining o‗ziga xos xususiyatlari
Ma‘lumki, mehnat migratsiyasi jarayonlari uzoq tarixga ega bo‗lib,
eramizga qadar ham odamlar o‗zlarini mashg‗ul qilish uchun bir davlatdan
boshqasiga ko‗chib yurgan. Bu borada XIX asrning o‗rtalarida ishsizlik va
og‗ir yashash sharoitlari tufayli Evropa mamlakatlaridan katta miqyosdagi
migrantlarni daromad topish maqsadida AQShga ko‗chib o‗tishlari,
ikkinchi jahon urushidan keyin yuqori ish haqi taklif qilgan mamlakatlarga
«aqliy salohiyatning oqib ketishi» deya nomlangan yuqori malakali
kadrlarning emigratsiyasi, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib Evropa
mamlakatlari tomon migratsiya jarayonlarining jadallashishi kabi holatlar
mehnat migratsiyasining muntazam shakllanib kelayotganligidan dalolat
beradi.
Xalqaro mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi nihoyatda
murakkab jarayon bo‗lib, unga turli mamlakatlardagi mehnat migrantlari
ishtirok etadigan jahon mehnat bozorining alohida segmentlarining yuzaga
kelishi asos yaratadi. Xalqaro mehnat bozori bu – zarur ishchi kuchini
tanlab olish uchun unga bo‗lgan talab va taklifni davlatlararo miqyosda
tartibga
solish
jarayonlarida
ishtirok
etuvchi
hamda
mamlakat
tashqarisidagi ishchi kuchini sotuvchilari va haridorlari doimiy ravishda
faoliyat ko‗rsatuvchi xalqaro darajadagi bozordir
35
.
Mazkur bozordagi jarayonlarni – milliy mehnat bozorlarining ishchi
kuchi resurslarini mamlakatlar yoki mintaqalar o‗rtasida ko‗chirish
vositasida amalga oshiriladigan integratsiyasidir deya ta‘riflash mumkin.
Shunday ekan, mamlakatlar o‗rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi
integratsiya jarayonlarining qay darajada barqaror va muvaffaqiyatli
ahamiyat kasb etishi ko‗p jihatdan unda ishtirok etuvchi ishchi kuchining
soni, sifati va tarkibi kabi xususiyatlarga bog‗liqdir. Shu sababli ham
xalqaro mehnat bozorida mehnat resursining sifatiga, uning umumta‘lim va
ixtisoslik bo‗yicha tayyorgarligi hamda malakasiga eng yuqori talablar
qo‗yiladi
36
.
35
V. V.Tomilov, L.N. Sеmеrkova . Markеting rabochеy sili. М. 2004.S. 243.
36
V. V.Tomilov, L.N.Smеrkova. Markеting rabochеy sili. М. 2006. S. 251
140
Ishga yollash shartlarida zamonaviy ishchining ijodiy yaratish
salohiyatidan foydalanish, shu orqali jahondagi umumiy ishlab
chiqarishning ilm-fanga asoslanishining umumiy darajasini ko‗tarish
manfaatlari ko‗zda tutiladi. Bugungi kunga kelib, mehnat salohiyati
faqatgina jamiyatga tegishli bo‗lgan mehnat masalalari yoki jahon xo‗jaligi
mehnat resurslarining umumiy sonini anglatish bilan chegaralanmaydi.
Asosiy mezon bu – eng avvalo, ishchining malakasi va qobiliyati hamda
uning mehnatga bo‗lgan layoqati bilan aniqlanadigan mehnat sifatidir.
Xalqaro ishchi kuchining muhim sifatlari bo‗lmish kasbiy-malakaviy
tuzilishi haqida so‗z ketganda, bir necha imkoniyatlarni hisobga olish
zarur. Xalqaro mehnat bozorida ishtirok etayotgan ishchi kuchining sifati
milliy
mehnat
bozorlarida
faoliyat
ko‗rsatayotgan
ishchilar
harakteristikasida mavjud bo‗lmagan xususiyatlarga ega. U o‗zida nafaqat
milliy xususiyatlarni, balki xalqaro tajribani o‗zlashtirishi, dunyoviy
muomala madaniyatini anglash xislatlarni ham mujassamlashtirishi lozim
bo‗ladi. Xalqaro ishchi kuchining o‗ziga xos farqli tomoni – uning xalqaro,
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimga biriktirilganligi, xalqaro ishchilar
mehnatining funktsional xususiyatlari hamda ularning jahon iqtisodiyoti,
umuman, insoniyat taraqqiyotining umuminsoniy ijtimoiy vazifalari bilan
chambarchas bog‗liqligida namoyon bo‗ladi.
So‗nggi yillarga kelib, ko‗pgina mamlakatlar o‗zlarining iqtisodiy
rivojlanganlik darajasiga bog‗liq bo‗lmagan holda malakali ishchi kuchi
taqchilligiga uchramoqda. Bu holat aksariyat sharoitlarda mikroelektronika
va umuman, informatsion texnologiyalarning yuqori darajada rivojlanishi
hamda aksariyat injener-texnik ishchilarning bilimlariga bo‗lgan talabning
keskin darajada o‗zgarishi bilan izohlanadi. Zarur malakaga ega bo‗lgan
ishchilar
taqchilligi
bugungi
kunda
boshqa
mamlakatlardagi
mutaxassislarni vaqtinchalik ishga yollash, malakali ishchi kuchining
mobilligini faollashtirish, ishga yollash sharoitlarini diversifikatsiyalash
hamda ushbu kategoriyadagi ishchilar mehnatini tashkil etish hisobdan
qoplanmoqda.
Xalqaro ishchi kuchining asosiy guruhlariga zamonaviy texnika va
informatsion texnologiyalar bo‗yicha mutaxassislar hamda bozor
iqtisodiyoti (marketing, savdo va moliya birjalari, bank va boshqalar)
bo‗yicha boshqaruvchilar va mutaxassilar kiradi. Bunday mutaxassislarga
141
ayniqsa, rivojlangan, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik (ITTK)
ishlariga katta miqdorda mablag‗ sarflaydigan, ishchilarning ijodiy faoliyat
uchun tengi yo‗q – a‘lo sharoitlar yarata olgan, xalqaro iqtisodiy, ijtimoiy
va ekologik dasturlarni bajarish uchun foydalaniladigan, ko‗p miqdordagi
ilmiy-tadqiqot institutlari va ta‘lim muassasalariga ega bo‗lgan
mamlakatlarda talab katta. Bu kabi mamlakatlarda ish haqi to‗lovlarining
nisbatan qulay sharoitlari yaratilgan, kasbiy va madaniy darajani
o‗stirishning imkoniyatlari ta‘minlangan, shuningdek, oilalar uchun yuksak
madaniy hayot darajasi, bolalar uchun esa ta‘lim olish imkoniyatlari
yaratilgan bo‗ladi. Ammo bu hol o‗z navbatida, donor mamlakatlardan
«aqliy salohiyatning oqib ketish» muammosini keltirib chiqarmoqda. Bu
kabi muammoni quyi daromadli mamlakatlarda ko‗p uchratish mumkin.
Masalan Gaiti va Yamaykadagi universitetlar bitiruvchilarining har 10
tadan 8 tasi xorijda yashaydi
37
.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, zamonaviy xalqaro mehnat bozorida
yuqori malakali ishchilar bilan bir qatorda, past malakali ishchilarining
ham alohida tabaqasi ham shakllanib bormoqda. Ayniqsa, nisbatan boy
G‗arbiy Evropa mamlakatlari o‗ziga Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi, MDH
mamlakatlarining kambag‗al tabaqasini magnit kabi tortmoqda. Xorijiy
ishchi
kuchidan
foydalanish
– G‗arb mamlakatlari iqtisodiyoti
rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‗lib, ular o‗zining iqtisodiy
o‗sish sur‘atlarini saqlab turish, tug‗ilishning quyi darajasini qoplash uchun
xorijiy ishchilar oqimini qo‗llab-quvvatlaydi. Ammo bu mamlakatlarda
xorijiy ishchilar va mahalliy aholi o‗rtasida irqiy va diniy tafovutlar bilan
bog‗liq mojarolar tufayli ijtimoiy muhit beqarorligining kuchayishi bilan
bog‗liq havotir hukm suradi.
Shuni e‘tiborga olish lozimki, xalqaro mehnat bozorida xarakteri jahon
xo‗jaligi manfaaatlari bilan aniqlanadigan ishchi kuchi oldi- sotdisining
almashuvi ro‗y beradi. Bu borada jahon xo‗jaligi manfaatlari xalqaro ishchi
kuchini yollashning sharoitlarini, ish haqi miqdorini va mehnat bozorida
talab qilinadigan harakterni aniqlab beradi. O‗z navbatida, jahon
xo‗jaligining turli xil tuzilmalarida bo‗lgan xalqaro ishchi kuchi yoki
mehnat resurslari quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
– Qo‗shma korxonalarning ishchilari;
37
Международная миграция и денежное переводи. www.un.org
142
– TMKlarning asosiy va yordamchi bo‗limlarida band bo‗lgan
ishchilar;
– Mintaqaviy iqtisodiy tuzilmalarda band bo‗lgan ishchilar.
Xalqaro ishchilar yuqori, o‗rta, quyi toifalarga hamda idora
hizmatchilari (kontora personali, turli hil profil mutaxassislari)ga ham
qarab tasniflanadi. Tabiiyki, biz yuqorida ta‘kidlagandek, xalqaro ishchi
kuchining nisbatan mukammal differentsiatsiyalashda malaka darajasi,
jinsi, yoshi va millati kabi xususiyatlar ham e‘tiborga olinadi. Biroq har
qanday holatda ham xalqaro ishchi kuchining nisbatan yirik va bazaviy
segmentlarini ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bularga eng avvalo,
mamlakatlararo xo‗jalik tizimlarida doimiy ishga ega bo‗lgan ishchilar,
xalqaro mehnat bozorining rezervi sifatida faoliyat ko‗rsatuvchi yoki
xalqaro mehnat bozori va turli xil mamlakatlarning milliy ishchi kuchi
bozorlarida ish qidirish bilan band bo‗lgan ishchilar kategoriyalari kiradi.
Yuqorida ta‘kidlangan barcha omillarga ko‗ra shakllanayotgan xalqaro
ishchi kuchi bozori aniq segmentlangan harakterga ega. Boshqacha qilib
aytganda, ushbu bozor doirasida ishchi kuchi harakatida o‗zining
qonuniyatlariga ega bo‗lgan bir qancha xususiy, nisbatan avtonom ishchi
kuchi bozorlari shakllanadi. Bu kabi ishchi kuchi segmentatsiyasi
shakllangan xalqaro mehnat taqsimotini, shuningdek, ishchi kuchi
malakasining va unga bo‗lgan talabning o‗ziga xos xususiyatlarini o‗zida
namoyon qiladi. Xalqaro mehnat bozorini segmentlash ushbu bozorda
ishtirok etuvchi ishchi kuchi tarkibidagi bir xillikni bekor qiladi. Biroq bu
bilan ushbu ishchilarda faqatgina milliy mehnat bozorlaridagina ishtirok
etuvchi ishchilardan butunlay farq qiluvchi spetsifik xususiyatlarni
shakllanishini bekor qilmaydi. Shuni ta‘kidlash joizki, bu kategoriyadagi
ishchilarda milliy bog‗lanish hissi sezilarli darajada sustlashadi, ular
nisbatan
mobil
xarakterga
hamda
ish
beruvchining
talablariga
moslashishda katta qobiliyatga ega bo‗ladilar. Bu kabi qobiliyatga ayniqsa,
Osiyo mintaqasi mamlakatlaridan xorijga chiquvchi migrant-ishchilar
egadirlar.
Shu o‗rinda, jahon mehnat bozorining shakllanishida alohida
mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga jalb qilinganligi ham
muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etish lozim. Ma‘lumki,mehnat
taqsimotining rivojlanishi – ishlab chiqarishning ikkita asosiy omili
bo‗lmish mehnat va kapital mobilligining ortishi bilan chambarchas
bog‗liq. Aynan, xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning ma‘lum
143
bir turdagi tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishini
hamda o‗z navbatida, aniq bir ijtimoiy-demografik harakteristikadagi
ishchilarga
bo‗lgan
talabni
aniqlab
beradi.
Zamonaviy
mehnat
taqsimotining shakllanishida 3ta asosiy g‗oya muhim rol o‗ynaydi:
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarda amaliy jihatdan arzon mehnatning
cheksiz rezervuariga ega bo‗lish
38
.
2. Minimal turdagi mamlakatlar bilan alohida operatsiyalarni
bajarishga qodirligini izohlovchi ishlab chiqarish jarayonining yuqori
fragmentlashuvi.
3. Transport va kommunikatsion tizimlarning rivojlanganligi.
Endilikda zamonaviy hududiy mehnat taqsimoti alohida mamlakatlar
o‗rtasida emas, balki har birining tarkibida periferiya va markazlar bo‗lgan
Evropa Ittifoqi, NAFTA (AQSH, Kanada, Meksika), Osiyo Tinch okeani
mintaqasi kabi yirik mintaqalar o‗rtasida amalga oshirilmoqda. Bunday
mehnat taqsimotining harakatlanuvchi kuchi sifatida bozorlarning
o‗zgarishi va texnologiyalar transferti xizmat qiladi. Ba‘zi bir mintaqalar,
masalan, Afrika zamonaviy mehnat taqsimotidan butunlay mustasno
qilindi. Aksariyat Afrika mamlakatlari asosan, iqtisodiyotning agrar tipini
o‗zlarida namoyon etsalarda, ular mehnatning sanoat ishlab chiqarishi
sektorida qayta taqsimlanishga jalb qilinganlar.
Globallashuv sharoitida xalqaro mehnat bozorining rivojlanishini
davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishi bilan izohlashning o‗zi ham
kifoya emas. Yuqorida ta‘kidlanganidek, bunda xalqaro mehnat bozorining
rivojlanish dinamikasi jahon iqtisodiyotining qator boshqa subyektlarining,
masalan, o‗zining investitsion va texnologik siyosati bilan milliy mehnat
bozorlarini korrektivlashtirishga va rivojlantirishga xizmat qiladigan
TMKlarning taraqqiyoti bilan ham izohlanadi.
Bugungi
kunda
xalqaro
mehnat
bozorida
quyidagi
asosiy
tendentsiyalar kuzatilmoqda:
– Nolegal (noqonuniy) migratsiya hajmining ortib borishi;
– Sharqiy Evropa va MDH mamlakatlari mehnat migrantlarining
ko‗payishi tufayli dunyo mehnat bozorining torayib borishi;
– Xalqaro mehnat bozoriga kirish uchun to‗siqlar sonining ko‗payishi;
38
Мs CallumC/ Globalization,Development and Trends in the New International Division of Labour. Paper Number 19-
99. Papers in Intarnational Bissiness, 2006 P.6.
144
– Ishchi kuchining sotuvchilari (ya‘ni mehnat resusrlari) o‗rtasidagi
raqobatning kuchayishi;
– Migrantlar diskriminatsiyasining davom etishi;
– Majburiy migratsiyaning ortib borishi.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro mehnat bozori yuqorida qayd etilgan
qator subyektiv va obyektiv omillar ta‘sirida, talab va ehtiyojlar hamda
ma‘lum tartib hamda qonuniyatlar asosida rivojlanib kelmoqda. Dunyo
mehnat bozori faqatgina ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi natijasida
emas, balki individual, faqatgina o‗ziga xos bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy
harakterga ega bo‗lgan, natijada nafaqat alohida mintaqalarning, balki
uning tarkibidagi butun dunyoning iqtisodiy holatiga ta‘sir o‗tkazish
imkoniyatiga ega bo‗lgan alohida milliy mehnat bozorlari hisobidan ham
shakllanadi. Biroq xalqaro mehnat bozori va uning bir qismi bo‗lmish
mintaqaviy mehnat bozoriga milliy mehnat bozorlarining mexanik
birlashishi sifatida qarashning o‗zi etarli emas. Biz xalqaro mehnat
bozoriga xorijiy ishchi kuchining sotuvchilari va haridorlari sifatli mehnat
resurslari uchun raqobatlashadigan milliy miqyosdan yuqori bo‗lgan
tuzilma sifatida qarashni maqsadga muvofiq deb topdik. Ammo boshqa
tomondan esa, xalqaro mehnat bozori kapital mobilligining ortishi va yangi
texnologiyalarnin paydo bo‗lishi hisobidan ham shakllanishi mumkinligini
ham alohida qayd etish joizdir. Bu holda xalqaro mehnat bozori tarkibiga
jahon bozoriga chiqish imkoniyatiga ega bo‗lgan TMK yoki boshqa
subyektlarning
ishchilari
yoki
davlat
chegaralari
orqali
erkin
harakatlanuvchi xalqaro mehnat migrantlari kiradi. Aynan shu bilan
xalqaro mehnat bozorining asl qiyofasi namoyon bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |