Tabiiy muhit
– tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir
o‗rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki
tabiiy sharoitlar mujassamligi. Geografik adabiyotlarda mazkur
tushuncha, ko‗pincha, geografik qobiqning inson va uning xo‗jalik
faoliyatini o‗rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.
Geografik muhit
– jamiyatni o‗rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy
ishlab chiqarishning muayyan tarixiy bosqichida tabiatning jamiyat
bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗ladigan bir qismi. Geografik muhit jamiyat
taraqqiyotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga
va xo‗jalik tarmoqlarining joylashishiga faol ta‘sir etadi. O‗z
navbatida, jamiyat ham geografik muhitga ta‘sir ko‗rsatadi. Jamiyat
rivojlanib borgani sari geografik muhit doirasi o‗zgarib, kengayib boradi.
Texnogen muhit
– aholini o‗rab turgan atrof-muhitning bir qismi
bo‗lib, inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi.
Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi.
Atrof-muhit
– aholini o‗rab turgan tabiiy va texnogen muhitni
qamrab olgan yashash va mehnat qilish sharoiti.
Ekologiya
(yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil
darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar,
biogeotsenozlar
(ekosistemalar)
va
biosferaning
tuzilishi,
ularda
kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biologik fanlari majmui. Ekologiyani
organizmlar va ular bilan atrof muhit o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni
o‗rganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi.
V.N.Leksin va A.N.Shvetsovlar ta‘rifida, iqtisodiy-ekologik tizimlar
barqarorligi ostida muvozanatlik va ijtimoiy yo‗naltirilganlik sharoitida
mintaqa salohiyatini uzoq muddat takror ishlab chiqarish uchun saqlanishi
[4,19], deb o‗tilgan. E.V.Korchagina fikricha, iqtisodiy - ekologik tizimlar
445
barqarorligi
bu
atrof-muhitning
ijtimoiy,
madaniy
va
ekologik
o‗lchamlarini saqlagan holda biznes-muhit o‗zgarishlari sharoitida
tizimning
iqtisodiy
maqsadlarning
amalga
oshirish
darajasi
imkoniyatlaridir.
79
Boshqa bir manbada berilishicha, tashqi va ichki omillar
ta‘sirida o‗zining ichki aloqalari hamda amal qilish tavsifini uzoq muddat
saqlash imkoniyati bo‗lib, barqaror rivojlanish yo‗nalishida jahon hamda
mamlakat iqtisodiyotining barcha harakati ishtirokchisi bo‗lishligi bilan
asoslaniladi.
Demak, u yoki bu muallif tomonidan amalga oshirilgan izlanishlarda,
berilgan ta‘riflar markazida iqtisodiy-ekologik tizimni jamiyatning
iqtisodiy rivojlantirish, atrof–muhitni o‗zaro ta‘siri hamda o‗zaro
bog‗liqligi nazarda tutilmoqda. Bunda, asosiy e‘tibor iqtisodiy-ekologik
tizimlar tarkibi hisoblangan iqtisodiy va tabiiy resurslarning bog‗liqligini
hamda amal qilishini tavsiflashga qaratilgan.
Shu bilan birga, hududiy iqtisodiy-ekologik tizimlarga ham bir qator
mualliflar ta‘rif berib o‗tishgan. Jumladan, T.A.Akimova va V.V.Xoskin
fikricha, chegaralangan aniq hudud, texnosferaning qismi, ya‘ni ijtimoiy,
tabiiy va ishlab chiqarish tarkibi hamda energiya va axborot oqimlari
o‗zaro qo‗llab-quvvatlovchi aloqador jarayondir. Hududiy yoki mahalliy
darajada iqtisodiy-ekologik tizimlar ekosferaning aniq chegaralangan
mintaqasi bo‗lib, tabiiy-ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidan iboratdir.
80
Bugungi kunda, cheklanmagan ehtiyojlarning o‗sib borishi atrof-muhitga
yuqori darajada ta‘sir etishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, hududning
tashqi va ichki o‗zgarishlari sharoitida iqtisodiy-ekologik tizimlarning
barqarorligi boshqarish samaradorligiga bog‗liqdir. Ya‘ni, iqtisodiy-
ekologik tizimlarni boshqarish uning uch jihati bo‗lgan iqtisodiy, ekologik
va ijtimoiy elementlarni bir vaqtda samarali tarzda amal qilishini nazorat
qilish va tartibga solish jarayonidir. Iqtisodiy-ekologik tizimlarni barqaror
rivojlantirishni boshqarish, boshqarishning yangi kontseptsiyasi bo‗lib,
ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik tavsifdagi muammolarni hal etishga
qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Mazkur masala iqtisodiy-ekologik tizimlarni xavfsiz boshqarishning
kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqishni talab etadi. O‘z navbatida,
79
Korchagina E.V. Analiz sovremennix podxodov k otsenke ustoychivogo razvitiya na urovne kompaniy // Problemi
sovremennoy ekonomiki. –M.: MGE Ub 2008. №4(28).
80
Malo‗shev A.A. Praktika upravleniya ekologo-ekonomicheskoy sistemoy v Rossii i penzenskom regione //
Obhestvenno‗e nauki. –M.: 2013. №4(28). С.215-216.
446
ushbu
jarayonning
yakuniy
maqsadi
barqaror
rivojlantirish
kontseptsiyasiga muvofiq boshqarishning nazariy-uslubiy jihatlarini tadqiq
etish va takomillashtirishdan iboratdir. Jumladan, iqtisodiy-ekologik
tizimlar hududiy nuqtai nazardan o‗zining ma‘muriy tuzilishiga ega
hisoblanadi. Boshqa bir tomondan esa barqaror rivojlantirish masalasi
tashkiliy chora-tadbirlarni talab etadi. Mazkur masalalar bo‗yicha tegishli
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun iqtisodiy-ekologik tizimlarni
baholash lozim.
Hududlarni iqtisodiy-ekologik tizimlarining barqaror rivojlanishini
tadqiq etishda mualliflar integral va umumlashgan indikatorlardan
foydalanishgan. Jumladan, N.Ostrovskiy tadqiqotlarida
quyidagi umumlashgan ko‗rsatkichlar guruhidan foydalanilgan: a)
ekologik; b) iqtisodiy; v) ijtimoiy. Shuningdek, O.Xoxlova va
M.Budajanaevalar tadqiqotlarida ham integral usuldan foydalanilgan
hamda iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik ko‗rsatkichlar asosida baholangan.
81
O‗zbekiston hududi foydali qazilmalarga juda boy. Uning hududida
2700 dan ortiq konlar aniqlangan va uning 900 ga yaqini o‗rganilgan. Yer
osti boyliklari 3,5
trln AQSH doll. atrofida baholanadi. Ayni vaqtda, Respublika istiqboli
qimmatbaho, nodir va kamyob metallar, neft , tabiiy gaz va gaz
kondensatlari, qo‗ng‗ir va kokslanuvchi ko‗mir, yonuvchi slanets, uran va
qurilish materiallarining ko‗plab turlarini o‗zlashtirish bilan bog‗liqdir.
Ayniqsa, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliyli tuzlar, fosforit, kaolin
zahiralari va istiqbolli o‗zlashtirish jihatidan MDH doirasidagina emas,
balki dunyoda ham yetakchi o‗rinlardan birida turadi. Masalan, oltin
zahiralari bo‗yicha dunyoda 4-o‗rinda, uni qazib olish bo‗iicha 7-o‗rinda
turadi. O‗zbekistonda 440 dan ortiq kon, shaxta, kar yer va boshqlar
faoliyat ko‗rsatmoqda. O‗zbekiston MDH mamlakatlari o‗rtasida tabiiy
resurs salohiyati kattaligi jihatdan ajralib turadi. MDH mamlakatlaridagi
kumush va kaolin zahiralarining 1/5 qismi mis va dala shpatining 1/7
qismi, molibden va qurg‗oshinning 1/10 qismi, va oltin, uran, simob, rux,
vol from, kad miy, tabiiy gaz va gaz kondensati, fosforit, kaliyli tuzlar va
oltingugurtning sezilarli qismi O‗zbekiston hissasiga to‗g‗ri keladi.
81
Xoxlova O.A., Budajanaeva M.Ts. Statisticheskaya otsenka kachestva razvitiya ekonomiki regionov Rossii /
Prostranstvennaya ekonomika. –M.: 2010, №1. С. 133-146.
447
O‗zbekiston yirik yoqilg‗i-energetika zahiralariga ega. O‗zbekiston
hissasiga
Markaziy Osiyodagi gaz kondensatining 74%, neftning 31%, tabiiy
gazning 40% vako‗mirning 55% to‗g‗ri keladi. Neft (Farg‗ona, Ustyurt,
Buxoro-Xiva, Janubi-g‗arbiy Hisor), tabiiy gaz va gaz kondensatlari
(SHo‗rtan, Muborak, Qoravulbozor va boshq.), ko‗mir (Angren, SHarg‗un
va Boysun) zahiralari mavjud. Rudali qazilmalardan temir, titan-magnetit,
marganets, xrom, mis, qo‗rg‗oshin-simob, surma, oltin va radiaktiv
metallar, kaolin, alunit va boshq. qazilmalarga boy.
SHuningdek, nometall foydali qazilmalar, mineral tuzlar (osh tuzi,
kaliyli tuzlar va boshq.), oltingugurt, fosforit, qimmatbaho va yarim
qimmatbaho toshlar, qurilish materiallarining (tsement xom-ashyosi, gips,
ohaktosh, marmar va boshq.) katta sanoat zahiralariga egadir. Tabiatni va
atrof muhitni muhofaza qilish va saqlash sohasida juda katta tadbirlar
amalga oshirilmoqda. O‗zbekistonda qo‗riqlanadigan yerlarning umumiy
maydoni 2 mln ga dan ortiq. Respublikada alohida qo‗riqlanadigan 11 ta
tabiiy hududiy ob‘ekt, jumladan 9 ta qo‗riqxona (3 ta tog‗da, 3 ta daryo
qayirlaridagi to‗qayda va 3 ta cho‗lda)-CHotqol tog‗-o‗rmon, Payg‗ambar
orol, Qizilqum, Bodayto‗qay, Nurota, Zarafshon, Hisor, Vardanza,
Ko‗hitangtog‗, Kitob, 10 ga yaqin zakazniklar (Oqbuloq, To‗dako‗l,
Xorazm va boshq.) hamda 1977 yil O‗zbekiston xalq hiyoboni (Jizzax
viloyati Zomin tumanida) mavjud. qo‗riqxona va zakazniklar bioekologik
ilmiy-tadqiqotlardan tashqari, dam olish, sihat-salomatlikni tiklash, turizm,
sport va boshq. sohalarni rivojlantirishning noyob tabiiy salohiyatiga
egadir. Takrorlanmas tabiiy manzaralar, tog‗ va tog‗ oldi o‗rmonlari va
tabiat go‗shalari (g‗orlar, soy va dalalar, sharsharalar) kislorodga boy toza
havo, shifoli va xushbo‗y o‗simliklar, mineral buloqlar sanotoriy-kurort
xo‗jaliklarini rivojlantirish imkonini beradi.
Tabiat va qazilma boyliklar insonga energiya, yoqilg‗ilar, metal
rudalar, qurilish materiallari, ximiya xom ashyolari kabilarni beradi.
SHuningdek inson o‗z faoliyatida yer-suv usimlik va xayvon resurslari,
kuyosh nuri. havodan ham foydalanadi. Mamlakat tabiiy resurslarga
qanchalik boy bo‗lsa (resurslar turi xilma xil bo‗lsa) ko‗p tarmoqli xalq
xo‗jaligini tashkil etish va rivojlantirish imkoniyati shunchalik yuqori
bo‗ladi. SHuning uchun ham "iqtisodiy baxolash" ga ahamiyat beriladi.
O‗zbekistonda 940 ta mineral va qazilma boyliklar aniqlangan bo‗lib,
400 tasi ishga tushirilgan. Mamlakatlarda yoqilg‗i-energetika boyliklarini
448
baxolash muhimdir. Ko‗mir resurslarini hisoblashda qo‗ng‗ir ko‗mirni yer
yuzasidan 600 metr va toshko‗mirni 1800 metr chukurlikdan bo‗lgan
zahiralari hisobga olinadi. Undan chuqurda joylashgani B.M.T. olimlari
tavsiyasiga muvofiq hisobga olinmaydi. Ko‗mirni iqtisodiy baxolashda
qatlamlar qalinligi ham hisobga olinadi. Ko‗ng‗ir ko‗mir 70 sm dan 1 m
gacha, toshko‗mir 45 sm dan - 1 metrgacha, qalinlikda bo‗lsa hisobga
olinadi. Ko‗mir tarkibida tuproq va suv boshqa elementlar 40-50 foizdan
oshmasligi kerak. SHu qoidalar asosida 1913 yilda Rossiyani ko‗mir
boyligi 231 mlrd. t. hisoblanib (AQSH, Kanada, Xitoy va Germaniyadan
keyingi) beshinchi o‗rinda edi. MDX davlatlarini ko‗mir boyliklari (sobik
SSSR) 9000 mlrd. Tonna hisoblanib, birinchi o‗rindadir. Qazilma
boyliklarni (ko‗mirni) qazib chiqarishda shu xududni iqlim sharoiti ham
hisobga olinadi. O‘rta Osiyo davlatlarida 225 mlrd. Kvt/s suv energiyasi
resurslari bor. O‘rta Osiyodagi tog‗-daryolari Qirg‗iziston, Tojikistondir.
Mavjud suv resurslari darajasi respublika hayoti uchun g‗oyatda muhim
hisoblanadi. Respublika xududida yer yuzasidagi suvlar g‗oyatda notekis
taqsimlangan. O‗zbekiston Respublikasi xududining taxminan uchdan ikki
kismini egallagan poyonsiz tekislik rayonlarida suv manbalari juda kam.
Ayni vaqtda O‗zbekistonning sharqida joylashgan tog‗li rayonlarda
daryolar ko‗p. Yer bazasi suvlarining respublika rayonlari bo‗yicha bunday
notekis taqsimlanganligi O‗zbekistonning o‗ziga xos iqlimiy va jug‗rofiy
xususiyatlarga egaligi bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish kuchlarining tezkorlik bilan taraqqiy qilayotganligi
sanoatni ko‗plab mineral xom ashyo bilan o‗zluksiz ta‘minlashni taqozo
etadi. Bu esa o‗z navbatida yer qaridan ko‗plab foydali qazilma boyliklarini
qazib olishga undaydi, qattiq foydali qazilmalar konlarda turli
chuqurliklarda joylashganligi tufayli ularni
qazib olish jarayonida ko‗plab bo‗sh tog‗ jinslarini yer betiga chiqarish
lozim. Buning ustiga rudalarda kerakli foydali ma‘dan oz qismini tashkil
qilishi mumkin (o‗rtacha 0,1% dan 10%gacha).Binobarin, ko‗plab bo‗sh
tog‗ jinslari konlar atrofida to‗planib boradi. 90-yillarda dunyo bo‗yicha
yiliga qariyib 150mlrd.t tog‗ jinslari qazib olingan, shundan 20 mlrd.
Tonnasi foydali qazilma bo‗lgan. Bu raqam XXI da 4-6 marta ko‗payishi
taxmin qilinmoqda. SHu munosabat bilan foydali qazilmalardan oqilona
foydalanish muammosi Yer kurrasida tobora jiddiy tus olmoqda, bu borada
qazib olish va ularni qayta ishlash texnalogiyasiga qattiq ahamiyat berilib
iqtisodiy jihatdan ko‗proq chiqim harajatlari sariflash ustida keng miqyosda
449
tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Mo‗tahassislarning hisob kitobicha
yer qatlamlaridan olinyotgan ma‘danlarning bor yo‗g‗i 5%i ishlab chiqarish
uchun mahsulot bo‗lib, qolganlari chiqindi hisoblanadi. O‗zbekiston
hududidagi foydali qazilmalar va ulardan foydalanish. O‗zbekiston zamini
turli tabiiy mineral boyliklarga ega. Bu hol hududning geologik jihatdan
uzoq
o‗tmishlarda murakkab rivojlanish jarayonlarini boshdan
kechirganligi, ilk bor tog‗ hosil bo‗lish hodisalarini, dengiz xavzalarining
vaqt-vaqti bilan quriqlikka bostirib kirganligi, qobiq nurashining kuchli
tarzda ro‗y berganligi, vulqon harakatlari, yer osti magmatik jinslarni turli
qatlamlariga kirib, qotib qolishi va boshqa geologik hodisalar natijalari
bilan bog‗liq. Hozirgi kunga kelib O‗zbekistonda 2700 dan ziyod qazilma
boylik konlari va istiqbolda ochilishi mumkin bo‗lgan yangi konlar
aniqlangan. Ushbu konklarda yer yuziga yaqin joylashgan xilma-xil
mineral xom ashyolar mavjud. Ularning 60 xilidan iqtisodiyotda
foydalanilmoqda. O‗zbekiston umumiy mineral xom-ashyo salohiyati 3,3
trilion AQSH dollarida baholanmoqda. Har yili konlardan umumiy qiymati
5,5 mlrd. AQSH dollariga teng bo‗lgan turli qazilma boyliklari qazib
olinadi.
Bir qator muhim foydali qazilmalar, chunonchi,oltin, uran, mis, tabiiy
gaz, kaliy tuzlari, fosforidlar, kaolin bo‗yicha O‗zbekiston zahiralarining
ko‗pligi va istiqbolda foydalanish bo‗yicha nafaqat MDH mamlakatlari
balki, jahonda oldingi o‗rinlarni egalaydi. Masalan, oltin zahiralar bo‗yicha
dunyoda 4-o‗rinni, qazib olish bo‗yicha esa 7-o‗rinni egalaydi, mis
bo‗yicha 10-11 o‗rinni , uran bo‗yicha esa 7-8 o‗rinni egalaydi (Karimov,
1997 yil). Tabiiy gazning umumiy zahirasi qariyib 2 trilion m3, ko‗mirniki
2 trilion tonnadan ko‗p. Mo‗taxassislarning dastlabki baholashlariga ko‗ra
mamlakat hududining taxminan 60% qismi neft va gaz zahiralari bilan
band. O‗zbekiston hududida Farg‗ona, Surxandaryo, Janubi-G‘arbiy Hisor,
Buxoro va Xiva va Ustyurt neft va gazli mintaqalardir. Hozirgi kunda eng
ko‗p neft va tabiiy gaz Buxoro-Xiva neft gaz rayonida O‘rta buloq,
Ko‗kdumaloq, SHo‗rtan, Toshli, SHo‗rtepa, Zevar, va boshqa ularga yaqin
bo‗lgan konlardan qazib olinmoqda. Birgina Qashqadaryodagi gaz konlari
butun Respublikada qazib olinyotgan gazning 90%ini yetqazib bermoqda.
Keyingi qolgan qismida neft va gaz konlari qidirish ishlari jadallik bilan
olib borilmoqda. Bu hududlarda tabiiy gaz va neft konlari ochilishi
mumkinligiga
mo‗taxassislar
katta
ishonch
bilan
qaramoqdalar,
(hozirgacha SHohpaxta, Urga, Berdak, SHibinli, Qizilqayir, Oqshuloq,
450
Qorashuloq kabi joylardagi konlar istiqbolga ega), dastlabki gaz konlari
ishga tushirilgan (hozirgi kunda Urga gaz konidan kuniga 1,2mln.m3 gaz
olinmoqda, shuningdek, har kuni 25t gaz kondensati qazib olinmoqda).
O‗zbekistonda 20dan ortiq ko‗mir konlari va ko‗mirli xavzalar aniqlangan.
Ko‗mirning sanoat zahiralari Angren, SHarg‗un, va Boysun konlarida
joylashgan. Boysun (jami zahirasi taxminan 150 mln.tonna) konida ochiq
usulda ko‗mir qazib olish boshlangan. G‘o‗zor -Ko‗kqo‗rg‗on temir yo‗lini
ishga tushirilishi bilan bu kondan ko‗plab ko‗mir olish mumkin bo‗ladi.
O‗zbekiston noyob va nodir metallar - oltin, kumush, uran va boshqalar
qazib olish bo‗yicha oldingi o‗rinlarni egalaydi. Oltinning umumiy zahirasi
4 ming t. dan ko‗p, respublikada tarkibida oltin va kumush mavjud bo‗lgan
30 dan ortiq ruda 83 konlari topilgan. Yirik oltin konlari Muruntov,
Marjonbuloq, Qurama, CHotqol tizmasi tog‗larida topilgan. Kumush
Qizilnura tarmoqlarida, Qizilqumda katta zahiralarga ega. Odatda oltin
boshqa elementlar bilan birga uchraydi. Rangli va nodir metallar-mis,
qalayi, qo‗rg‗oshin, volfram, litiy, alyuminiy xomashyosi (alunitlar,
kaolinlar) va boshqalardan iborat. Mis rudasi Qurama tog‗larida
Qalmoqqir, Saricheka, Qizota konlarida, volfram, molibden, qalay, vismut,
simob, surma, Janubiy va O‘rta Tyan-SHandagi Qoratepa, Langar,
Qo‗ytosh, Yaxshon, Sargardon, va boshqa joylarda mavjud, 20 ta molibden
koni aniqlangan. Vismut rudasi, mish‘yak-vismut, mis-vismut konlari
CHotqol-qurama tog‗larida (Burchmulla, O‘rtasaroy) bor. Janubiy
Farg‗onada 100dan ortiq simob va 10 dan ziyod surma konlari mavjud.
Qora metallar (temir, titan, marganes va xrom) ning bir necha yuz konlari
mavjud. Ulkan titan marganesli kon Sulton Uvays tog‗larida (Tepabuloq,
zahirasi 4mlrd. t), Nurota tog‗larida, marganesli cho‗kindi konlari
Zarafshon-Zirabuloq, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda topilgan.
Tog‗-kimyo sanoati xom ashyosi bo‗lgan fosforitlar (qizilqum), osh tuzi va
boshqa tuzlarning katta zahiralari Borsa kelmas, Xo‗jaikon, Boybichakon
va boshqa joylarda aniqlangan. Qurilish materiallarining 370 dan ortiq koni
borligi hisobga olingan. Oq, qora, qizg‗ish, marmar konlari ishga tushgan.
Geologiya qidiruv ishlari keng miqyosda jadallik bilan davom ettirilmoqda,
istiqbolda yangi konlarning topilishi ehtimoli katta.
451
Do'stlaringiz bilan baham: |