6.2. Mintaqada sanoat ishlab chiqarishning ijtimoiy ixtisoslashuvi
Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga ularni
umumlashtirish va ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonlari sezilarli ta‘sir
ko‗rsatadi. Sanoatni kontsentratsiyalashtirish va kombinatsiyalashtirish
ijtimoiy mehnatni yirik korxonalarda mujassamlashtirishni ifodalasa,
ixtisoslashtirish hamda kooperativlashtirish esa sanoat tarmoqlari tarkibida
mehnat
taqsimoti
va
ularning
hamkorligini
ifodalaydi.
Mehnat
taqsimotining rivojlanish darajasi va uni umumlashtirish jamiyat ishlab
chiqarish kuchlari hamda munosabatlarining takomillashishida o‗z aksini
topadi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakllari mustaqillik tufayli
va milliy iqtisodiyotni isloh etish, erkinlashtirish munosabati bilan o‗z
mohiyati va mazmunini, maqsad ia vazifalarini anchagina o‗zgartirdi.
Ayniqsa ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashtirish, kichik va o‗rta
162
korxonalarning
paydo
bo‗lishi
munosabati
bilan
ular
o‗rtasida
uyg‗unlashuv yuzaga keldi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllariga
quyidagilar kiradi:
Kontsentratsiyalashtirish;
mahalliylashtirish;
iqtisoslashtirish;
diversifikatsiyalashtirish;
kooperativlashtirish;
kombinatsiyalashtirish;
Ishlab
chiqarishni
kontsentratsiyalashtirish
— bu mahsulot
tayyorlash, ish bajarish yoki xizmat ko‗rsatishni eng yirik korxonalarda
to‗plash jarayonidir. Uning bir necha turlari mavjud. Ular agregat,
texnologik, tashkiliy xo‗jalik va korxonalarni yiriklashtirish shakllarida
ifodalanadi.
Agregat
shaklida
ishlab
chiqarishni
kontsentratsiyalashtirish
dastgohlarning quvvatini oshirishdir, ya‘ni agregatlarning unumdorligini
yuqori darajaga hamda ma‘lum xildagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning
umumiy quvvatida yuqori unumdor agregatlar salmog‗ini ko‗paytirishdir.
Bu jarayon sanoatning yetakchi, ayniqsa, elektroenergetika, metallurgiya,
kimyo, yoqilg‗i va qurilish materiallari tarmoqlarida sezilarli.
Kontsentratsiyalashtirishga texnologik jihatdan o‗xshash ishlab
chiqarishlarning quvvatini oshirish orqali erishish mumkin. Masalan,
metallurgiyada - cho‗yan, po‗lat eritish, prokat ishlab chiqarish,
to‗qimachilikda — yigirish, to‗qish, bo‗yash, mashinasozlikda - quyuv,
mexanik ishlov berish, yig‗uv jarayonlarining mujassamlashishi.
Korxonalarni va ularning tarkibidagi tsex va uchastkalarni
yiriklashtirish
ishlab
chiqariladigan
mahsulotning
yillik
hajmini
ko‗paytiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi.
Yirik korxonalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
yuqori unumli texnika va innavatsion texnologiyalarni qo‗llash
va ulardan foydalanish imkoniyatlarining ko‗pligi;
ishlab chiqarish fondlaridan oqilona va samarali foydalanish;
xodimlar mehnat unumdorligining yuqoriligi;
sanoatga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan eng yangi
fantexnika yutuqlarini, o‗zlashtirishga ta‘sir ko‗rsatadigan quvvatli
163
konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot laborotoriyalari, byurolarini
tashkil etish imkoniyatlar;
mahsulot birligiga to‗g‗ri keladigan asosiy va yordamchi xizmat
ko‗rsatish harajatlarining pastligi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |