A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Sanoat markazlaridagi atmosfera ifloslanish indeksi va uning



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

 
16.3. Sanoat markazlaridagi atmosfera ifloslanish indeksi va uning 
dinamikasi hamda hududlarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish 
yo‗llari 
―O‗zgidromet‖ tomonidan 2020-yil may oyida o‗tkazilgan atmosfera 
havosi ifloslanishi monitoringi natijalariga ko‗ra, 24 ta shaharda havoning 


456
ifloslanish darajasi past bo‗lgan, yuqori ifloslanish darajasi Olmaliq 
shahrida AIIning 8,85 ga teng qiymati bilan qayd etilgan, deyiladi markaz 
xabarida. 
Xabarga ko‗ra shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishi sanoat 
korxonalari ajratmalarining tarqalishi va meteosharoitlarga bog‗liq. 
Umuman, respublika bo‗yicha 2020-yil mayda atmosfera havosining 
ifloslanish darajasi me‘yor chegarasida bo‗lgan. 
O‗tkazilgan radiatsiyaviy monitoring bo‗yicha 2019-yil mayda 
radiatsiyaviy gamma-fonning o‗rtacha qiymatlari ruxsat berilgan me‘yor 
(0,30 mkz/ch)dan oshmagan. Respublika bo‗yicha o‗rtacha gamma-fon 
qiymati 0,15mkZv/ch‘ni tashkil qilgan. Shahar atmosfera havosi ifloslanish 
darajasini tavsiflash uchun standart integral ko‗rsatkich — atmosferaning 
ifloslanish indeksi (AII)dan foydalaniladi, u beshta asosiy ifloslantiruvchi 
ingrediyent (chang, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi (is gazi), azot 
dioksidi, azot oksidi) bo‗yicha hisoblanadi. AIIning 5 balldan kam qiymati 
past ifloslanish darajasiga to‗g‗ri keladi. 
Havoning ifloslanish darajasi AII 0-4 bo‗lganda past, AII 5-6 
bo‗lganda oshgan va AII 7-14 bo‗lganda yuqori, AII> 14 bo‗lganda eng 
yuqori hisoblanadi.
82
Biz bilamizki bugungi kunda fan-texnikaning jadal 
rivojlanishi insoniyatning tabiatga ta`siri miqyosi va darajasining keskin 
ortishiga olib keldi. Tabiiy resurslarning mislsiz o‗zlashtirilishi, sanoat 
ishlab chqarishining ortishi, transport vositalari soning ko‗payishi atrof 
muhitning kuchli floslanish muammosini keltirib chqarmoqda. Endilikda 
barchamizni birdek tashvishlantirayotgan ekologik muammolarga etibor 
qaratsak, atrof-muhit ifloslanishi, global isish, tabiiy boyliklardan oіqlona 
foydalanish dolzarb masalaga aylanib borayotganining guvohi bo‗lamiz. 
Binobarin, XXI asrga kelib, insoniyat global iqlim o‗zgarishlari, bioxilma-
xillikning boy berilishi, suv tanqisligi, qurg‗oіchilik, cho‗llanish hamda 
sanoat va maishiy chiqindilar zarari kabi qator ekologik muammolar bilan 
to‗qnash kelmoqda. 
Endilikda atmosfera havosini asrab-avaylash va muhofaza qilish 
muhim ekologik vazifalardan biri hisoblanadi. 1996 yil 27-dekabirda qabul 
qilingan ―Atmosfera havosini muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi qonun mazkur 
masalani huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qimmatli hujjatdir. Ushbu 
qonun kuchga kirgach, sanoat, energetika va transportdan atmosferaga 
82
https://forbes.uz/news/2020/06/10/newsid_217476 


457
chiqarilayotgan zararli moddalar miqdori 1989 yilga nisbatan 2 million 
tonnaga kamaydi. Statsionar manbalardan chiqariladigan ifloslantiruvchi 
moddalar miqdori esa 600 ming tonnaga qisqardi. 
Bu boradagi ishlar istіqloldan so‗ng chuqqur ma‘no-mazmun kasb etdi. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat in‘om etgan boyliklardan oqilona 
foydalanish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‗nalishlardan biriga aylandi. 
Shu sohaga oid 30 ga yaqin qonun hamda 350 dan oshiq me‘yoriy-huquqiy 
hujjatlar qabul qilindi. Ular Konstitutsiyamiz, Milliy Xavfsizlik 
konsepsiyasi va shu sohaga oid xalqaro huquqiy hujjatlar hamda 
rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, 
yurtimizdagi bioresurslarni muhofaza qilish, asrab-avaylash va kelgusi 
avlodlarga bekami-ko‗st yetkazishning kafolati sifatida xizmat qilmoqda. 
Atmosfera yer sharining havo qobig‗i bo‗lib, biosferada hayot 
mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha 
jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora 
yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigi bo‗lmaganida yer yuzasida 
kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo‗lar edi. 
Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o‗tadi, 
atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo‗lib. Uning asosiy massasi 10-16 
km balandlikkacha bo‗lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob-havo va 
iqlim ko‗p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog‗liq. Begona 
qo‗shimchalari bo‗lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan 
iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, 
karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . 
Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug‗lari. Chang zarralari bo‗ladi. 
Atmosferadagi har bir gaz o‗ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga 
egadir. 
Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM 
ko‗rsatkichlari bo‗yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga 
qarab xilma-xil REM ko‗rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM 
ko‗rsatkichlarini ajratish mumkin; is gazi-0,01 mg/m3: oltingugurt gazi-
0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3; fenol-0,01 mg/m3; formaldegid-0,003 
mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo. REM ko‗rsatkichlari turli 
davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 
600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta 
moddalaning birlashib ta'sir qilishi o‗rganilgan bo‗lib ular uchun me'yorlar 
belgilangan. 


458
Аtmоsfеrа iflоslаnishi tufаyli Mоskvаdа аtmоsfеrаgа nisbаtаn 11 % 
yog‗in ko‗p tushаdi. Sаmаrqаnd shаhri аtrоfigа nisbаtаn 1 yildа 6 kun 
tumаn ko‗p tushib, 11 mm yog‗in ko‗p yoqqаn. Sаnоаti rivоjlаngаn 
shаhаrlаr аtrоfigа nisbаtаn yillik o‗rtаchа hаrоrаt yuqоri bo‗lishi 
kuzаtilgаn. Bungа sаbаb kishilаr fоydаlаnаdigаn bаrchа enеrgiyani issiqlik 
eеnrgiyasigа аylаntirаdi vа uning bir qismi еr yuzаsining qo‗shimchа 
isituvchi mаnbаsi bo‗lib qоlаdi. shu sаbаbli sаnоаti rivоjlаngаn vа аhоlisi 
100 mingdаn 500 minggаchа bo‗lgаn shаhаrdа o‗rtаchа yillik hаrоrаt 
аtrоfdаgigа nisbаtаn 10 S yuqоri bo‗lsа, аhоlisi 0,5-1,0 mln bo‗lgаn 
shаhаrdа 1,1-1,20 C, 1 mln. dаn оrtiq bo‗lgаn shаhаrdа 1,3-1,50 S yuqоri 
bo‗lаdi. shu sаbаbli Tоshkеnt shаhаrining mаrkаzidа yillik o‗rtаchа hаrоrаt 
shаhаr аtrоfdаgigа nisbаtаn 1,30 C yuqоri bo‗lsа, bu fаrq Sаmаrqаnddа 
0,50 S gа, Pаrij vа Stоkgоlmdа 0,70 C gа, Mоskvаdа 20 C gа еtаdi 
Respublikamizda atmosfera havosining zararli moddalar bilan 
ifloslanishi ustidan kuzatuvlar 25 ta shaharda 63 statsionar punktda olib 
boriladi. Kuzatuv nuqtalaridan olingan ma‘lumotlar respublika bo‗yicha 
umuman atmosfera havosining o‗rtacha ifloslanish darajasi to‗g‗risida 
xulosa qilishga imkon beradi. 
Toshkent shahrida atmosfera havosi kuzatuvlari shaharning 8 ta 
tumanida joylashgan 13 ta kuzatuv punktida amalga oshiriladi. Shahar 
xususiyatlarini e‘tiborga olib havo ifloslanishi to‗g‗risida ma‘lumotga ega 
bo‗lish maqsadida bu punktlar turli funksional zonalarda, ya‘ni turarjoy , 
sanoat, avtomobil yo‗llari oldida joylashgan. 
Atmosfera havosi ifloslanishi chang, oltingugurt dioksidi, azot 
dioksidi, azot oksidi, karbonat angidrid, fenol, ftorli vodorod, ammiak, 
formaldegid, og‗ir metallar ko‗rsatkichlari bo‗yicha aniqlanadi. Buning 
uchun kuzatuv postlarida yakshanbadan tashqari har kuni soat 7:00, 13:00, 
19:00 da havo namunalari olinadi. 
Havodagi asosiy ifloslantiruvchi moddalar — chang, uglerod oksidi
azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va ammiakdir. Ularning o‗rtacha yillik 
konsentratsiyalari ayrim oylarda ruxsat etilgan me‘yorlardan ortib ketadi. 
Atmosfera havosi ifloslanish darajasining integral ko‗rsatkichi — bu 
atmosferaning ifloslanish indeksidir (AII). U eng ko‗p miqdorda mavjud 
bo‗lgan 5 ta modda bo‗yicha hisoblanadi. Atmosferaning ifloslanish 
indeksi kuzatuvlar olib borilayotgan muayyan aholi punktlaridagi 
atmosfera havosining ifloslanish darajasini baholash uchun qulay sanitar-
gigienik ko‗rsatkich hisoblanadi. 


459
Agar biz 20 yil ichida Toshkent shahri uchun ifloslanish darajasi 
o‗zgarishlarini ko‗rib chiqsak, 1990 yillarga nisbatan oxirgi 10 yil ichida 
umuman olganda Toshkent bo‗yicha ifloslanish darajasi pasayganini 
ko‗ramiz (16.1- jadvalga qarang).

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish