9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Qishloq xo’jaligi geografiyasi. Darsning texnologik xaritasi


Dars usuli: no’ananaviy usulda Dars jixozi



Download 146,82 Kb.
bet14/35
Sana30.06.2022
Hajmi146,82 Kb.
#720749
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
9-sinf konspekt 2

Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

  1. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.

  2. Yangi mavzu bayoni.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  4. Uyga vazifa.

O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Yevropa mamlakatlarini hududining kattaligi bo‘yicha nomlarini tartib bilan yozib chiqing.

  2. Nima uchun Yevropa mamlakatlari ko'pchiligining chegaralari suvdan o‘tadi? Yevropada qaysi mamlakatlaming chegaralari faqat quruqlikdan, qaysi mamlakat- lamiki faqat suvdan o‘tadi?

  3. Yevropa mamlakatlarining tabiiy-geografik o‘rnini baholang.

Yangi mavzu bayoni
Dunyo siyosiy xaritasida Yevropaning o‘z o‘mi bor. XX asming 80-yillarida bu yerda 32 ta suveren davlat mavjud bo‘lgan. 90-yillaming dastlabki davrida esa mamlakatlaming umumiy soni 40 taga yetdi. Sobiq Ittifoq tarkibidan Boltiqbo‘yi davlatlarining ajralib chiqishi, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning bo‘linishi qit’ada mamlakatlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
1989-yilda ikki nemis davlatlarining qo'shilib, yagona Germaniya Federativ Respublikasining barpo qilinishi qit’a va jahon siyosiy xaritasida katta voqea bo‘ldi.
XX asming so‘nggi 10 yilida Yevropa va jahon siyosiy xaritasida yana ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ittifoq parchalanib, 12 ta yangi suveren davlatlar vujudga keldi. Shulardan Yevropa davlatlari qatoriga Ukraina, Belorussiya va Moldova qo‘shildi. Shunday qilib, Yevropada XXI asming dastlabki davrida (Rossiyani hisobga olmaganda) jami 46 mamlakat mavjudligi qayd etildi.
Yevropa kichik mamlakatlar o‘lkasidir. Aynan ana shu qit’ada jahondagi «mitti» mamlakatlar (Andorra, San-Marino, Monako, Vatikan, Lixtenshteyn)ning ko‘pchiligi joylashganligi so‘zimizga dalil bo'lishi mumkin.' Maqomi noma’lum Gibraltar (6,5 km2) va Daniya mustamlakasi Faryer orollari (1,5 km2) ham juda kichik maydonlarga ega. Mazkur davlatlardan tashqari hududi nisbatan kichik mamlakatlardan 12 tasining har birining maydoni 50 ming km2 dan ham kichikdir. Shular qatoriga Belgiya, Niderlandiya, Daniya (Grenlandiya orolini hisoblamaganda), Chemogoriya, Shveysariya, Moldova, Slovakiya, Malta, Makedoniya, Sloveniya, Albaniya va Estoniya kiradi (taqqoslash uchun bir Moskva oblasti maydoni 47 ming km2 ni tashkil etishini aytib o‘tish kifoyadir).
Qit’adq, 12 ta mamlakat hududi 50 mingdan 100 ming km2 gacha boradi, ' Bunga Islandiya, Irlandiya, Avstriya, Serbiya, Vengriya, Chexiya, Latviya, Litva, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Portugaliya mamlakatlari kiradi. Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, GFR, Italiya, Polsha, Ruminiya, Bolgariya va Gretsiyaning, ya’ni 10 ta davlatning maydoni 100 mingdan 500 ming km2 gacha o‘zgaradi. Faqat Fransiya, Ukraina va Ispaniya davlatlarining hududi 500 ming km2 dan oshadi. "kossiya Federatsiyasi maydonining kattaUgiga binoan nafaqat Yevropa, balki butun dunyoda tengi yo‘q mamlakatdir..
Yevropada har xil shaklga ega bo‘lgan mamlakatlar mavjud. Norvegiya qit’ada hududi meridian yo‘nalishi bo‘yicha eng uzun (1750 km) joylashgan mamlakatdir. Shunday mamlakatlar qatoriga yana Shvetsiya (1600 km), Finlyandiya (1160 km), Fransiya (1000 km), Buyuk Britaniya (955 km), GFR (850 km) kiradi. Shu bilan biiga, Bolgariya va Vengriyada chekka nuqtalar orasidagi masofa 500 km dan oshmasligim aytib o‘tish joizdir. Niderlandiyada esa bu ko‘rsatkich atigi 300 km ni tashkil etadi.
Yevropa dunyodagi eng yirik iqtisodiy markazlardan biridir. Uning jahon YIM dagi ulushi salkam 16805 mlrd. dollarni yoki jami YIMning salkam 1/3 qismini tashkil etadi. Yevropaga jami jahon savdo aylanmasining 1/3 qismi to‘g‘ri keladi.
Eng muhimi shundan iboratki, Yevropada jahon tarixida birinchi bor Yevropa Ittifoqi doirasida salkam o‘ttizta davlat birlashtirilib, ulkan miqyosda, yagona iqtisodiy va siyosiy makon shakllantirilmoqda.

Download 146,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish