Ishlab chikarishni ixtisoslashtirish
(frants. — specialisatian, lotincha
specialis — ayrim, maxsus) — ijtimoiy mehnat taqsimotining shakli. Ishlab
chiqarishni ixtisoslashtirish xilma-xil mahsulotlarni, ularni ishlab
chiqarishning turli bosqichlarini bir biridan ajralib chiqishi tufayli yangidan
yangi ko‗pgina ishlab chiqarish sohalarining vujudga kelish jarayonidir.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida qishloq xo‗jaligi, sanoat, qurilish va
boshqa har xil ishlab chiqarishlar mustaqil soha bo‗lib ajralib chiqqan. Bu
sohalarning o‗z ichida ham ajralib chiqish sodir bo‗lishi natijasida biron
alomatiga ko‗ra bir-biriga yaqin korxonalarni birlashtiruvchi ixtisoslashgan
tarmoq vujudga kelgan.
Alohida ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar bir xil yoki bir turli
mahsulot ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yishga erishganlar hamda maxsus,
o‗ziga xos texnologiya jarayoni va ixtisoslashgan kadrlar bilan ajralib
turgan va turishi mumkin.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirishning eng birinchi va elementar
shakli sanoatning boshlang‗ich shakli bo‗lmish hunarmandchilik bilan
birga vujudga keldi. Mehnat taqsimoti asosida rivojlanayotgan tovar
xo‗jaligi natural xo‗jaligi, ishlab chiqarishning universalizmini emirib
tashladi.
Korxonalarning ixtisoslashuvi - ularda mukammalroq texnika va
texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg‗or usullarini qo‗llashni
engillashtiruvchi turdosh mahsulot ishlab chiqarishni mujassamlashtirish
jarayonidir.
Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarishning
o‗sishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Ixtisoslashtirish
o‗z
navbatida
ishlab
chiqaruvchi
kuchlarning
rivojlanishiiga yordam beradi. Ishlab chiqarish vositalari va ish kuchining
juda keng miqyosda birlashtirilishi hozir iqtisodiy zaruriyat bo‗lib qoldi.
Hozirgi zamon
texnika
taraqqiyotining
muhim
omillari
—
elektronizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish, yangi materiallarni
yaratish
va
joriy
etish,
ilg‗or
texnologiyalarni,
jumladan,
biotexnologiyalarni vujudga keltirish ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
bilan bevosita bog‗liqdir.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sanoat korxonalarining ishini eng
ratsional, oqilona tashkil etish hisoblanib, binolardan, jihoz va asbob-
167
ukunalardan,
materiallardan
bekami-ko‗st
foydalanishda,
fan
va
texnikaning eng oxirgi yutuqlarini joriy etishda, takomillashgan maxsus
mashina va asboblarni qo‗llashda, mehnat unumdorligini oshirishda,
mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish harajatlarini tejashda katta samara
keltiradi.
Korxona bo‗limlarining ixtisoslashuvi - ayrim tsexlar, uchastkalar, ish
joylarining ayrim mahsulotlar ishlab chiqarishga va jarayonlarni bajarishga
ixtisoslashuvida ifodalanadi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish jarayonining quyidagi
shakllari keng tus olgan:
-birinchi, eng oddiy va keng tarqalgan shakli buyumlar buyicha
ixtisoslashtirish. Uning bunday shakli korxonalarni texnologik jihatdan bir-
biriga o‗xshash bo‗lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab
chiqarishga moslashtirishdan iborat;
-ikkinchi, detalli ixtisoslashtirish, ya‘ni buyum yoki mahsulotning bir
qismini, uzel detalini (masalan, motor, reduktor, karbyurator, porshen,
gilza, kuzov, bunker va x.k.larni) ishlab chiqarish;
-uchinchi, texnologik ixtisoslashtiriish. Bu ixtisoslashtirishning eng
oliy shakli bo‗lib, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining ma‘lum
operatsiyalarini bajarishni o‗zida mujassamlashtiradi. Korxonalarda ishlab
chiqariladigan mahsulot turlarining kengayishi ixtisoslashishning doimo
rivojlanishi va mukammallashuvining zarurligini ifodalaydi. Masalan,
mashinasozlikda buyumlar buyicha ixtisoslashish - ma‘lum ishlab chiqarish
tarmoqlari yoki ish turlari uchun mashinalar ishlab chiqarishning
mujassamlashuvi yo‗nalishida rivojlanmoqda. Bunday ixtisoslashish
konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda mashinalarning ishlash sharoitlarini
chuqurroq o‗rganish hamda mukammalroq texnika yaratish imkonini
kengaytiradi. Bir korxona miqiyosida tugallangan holatda mahsulot ishlab
chiqarishning tashkil etilishi unga doimo xizmat qilib, zarur qismlarni
yetkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalar tashkil etilishinn taqazo etadi.
Qismlar yoki mahsulot bo‗laklarini ishlab chiqarish bo‗yicha korxona
va tarmoqlarga sharikopodshipniklar, porshen ishlab chiqaruvchi zavodlar,
karbyurator zavodi, reduktor, asbob-anjomlar, quyma, ehtiyot qismlar,
televizor transformatorlari, televizorga futlyarlar, kondensatorlar, yuqori
bosimli nasoslar, divan-krovatlar uchun oyoqlar va boshqalarni ishlab
chiqarish misol bo‗la oladi. Masalan, sharikodshipniklar, porshenlar,
168
reduktorlar, motorlar va boshqalar tayyorlaydigan turli jarayonlarga
tashkiliy jihatdan bo‗linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |