A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Kimyo sanoati
O‗zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar 
sirasiga kiradi va qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishni jadallashtirish
ehtiyojlaridan kelib chiqib mineral o‗g‗itlar chiqaruvchi korxonalarni 
qurish orqali tashkil topgan.


174
Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltin gugurt 
koni 1932 yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.
1940 yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektr 
kimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam-Chirchiq» AJ) mahsulot bera 
boshladi.
1962 yilda Farg‗ona azotli o‗g‗itlar zavodi (bugungi kunda 
«Farg‗onaazot» AJ) ishga tushirildi.
1964 iylda navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) 
mahsulot bera boshladi.
1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos» AJ) 
ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda «Maksam-Chirchiq», «Navoiyazot» va «Farg‗onaazot» 
aktsiyadorlik jamiyatlar azotli o‗g‗itlar — ammiakli selitra, karbamid, 
ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos», «Samarqankimyo» va 
«Qo‗qon superfosfat zavodi» ochiq aktsiyadorlik jamiyatlar fosforli 
o‗g‗itlar — ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniy 
sulfofosfat va nitrokaltsiy fosfat — ishlab chiqaradilar. Ularni hom 
ashyobilan Qizilqum fosforit kombinati ta‘minlaydi. «Elektroximzavod» 
QK-AJ o‗simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi.
Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan 
kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish majmualarga bo‗lish mumkin:
mineral o‗g‗itlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo 
sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish majmuasi;
organik kimyo, sun‘iy tola va polimer materiallar ishlab chiqarish 
majmuasi; o‗simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish 
majmuasi;
kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi.
«O‗zkimiyosanoat» AJ korxonalari 170-dan ortiq kimyo mahsulotlar 
turlari ishlab chiqariladi.: 
Kimyo sohasi – zamonaviy sanoatning «katalizatori» bo‗lib, har 
qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz 
iqtisodiyotda taraqqiyot bo‗lmaydi. 
Mamlakatimizda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar 
natijasida xususan, birgina 2018 yil yakuni bilan «O‗zkimyosanoat» 
korxonalarida 4,17 trln. so‗mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi. Sof holda 
1170,77 ming tonna mineral o‗g‗itlar, shu jumladan 847,98 ming tonna 
azotli o‗g‗itlar, 140,38 ming tonna fosforli o‗g‗itlar va 182,41 ming tonna 


175
kaliyli o‗g‗itlar ishlab chiqarildi. Yil yakuni bilan birja savdolarida 884,66 
ming tonna mineral o‗g‗itlar sotildi. Mahsulot eksportining prognozi 
100%ga bajarildi. Ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish prognozi 
107.6%ga yoki 260,8 mlrd. so‗mga kamaytirildi. Investitsiya dasturiga 
kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida «O‗zkimyosanoat» AJ korxonalari 
tomonidan 466,9 mln.dollar hajmida investitsiyalar o‗zlashtirildi. 1242 
yangi ish o‗rni yaratildi. 
Mamlakatda kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir 
qatorda tizimli muammolar mavjud. Xususan, O‗zbekiston zaminida 
Mendeleev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz 
uglevodorodlarga boy bo‗lsa-da, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xo‗jaligi 
uchun mineral o‗g‗it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 
Qurilish materiallari, farmatsevtika, tekstil, mashinasozlik kabi 
tarmoqlar uchun zarur bo‗lgan murakkab polimerlar, katalizatorlar, 
reagentlar va sintetik tolalar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilmagan. 
Buning oqibatida har yili 1,5 milliard dollarlik kimyo mahsulotlari 
import qilinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan fosfor va kaliyli mineral 
o‗g‗itlar ham mavjud talabning faqat uchdan birini qoplaydi, xolos. 
Murakkab mineral o‗g‗itlar ishlab chiqarish quvvatlari 60-70 foizga 
eskirgani energiya resurslarining ortiqcha sarflanishi, kimyo mahsulotlari 
tannarxining asossiz oshishiga olib kelmoqda. 
2018 yildan boshlab, mineral o‗g‗itga talabni qondirish uchun 3,1 
milliard dollarlik 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshirila boshlandi. 
Bundan tashqari, kimyo sanoati mahsulotlarini diversifikatsiya qilish 
maqsadida 2025 yilgacha 4,2 milliard dollarlik yana 17 ta loyiha hayotga 
tatbiq etiladi. 
Shuning uchun, kimyo tarmog‗iga xorijiy investitsiya va zamonaviy 
texnologiyalarni jalb qilish, mahsulot hajmi va turini ko‗paytirish, sohaning 
eksport salohiyatini oshirish «O‗zkimyosanoat» aktsiyadorlik jamiyatining 
muhim va ustuvor vazifasi bo‗lishi zarur. 
Bugungi kunda mamlakatimizda azotli o‗g‗itlarga talab 73 foiz, 
fosforli o‗g‗itlarga — 20 foiz ta‘minlanmoqda. Azotli o‗g‗it ishlab 
chiqarish quvvatlarining o‗rtacha eskirish darajasi 64 foizni, fosforli o‗g‗it 
bo‗yicha — 77 foizni tashkil qiladi. 
Sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida kelasi 5 yilda umumiy 
qiymati 2,8 milliard dollar bo‗lgan 9 ta loyihani ishga tushirish 
rejalashtirilgan bo‗lib, buning natijasida mineral o‗g‗it va sulfat kislotasi 


176
ishlab chiqarish hajmi 2 barobar ko‗payadi. Azotli va kaliyli o‗g‗itlarga 
talab to‗la qoplanadi, fosforli o‗g‗itlarga talabni qondirish darajasi bir 
necha barobar oshirilishi belgilangan. 
Kimyo 
sanoatini 
yanada 
rivojlantirish, 
uning 
investitsiyaviy 
jozibadorligini oshirish va tarmoq diversifikatsiya qilishga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri 
xorijiy 
investitsiyalarni 
jalb qilish hajmlarini 
kengaytirish 
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kimyo sanoatini 
yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarori qabul qilindi. 
Ayni paytda sohada tabiiy gazning bor-yo‗g‗i 14 foizi, jumladan, 
kimyo tarmog‗ida 5 foizi chuqur qayta ishlanmoqda. Kremniy, kaolin va 
gips xomashyosidan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish e‘tibordan 
chetda qolmoqda. 
Ma‘lumotlarga ko‗ra, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan noo‗g‗it 
mahsulotlar, asosan polietilen, polipropilen, polistirolga xorijiy davlatlarda 
100 milliard dollardan ortiq hajmda ehtiyoj mavjud. Bu esa biz uchun 
yaxshi imkoniyat. 
Shu sababli, kimyo sanoatida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish 
uchun organik moddalar ishlab chiqarish bo‗yicha 15 ta va noorganik 
moddalar bo‗yicha 8 ta loyihani amalga oshirish ko‗zda tutilmoqda. 
Shu bilan birga, sohaga innovatsiyalar umuman joriy qilinmagani, ilm-
fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotganidan dalolat beradi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish