Sanoatda azot olish uchun asosiy xomashyo havo hisoblanadi. Havo suyuq holatga o‘tkaziladi. Buning uchun
havo qattiq sovi tiladi. Suyuq havo sekin asta bug‘latiladi. Bunda birinchi bo‘lib havo tarkibidagi azot uchib
chiqadi. Bu ning sababi azotning qaynash haro rati – 196 °C, kislorodniki esa – 183 °C. Suyuq havo tarkibidan
azot chi qib bo‘lgandan so‘ng, kislorod qoladi. Demak, bu texnologik jara yonda azot hamda kislorod olinadi.
Fizik xossalari
.Azot rangsiz, hidsiz, mazasiz gaz bo‘lib, suvda juda oz eriydi. 1 hajm suvda 0,0154 hajm azot
eriydi. Azotning suyuq lanish harorati – 210 °C, qaynash harorati – 196 °C.
Kimyoviy xossalari
.Azot molekulasida atomlar o‘zaro umumiy uch juft elektron hisobiga kovalent qutbsiz
bog‘langan. Shuning uchun azot kimyoviy jihatdan inert (nofaol) moddadir. Yuqori haroratda, masalan, elektr
yoyi hosil bo‘lishidagi haroratda azot kislorod bilan reaksiyaga kirishib azot (II)-oksid hosil qiladi:
Momaqaldiroq (chaqmoq) paytida hosil bo‘ladigan
elektr razryad lari
ta’sirida ham atm o s feradagi azot oksidlanib, azot (II)-oksidi hosil qiladi.Azot katalizator ishtirokida yuqori
bosim va harorat ta’sirida vodorod bilan reaksiyaga kirishadi:
N
2
+ 3H
2
= 2NH
3
+ Q.
Litiy odatdagi sharoitda azot bilan reaksiyaga kirishadi:
6Li + N2= 2Li3N.
Boshqa har qanday metallar bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi.
Qizdirilganda magniy bilan
reaksiyaga kirishadi:
3Mg + N
2
= Mg
3
N
2
.
Metallarning azot bilan hosil qilgan birikmalari nitridlar deb ataladi. Masalan: Li
3
N — litiy nitrid, Mg
3
N
2
— magniy nitrid.
3-savolga javob
. Vodorodning mis (II) oksidi bilan reaksiyasi.
Vodorod CuO bilan reaksiyaga kirishganda qaytaruvchi vazifasini bajaradi. Bunda Cu erkin holda ajralib chiqadi.
Vodorodning bunday xossasidan metallarni ularning birikmasidan ajratib olishda keng foydalaniladi.
CuO + H
2
= H
2
O + Cu.
23-BILET
1. Kimyoviy
reaksiya tezligiga bosim, hajm, haroratning ta’siri.Katalizator.
2. Metanning yonish reaksiya tezligi 40
0
C da 5 mol/ l min ga teng bo‘lsa, 20
0
C haroratdagi tezligini toping.
Reaksiyaning temperatura koeffisiyenti 5 ga teng.
3. Mis (II) gidroksidning termik parchalanishi.
1-savol javobi
.
Reaksiya tezligiga bosim, hajm va haroratning ta’siri. Katalizator haqida tushuncha.
Bosim
o‘zgarishi faqatgina yopiq sistemada boruvchi reaksiyalarga ta’sir o‘tkazadi. Hajmni o‘zgarishi
bosimning
o‘zgarishiga olib keladi. Ya’ni hajm kamayganda bosim ortadi. Hajm necha marta kamaysa, bosim shuncha marta
ortadi va shu sistema ichidagi barcha gaz moddalarni molyar konsentratsiyalari ham shuncha martaga ortadi. Hajm
oshganda esa bosim kamayadi, bu gaz moddalar konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi. Bosim va hajm gaz
modda konsentratsiyasini o‘zgartirishini hisobga olsak, bu omillar ta’sirini konsentratsiya o‘zgarishi sifatida qabul
qilib, tezlikning konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lgan formulasi yordamida reaksiya tezligi necha marta o‘zgarishini
aniqlasa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: