A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

16.1- jadval 
1992 yildan 2018 yilgacha bo‗lgan davrda Toshkent shahrida 
Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi dinamikasi (AII) 
1992 y. 
1993 y. 
1994 y. 
1995 y. 
1996 y. 
1997 y. 
1998 y. 
1999 y. 
2000 y. 
5,81
5,32
5,79
5,99
5,62
5,65
6,38
6,48
5,92
2001 y. 
2002 y. 
2003 y. 
2004 y. 
2005 y. 
2006 y. 
2007 y. 
2008 y. 
2009 y. 
5.95
6,68
6,36
5,52
5.22
4.31
4.19
4.96
3.66
2010 y. 
2011 y. 
2012 y. 
2013 y. 
2014 y. 
2015 y. 
2016 y. 
2017 y. 
2018 y. 
3.37
3.32
3.63
3.85
4,04
3.51
3.55
4.10
3.66
AII 
— 
atmosferaning ifloslanish indeksidir
AII — atmosferaning ifloslanish indeksidir 
Ma‘lumot uchun: agar atmosferaning 5 ta modda bilan umumiy 
ifloslanish indeksi 14 dan oshsa, havoning ifloslanish darajasi juda yuqori, 
agar 14>IZA>7 bo‗lsa — yuqori, 7>IZA>5 bo‗lsa — oshgan, IZA <5 
bo‗lsa — past hisoblanadi. 
Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasi statsionar 
va ko‗chma manbalardan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdoriga 
bog‗liq. Havoga zararli moddlar chiqaradigan asosiy manbalar 
avtotransport, 
sanoat 
korxonalari, 
qozonxonalar, 
metallurgiya 
korxonalaridir. 
Masalan, O‗zgidrometning statsionar punktlari joylashgan Toshkent 
shahrining Yunusobod tumanida azot dioksidi, uglerod oksidi, Yashnobod 
tumanida chang, uglerod oksidi, azot oksidi, Mirzo Ulugbek tumanida 
ko‗proq chang, azot va uglerod dioksidlari, Chilonzorda azot dioksidi, 
Mirobod tumanida fenol, azot dioksidi, Sergelida formaldegid va azot 


460
dioksidi bir martalik maksimal miqdori ruxsat etilgan me‘yorlardan 
yuqoriligi qayd etiladi. 
Atmosferada zararli moddalarning to‗planishida shuningdek tabiiy-
iqlimiy sharoitlarning (tez-tez kuzatib turiladigan inversiya jarayonlari, 
atmosferadagi shamolsizlik) va tabiiy xususiyatlarning (quruq iqlim, gilli 
tuproq va bosh.) ham o‗rni bor. 
Kuzatuv jarayonining texnik imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida 
joriy ehtiyojlarga qarab onlayn tartibda kuzatuvlar olib borish uchun 
avtomatik stansiyalar o‗rnatish zarur. Hozirda O‗zgidrometda amalga 
oshirilayotgan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 
28 noyabrdagi O‗zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‗yicha qaroriga muvofiq 
markaz kuzatuv tarmog‗ini modernizatsiyalash, xususan ifloslanishni 
kuzatish tizimini yaxshilash uchun grant mablag‗lar hisobiga zamonaviy 
avtomatik stansiyalar o‗rnatish ko‗zda tutilgan.
83
2020 yil may oyida atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi 
natijalariga ko‗ra 24 ta shaharda havoning ifloslanish darajasi past bo‗lgan, 
yuqori ifloslanish darajasi Olmaliq shahrida tibbiyot chiqindilarini 
utilizatsiya qilish (yoqish) hisobiga AIIning 8,85 ga teng qiymati bilan 
qayd etilgan. 
Shaharlarda atmosfera 
havosi 
ifloslanishi sanoat korxonalari 
ajratmalarining tarqalishi va meteosharoitlarga bog‗liq bo‗lgan. Umuman, 
respublika bo‗yicha 2020 yil mayda atmosfera havosining ifloslanish 
darajasi me‘yor chegarasida bo‗lgan. Respublika bo‗yicha radiatsiyaviy fon 
ifloslanishi holati to‗g‗risida Atmosfera eroldi qatlamining radiatsiyaviy 
monitoringi O‘zgidromet tarmog‗ida har kuni 40 ta shahar va aholi 
punktlaridagi 
meteomaydonchalarda 
gamma-nurlanish 
ekspozitsiya 
dozasini asboblar yordamida o‗lchash orqali amalga oshiriladi.
O‘tkazilgan radiatsiyaviy monitoring bo‗yicha 2019 yil mayda 
radiatsiyaviy gamma-fonning o‗rtacha qiymatlari ruxsat berilgan me‘yor 
(0,30 mkz/ch) dan oshmagan. Respublika bo‗yicha o‗rtacha gamma-fon 
qiymati 0,15mkZv/ch ni tashkil qilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2017 — 2021-yillarda 
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi 
bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy 
83
Meteo.uz 


461
rivojlanish yili‖da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‗g‗risida‖ 2019-
yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonini va O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining ―1992-yilda Rio-de-Janeyroda imzolangan Biologik 
xilma-xillik to‗g‗risidagi konvensiyaga O‗zbekiston Respublikasining 
qo‗shilishi to‗g‗risida‖ 1995-yil 6-maydagi 82-I-son qarorini ijro etish 
yuzasidan, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror 
foydalanishni ta‘minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 
rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga 
uchrashi sur‘atlarini pasaytirish, hayvonlar va o‗simliklarning kamyob va 
yo‗qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish 
sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks 
chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori 
tasdiqlangan.
84
Unda O‗zbekistonda biologik xilma-xillikni tiklash va 
saqlash — ekologik xavfsizlikni ta‘minlash va mamlakatning barqaror 
rivojlanishi, shuningdek, iqlim o‗zgarishining yuz berayotgan jarayonlariga 
moslashishning ishonchli yo‗li ekanligi ta‘kidlangan. Ushbu Strategiya 
doirasida atrof muhitni muhofaza qilish bo‗yicha bir qator milliy va 
mahalliy dasturlar va rejalarga biologik xilma-xillikni saqlash masalalari 
kiritildi va biologik xilma-xillikni saqlash sohasida qirqqa yaqin xalqaro 
loyihalar amalga oshirildi. Natijada yerlarning tanazzulga uchrashini 
sekinlashtirishga, 
cho‗llanish 
jarayonlarini 
qisqartirishga, 
tabiiy 
resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa salbiy oqibatlarini 
susaytirishga erishildi. Erishilgan natijalarga qaramay, tabiiy ekotizimlarga 
va yovvoyi hayvonlar va o‗simliklar ko‗payishiga salbiy omillarning ta‘siri 
davom etmoqda. Biologik xilma-xillik komponentlari samarali muhofaza 
qilinishini davom ettirish uchun tizimli yondashuvni qo‗llash talab qilinadi, 
ham hayvonlarning o‗zini, ham ular yashash joyini muhofaza qilish 
bo‗yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish zarur. Ushbu 2019 — 2028-
yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi (keyingi 
o‗rinlarda Strategiya deb ataladi) ustuvor yo‗nalishlarni, maqsadlar va 
vazifalarni, rejalashtirishni, ularga samarali erishish usullarini, shuningdek, 
uzoq muddatli istiqbolga biologik xilma-xillikni saqlash va undan 
foydalanish sohasida barqaror tizimni shakllantirish va rivojlantirish 
sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi bosqichlarini belgilashga 
84
2019-2028-yillar davrida O‗zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash 
to‗g‗risida. 484 11.06.2019 yil 


462
qaratilgan. O‗zbekiston hududi tabiiy ekotizimlarning nihoyatda xilma-
xilligi bilan tavsiflanadi. Tekis mintaqalarda cho‗l ekotizimlari, tog‗ 
ekotizimlarida esa balandlik zonalari mavjud, tog‗ ekotizimlarining asosiy 
tiplariga muvofiq bo‗lgan bir qancha zonal-iqlim poyaslari aniq namoyon 
bo‗ladi. 
Daryo va qirg‗oqbo‗yi ekotizimlari ham tekkislikda, ham tog‗li 
mintaqalarda joylashgan, ularning har birida o‗ziga xos yashash joyi 
mavjud. Suv-botqoqlik ekotizimlari asosan mamlakatning tekislik 
hududlarida joylashgan. O‗zbekiston hududi uchun tabiiy ekotizimlarning 
beshta asosiy tipi ajratilgan. Bular: 
cho‗l va yarimcho‗l; 
tog‗oldi va pastkam tog‗li joylar; 
tog‗ ekotizimlari; 
daryo va qirg‗oqbo‗yi ekotizimlari; 
suvli-botqoq joylar ekotizimlari.
Har bir ekotizimda kompleks tabiiy komponentlar mavjud. Ular 
muayyan o‗simliklar dunyosi va hayvonlarning rivojlanishi, yashash va 
o‗sishini belgilaydi. Ekotizimlarning har bir tipi boshqa ekotizimlar bilan 
o‗zaro hamkorlikda mamlakatning umumiy ekologik yaxlitligini saqlash va 
muayyan 
ekotizim 
xizmatlari 
ko‗rsatishda 
noyob 
o‗rin tutadi. 
O‗zbekistonning bioxilma-xilligi hozirgi paytda ma‘lum bo‗lgan 27 
mingtaga yaqin turni o‗z ichiga oladi. Ular orasida yuksak o‗simliklar, 
po‗panaklar, lishayniklar (suv o‗tlari bilan qoplangan zamburug‗lar), 
qo‗ziqorinlar va suv o‗tlari) umuman olganda 11 mingtaga yaqin turni 
tashkil etadi, fauna turlari — 15,6 mingta turdan ortiq. O‗zbekiston oliy 
tomirli o‗simliklari endemizmi qariyb 8%. Qadimdan saqlanib qolgan 
endemiklar endemik turlar umumiy sonining 10 — 12 foizini tashkil etadi. 
Hozirgi vaqtda zoologik tadqiqotlarning butun davrida mamlakat hududida 
ro‗yxatdan o‗tkazilgan turlarni o‗z ichiga oladigan O‗zbekiston umurtqali 
hayvonlar faunasi beshta sinfni ifodalaydi va 715 ta turni o‗z ichiga oladi, 
ulardan 77 tasi baliq turlari, 3 tasi amfibiyalar turlari, 61 tasi sudralib 
yuruvchilar turlari, 467 tasi qushlar turlari va 107 tasi sut emizuvchilar 
turlaridir. O‗zbekiston va Markaziy Osiyoning endemikasi umurtqali 
hayvonlarning 53 ta turi va kenja turini ifodalaydi. Sudralib yuruvchilarda 
endemizm ko‗rsatkichi 50 foizga teng, sut emizuvchilar sinfi endemizmi 
darajasi pastroq — 14% va qushlar sinfi uchun endemiklar soni ko‗p emas 
— 1,7%. Baliqlar orasida endemizm darajasi 50 foizdan ortiqqa yetadi. 


463
Antropogen ta‘sir ostida kuchayayotgan tabiiy ekotizimlarning umumiy 
tanazzuli va fragmentatsiyasi areallarning va ham kamyob, ham resurs 
(ovlanadigan) turlarning soni qisqarishiga olib keldi. Bunday turlar 
yovvoyi tabiatda yo‗qolib ketish xavfiga ega va Qizil kitobga kiritish uchun 
tavsiya qilingan. Hayvonlarning 207 ta turi va kenja turlari kamyob va 
yo‗qolib ketish xavfi ostidagi turli toifalarga kiritilgan, ulardan 184 tasi 
O‗zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (2009-y.), ulardan 
sut emizuvchilarning 24 turi, qushlarning 48 turi, reptiliylarning 16 turi, 
baliqlarning 
17 
turi, 
bo‗g‗imli 
chuvalchanglarning 

ta 
turi, 
molyuskalarning 14 ta turi, bo‗g‗imoyoqlilarning 60 turi mavjud. Tabiatni 
muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil kitobiga hayvonlarning 73 ta turi 
va kenja turlari kiritilgan. Ularning kelajagi global ko‗lamda tashvish 
uyg‗otadi. Yo‗qolib ketish xavfi ostidagi turlar bilan xalqaro savdo qilish 
to‗g‗risidagi konvensiyaga Ilovaga hayvonlarning 88 ta turi va kenja turlari 
kiritilgan. O‗zbekiston Respublikasi Qizil kitobining oxirgi nashri (2009-
y.) yuksak o‗simliklarning 321 turini va zamburug‗larning uch turini o‗z 
ichiga oladi. Oldingi nashrlar bilan taqqoslaganda 23 tur chiqarib 
tashlangan, boshqa tomondan esa kamyob deb e‘tirof etilgan 
o‗simliklarning 11 yangi turi kiritilgan, 7 turi ular tabiatda ko‗payganligi 
munosabati bilan ―kamyob‖ maqomidan ―qisqarib borayotgan‖ maqomiga 
kiritilgan. O‗zbekiston Respublikasining Qizil kitobida ―Yo‗qolib ketgan‖ 
maqomi bilan 18 tur mavjudligini alohida ta‘kidlash zarur. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish