Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Yevropa mamlakatlarining aholisi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
daqiqa
|
Salomlashish;
Davomatni tekshirish;
Ob-xovoni aniqlash va uni kuzatish.
Shu kunning muxim yangiliklari bilan tanishish.
|
2
|
Kirish
|
daqiqa
daqiqa
|
O’tilgan mavzuning o’zlashtirilganligini tekshirish;
O’tilgan mavzuni mustahkamlash;
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu:Yevropa mamlakatlarining aholisi.
|
4
|
Mustahkamlash
|
10
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Yevropa tabiiy resurslar bilan qanday ta’minlangan va nima uchun?
Yevropa iqlimi xo‘jalik rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Yevropa o‘rmon resurslari bilan qanday ta’minlangan?
Yangi mavzu bayoni
Yevropada murakkab demografik vaziyat mavjud bo‘lib, u mamlakatlar va regionlaming ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past darajadagi tug'ilish va tabiiy o‘sish mavjud bo‘lgan Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda «Demografik qish» holati xosdir. Tug‘ilish va tabiiy o‘sish sur’atlari XX asming ikkinchi yannida keskin qisqardi. Tug‘ilish 26—28 promilledan 11—13 promillega, tabiiy o‘sish 16—18 promilledan 2—4 promillega tushib qoldi. Tug‘ilish va tabiiy o‘sish darajalarining keskin pasayishi har xil sabablar bilan bog‘langan.
Hozirgi vaqtda tug‘ilishning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari Irlandiya, Lyuksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlariga xosdir. 0‘rtacha tug‘ilish darajasi Avstriya, Shveysariya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Gretsiya, Finlyandiya, Fransiya, Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda. Shular bilan birga tug‘ilish darajasi keskin pasayib, tabiiy o‘sish manfiy ko‘rsatkichga ega (o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan ortiq) bo‘lgan mamlakatlar soni yildan yilga ko'payib bormoqda. Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ruminiya, Estoniya, Moldova, Vengriya shunday mamlakatlar jumlasidandir. Mazkur davlatlarda tug‘ish yoshidagi ikki ayolga tug'ilgan ikki-uch bola to‘g‘ri kelmoqda, xolos. Natijada, aholining mutlaq soni kamaymoqda.
Yevropa aholi o‘rtasida umumiy o‘Iim koeffitsiyentining nisbatan yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Aholining har 1000 kishiga nisbatan o‘lganlar soni bu yerda 2013-yilda 12 kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aholining yosh-jins tarkibida keksa yoshdagilaming ulushi yuqori bo'lgan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya va boshqalarda yana ham yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Shu vaqtning o‘zida aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog‘i nisbatan katta bo‘lgan mamlakatlar (Portu- galiya, Polsha, Gretsiya, Italiya, Albaniya)da urnumiy o‘lim koeffitsiyenti birmuncha pastdir.
Yevropa davlatlari (Albaniyadan tashqari) aholi sonini tabiiy takror barpo etffishining birinchi turiga mansubdirlar. So‘nggi chorak asrda Bolgariya va Vengriyada faol demografik siyosat olib borildi. Shunga qaramasdan, aholining o‘sish sur’atlari deyarli o‘zgarmadi va uning darajasi pasayishda davom etdi. Oqibatda, Vengriyada aholi soni 1980-2012-yillarda 245 ming kishiga qisqardi. Ruminiyada har 1000 ta tug‘ilgan go‘dakdan 23 tasi bir yoshga yetmasdan o‘lmoqda. G'arbiy Yevropada bu ko‘rsatkich 5—8 bolaga to‘g‘ri keladi. Urnumiy tarzda shuni ta’kidlash mumkinki, XX asming so‘nggi 10 yili va XXI asming dastlabki davrida Sharqiy Yevropada qoniqarsiz demografik vaziyat yuzaga keldi.
Yevropa — aholi migratsiyalarining yirik markazi ham hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan beri Yevropa aholisi okean orti mamlakatlariga ko‘chib o‘tadigan eng katta region hisoblanadi. Bir asr davomida (1815-1914- yillar) emigratsiya 35—40 mln. kishini qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida ayrim davlatlardan yoppasiga aholining emigratsiyasi kuzatildi. Birinchi navbatda, bu Sharqiy Yevropada namoyon bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |