A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Kombinatsiyalashtirish.
Sanoatning har bir tarmog‗ida katta 
korxonalar bo‗laveradi. Lekin ikkinchi tomondan zamonaviy sanoatga 
kombinatsiya degan narsa xosdir.


171
Sanoatni kombinatsiyalashtirish turli sanoat tarmoqlarining bir 
korxonada qo‗shilishidirki, bu tarmoqlar yo homashyoni ketma-ket ishlab 
beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan chuyan quyish va chuyanni pulatga 
aylantirish, sungra, ehtimol, pulatdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish) 
yoki biri ikkinchisiga nisbatan yordamchi rol o‗ynovchi tarmoqlar 
(masalan, chiqindilarni yoki qo‗shimcha mahsulotni ishlash; qadoqlash
buyumlari ishlab chiqarish va h.k.) bo‗ladi.
Kombinat tarkibidagi bo‗limlarning texnik-iqtisodiy birligi, ishlab 
chiqarish quvvati, mahsulot miqdori, turlari na sifati bo‗yicha o‗zaro 
mosligi ular o‗rtasidagi iqtisodiy aloqadorlikni ifoda etadi. Bo‗linmalar 
o‗rtasidagi iqtisodiy aloqadorlik esa turli yo‗nalishlarda amalga oshirilishi 
mumkin.
Kombinatning xomashyo, energetika va transport manbalari birligi, 
uning barcha ishlab chiqarish bo‗linmalarining umumiy kommunikatsiya 
(suv, 
byg‗, 
gaz, elektr energiyasi bilan ta‘minlash) tizimlari 
birlashganligini, umumiy transport xo‗jaligidan foydalanishini, dastlabki 
xomashyolarni yoki ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashini, bir-
birlarini yarim fabrikat yoki chala mahsulot bilan ta‘minlashini ko‗rsatadi.
Kombinatsiyalashtiriladigan korxonalarning hududiy birligi yagona 
texnologik 
sistemani 
tashkil 
etuvchi 
birlashtiriladigan 
ishlab 
chiqarishlarning uzviy texnologik bog‗liqligidan kelib chiqadi. Bu tizimda 
uzilish bo‗lmasligi uchun, kombinatning barcha ishlab chiqarish bo‗limlari 
bir maydonda joylashtiriladi. Bu kimyo-texnologik va termik ishlab 
chiqarish jarayonlari (kimyoviy, metallurgiya, neftekimyo, oziq-ovqat va 
h.k.) ustun bo‗lgan kombinatsiyalashtirilgan korxonalar uchun ayniqsa 
muhimdir. Kombinatsiyalashtirishni rivojlantirishning asosiy sharti ishlab 
chiqarishni yiriklashtirishdir.
Kombinatsiyalashtirish natijasida xomashyodan, ishlab chiqarish 
chiqindilaridan to‗liq foydalanish imkoniyati yaratiladiki, bu esa 
sanoatning xomashyo manbaini kengaytiradi. 
Kombinatsiyalashtirish ishlab chiqarishda jarayonlarni uzluksiz olib 
borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish va natijada ish 
kuchini tejash, ishlab chiqarishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini 
oshirishga yordam beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator 
qurilish obyektlari uchun kapital harajatlar, mahsulot va xomashyoni 
uzoqqa tashish, umumzavod harajatlari qisqaradi, mahsulot ishlab chiqarish 


172
hajmi ortadi, tannarhi kamayib, sifati esa ancha yaxshilanadi va 
iste‘molchilar talabi to‗laroq qondiriladi.
Kombinatlashtirishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
• xomashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda qayta 
ishlash;
• ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda 
mahsulot tayyorlash;
• xomashyoni yoppasiga qayta ishlash.
Xomashyoni kompleks qayta ishlashga asoslangan kombinatlashtirish 
eng rivojlangan ishlab chiqarish bo‗lib juda katta xalq xo‗jalik ahamiyatiga 
egadir. Chunki bu shaklda xomashyo, materiallar va chiqindilardan to‗la-
tukis foydalanish mumkin bo‗ladi. Kombinatlashtirishning bunday zarurligi 
xomashyo tarkibida turli elementlarning mavjudligi bilan belgilanadi. 
Masalan, Ohangaron rudalarining ko‗p qismi kompleks, polimetallik 
tavsifga ega bo‗lib, ulardan ba‘zi bir elementlarning qiymati mis 
qiymatidan 9-10 barobar yuqoridir. Hozirgi zamon texnika va 
texnologiyasi yordamida u erda mis bilan birga oltingugurt, qalay, 
qo‗rg‗oshim, oltin, selen, telur va boshqa bir qator nodir metallar 
olinmoqda.
Alohida kombinatning rivojlanish darajasi o‗sha kombinat qamrab 
olgan tarmoqlar va ishlab chiqarish pag‗onalarining soni bilan tavsiflanadi. 
Shu sababli odatda to‗la-to‗kis va to‗la bo‗lmagan kombinatlarni 
farqlaydilar. Masalan, to‗la-to‗kis to‗qimachilik kombinati barcha 
bosqichlar (yigirish, to‗qish va pardozlash)ni qamrab oladi. To‗la 
bo‗lmagan to‗qimachilik kombinati esa o‗z ichiga bir yoki ikki bosqichni 
oladi. 
O‗zbekistonda ishlab chiqarishni kombinatlashtirish juda yuqori 
darajaga ko‗tarilgan. U ayniqsa metallurgiya, kimyo va oziq- ovqat 
sanoatida keng tarqalgan. Respublikada bu tarmoqlarga taalluqli juda 
yirik, dunyo miqiyosida tan olingan kombinatlar faoliyat ko‗rsatmoqda. 
Ular jumlasiga Navoiy Kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-
metalurgiya kombinati, O‗zbekiston metallurgiya kombinati, Chirchiq 
elektr-kimyo kombinati, Toshkent yog‗-moy kombinati va boshqalarni 
kiritish mumkin. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish