Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
, oziq-ovqat va boshqa iste‘mol
tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‗batlantirish tadbirlari
ahamiyatli o‗rin tutadi. Mahalliylashtirish dasturi o‗z mazmuniga ko‗ra
respublikamiz korxonalarida zamonaviy talablarga javob beruvchi,
raqobatbardosh va import o‗rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish
hajmini oshirish, asossiz import hajmini qisqartirish, eksportbop
mahsulotlarni ishlab chiqarish, yangi ish joylarini yaratish kabi
maqsadlarni namoyon etadi.
O‗zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlariga 2000
yildan boshlab alohida e‘tibor berila boshlangan bo‗lib, maqsadli dasturlar
asosida
davlat
tomonidan
qo‗llab-quvvatlanib
kelinmoqda.
Mahalliylashtirish faoliyati bilan shug‗ullanayotgan real sektor vakillariga
bir qator imtiyozlar, jumladan, bojxona va soliq imtiyozlari, banklar
tomonidan
maqsadli
kreditlar
ajratib
kelinmoqda.
Aslida
esa,
mamlakatimizda mahalliylashtirish jarayonlari 1996 yildan Koreya
Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan «UzDaewoo» avtomobil
ishlab chiqarish zavodini, O‗zbekiston bozorida o‗zining munosib o‗rnini
topgan «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‗ini misol qilib keltirish
mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi PQ-
2698-sonli «2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi qism va
materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‗yicha istiqbolli
loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qaroriga asosan
mahalliylashtirish dasturi tasdiqlangan.
Ushbu dastur doirasida 2017-2019 yillar davomida 3,4 mlrd. dollarlik
1146ta mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish orqali talab yuqori
bo‗lgan
sanoat
mahsulotlari
ishlab
chiqarishni
yo‗lga
qo‗yish
rejalashtirilgan.
2017 yilda 960ta loyihani amalga oshirish hisobiga 6,5 trln. so‗mga
teng mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish belgilangan.
Shu bilan birga, 122 turdagi o‗zlashtirishga taklif etilgan mahsulotlar
ro‗yxati aniqlangan.
164
Respublikada tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyum va materiallar
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi doirasida 2000 yildan buyon
qiymati 5,5 mlrd. AQSH dollaridan ortiqroq 2,8 mingdan ziyod
mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirildi, ilgari import bo‗yicha
keltirilgan 4,8 mingdan ziyodroq yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish
o‗zlashtirildi. Natijada keyingi besh yilda import hajmi 752 million
dollarga, jumladan, 2016 yilda 286 million dollarga kamaydi. Bugungi
kunga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining
umumiy hajmida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushi 20 foizdan
ko‗proqni tashkil etadi
41
.
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar
va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish
iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishi, uning tashqi omillarga
tobeligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi samarali
texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
2010-2016 yillarda ikki mingga yaqin mahalliylashtirish loyihasining
amalga oshirilishi natijasida umumiy import o‗rnini bosish samaradorligi 7
milliard 500 million dollardan ko‗proqni tashkil etdi.
So‗nggi uch yilda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga shaxta
vagonetkalari, vakuum nasoslar, ko‗tarma kranlar, har xil turdagi o‗tga va
kislotaga chidamli materiallar, qurilish jihozlari, sendvich panellar, sun‘iy
sintetik gazonlar, shisha bankalar, butilkalar, kraxmal, non mahsulotlari
uchun achitqilar singari yuz turdan ortiq tovarlarning mamlakatimizga olib
kirilishi butunlay to‗xtatilgan.
Maishiy elektrotexnika mahsulotlari, avtomobillarning filtr va
radiatorlari, po‗lat quvurlar, keramik plitalar, tibbiyot ampulalari,
poligrafik bo‗yoqlar, bolalar o‗yinchoqlari, sport anjomlari kabi 350 dan
ortiq turdagi mahsulotni chetdan keltirish ikki baravardan ziyodga
kamaygan.
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tarmoq korxonalarining imkoniyatlarini
batafsil o‗rganish natijasida, 2017 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchilar
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va import o‗rnini bosuvchi yangi
mahsulot turlarini ishlab chiqarishni tashkil qilishga yo‗naltirish hisobiga
41
O‗zbекиsтоn Rеspublikasi Prеzidеntining ―2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va
matеriallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PQ-2698 sonli Qarori. 2016 yil 26 dеkabr. Manbaa Lex.uz.
165
1,1 mlrd. dollardan ortiqroqqa yoki importni 23 foizga kamaytirish
imkoniyati aniqlandi.
Mahalliy xomashyo va resurslardan yanada oqilona foydalanish va
eksport salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida mahalliylashtirish
dasturiga yangi loyihalarni kiritish bo‗yicha yagona mezon va talablari
belgilangan:
– dasturga kirish uchun talab etiladigan minimal mahalliylashtirish
darajasi dasturga kirgan yildan boshlab birinchi yilga 36 foiz, ikkinchi
yilga 45 foiz, uchinchi yilga 50 foizdan (mashinasozlik va metallni qayta
ishlash tarmog‗i mahsulotlariga mos ravishda 36 foiz, 40 foiz, 50 foiz) kam
bo‗lmagan miqdorni ta‘minlash;
– mahalliylashtirilgan mahsulotlar sof tushumidan eksport ulushini
ikkinchi yili 20 foiz, uchinchi yili 30 foizga oshirish belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining 10.04.2017 yildagi 197-son qarori bilan
tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritildi.
Xususan, maishiy texnika, tibbiy asbob-uskunalar, qurilish materiallari
va boshqalar ishlab chiqarish bo‗yicha 12 ta loyiha kiritildi.
Bunda Dasturga yangitdan kiritilgan tashkilotlarga nisbatan quyidagilar
bo‗yicha imtiyozlar qo‗llaniladi:
– bojxona to‗lovlari bo‗yicha – 2017 yil 17 apreldan;
– soliqlar bo‗yicha – 2017 yil 1 maydan.
Biroq import o‗rnini bosadigan mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab
chiqarishni
kengaytirish
chora-tadbirlari
amalga
oshirilayotganiga
qaramasdan, mamlakatimizda import hajmining asossiz oshib ketishiga
yo‗l qo‗ymoqda. Bu,davlatimiz iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarish hajmini
yanada kengaytirish va yangi ish o‗rinlari yaratish bo‗yicha muhim
loyihalarni amalga oshirishga yo‗naltirilishi mumkin bo‗lgan valyuta
mablag‗laridan samarasiz foydalanishga olib kelmoqda.
Bunday
holat
«O‗zbekenergo»,
«Olmaliq
kon-metallurgiya
kombinati»,
«O‗zbekto‗qimachilik»,
«O‗zqurilishmateriallari»
aktsiyadorlik jamiyatlari, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat
korxonasi,
«O‗zpaxtasanoateksport»
xolding
kompaniyasi,
«O‗zdonmahsulot» aktsiyadorlik kompaniyasi, «O‗zbekcharmpoyabzali»
uyushmasi,
«O‗zfarmsanoat»
davlat
aktsiyadorlik
kontserni
korxonalarida kuzatilmoqda.
166
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda uni ratsional
tashkil etish, jumladan, ixtisoslashtirish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |