A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

16.4. 
Statsionar 
manbalardan 
chiqadigan 
chiqindilar 
va 
harakatlanuvchi manbalarning atmosferaga havosiga ta‘siri 
 
Tayanch tushuncha va iboralar: 
Ekologiya, tabiiy resurs, sanoat 
markazlari, atmosfera, biologik, statsionar, tabiiy ifloslanish manbalari, 
sinergik effekt, ifloslanish manbalari, issiqlik elektr stantsiyalari, 
sanitariya-gigienik xavfi, kimyoviy transformatsion mahsulotlar, granosan 
va merkusan, statsionar ko‗chma qizil kitob, ekotizim, biologik xilma-xillik 
to‗g‗risidagi konvensiyaga, radiatsiyaviy monitoring, chiqindilarini 
utilizatsiya qilish, atmosferaning ifloslanish indeksi , iqtisodiy baxolash. 
16.1. Ekologiya, tabiat, tabiiy resurs va tabiiy sharoit 
tushunchalarining iqtisodiy mohiyati hamda tabiat bilan jamiyat 
o‗rtasidagi munosabatlar 
Tabiat o‗ziga xos murakkab tizim bo‗lib, inson va jamiyat uning 
hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o‗z ehtiyojlarini 
tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziqovqat, mineral va 
yonilg‗i xomashyolarini oladi va o‗zining hayot faoliyati davomida tabiatga 
o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo‗lgan yangi obyektlar 
vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‗llar, 
konlar, suv omborlari, qishloq xo‗jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-
idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar 
atrof tabiiy muhitiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi 
sonining keskin o‗sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, 
mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud 


441
tabiiy resurslardan imkon qadar ko‗proq foydalanish va shu yo‗l bilan 
jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson 
o‗rtasidagi o‗zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning 
buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi. Hozirgi kunga 
kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko‗pchilikni birdek bezovta 
qilmoqda. Ekologik halokat ko‗z o‗ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-
muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samaraii 
foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik 
inqirozning sababchisi va o‗z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli 
etuvchisi ham Inson ekanligi ma‘lum bo‗lib qoldi. Atrof-muhitni 
ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‗p 
jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat‘i nazar insonlaming 
ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog‗liq. 
Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun 
aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan 
hisoblanadi. 
Jamiyat rivojlanishi, tovar va xizmatlarning takror ishlab chiqarish 
jarayoni doimiy inson va tabiat o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar asosida amalga 
oshiriladi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti, xo‗jalik sub‘ektlarining 
iqtisodiy faoliyati doimo atrof-muhitga ta‘sir ko‗rsatadi. Resurslardan 
oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi barqaror hamda 
muvozanatli rivojlanish asosini tashkil etadi. Bugungi kunda Jahon 
amaliyotida barqaror rivojlanishni ta‘minlash birlamchi maqsadga aylandi. 
Iqtisodiy munosabatlarni o‗z ichiga olgan tizim doimo tabiatga ta‘sir etish 
asosida ro‗yobga chiqadi. Ya‘ni, iqtisodiy tizim va ekologiya uzluksiz 
bog‗liqlikni ifodalagani holda, bir-birini inkor etishi ham tabiiydir. Inson 
tabiatga ta‘sir qilish barobarida iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi. Bunda, 
iqtisodiy samaradorlikni doimiy oshirish uchun ekologik muvozanatni 
saqlash muhim hisoblanadi. Ya‘ni, iqtisodiy va ekologik tizim o‗zaro 
aloqasining samaradorligini ta‘minlash muhimdir. Jumladan, iqtisodiyotda 
innovatsion faoliyatni keng jalb etish asosida resurslardan oqilona 
foydalanish hamda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish kabi masalalarni 
ham ta‘minlash zarur. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 
tomonidan 2015 yil 25 sentyabrda qabul qilingan «Barqaror rivojlanish 
maqsadlari» doirasida ekologik barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiy tizim 
rivojlanish darjasini oshirish maslalariga e‘tibor qaratilgan ―Barqaror 
rivojlanish‖ tushunchasi atrof-muhit va rivojlanish bo‗yicha Xalqaro 


442
komissiya (Brutland Komissiyasi) tomonidan 1987 yilda kiritilgan. 
Barqaror rivojlanish bu joriy ehtiyojlarni kelgusi avlod talab ehtiyojlarini 
xavf-xatarga qo‗ymagan holda qondirishdan iboratdir. Barqaror rivojlanish 
kontseptsiyasi jamiyatning uch faoliyat sohasini (ijtimoiy, iqtisodiy, 
ekologik) birlashishi natijasida paydo bo‗lgan
74
. Ekologik nuqtai nazardan 
barqaror rivojlanish biologik va fizik tizim barqarorligini ta‘minlashi 
lozim. Bunda asosiy e‘tibor ekologik tizimlarni o‗zgarishlarga 
moslashishni ta‘minlashdan iborat bo‗ladi. Shunday bo‗lsa-da, tabiiy 
resurslarning emirilishi, atrof-muhit ifloslanishi va biologik turlarning 
yo‗qolishi ekologik tizimning nobarqarorligiga ta‘sir etadi hamda ularning 
tiklanish imkoniyatini yo‗qotadi
75
. Ekologik jarayon kishilarning atrof-
muhitga munosabati asosida shakllanar ekan, ushbu jarayon cheklangan 
resurslardan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Bu esa barqarorlik 
asosida iqtisodiy-ekologik tizimni bir butun o‗rganishni talab etadi. 
Intellektual resurslardan foydalanmay, ilg‗or fan-texnika va texnologiyalar 
va innovatsiyalarni faol qo‗llamay turib, iqtisodiyotni muvozanatli 
o‗sishiga erishilmaydi hamda hududlarning iqtisodiy-ekologik tizimlarini 
barqaror rivojlantirishni amalga oshirib bo‗lmaydi. Iqtisodiy-ekologik 
tizimlarning barqarorligi bu uning tashqi ta‘sir natijasida ichki muhit 
elementlari orasidagi muvozanatni mustaqil ta‘minlash imkoniyati bilan 
izohlanadi.
76
Umumiy holda esa tashqi muhitning salbiy ta‘sirlari sharoitida 
iqtisodiy-ekologik tizimlar o‗z elementlarining xususiyatlari, sifat va 
miqdor xossalarini hamda o‗zaro aloqadorligini saqlay olishi uning 
barqarorligini ifodalaydi. Ya‘ni, iqtisodiy-ekologik tizimlar noqulay tashqi 
ta‘sirda o‗z vazifalarini zaruriy darajada bajarsa barqaror hisoblanadi 
Shunday bo‗lsa-da, iqtisodiy-ekologik tizimlarning barqarorligini tadqiq 
etgan olimlar o‗z izlanishlarida ushbu tushunchaga turlicha ta‘rif beradilar. 
Jumladan, iqtisodiy-ekologik tizimlarninng barqarorligi – tizim osti 
elementlari holatini tavsiflovchi o‗lchamlari muvozanatini yoki tizim osti 
elementlarining o‗zaro aloqasi, ularning tashqi va ichki ta‘sirlarga bardosh 
bera olish imkoniyati va kuchidir
75

74
Troitskiy V.A., Gizatullin X.N. Kontseptsiya ustoychivogo razvitiya: novaya sotsialno-ekonomicheskaya paradigma // 
Obhestvennoe nauki i sovremennost. 1998. №5. С. 124-130. 
75
Munasingxe M., Kruz V. Ekonomicheskaya politika i okrujayuhaya sreda. Opit i vivodi. Publikatsii Vsemirnogo banka 
po problemam okrujayuhey sredi. Vip. 10. Vashington, okrug Kolumbiya, 1995. 
76
Malo‗shev A.A., Solodkov N.N. Faktori, vliyayuhie na ustoychivost ekologo-ekonomicheskoy sistemi // –М.: №1(30). 
2014. С. 129-135. 


443
D.A.Munro tomonidan berilgan ta‘rifda, ekologik tizimni himoya 
qilgan tarzda yashab, aholi turmush darajasining sifati ortishi bilan 
rivojlanib borish barqaror deya, tavsiflanadi.
77
O.L.Makaeva fikricha, iqtisodiy-ekologik tizimlar barqarorligi bu hududiy 
tizimning iqtisodiy, texnologik, demografik, ijtimoiy, milliy, siyosiy 
o‗lchamlarining barqarorligidan iboratdir. 
V.N.Leksin va A.N.Shvetsovlar ta‘rifida, iqtisodiy-ekologik tizimlar 
barqarorligi ostida muvozanatlik va ijtimoiy yo‗naltirilganlik sharoitida 
mintaqa salohiyatini uzoq muddat takror ishlab chiqarish uchun saqlanishi, 
deb o‗tilgan. 
E.V.Korchagina fikricha, iqtisodiy - ekologik tizimlar barqarorligi bu 
atrof-muhitning ijtimoiy, madaniy va ekologik o‗lchamlarini saqlagan 
holda 
biznes-muhit 
o‗zgarishlari sharoitida tizimning iqtisodiy 
maqsadlarning amalga oshirish darajasi imkoniyatlaridir. Boshqa bir 
manbada berilishicha, tashqi va ichki omillar ta‘sirida o‗zining ichki 
aloqalari hamda amal qilish tavsifini uzoq muddat saqlash imkoniyati 
bo‗lib, barqaror rivojlanish yo‗nalishida jahon hamda mamlakat 
iqtisodiyotining barcha harakati ishtirokchisi bo‗lishligi bilan asoslaniladi. 
Demak, u yoki bu muallif tomonidan amalga oshirilgan izlanishlarda, 
berilgan ta‘riflar markazida iqtisodiy-ekologik tizimni jamiyatning 
iqtisodiy rivojlantirish, atrof–muhitni o‗zaro ta‘siri hamda o‗zaro 
bog‗liqligi nazarda tutilmoqda. Bunda, asosiy e‘tibor iqtisodiy-ekologik 
tizimlar tarkibi hisoblangan iqtisodiy va tabiiy resurslarning bog‗liqligini 
hamda amal qilishini tavsiflashga qaratilgan. 
Shu bilan birga, hududiy iqtisodiy-ekologik tizimlarga ham bir qator 
mualliflar ta‘rif berib o‗tishgan. Jumladan, T.A.Akimova va V.V.Xoskin 
fikricha, chegaralangan aniq hudud, texnosferaning qismi, ya‘ni ijtimoiy, 
tabiiy va ishlab chiqarish tarkibi hamda energiya va axborot oqimlari 
o‗zaro qo‗llab-quvvatlovchi aloqador jarayondir.
78
Hududiy yoki mahalliy 
darajada iqtisodiy-ekologik tizimlar ekosferaning aniq chegaralangan 
mintaqasi bo‗lib, tabiiy-ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidan iboratdir. 
Inson o‗z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan moddiy 
narsalarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‗zaro chambarchas
77
Munro D.A. Caring for the Earth: A Strategy for Sustainable Living / D.A.Munro. – Gland, Switzerland. Retrieved on: 
2009-03-29. 
78
Akimova T.A., Xaskin V.V. Ekologiya. Chelovek – Ekonomika – Bio – sreda: Uchebnik dlya vuzov. -2-e izd., pererab. 
i dop. 


444
bog‗langan. Fan-texnika rivojlangani sari insonning mehnat qurollari
takomillashib boradi. Natijada u o‗zini o‗rab turgan tabiatning
xususiyatlarini o‗zgartirib, o‗ziga xos "muhit‖ yaratadi. Shuning uchun
jamiyat va tabiat munosabatlari haqida gapirganda tabiiy muhit,
geografik muhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi tushunchalar 
qo‗llaniladi. 
Tabiat
– bizni o‗rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda 
cheksizdir, to‗xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‗zgarishda 
bo‗ladi. Jamiyat ham tabiatning, moddiy olamning o‗ziga xos bir 
bo‗lagidir.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish